1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari
-MAVZU: O’QUVCHILAR TEXNIK IJODKORLIGINING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Download 0.49 Mb.
|
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi
3-MAVZU: O’QUVCHILAR TEXNIK IJODKORLIGINING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.
Buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy yagona inson tabiati qonuniyatlaridan kelib chiqib, o‘zining “Buyuk didaktika” asarida “Ta’lim jarayonining shunday umumiy rejimini topish lozimki, unda har bir predmet va o‘qitish metodi vaqt jihatidan shunday joylashtirilsinki, bundan butun “Ta’lim – tarbiya jarayoni yaxshi sozlangan soat va avtomat mexanizmi kabi bexato yurish, ishlashi yo‘lga qo‘yilib, barcha ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin bo‘lsin, hamda quvonch va yaxshi kayfiyat baxsh etsin” degan edi. Bo‘lajak o‘qituvchi kasbiy-pedagogik ijodkorligining shakllanishi uning jamiyatdagi o‘rni, pedagogika oliy ta’lim muassasasidagi majburiyati va vazifalariga hamda individual qobiliyatlariga bog‘liq bo‘ladi. O‘qituvchining ijodiy individualligi uning individual xususiyatlari, ya’ni fikrlashning ilmiy tarkib topganligi, ishga ijodiy yondashishi, o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilishi va boshqalarning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Bo‘lajak o‘qituvchining ijodiy individualligini rivojlantirish va takomillashtirishning psixologik-pedagogik shart-sharoitlari qarama-qarshiligini his qilish, ularning echimini topish uchun esa o‘ziga xoslik va maqsadga muvofiqlik kabi kasbiy xislatlar tarkib topadi. Bo‘lajak o‘qituvchining pedagogik faoliyatning reproduktiv usuli va ijodkorlikdan birini tanlashi nafaqat o‘zligini, balki hayotiy maqsadlarini ham ro‘yobga chiqaradi. Mutaxassis o‘zini sifat jihatidan o‘zgartiradi, psixologik to‘siqlarni engadi, kasbiy ahamiyatli sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlarini qidiradi, o‘zining pedagogik konsepsiyasini ishlab chiqadi va o‘qituvchining pedagogik faoliyati uchun: 1. Innovatsion yo‘naltirilganlik; 2. O‘z ishiga ijodkorona yondashuv; 3. Individuallik kabi xususiyatlari juda muhimdir. Ijodkor o‘qituvchi o‘z-o‘zini rivojlantirmay, o‘z ustida ishlamay turib, individuallikni ko‘rsatmay, kasbiy kompetentligini hamda kasbiy-pedagogik ijodkorligini shakllantirmasdan kasbiy faoliyatda yuqori mavqega erishish mumkin emasligini to‘g‘ri anglab etadi. SHu sababli ham kasbiy zarurat bo‘lgan sifatlarni hayotiy maqsad sifatida rivojlantirmay turib, yangi texnologiyalarni egallashi mumkin emas. Aynan ushbu ikki yo‘nalishni pedagogning ijodiy individualligining ko‘rsatkichi sifatida qabul qilish mumkin. Bo‘lajak o‘qituvchining individualligida psixologik hamda shaxsiy jihatni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ularning pedagogik faoliyati umumiy va kasbiy qobiliyatlarning, shuningdek, kasbiy motivatsiyaning namoyon bo‘lish darajasi bilan belgilanadi. Etarli darajada rivojlangan qobiliyatlar, maqsadlar, ehtiyojlar doirasi qanchalik keng bo‘lsa, o‘qituvchining kasbiy mahorat, ijodkorlik darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling