1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari
Darsdan tashqari mashg‘ulotlarning uchinchi guruhi
Download 0.49 Mb.
|
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi
Darsdan tashqari mashg‘ulotlarning uchinchi guruhiga o‘quvchilarning mehnat birlashmalari kiradi. Mehnat birlashmalari nisbatan ancha ilgari paydo bo‘lganiga qaramasdan, keyingi yillarda ayniqsa keng qo‘llanila boshlandi. O‘quvchilarnig mehnat birlashmalari ta’limni unumli mehnat bilan qo‘shib olib borishning samarali shakli sifatida mehnatda tarbiyalash, kasb tanlashga yo‘llash, ishlab chiqarish asoslari bilan tanishtirish va mehnatga ijodiy munosabatni shakllantirish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Mehnat birlashmalarini tashkil etish, faqatgina, o‘quvchilarning moddiy, xom ashyo ta’minotini mustahkamlabgina qolmasdan, balki, milliy qadriyatlarimizni tiklash, kasbiy ta’lim-tarbiya berish, kasbga yo‘naltirish, tayyorlash, tanlash, moslashtirish kabi dolzarb muammolarni ijobiy hal etishda ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. SHunday ekan, har bir maktabda bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitini hisobga olgan holda, o‘quvchilarning talab, ehtiyoj va qiziqishlarini qondirish uchun mehnat birlashmalarining tashkil etilishi bozor munosabatlari sharoitining zaruriy ehtiyojidir. Birlashmaga jalb etilgan o‘quvchilar o‘z mehnatlari natijalarini ko‘rib, chuqur ruhiy qoniqish hosil qiladilar. Mehnat faoliyati ularda mustaqillik, mehnatsevarlik, erkinlik, ijodkorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, tashkilotchilik kabi sifatlarni shakllantiradi. Mehnat birlashmalari o‘quvchilarda intizomlilik, do‘stlik, birdamlik, tejamkorlik, mehnat kishilariga hurmat ruhida tarbiyalab, ularni kelgusidagi kasbiy faoliyatiga tayyorlaydi. Mehnat birlashmalarida qatnashuvchi o‘quvchilar shu jamoaning qiziqish va intilishlari ruhida tarbiyalanib, aniq bir maqsadni amalga oshirish uchun harakat qiladi, uning yutuq va kamchiliklarini dildan his qiladilar. Mehnat topshiriqlarini o‘z vaqtida sifatli bajarishga, ijodiy izlanib, yondashgan holda hamda xom ashyo materiallaridan imkon qadar unumli foydalanishga javobgarlik hissini sezish ruhida tarbiyalanib boriladi. Birlashmada tashkil etiladigan mehnat jamoa a’zolarining ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga, jamiyat va tabiat boyliklarini asrash va ko‘paytirishga hamda o‘quvchilarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashga qaratilgan bo‘lishi talab etiladi. Birlashmada kasbga yo‘naltirish mehnati o‘quv, xizmat ko‘rsatish, xom ashyo va mahsulotlarini tayyorlash mehnati asosida amalga oshiriladi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling