1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari


Bilim - voqyelikni bilish natijasi; u amalda sinalgan bo’lib, voqyelikning inson taffakkuridagi to’g’ri in’ikosidir. Ko’nikma


Download 0.49 Mb.
bet24/80
Sana04.10.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1691698
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   80
Bog'liq
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi

Bilim - voqyelikni bilish natijasi; u amalda sinalgan bo’lib, voqyelikning inson taffakkuridagi to’g’ri in’ikosidir.
Ko’nikma - biror maqsad yo’lida harakat bajarish qobiliyati; ishlab chiqarish yoki o’quv faoliyatida bir xil harakat yoki bir tipdagi masalalarni yechishning ongli ravishda ko’p marta qaytarilishi natijasida avtomatizm holiga keladi.
Malaka - takrorlash yo’li bilan shakllantiriladigan, yuqori o’zlashtirilish darajasi hamda anglangan nazoratsiz amalga oshirilishi bilan tavsiflanuvchi harakatlar hisoblanib, perseptiv, intellektual va harakat malakalari farqlanadi.
Yangi axborot texnologiyalari - axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va yangi axborotni yaratish bilan shug’ullanuvchi texnologiyalarni kompyuterlar asosida joriy etish, ya’ni belgilangan faoliyat turini amalga oshiruvchi kompyuter va unda joriy etilgan dasturiy ta’minotni yuritish majmuasi.
To’garaklar tiplari: tayyorlov texnik to’garagi; fan (ilmiy-texnik) to’garagi; sport-texnik to’garagi; ishlab-chiqarish texnik to’garagi; badiiy-amaliy to’garaklar.
Ixtirochilik - ilmiy g’oyalarining texnik yechimlarga ijodiy tadbiqi, ilmiy texnika taraqqiyoti sur’atlarini belgilovchi asosiy ko’rsatkich, yangi texnika va texnologiyalar yaratilishining mezoni hamda uning yuqori ilmiy-texnik darajasini ta’minlovchi omil hisoblanadi.
Ixtirochilik bilimlari - yangi texnik yechim ishlab chiqish uchun talab etiladigan tushuncha va tasavvurlarning bilish faoliyati mahsuli sifatida inson ongidagi tizimlangan in’ikosi.
Ixtirochilik ko’nikmalari - insonning maqsadga yo’naltirilgan ijodiy faoliyatini anglangan nazoratni susaytirgan holda aqliy jarayon bosqichlarini tez va to’laqonli amalga oshirish darajasini ifodalaydi. 
Ixtirochilik malakalari - insonning mos ravishdagi ijodiy faoliyatini qisman avtomatlashgan tarzda, amalga oshiriladigan aqliy jarayon bosqichlarining faqat dastlabkisini anglagan holda amalga oshira olish darajasi.
Masala - bu ko’zlangan natijaga erishish yoki berilgan harakatni bajarish yo’llari to’g’risidagi bilim va vositalarning yetarli darajada shakllantirilgan ifodasidir .
Muammo - hal qilinishi talab etiladigan vazifa bo’lib, uni amalga oshirish uchun zarur yechim yoki muqobil yechimlarni topishning imkoni bo’lmaydi, yoki ikkala sabab birga keladi.
Maqsad - faoliyatning avvaldan fikran o’ylangan natijasi. Bevosita motiv sifatida maqsad inson faoliyatini muayyan yo’lga boshlaydi va uni boshqaradi.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling