1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari


Ilmiy ijodkorlik jarayonida mantiqiy va intuitiv tafakkurning ahamiyati


Download 479.64 Kb.
bet26/80
Sana27.01.2023
Hajmi479.64 Kb.
#1131299
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80
Bog'liq
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi

Ilmiy ijodkorlik jarayonida mantiqiy va intuitiv tafakkurning ahamiyati.
Ijodkorlik jarayonida mantiq va intuisiyani har xil ahamiyatga ega bo’lishini ko’pchilik olimlar ko’rsatib o’tishgan.
Ular ta’kidlashicha – “Fanning o’zida intuisiya, agar bir qancha ustunliklarga ega bo’lganligini hisobga olinmasa, analiz doimo isbotning yakkayu yagona qonuniy quroli bo’lishiga intilib borayotgan bir davrda ham u ixtiro qilishda asosiy qurol bo’lib qolaveradi”.
Ijodkorlik sikli bir necha zvenolardan tashkil topgan bo’ladi. Bu xaqda ijodkorlik fani va amaliyotda ma’lum bo’lmagan yangi g’oyalarni o’quvchi tahlil qilish maqsadida amalga oshiradigan jarayonni, ya’ni turli yangi texnik, ijodiy yechimlarni o’rganish, ishlab chiqish. Sinab ko’rish va taqqoslab ko’rish kabi tadqiqotchilik tavsifidagi vazifalarni amalga oshirishni ifodalaydi. Bu jarayon o’quvchining bilim saviyasini oshiruvchi va mustahkamlovchi, faol va mustaqil fikrlash xislatlari, ma’naviy-ma’rifiy saviyasi sezilarli o’sishga va kelajakda xaqiqiy ijodkor shaxs bo’lib etishishiga xizmat qilish bilan ahamiyatlidir.
Ijodkorlik – bu nafaqat xalq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan ijobiy samarali texnik yechim, balki obektiv borliqni bilish yo’li hamdir.
O’quvchilar ijodkorlik faoliyatini tashkil qilishda ikki o’zaro bog’liq vazifani e’tiborga olish lozim. Ularning birinchisi – o’quvchilar ijodkorlik faoliyatida mustaqil fikrlashni rivojlantirish, bilim egallashdagi intiluvchanligi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish bilan, ikkinchisi – o’zlashtirilgan bilimlarni ta’limda va amaliy faoliyatda mustaqil qo’llay olishga o’rgatish bilan belgilanadi.
Ijodkorlik o’quvchi egallayotgan bilimlarning mustahkamlash va mukammallashni ta’minlash, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxs xislatlarini shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi hisoblanadi. Bu holat ayniqsa bo’lajak mutaxassislarning fan asoslarini o’zlashtirishda, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlikni amalga oshirishda ijodiy ish shakllarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Odatda ijodkor o’quvchilar eng yaxshi ma’lumotlarni o’zlashtirishga va amaliy tajribalarni egallashga intiladilar. Ijodkorlik faoliyatini eng yuqori natijasi sifatida ixtirolar ilmiy kashfiyotlar kabi, ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash jarayonida yaratiladi.
“Sabab-oqibat” bog’likligidan kelib chiqib tabiat va jamiyat, texnika va tafakkurning shu darajagacha ma’lum bo’lmagan qonuniyatlarini ochib beruvchi kashfiyotlardan farqli ravishda, ixtironi amalga oshirishda “maqsad-vosita” munosabati yordamida texnik yechish konstruktiv jihatlari aniqlanadi. Kashfiyotlarni rasmiylashtirish uchun asillik masalan, birinchi bo’lib e’lon qilinganlikning o’zi kifoya qiladi. Patent berilishi uchun esa ixtiro obekti: muammoning texnik yechimi, ob`yektiv yangilik va jiddiy o’zgarishga ega bo’lishi, ijobiy samara berishi talab etiladi.
Ta’lim muassasalari o’quvchilarining ijodkorlik faoliyatni rivojlantirishda ilmiy-texnik ma’lumotlar bilan tanishish muhim o’rin tutadi. O’quvchilarga axborotnomalar, patent to’plamlari, ixtirochilik va patentshunoslik sohasidagi qonunchilik materiallari asosiy manba vazifasini o’taydi. Informatika va patentshunoslik sohasidagi mutaxassislar bilan yaqindan hamkorlik qilish, shu sohalarga oid davriy nashrlar bilan muntazam tanishib borish ham o’zining ijobiy natijalarini beradi. Albatta, ushbu manbalarning yetishmasligi, o’quvchilarning bu boradagi extiyojlari qondirilmasligi ijodkorlik faoliyatni rivojlantirishdagi muhim muammolardan biri sanaladi.
Ijodkorlik masalalarni yechishning tahliliy metodi muammo yechishni topish uchun uning matematik qurishni ko’zda tutadi. Bu modda yechish aniqligi ob`yekt yoki jarayon ko’rsatkichlarining uni o’rganish uchun ishlab chiqilgan model ko’rsatkichlariga mutanosiblik masalarini tadqiq qilishning keltirilgan metodlarini o’quvchilar faoliyatiga moslash uchun ularni amalga oshirish yo’llarini birmuncha soddalashtirish hamda subyektiv ixtirolardan foydalanish uchun qo’llashda ikkala guruhga tegishli metodlardan iborat umumiy majmua ishlab chiqish talab etiladi.
Bugungi kunda ijodkorlik faoliyatining amaldagi holatiga ko’ra aytish mumkinki, yangi texnik yechimni ishlab chiqish uchun talab etiluvchi eng yangi axborot, ma’lumot va bilimlarni jamlash, qayta ishlash va qabul qilishda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilmasdan turib sohani jaxon talablari darajasida rivojlantirib bo’lmaydi. Bu vazifani amalga oshirishda eng o’sib kelayotgan yoshlarning aynan shu sohadagi bilim va ko’nikmalarini tarbiyalashga xizmat qiluvchi bo’lajak mutaxassislarning ijodkorlik faoliyati hamda yangi axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarini eng yuqori talablar asosida shakllantirish alohida dolzarblik kasb etadi.
Masalan: mashxur fizik Born quyidagilarni yozadi: “..... men fandagi analitik holda oldindan aytilgan fikrlarni kundalik ishlarimizdan keskin farq qilishini ko’ryapman. Ayrim kriteriyalar bo’yicha ko’rsatilgan obraz to’liq hisoblanib, unga harakterli bo’lgan barcha xususiyatlarga egaligini biz kundalik hayotimizda hisobga olib boramiz.
Biroq oldindan aytish qisman ma’lum xodisani real obrazi o’zining xaqiqiyligidan farq qiladi”, degan gipotetik taxminga asoslanadi. Agar u tajribada tasdiqlansa, uni asosida qonuniy hisoblangan gipoteza yotgan bo’lsa-da, oldindan aytish yangi bilim beradi. Lekin uning muvoffaqiyatli intuisiyaga juda bog’liqdir. Born o’z fikrini ikki tipdagi ixtiroga oid tarixiy misollar bilan:
1 – mavjud nazariyani mantiqiy analiz qilish bilan amalga oshirilishi,
2 – shu kunga qadar aloqasiz bo’lgan tajribalarning o’zaro bog’liqligi mavjud ekanligi haqidagi muammolarni yangi nazariya yaratish bilan tushuntiriladi.
Dalil va raqamlardan kelib chiqib ilmiy farazlar qurishga yoki topishda o’tishga ilmiy intuisiya hal qiluvchi ahamiyatga bo’ladi. Intuisiya, uni mantiqi bilan bog’liqligi, ixtirochilik g’oyalarini kelib chiqishida tutgan o’rnini belgilashdagi muammolar murakkab bo’lib, uni hozirgacha to’la hal qilingan deyish mumkin.
“Qisqacha psixologik lug’at” da intuisiya- “paydo bo’lish yo’llari va shartlari anglanmagan holda holis bo’luvchi bilimlar sifatida yuzaga keladi, shunga ko’ra subyekt unga” bevosita yuzaga “kelgan natija sifatida ega bo’ladi” – deb ta’riflanadi.
Intuisiya – bu subyekt tomonidan o’ziga fikran qo’yiladigan savol va muammolarga anglanmagan holatda yuzaga keluvchi javoblar bo’lib, u to’plangan tajriba va bilimlar asosida amalga oshadi.
Ijodkorlik jarayonida mantiq va intuisiyaning har xil ahamiyatga ega bo’lishini fransuz olimi A. Puankare ko’rsatib o’tgan edi. Xususan, u «fanning o’zida intuisiya agar bir qancha ustunliklarga ega bo’lganligi hisobga olinmasa, analiz isbotning yakkayu yagona qonuniy quroli bo’lishga intilib borayotgan bir davrda ham u ixtiro qilishda asosiy qurol bo’lib qolaveradi» - deb yozadi.
Ijodkorlik siklining ma’lum zvenolari xaqida boshqa olimlar ham bir necha bor o’z fikrlarini aytdilar. Xususan, bu haqda mashhur fizik M.Born qo’yidagilarni yozadi: «... men fandagi analitik holda oldindan aytilgan fikrlarni kundalik ishlarimizdan keskin farq qilishini ko’rmayapman, ayrim kriteriyalar bo’yicha ko’rsatilgan obraz to’liq hisoblanib unga xarakterli bo’lgan barcha xususiyatlarga egaligini biz kundalik hayotimizda hisobga olib boramiz. Biroq sintetik jihatdan aytish qisman ma’lum bo’lgan hodisaning real obrazi o’zining xaqiqiyligidan farq qiladi degan gipotetik taxminga asoslanadi. Agar u tajribada tasdiqlansa uning asosida qonuniy hisoblangan gipoteza yotgan bo’lsada oldindan aytish yangi bilim beradi. Lekin uning muaffaqiyati intuisiyaga juda bog’liqdir...». M.Born o’z fikrini ikki tipdagi ixtiroga oid tarixiy misollar bilan: Ulardan biri mavjud nazariyani mantiqiy analiz qilish bilan amalga oshirildi, boshqasi esa shu kunga qadar aloqasiz bo’lgan tajribalarning o’zaro bog’liqligi mavjud ekanligi xaqidagi muammolarni yangi nazariya yaratish bilan tushuntiradi.
Birinchisiga, Adams va unga aloqasiz holda Leveryelarning boshqa planetalar harakatida yuz bergan bir oz o’zgarishlar asosida aytilgan nazariyasiga muvofiq, Galeley tomonidan Neptun planetasining ochilishi kiradi. M.Bornning aytishicha bu yerda nazariya rivojlanmadi: «Bu matematika san’ati va toqatning ulkan siljishi, shuningdek, natijalarga bo’lgan ishonch edi. Biroq ularni e’tirof etmaganda ham bu hol nazariyaning dunyo qarashini kengaytirgani yo’q; bu ma’lum bo’lgan Nyuton mexanikasining qo’llanilishini analitik jihatdan oldindan aytish edi».
Ikki tip ixtiyoriga A. Eynshteyn tomonidan aytilgan quyosh yaqinida yorug’likning chetlanishi kiradi. Bu inert va gravitasion massaning proporsionalligi xaqidagi muhim faktni sezish va M.Bornning ta’bricha «Tajriba natijalarining uzun zanjirdagi gigant sintez» deb atalgan yangi nazariyaning yaratilishini talab qiladi.
Dalil va raqamlardan kelib chiqib, ilmiy farazlar qurushga yoki topishga o’tishda, shuningdek, nazariy xulosalardan amaliy sinov ishlariga o’tishga ilmiy intuisiya hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Intuisiya uning mantiq bilan bog’liqligi ixtirochilik g’oyalarining kelib chiqishida tutgan o’rnini belgilashdagi muammolar murakkab bo’lib, uning hozirgacha to’la hal qilinmagan deyish mumkin. «Qisqacha psixologik lug’at» da intuisiya - «paydo bo’lish yo’llari va shartlari anglanmagan holda hosil bo’luvchi bilimlar sifatida yuzaga keladi shunga ko’ra subyekt unga bevosita yuzaga kelgan natija sifatida ega bo’ladi» deb ta’riflanadi. Ushbu va boshqa adabiyotlarda keltirilgan tariflar intuisiya tabiatini, uning hosil buluvchi asosini uzida aks ettirmaydi va shu sababli uni to’liq deb bo’lmaydi. Bizning fikrimizga ko’ra intuisiya – bu subyekt tomonidan o’ziga fikran qo’yiladigan savol va muammolarga anglanmagan holatda yuzaga keluvchi javoblar bo’lib, u to’plangan tajriba va bilimlar asosida amalga oshadi.
Ijodkorlik – yangi ijodiy va ma’naviy boyliklarni yaratishga yo’naltirilgan faoliyat turi. Bunday faoliyat turi Respublikamizda 1920 yildan boshlangan bo’lib, xozirgi kunga belib yanada takomillashib, rivojlanib kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining IX bobining 42-moddasida Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, ma’daniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning ma’daniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g’amxo’rlik qiladi. Hamda 56-moddasida O’zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy omillarning jamiyatlari, xotin-qizlar, fahriylar va yoshlar tashkilotlari ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqorolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi. Shu qonunlarga muvofiq Respublikamizda halq ijodkorlik tizimi rivojlanib kelmoqda. Yurtimiz ta’lim muassasalarida, ko’pgina oliy o’quv yurtlari talabalari uchun ular qoshida, maxsus ixtidorli yoshlar qoshida to’garaklar ish olib bormoqda. Shu to’garaklarga misol qilib joylarda tashkil etilgan “O’quvchilar ijodkorlik uyi”ni aytishimiz mumkin. Bular qizlar zardo’zchilik, tikuvchilik, qandolatchilik va boshqa to’garaklarga qatnashadilar.

Texnik ijodkorlikning o’ziga xos xususiyatlari bo’yicha
TARQATMA MATERIALLAR










Ko’pchilik olimlar ijodkorlik jarayonida mantiq va intuisiyani qanday ahamiyatga ega deb ko’rsatishgan?




Olimlar fikricha intuisiya nimada asosiy qurol bo’lishi mumkin?












Ijodkorlik xalq xo’jaligida qanday yo’l hisoblanishi mumkin?






O’quvchilar ijodkorlik faoliyatini tashkil qilishda ikki o’zaro bog’liq vazifani e’tiborga olish kerakmi?










Ijodkorlikda nimalarga e’tibor qaratish kerak?




Ijodkor o’quvchilar nimaga ko’proq intiladilar?










Ijodkorlik faoliyatini eng yuqori natijasi deb nimalar ko’zda tutiladi?






O’quvchilar texnik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda nimalar muhim?












Ixtirochilik va potentshunoslik sohasida qonunchilikning asosiy manbasini ayting.




Intuisiya nimalar asosida amalga oshishi mumkin?












Bugungi kunda ijodkorlik faoliyatini jaxon talablari darajasida rivojlantirishning asosiy yo’li nimada?




Mashxur fizik Born o’z fikrini ixtiroga oid necha tipdagi tarixiy misollar bilan tushuntiradi.






Download 479.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling