Intuisiya, faraz, gipoteza, ishonchli ilmiy nazariya tushunchalari
Download 34.06 Kb.
|
INTUISIYA, FARAZ, GIPOTEZA, ISHONCHLI ILMIY NAZARIYA TUSHUNCHALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Argumentatsiya va isbotning mohiyati.
INTUISIYA, FARAZ, GIPOTEZA, ISHONCHLI ILMIY NAZARIYA TUSHUNCHALARI REJA 1. Argumentatsiyaning umumiy tavsifi. 2. Isbot va raddiyaning tuzilishi. 3. Isbot va rad etish qoidalari hamda ularni buzganda kelib chiqadigan mantiqiy xatolar. 4. Muammo, gipoteza nazariya Argumentatsiya va isbotning mohiyati. Ilmiy bilish va kundalik faoliyatda argumentatsiya va tanqid, isbot va raddiya kabi bilishning mantiqiy usullari keng qo’llaniladi. Talabalarga argumentatsiya va tanqid usullarini egallash, isbotlangan argumentatsiyani, isbotlanmagan argumentatsiyadan farqlash, rad etilmaydigan tanqiddan rad etilgan tanqidni, argumentatsiya va tanqiddagi xatoliklarni aniqlashni egallash tavsiya etiladi. Argumentatsiya va tanqid nazariyasining mantiqiy va metodologik asoslarini egallash, pedagogik ilmiy va boshqa faoliyatni samarali olib borish imkoniyatini beradi. Argumentatsiya – hukm, gipoteza, kontseptsiyani asoslash usullaridan biridir. Tasdiqlash voqelikga bevosita murojat qilish (kuzatish, tajriba va boshqalari) orqali yoki bilvosita ma'lum bir mantiqiy usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Mantiqiy usullarda ham asoslash voqelikka murojaat qilish orqali ham amalga oshirilishi mumkin, lekin bunda murajaat bevosita emas, bilvosita amalga oshiriladi. Argumentatsiya – bu biror-bir tasdiqni boshqa tasdiq bilan to’liq yoki qisman asoslashdir. Argumentatsiyaning vazifasi biron-bir fikrni chinligiga ishonch hosil qilishdir. Ayniqsa bu siyosiy argumentatsiyaga ta'luqli. Ishonch to’liq yoki to’liqsiz bo’lishi mumkin. So’nggi holatdagi ishonch shaxsiy fikr deb ataladi. Shaxsiy fikrning ma'lum bir jihatlariga ishonchsizlik natijasidagi to’liqsiz e'tiqoddir. E'tiqod va shaxsiy fikr faqat argumentatsiya asosida emas balki kuzatish va amaliy faoliyatda ham hosil qilinadi. Demak argumentatsiya boshqa bir tasdiqlangan fikrlar asosida e'tiqod va shaxsiy fikrni shakllanishi jarayonidir. Argumentatsiyada asoslanishi lozim bo’lgan fikr tezis deb ataladi. Tezisni asoslash uchun keltirilgan fikr argument yoki asos deyiladi. Tezisni argument yordamida asoslashning mantiqiy usuli demonstratsiya deb ataladi. Argumentatsiyaning tuzilishi qo’yidagicha ifodalanadi. {A1,….., An} T A1,... An – argumentlar, T-tezis - Argument va tezis munosabati. Argumentatsiyaning ko’p tarqalgan shakli isbotdir. Isbot-biron-bir fikirning chinligini isbotlangan fikrlar va mantiqiy usullar bilan aniqlash. Isbot argumentatsiyaning shunday shakliki, bunda argumentlarning chinligi avvaldan isbotlangan bo’ladi. Isbot xam tezis, argument va demonstratsiyadan iborat. Masalan, “Temirning zichligi suvnikidan yuqori”- -Tezis
“Metallarning zichligi suvnikidan yuqori” va “Temir metall”– argument. Demonstratsiya ko’p hollarda oddiy qat'iy sillogizm shaklida bo’ladi. Yuqoridagi misol ham shunday ko’rinishda. Isbotlashda deduktsiya bilan birga induktsiya va analogiyadan ham foydalanish mumkin. Lekin induktsiya va analogiyaning xulosalari ko’p hollarda ehtimoli bo’ladi. Isbot nazariy va amaliy faoliyatning turli sohalarida muhim ahamiyatga ega. Ilgari surilgan fikrni asoslab biz uchun voqelikka mos kelishini, tezisni chinligiga ishontiramiz. Asoslangan fikrlar-ilmiy bilimning muhim vazifasidir. hech bir ilmiy g’oya isbotlanmagan e'tiqod sifatida qabul qilinmaydi. Isbotlash bevosita va bilvositaga bo’linadi. Bevosita isbotlashda tezisning chinligi orzumentdan to’g’ridan to’g’ri kelib chiqadi. Bevosita isbotda tezisga zid orgumentlardan foydalanilmaydi. Masalan, «Ba'zi metallar ranglidir» tezis “Mis rangli metall ”, “Kumush rangli metall”, “Oltin rangli metall” – arzumentlar. Bilvosita isbot analogik va ayiruvchiga bo’linadi. Analogik bilvosita isbotda tezisning chinligi antiterisning xatoligini isbotlashdan kelib chiqadi. Antiterisga qarama-qarshi bo’lgan hukmdir. Masalan, “Ba'zi metallar ranglidir” – tezis “hech bir metall rangli emas” – antitezis. Bu holda biz antitezisni xatoligi «Miss rangli metall», “Kumush rangli metall”, “Oltin rangli metall” kabi hukmlar yordamida isbotlanadi. Ayiruvchi bilvosita isbotda tezis sof ayiruvchi hukmning (kuchli diz'yunktsiyaning) bir a'zosi bo’lib, uning chinligi boshqa a'zolarining (antiterisning) xatoligini ko’rsatish orqali asoslanadi. Masalan, «Omborxonadagi yong’in olov bilan ehtiyotkorsizlik asosida chiqgan»- tezis, “omborxonadagi yong’in olov berish asosida chiqgan”, “omborxonadagi yong’in elektr o’tkazgichlardagi nosozlik asosida chiqqan”- argument. Agar tekshirish natijasida argumentlarning chinligi tasdiqlanmasa yong’in olov bilan ehtiyotkorsizlik natijasida kelib chiqqanligi tasdiqlanadi. Bu isbot ayruvchi – qat'iy xulosa chiqarishning inkor-tasdiq modusi bo’yicha qurilgan. Tezis bu modusning qoidalariga rioya qilish sharoitida isbotlanadi, agar ayiruvchi asos to’liq diz'yunktsiya hukmidan iborat bo’lsa, bu holatda yong’inning boshqa sabablari istisno qilinadi. Download 34.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling