Intuisiya, faraz, gipoteza, ishonchli ilmiy nazariya tushunchalari
Muammo. Faraz (gipoteza) Nazariya
Download 34.06 Kb.
|
INTUISIYA, FARAZ, GIPOTEZA, ISHONCHLI ILMIY NAZARIYA TUSHUNCHALARI
Muammo. Faraz (gipoteza) Nazariya.
Ilmiy bilishda mantiqning nafaqat tushuncha, hukm xulosa chiqarish va argumentatsiya haqidagi ta'limotlari, balki bilim rivojlanishi shakllari bo’lgan muammo, faraz va nazariya ham muhim rol o’ynaydi. Oliy o’quv yurti talabalarida bilim rivojlanishining bu shakllari haqida yetarli tushuncha mavjud bo’lmaydi va shuning uchun ular bu tushunchalarni bir yoqlama yoki tor ma'noda tushunishadi. Bilim rivojlanishi shakllari haqida yetarli tushunchaga ega bo’lmaslik ilmiy-tadqiqot, amaliy va pedagogik faoliyatda ma'lum bir qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Muammo. Muammo tushunchasini uni xarakteristikasini ochib berish orqali tushunish mumkin. Muammo – bu masalaning o’ziga xos shaklidir. Masala esa bu predmetlarning xossa va munosabatlaridagi aniq va aniqlanishi lozim bo’lgan jihatlarni ifodalagan mulohaza. Masalalarning tiplari turli hil bo’ladi: yechish metodi – algoritmi aniq bo’lgan masala, ahamiyatiga ko’ra yechilishi lozim bo’lgan masala, yechish metodini ishlab chiqish lozim bo’lgan masala. Muammo deb amaliy va nazariy jihatdan muhim, yechish usullari noma'lum yoki qisman noma'lum bo’lgan masalaning o’ziga hos tipiga aytiladi. Muammoni ikki turi mavjud: rivojlanmagan va rivojlangan. Rivojlanmagan muammo qo’yidagi jihatlar bilan xarakterlanadi: Birinchidan, bu nostandart masala, ya'ni yechish algoritmi mavjud bo’lmagan (algoritm noma'lum yoki bo’lishi mumkin emas) masala. Ko’pincha bu qiyin masala; ikkinchidan, bu ma'lum bir bilim asosida vujudga kelgan masala, ya'ni bilish jarayonining qonuniy natijasi sifatida vujudga kelgan masala; uchinchidan, bu yechimi bilishda vujudga kelgan ziddiyatni bartaraf etishga yo’naltirilgan masala (nazariya yoki kontseptsiyadagi alohida qoidalari, nazariya qoidalari va nisbatan fundamental nazariyalar o’rtasidagi ziddiyatlar) hamda talab va uni qondirish vositalari o’rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan; to’rtinchidan, yechish yo’llari ham ko’rinmaydigan masala. Yuqorida ko’rsatilgan jihatlarni dastlabki uchtasiga ega bo’lgan hamda yechishi uchun u yoki bu konkret ko’rsatmalarga ega masalalar rivojlangan muammo yoki muammo deyiladi. Muammoni o’zi uni yechimini konkret ko’rsatmalari darajasiga qarab turlarga bo’linadi. Shunday qilib, rivojlangan muammo – bu “ba'zi noma'lumlar haqidagi bilimdir”, shu noma'lumlikni bartaraf etish yo’llari haqidagi u yoki bu darajadagi konkret ko’rsatmalardir. Muammo uch qismdan iborat: 1. Tasdiqlar tizimi (dastlabki bilim bayoni); 2. Savol (“U yoki buni qanday aniqlashtirish yoki topish”); 3. Ehtimoliy yechish yo’llariga ko’rsatmalar. Rivojlanmagan muammoni ta'rifida uchinchi qism mavjud emas. Muammo deb nafaqat yuqorida ko’rsatilgan turlar haqidagi bilimlarga, balki rivojlanmagan muammoni shakllantirish, keyin birinchi darajali rivojlangan muammoni ikkinchi darajali rivojlangan muammoga aylantirishga ham aytiladi. Muammo bilim rivojlanishi jarayoni sifatida bir necha bosqichlardan iborat: Rivojlanmagan muammoni shakllantirish; Muammoni rivojlantirish – birinchi darajali keyinchalik ikkinchi darajali rivojlangan muammoni uni yechish yo’llarini konkretlashtirish orqali shakllantirish; Muammoni yechish; Gipoteza. Insonning ilmiy va amaliy faoliyatida hali noma'lum bo’lgan hodisa, sabab va xususiyatlar uchraydi. Ularni tushuntirish uchun turli xarakter va ishonchlilik darajasiga ega taxminlar ilgari suriladi. Ular hech bir asosga ega bo’lmagan uydirma, fantoziya bo’lishi yoki fan va amaliyot tomonidan ilgari surilgan muammolarni yechimi hamda keyinchalik ishonarli bilim ham bo’lishi mumkin. Bu taxminlar mantiqda gipoteza (faraz) deb ataladi. Gipoteza - bu o’rganilayotgan hodisani sabab va xossalarini tushuntirish uchun ilgari surilayotgan asoslangan taxmin tarzidagi bilim rivojlanishining shaklidir. Gipoteza bilim rivojlanishi shakli sifatida qator ketma – ket bosqichli murakkab fikriy jarayondir. Asosli taxmin sifatida gipoteza tadqiq etilishida kuzatish, analiz, umumlashtirish va boshqa mantiqiy usullardan foydalanuvchi faktlarga asoslanadi. Fan o’nlab, yuzlab yillar davomida keyinchalik inkor etilishi yoki ilmiy nazariyaga aylanishi mumkin bo’lgan gipotezalarni ilgari surish uchun faktlar to’plab beradi. Masalan, qadimgi yunon faylasuflarining materiya atomlardan tuzilganligi haqidagi ta'limoti. Bu gipoteza edi. Atomning mavjudligi tajribada XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib olimlar tomonidan maxsus asboblar yordamida uning og’irligi va tuzilishi tajribada isbotlangandan keyin aniqlandi. Gipotezaning turlari: umumiy, xususiy va ishchi gipoteza. Umumiy gipoteza deb o’rganilayotgan hodisaning qonunlari haqidagi asosli taxminga aytiladi. Olimlar borliq hodisalarini o’rganib ular o’rtasidagi doimiy aloqalarni aniqlaydi, bu esa o’zida ochilmagan qonunlarni yashirib yotgan ma'lum bir qonuniyatlarni namoyon bo’lishidan darak beradi. Mana shu asosda qonunning mavjudligi haqida gipoteza ilgari suriladi. Agar u tasdiqlansa ilmiy nazariyaga aylanadi. Umumiy gipotezalar fanni rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Ularning ko’pchiligi ilmiy nazariyaga aylangan. Masalan, Ch.Darvining hayvon va o’simlik turlarini kelib chiqishi haqidagi ta'limoti, A.Eynshteyn nisbiylik nazariyasi, kvant nazariyasi va boshqalar. Xususiy gipoteza alohida hodisalarning sabab va xossalari haqidagi asosli taxmindir. Masalan, vrach bemorga tashxis qo’yib, kasallik sabablari haqida taxmin qiladi. Tergovchi jinoyat motivlari haqida taxmin qiladi. Xususiy gipoteza tergov va sud amaliyoti, sud ekspertiza va tezkor – qidiruv ishlarida keng qo’llaniladi. Ishchi gipoteza tadqiqotning dastlabki bosqichida ilgari suriladigan taxmin bo’lib, o’z oldiga o’rganilayotgan xodisaning sababini aniqlashni maqsad qilib qo’ymaydi, balki faqat kuzatish va tajriba natijalarini tasvirlashga, tartibga solishga yordam beradi. Ilmiy va amaliy faoliyatning turli sohalarida ishchi gipotezaning turli ko’rinish shakllaridan biri deb ataluvchi - versiya keng qo’llaniladi. Versiya deb, biron – bir xodisa, voqea yoki faktning extimoliy taxminlaridan biriga aytiladi. Bir taxmin ilgari suriladigan gipotezaning boshqa shakllaridan farqli ravishda versiyada o’rganilayotgan faktni turlicha tushuntiradigan bir necha taxminga aytiladi. Masalan, hozirgi davrda ko’p avchahalokatlarda ko’p hollarda qo’yidagi versiyalar ilgari suriladi: Texnik nosozlik; Ekipajning xatosi; terroristik akt; ob – havo injiqligi; dispercherlik markazi xatosi; Versiya sud va tergov amaliyoti, sud ekspertizasi va tezkor – qidiruv ishlarida keng qo’llaniladi. Bu tergov versiyasi deyiladi. Tergov versiyasi – bu jinoiy hatti – harakatni tushuntiruvchi: jinoyatning sodir etish vaqti va joyi, uning motivi, qatnashchilari, quroli va boshqalari haqidagi ehtimoiy taxminlardan biridir. Gipoteza qo’yidagi bosqichlarni o’z ichiga olgan murakkab fikriy jarayondir: Faktlarni kuzatish, ularni analizi va sintezi. Kuzatilayotgan faktlar iloji boricha ko’proq hamda o’rganilayotgan hodisaga bevosita va bilvosita bog’liq bo’lish kerak. Bu bosqichda ilgari surilayotgan taxminni empirik asosi yaratiladi. Hodisani tushuntiruvchi taxminni ilgari surish. Bu bosqichda ehtimoiy taxmindan kelib chiqish muhimdir, lekin bunda uni ishonchli deb qabul qilmaslik kerak. Muhim sharti ob'ektiqlikdir: agar ilgari surilgan taxminga zid faktlar aniqlansa uni noto’g’ri deb qabul qilish kerak. Gipoteza boshlang’ich empirik materialga zid kelmasligi lozim. Ilgari surilgan taxmindan oqibatni ilgari surish. Agar, masalan, yong’inning sababi olov bilan ehtiyotkorsizlik bo’lsa, bu sabab aniq bir oqibatga olib borishi lozim. Oqibatni faktlar bilan taqqoslash. Agar oqibat faktlar bilan mos kelmasa u yolg’on bo’ladi. Biroq oqibatni yolg’onligidan asos (ilgari surilgan taxmin) ning xatoligi kelib chiqadi. Mulohaza xulosasi ishonchli bo’lgan shartli – qat'iy xulosa chiqarishning inkor etuvchi modusi bo’yicha quriladi. Xulosa zaruriyat bilan kelib chiqadi. Gipoteza rad etiladi. Gipotezani rad etish sxemasi
G – gipoteza, O - oqibat, - inkor belgisi. Inkor oqibat nafaqat faktlar bilan tasdiqlanmasligi, balki ularga zid kelishi kerak. Agar oqibat faktlar bilan tasdiqlansa, gipoteza isbot talab etadi, chunki oqibatning chinligidan asosning chinligi kelib chiqmaydi: Bu shartli – qat'iy xulosa chiqarishning noto’g’ri modusi. Gipoteza, ishonchli bilim bo’lishi mumkin, qachonki, hamma oqibatlar bitta sababdan kelib chiqsa. Asosi ekvivalent hukmdan iborat bo’lgan noto’g’ri modus bo’yicha kurilgan xulosa chiqarish ishonchli xulosa beradi: Ayiruvchi – qat'iy xulosa chiqarishning inkor – tasdiq modusi berilgan hodisani tushuntiruvchi barcha taxminlar ilgari surilganda ishonchli xulosa beradi.
Ikkinchi darajada borliq nazariya shaklida in'ikos etadi. Nazariya tushunchasi turli ma'nolarda; keng va tor ma'noda ishlatiladi. Insonning fikriy va amaliy faoliyatini farqlashda nazariya va amaliyot tushunchalari qo’llaniladi. Bunda nazariya keng ma'noda tafakkurni anglatadi. Biz ko’rib chiqayotgan tor ma'nodagi nazariya tushunchasi nimani anglatadi? Nazariya – bu borliqning ma'lum sohasi haqidagi ishonchli bilim bo’lib, mana shu borliqning modeli va shu sohadagi hodisalarni tushuntirish imkoniyatini beradi. Nazariya – ishonchli bilim (dialektik ma'noda). Nazariya borliqning biron – bir sohasi haqidagi to’liq va yakuniy haqiqat bo’lmasada, u baribir o’zining asosiy qismi bo’yicha asoslangandir. Unda keyinchalik rad etilmaydigan tarkib mavjud. hamma faylasuflar ham ishonchlilik – bu nazariyaning zaruriy belgisi deb hisoblashmaydi. Bu masalaga ikki yondoshuvni ajratish lozim: birinchi yondashuv tarafdorlari nazariya kontseptsiyasiga ishonchsiz deb yondashsada, fanning maqsadi – ishonchli nazariyani yaratish deb bilishadi. Ikkinchi yondashuv tarafdorlari nazariya real voqelikning in'ioasi emas deb ta'kidlashadi. Nazariyani ular bilishning quroli deb hisoblashadi. Agar bir nazariya boshqasidan bilishning qulayroq quroli bo’lsa. Masalan, Kopernikning “olam tizimi” Ptolomeyning “olam tizimi” dan bilishning qo’layroq qurolidir. Nazariyaning o’ziga xos jihatlariga qarab biz bilimning bu shaklini gipotezaga qaraganda ishonchliroq (asosli) deb hisoblaymiz. Nazariya voqelikning o’ziga xos modelidir. har qanday model kabi nazariya modellashtirilayotgan voqelik bilan mosdir, hamda uning soddalashtirilgani bo’lib, uni bilish maqsadida xizmat qiladi. Model bo’lib bu yerda nazariy ob'ektlar xizmat qiladi. Bu ob'ektlar kuzatish ob'ektlariga qarama – qarshi qo’yiladi, chunki fanga ma'lum bir fikriy faoliyat natijasida kiritiladi. Kuzatish ob'ektlari (empirik ob'ektlar) borliqda mavjud bo’ladi. Agar gap tabiiy – ilmiy nazariyalar haqida ketsa, bu nazariyalar empirik ob'ektlari moddiy ob'ekt sifatida mavjud bo’ladi. Nazariy ob'ektlarni fanga kiritilishi usuliga qarab qo’yidagi turlarga ajratish mumkin. Gipotetik ob'ektlar. Ular hodisalarni tushuntirish uchun kiritiladi. Masalan, kimyoviy va fizikaviy hodisalarni tushuntirish uchun elektron, yadro, energetik daraja va boshqalar kiritilgan. Bu ob'ektlar real mavjud deb fikr qilinadi, lekin ularni nazariy kiritish mumkin, chunki ular nazariyaga fikriy faoliyat natijasida kiritilgan va tabiatda mavjud bo’lmasligi ham mumkin edi. Ideallashgan ob'ektlar. Ideallashgan ob'ektlar ideallashtirish deb nomlanuvchi bilishning o’ziga xos usuli yordamida yaratiladi. Ideallashtirish jarayonida mavjud ob'ektlar haqidagi bilim asosida voqelikda mavjud bo’lmagan va bo’lishi mumkin emas bo’lgan ob'ektlar haqida tushunchalar hosil qilinadi. Ideallashtirish jarayonida predmetlarning ba'zi belgilaridan va haqiqatda ularda mavjud bo’lmagan, lekin ularga mansub deb olingan belgilardan chetlashiladi. Ko’p hollarda ideallashtirish asosida ba'zi belgilarning darajasiga qarab o’zgarish qobiliyati yotadi. Masalan, inson tanasining kattaligi, rangi o’zgarishi mumkin. Bu xususiyatlarni fikriy o’zgarish asosida voqelikda real mavjud bo’lmagan tana tushunchasi shakllanishi mumkin. “Boshi oyning kattaligidek odam”. Ideallashtirilgan ob'ektlar ijtimoiy fanlarda ham qo’llaniladi. Fizikada tabiatni bilishning foydali quroli sifatida ideal gaz va ideal suyuqlikni mavhumlashtirish qo’llaniladi. Real gaz va suyuqliklar o’zini “ideal” namoyon qilmaydi va o’zini ma'lum bir sharoitlar ta'sirida namoyon qiladi. Shu sababli ularni “Sof ko’rinish” da o’rganish uchun mavhumlashtirishdan foydalaniladi. Mantiqda ideallashgan ob'ektlarga moddiy implikatsiya, noaniq kon'yunktsiya, diz'yunktsiya, argumentatsiya strategiyalari (ularni shakllanishida hodisalarning vaqtinchalik o’lchamlaridan chetlashiladi) misol bo’ladi. Abstrakt (mavhum) ob'ektlar. Ular mavhumlashtirish amali asosida shakllanadi. Bu amalni “misollar yordamida tushuntirish” deb ataluvchi usul vositasida tushuntirish mumkin. qizil rangga ega bo’lgan predmetlarni kuzatib, qizil rangning essentsiyasi bo’lgan ob'ektni yaratish mumkin. Bu ob'ekt uchun “qizil” degan nom kiritiladi. Lekin bu fikriy bo’lib, reallikda mavjud emas. Biz bilamizki hech bir rang moddiy predmetlardan ajralgan alohida holda mavjud bo’lmaydi. Biroq bunday ob'ektni yaratish uchun ba'zi ob'ektiv asoslar mavjud. Mavhum ob'ektlarga – og’irlik, uzunlik, tezlik boshqalari kiradi. Ideal ob'ektlar. Bu ob'ektlar ideallashtirilgan ob'ektlardan farqli o’laroq real borliqdagi ma'lum bir obrazlardan yaratilmaydi. Ular bilishning maxsus quroli hisoblanadi. Bu – osmon doirasining aylanishini merediani, paralleli, kordinati, o’qidir. Demak, empirik ob'ektlar borliqning in'ikosidir. Nazariy ob'ektlar borliqda mavjud emas. Empirik ob'ektlar va nazariy ob'ektlarning qarama – qarshiligi borliqni mantiqiy qayta tiklashdir. Fan ob'ektlarini ikki tipga bo’linishi munosabati bilan fan tili terminlari ham ikki tipga – empirik va nazariy terminlarga ajratiladi: ulardan birinchisi ko’p hollarda kuzatish terminlari deb ataladi. Kuzatish terminlari kuzatilayotgan ob'ektlarni anglatadi, nazariy terminlar esa - kuzatilmayotgan ob'ektlardir. Nazariyaning o’ziga xos jihati shundaki, u bashorat kuchiga ega. Nazariyadagi mulohazalardan mantiqiy usullar vositasida yangi mulohazalar keltirib chiqarish mumkin, ya'ni bir bilimdan boshqasini borliqga bevosita murojaat qilmasdan keltirib chiqariladi. Bu nazariyaning bashorat qilish qimmatidir. Nazariya nafaqat ma'lum bir hodisalarni bayon etadi, balki bu hodisalarni tushuntiradi ham. Nazariya empirik faktlarni deduktiv va induktiv sistemalashtirish vositasidir. Nazariya vositasida faktlar, qonunlar haqidagi fikrlar o’rtasidagi ma'lum bir munosabatlarni o’rnatish mumkin, agar nazariya doirasida bu munosabatlar kuzatilmasa. Ijtimoiy nazariyada qo’yidagi tarkibiy qismlarni ajratish mumkin: Nazariyaning boshlang’ich empirik bazasi; O’zida nazariyaning boshlang’ich tushuncha, qonun va printsiplari tizimini ifodalagan nazariyaning boshlang’ich nazariy asosi; Nazariyaning boshlang’ich nazariy asoslari va nazariyaning boshlang’ich empirik bazasida kelib chiqarilgan ko’pgina oqibatlar. Download 34.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling