1-ma’ruza: texnologiya fanini o’qitish metodikasi fani vazifasi reja: Texnologiya fanini o’qitish metodikasi fanining mazmuni, fanning oldiga qoyilgan maqsad va vazifalar. «Ta`lim to’g`risidagi»
Download 386.79 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat tarbiyasi
Amalga oshirish bosqichlari:
1-bosqich: 1997-2001 yillar 2-bosqich: 2001-2005 yillar 3-bosqich: 2005 va undan keyingi yillar Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir: shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi; davlat va jamiyat — ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari; uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi; fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi; ishlab chiqarish kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi. Mehnat tarbiyasi- tarbiyaning muhim turi, shaxsni shakllantirishning zarur shartlaridan biri bo’lgan pedagogik jarayon. Mehnat tarbiyasi kishidan ijtimoiy foydali mehnatga ichki ehtiyoj, institutizom, batartiblik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, ishchanlik, ishning ko’zini bilish singari sifatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Mehnat inson ehtiyojlarini qondirishning birinchi va asosiy vositasi bo’lganligi uchun ham mehnat tarbiyasi tarbiyaning boshqa hamma turlaridan oldin paydo bo’lgan. Mehnat tarbiyasi g’oyat keng falsafiy-pedagogik kategoriya bo’lib, "mehnat ta’limi", "kasbga yo’naltirish", "politexnik ta’lim", "kasb ta’limi" singari tushunchalarni o’z ichiga oladi. Mehnat tarbiyasi berish hamma zamonlarda ham jamiyat taraqqiyotining asosi, yoshlarni hayotga tayyorlashning eng muhim vositasi bo’lib kelgan. Shuning uchun ham barcha ilohiy kitoblar va hamma mutafakkirlar tomonidan yaratilgan bitiklarda mehnat tarbiyasiga katta e’tibor berilgan. Lekin ularga materialist (moddiyunchi)lardan farqli tarzda mehnat tarbiyasi deyilganda faqat jismoniy mehnatga doir ko’nikma va malakalarni shakllantirish ko’zda tutilmagan. Mehnat tarbiyasi, avvalo, oilada bola o’zini anglay boshlashi bilannoq amalga oshirila boradi. Jumladan, chaqaloklar go’daklik bosqichiga o’tishlari bilanoq, ularga dastlabki mehnat tarbiyasi berila boshlanadi. Shunday qilinmasa, bola faqat iste’molchiga aylanib qoladi va natijada u noshud va yalqovgina emas, ma’naviyati kemtik shaxs ham bo’lib shakllanishi mumkin. Bolalarga mehnat tarbiyasi berishda bog’cha, maktab singari ijtimoiy pedagogik muassasalar katta o’rin tutadi. Chunki bu muassasalarda mehnat tarbiyasi ilmiy asosda tegishli mutaxassislar tomonidan uyushtiriladi. Mehnat tarbiyasini tashkil etishdagi asosiy jihat shundaki, u bolalarning yosh xususiyatlari, ruhiy, aqliy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq bo’lishi lozim. Bolaning imkoniyatlaridan yengil mehnat tarbiyasi ularni zeriktirgani kabi ularning imkoniyatlaridan og’ir topshiriqlar bolalarni bezdirishi mumkin. Mehnat tarbiyasini amalga oshirishda tizimlilik va institutizom bo’lishiga qat’iy amal qilinishi joiz. Aks holda, har qanday qobiliyatli bola ham yetarlicha mehnat tarbiyasi ololmasligi mumkin. Mehnat tarbiyasi uchun maktab davri eng qulay fursatdir. Birinchi navbatda, o’qish jarayonining o’zi og’ir akdiyjismoniy mehnatdir. Maktabga o’z vaqtida kelib-ketish, o’qish-yozishni o’rganish, berilgan bilimlarni egallash uchun o’quvchilarga mehnat tarbiyasi berilgan bo’lishi kerak. Chunki o’quv topshiriqlarini bajarish, dars o’zlashtirish, o’tilganlarni takrorlash, yozma ishlar bajarish, kerakli matnlarni yodlash, ko’chirmalar olish, lug’atlar bilan ishlay olishi uchun o’quvchi muayyan institutizomga rioya etishi, tashkilotchilik qobiliyati va ishchanlik xususiyatiga ega bo’lishi, ishning ko’zini bilishi kerak. Mehnat tarbiyasida, avval aytilganidek, mehnat ta’limi va kasbga yo’naltirish jarayonlarining ham o’rni katta. Chunki bu jarayonlarda o’quvchilar bevosita tegishli mehnat ko’nikmalarini egallash va ularni mustaqil ravishda qo’llash bosqichini o’taydilar. Shuningdek, ular bu asnoda qaysi bir mehnat yo’nalishi o’ziga muvofiqroq ekanligini bilib oladilar. Shuning uchun ham mehnat ta’limi imkon qadar xilma-xil bo’lishi hamda o’quvchilarning aqliy, jismoniy imkoniyatlari va jinsiy xususiyatlariga muvofiq kelishi zarur. O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida"gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997 y. 29 avgust)ga muvofiq, o’rta maxsus ta’lim bosqichining majburiy bo’lganligi o’zbek o’quvchilariga mehnat tarbiyasi berishda alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, bu bosqich to’liq kasbga yo’naltirilgan bo’lib, kasbhunar kollejlari o’quvchilari bevosita o’zlari tanlagan kasblarga doir ko’nikma va malakalar shakllantirsalar, akademik litsey o’quvchilari kelajakda egallaydigan kasblarning nazariy asoslarini o’zlashtiradilar. Oliy ta’limning bakalavriat va magistratura bosqichlarida mehnat tarbiyasi bevosita kasb ta’limi bilan qo’shib amalga oshiriladi. Mehnat tarbiyasi berishda o’quvchilarning bo’sh vaqtidan to’g’ri foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Bolalarning o’quv rejasida ko’zda tutilgan, mehnat amaliyotini o’tashlarini to’g’ri tashkil etish, ularni bolalar, o’smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari qoshidagi to’garaklarga ko’proq jalb qilish yosh avlodning komil shaxslar sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Inson-hayot tarizi bugungi kundagi ko’rinishiga yetib kelguncha qanchadan- qancha mashaqatli mexnat qilishlariga to’iri kelganini qadimdan qolgan yozma manbalardan bizga va kelajak avlodlarga ham yetib borish lozim bo’lgan darajadagi qadimiy va qadirli ma’lumotlarki ularni ko’z qorachig’imizdak assrab avaylamog’imiz lozmdir. Bunday ma’lumotlarni qaytadan tiklab olish mumkun emesku. Ajdodlarimiz merosi va xalq qadriyatlarida bolalarni mehnat bilan xalol yashash, hunar o’rganish lozimligi ustuvor ekanligi ko’rsatilgan. Abu Nasr Farobiy o’zining “Fozil odamlar shahri” asarida “Kasb – hunarni ish tajribada intilish va g’ayrat bilan o’z vujudlariga singdirganlaridan so’ng ularni asta – sekin egallay boradilar” 1 kabi taolimotni ilgari surgan. Bunday g’oyalar, taolimotlar Abu Rayhon Beruniyning “Mineralogiya”, “Geodeziya”, Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq”, Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig” kabi asarlarida alohida o’rin egallagan. Bunday asarlar adabiy – tarixiy, madaniy – maorifiy merosimizda juda ko’plab mavjuddir. Mehnat tarbiyas xaqida judayam ko’plab to’giri va aniq fikirlarni olimlarimiz va shoirlarimiz bizga mos bo’lib qolgan marifiy asarlardan o’rnak bo’lsak bo’ladiganlari judayam ko’plab topiladi. Ulardan yaona biri bu Abu Rayxon Beruniydir “Insonning xa’lol mehnati qilish va kasb hunar egallashi tufayli aqil zakovati qobilyat. Qudratini oshirib borishga ishonadi. Bu biln u mehnatsevarlik o’z kasbini ardoqlash fazilatini g’oyatda qadirlaydi. Mutafakirlar quydagilar fikir-larni taxsinga loyiqdir “Xar bir insonni qadir-qimmati o’z ishini qoyil qilib baiarishida” deb takidlaydi. U yana shunda deydi asalarilar ham o’zi sog’lom bo’lib ishlolmay asalni bekorga yeb yotadiganlarni oldirib tashlaydilar deydi”. Yana bir atoqli marifatparvar shoir va mutafakir inson bu Yusuf Xos Xojib o’z bolalarning mehnat qilishga o’rgatmasa bu bilan ularning kelgusida naloyiq hatti harakatlar qilishiga tog’iridan to’g’iri aytib bo’lmaydi, ota-onalarni qatiy qoralaydi. “Kimki og’li yoki qizni taltaytirib yuborgan bolsa buning uchun oxirida qattiq yig’laydi xar bir ota-ona oz farzandiga yaxshidan xunar orgatishi kerakligini qayta-qayta uqtiradi” deb o’z asarlarida takidlab o’tganlar. Pedagog-shoir hamza hakimzoda Niyoziy yoshlikdan ilim olishning ahamiyati haqida gapirar ekan O’qish “Kitobi” Qalam kabi sherlardan ilimni mehnatsiz egallab bolmasligini tog’risidagi g’oyani ilgari suradi. Hunarmandlar tarixini tahlil qilish shuni ko’rsatmoqdaki, har bir hunarmand o’z farzandlaridan tashqari, hech qanday haq talab qilmay, 5 – 6 shogirdni tarbiyalab, hunar o’rgatgan. Ustoz – shogirdchilik ancha rivojlangan. Ustoz shogirdiga mehnat qilishni, boshlagan ishini oxiriga yetkazishni, ishni nafis va sifatli qilib bajarishni va odobli bo’lishni o’rgatgan, ayniqsa, shogirdlariga o’z mahsulotini bozorgir bo’lishiga eotibor berishni, mehnati bilan g’ururlanish xislatlarini tarbiyalashga eotibor qaratgan. Shogird hunarini to’liq o’zlashtira borgani sari ustoz o’z shogirdiga zaruriy asbob – uskunalarni hozirlab, ularga “oq fotiha” berib, mustaqil ishlashga yo’naltirgan. U yoshlarga kelajakda orzulariga yetishishi ilim-fanni egalashi uchun yoshlikdan mehnat qilish zarurligini takidlaydi. Mutafakirning takidlagani judayam to’g’iri va xozirgi kunda yurtimizda shunga amal qilgan holda yosh avlodni o’zlarida bo’lgan iqtidorlarini nomoyish qilishi uchun ko’plab imkoniytlar yaratilmoqda axir iqtidorni yuzaga chiqishi uchun ham ularni orab turgan insonlardan judayam qattiq mehnat talab qiladi. Mexnat inson fiklovchi hussisiyatiga ega mavjudodligini isbotlovchi u o’zining ongi isbotlab oladigan shaxsdir. O’rta Osiyoda yoshlarga mehnat ta`limi berishning yo’lga qoyilishi. Sharq mutafakkirlarining pedagogik g’oyalar uzoq o’tmishga borib taqaladi. O’rta Osiyodan o’tgan qadimiy buyuk ipak yo’li Xitoy, Vizantiya, Hindiston shaharlari bilan bog’lanib, madaniyat va sanoatni rivojlantirishga, ilmga bo’lgan qiziqishga alohida e`tibor berishni taqozo etadi. Download 386.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling