1-MA’RUZA: TEXNOLOGIYA FANINI O’QITISH METODIKASI FANI
VAZIFASI
Reja:
1. Texnologiya fanini o’qitish metodikasi fanining mazmuni, fanning oldiga
qoyilgan maqsad va vazifalar.
2. «Ta`lim to’g`risidagi» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
Qonunda
texnologiya fani (Mehnat ta`limi) va kasb tanlashga yo’llashga oid g`oyalarning
aks ettirilishi.
3. Buyuk mutafakkirlarning mehnat tarbiyasi va kasb tanlashga yo’llashga oid
fikrlari.
Tayanch so‘zlar:
Bilim, ko‘nikma, malaka, texnika, texnologiya, uzluksiz ta’lim, mehnat, kasb, fan,
ta’lim
«Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi» fanining maqsadi: Talabalarni
umumiy o’rta ta`lim maktablarining texnologiya fanini DTS asosida tashkil etish
va o’qitish,
pedagogika, psixologiya va maxsus fanlardan olgan bilimlarini
mujassamlashtirgan holda ta`lim–tarbiya jarayonini tashkil qilish va amalga
oshirish yo’llarini bo’lajak mehnat ta`lim o’qituvchilarini
metodikaga oid bilim,
ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat.
Texnologiya fanini o’qitish metodikasi fanida talabalar o’qitish printsiplari va
mazmuni, shakl va metodlari, texnologiya fani yo’nalishi boyicha dasturlar
mazmuni, texnologiya fani (mehnat ta’limi) darslari va
darsdan tashqari ishlarda
o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’stirish, o’quv va metodik adabiyotlarni
o’rganish hamda tahlil qilish, darslarni rejalashtirish, me`yoriy hujjatlarni yuritish,
texnologiya fani o’quv xonalarining jixozlanishi, pedagogik amaliyotning maqsadi,
vazifalari va mazmuni,
kurs ishlarini bajarish, o’quv–moddiy texnik baza tahlili,
respublika ta`lim markazi, tashxis markazi faoliyati bilan tanishadilar.
«Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi» fanining vazifalari quyidagilardan
iborat:
pedagogik-psixologik
bilimlarni
o’quvchilarda
umummehnat
va
umumkasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirish jarayonida tadbiq etish;
talabalarni umumiy o’rta ta`lim maktablarida texnologiya fanining maqsad
va
vazifalari, o’quv rejasida tutgan o’rni bilan tanishtirish;
pedagogik–psixologik bilimlar, bevosita tanlangan sohalarga va yangi
pedagogik, axborot texnologiyalari asosida metodik muammolarni hal etish;
texnologiya fanini o’qitishni tashkil etish
hamda uni amalga oshirish
metodikasini o’rgatish;
texnologiya fanida qo’llaniladigan didaktik tamoyillar, texnologiya fanida
o’qitish metodlari va shakllarini o’rgatish;
texnologiya fani darslarini tashkil qilishni, rejalashtiruvchi xujjatlarni
ishlab chiqishni va tahlil qilishni o’rgatish.
«Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 1997
yil 29 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
birinchi chaqiriq IX-
sessiyasida qabul qilindi.
Mamlakatimiz kelajagi uchun qabul qilingan «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi» juda muhim ahamiyatga ega, unda shunday deyiladi:
Ta’lim to‘g‘risidagi qonun
5 bo‘lim, 34 moddadan iborat
Ta’lim to‘g‘risidagi Qounning 1-moddasida Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning
maqsadi keltirilgan: Ushbu Qonun fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish,
kasb-hunar
o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan
iborat konstitusiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan.