1-ma’ruza til ijtimoiy, doim o’zgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir. Reja


Download 373.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/19
Sana08.01.2022
Hajmi373.67 Kb.
#241989
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
ona tili 1-maruza

 

Til va tafakkur 

 

Tafakkur – bu fikrlash deganidir. Inson gapirishdan oldin o‘ylaydi, fikrlaydi. “Avval o‘yla, keyin 



so‘yla”  degan  maqol  bejiz  yaratilmagan.  Demak,  til  va  tafakkur  o‘zaro  chambarchas  bog‘liqdir. 

Tafakkur borliqning ongda aks etishi  bo‘lsa, til  tafakkurning muayyan belgilar  (masalan, tovushlar) 

orqali ifoda qilinishidir. Buni quyidagi chizmada aks ettirish mumkin: 

 

Yuqoridagi maqolda fikrning so‘zdan oldin kelishiga ishora qilingan. Borliq dastavval so‘zlovchi 



ongida  fikr  shaklida  namoyon  bo‘ladi,  keyin  bu  fikr  so‘zlar  vositasida  gapga  aylanib,  tinglovchiga 

yetkaziladi. Tafakkur va tilning o‘xshash va farqli tomonlari bor. O‘xshashligi: 

1. Til ham, tafakkur ham insonga xos.  

2. Har ikkalasi ham borliqni aks ettiradi. 

3. Har ikkalasi ham bir paytda paydo bo‘lgan. 

Farqlari: 

1. Tafakkur birliklari tushuncha, hukm, xulosa hisoblansa, til birliklari so‘z, birikma va gapdir.  

2. Tafakkurni mantiq fani o‘rgansa, tilni tilshunoslik o‘rganadi. 

3.  Turli  millat  vakillari  bir  xil  fikrlashlari  mumkin,  lekin  ular  o‘z  fikrlarini  har  xil  tillarda 

ifodalaydilar.  

Tafakkur  va  til  bir-birisiz  mavjud  bo‘la  olmaydi,  chunki  til  bo‘lmaganida  insonning  tafakkuri 

yuzaga chiqmagan bo‘lar edi. Xuddi shuningdek, tafakkur bo‘lmasa, tilga hech qanday ehtiyoj yo‘q. Biz 

bu o‘rinda til deganda fikrni ifodalovchi har qanday vositani nazarda tutyapmiz:  kar-soqovlarning imo-

ishora tili,   yo‘l harakati belgilari va boshqalar ham shu jumlaga kiradi.   




Download 373.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling