1-ma’ruza til ijtimoiy, doim o’zgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir. Reja


Tilning tuzilishi va tizim sifatidagi xususiyatlari


Download 373.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/19
Sana08.01.2022
Hajmi373.67 Kb.
#241989
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
ona tili 1-maruza

 

Tilning tuzilishi va tizim sifatidagi xususiyatlari 

Tilning tuzilishi. Yer yuzidagi har qanday til tuzilish jihatidan quyidagi tarkibiy qismlardan iborat 

bo‘ladi:  

1. Tovushlar tizimi. 

2. Lug‘at tarkibi.  

 

3. Grammatik qurilishi. 



Dastlab til og‘zaki shaklda paydo bo‘lgan va bu tilning asosini nutq tovushlari tashkil etgan. Har 

qanday tilda muayyan miqdordagi nutq tovushlari mavjud bo‘lib, bu shu tilning tovush tizimini tashkil 

etadi. Shu tovushlarning turlicha birikishi orqali so‘zlar hosil bo‘ladi. Masalan, hozirgi o‘zbek tilida 30 

ta nutq tovushi bor. Shulardan a, d, m, o tovushlarining turlicha joylashtirilishi natijasida odam, omad, 



moda kabi so‘zlarni hosil qilish mumkin.  

Har qanday tilda mavjud bo‘lgan so‘zlar yig‘indisi shu tilning lug‘at tarkibi (ayrim darsliklarda 



leksika) deb yuritiliadi. Lug‘at tarkibi bir tilni boshqa tildan farqlantiradi. Leksika muayyan til paydo 

bo‘lgan paytdan boshlab shu tilning egasi bo‘lmish xalq tomonidan boyitib borilishi lozim, aks holda bu 

til iste’moldan chiqib, o‘lik tilga aylanadi.  

Lug‘at tarkibidagi so‘zlar tarixiy jihatdan aynan shu tilga tegishli bo‘lmasligi mumkin, lekin bu 

so‘zlar  shu  tilda  so‘zlashuvchi  odamlar  uchun  o‘zaro  muloqot  vositasi  bo‘lib  kela  olsa,  ular  mazkur 

tilning lug‘at tarkibiga mansub bo‘ladi. Masalan, kitob, maktab, a’lo   so‘zlari aslan arabcha  bo‘lib, 

o‘zbek tiliga taxminan VII-VIII asrlarda kirib kelgan. Hozirgi paytda bu so‘zlar o‘zbek millatiga mansub 

barcha  odamlar  uchun  tushunarli  va    ular  shu  insonlar  tomonidan  o‘zbekcha  so‘zlar  sifatida  qabul 

qilinadi. Hatto bu so‘zlar asosida kitobxon, maktabdosh, a’lochi kabi yangi so‘zlar ham yasalgan. 

Tovushlar tizimi va leksikaning mavjudligi tilning muloqot vositasi darajasiga ko‘tarilishi uchun 

yetarli emas.  Buning uchun so‘zlar o‘zaro birikib so‘z birikmasi va gaplar hosil qilinishi lozim. Buni 

esa tilning grammatik qurilishi belgilaydi. Demak, muayyan tilga mansub bo‘lgan so‘z, so‘z birikmasi 

va  gaplarning  qurilishi  shu  tilning  grammatik  qurilishi  deb  yuritiladi.  ”Bizning  fakultetimizda 

talabalar ko‘p        to‘garaklarga qatnashadilar”  gapini olib ko‘raylik. Avvalo, so‘zlarning qurilishini 

tekshiramiz: Biz-ning fakultet-imiz-da talaba-lar ko‘p to‘garak-lar-ga qatnash-a-di-lar”. Ko‘rinyaptiki, 



ko‘p  so‘zidan  boshqa  barcha  so‘zlar  turli  ma’noli  qismlarga  ajraladi.  Endi  so‘z  birikmalarining 

qurilishini  tekshiramiz:  Bizning  fakultetimizda,    fakultetimizda  qatnashadilar,  ko‘p  to‘garaklarga,   



to‘garaklarga  qatnashadilar.  Va,  nihoyat,  gap  qurilishini  tekshiramiz:  ”Bizning  (aniqlovchi) 

                                                           

6

 Sh. Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o`zbek tili. “Universitet” nashriyoti. –T., 2006, 4-bet. 



7

 O`sha kitob, 5-bet. 




fakultetimizda  (hol)  talabalar  (ega)  ko‘p  (aniqlovchi)  to‘garaklarga  (hol)  qatnashadilar  (kesim).        

Demak, tildagi har bir birlik o‘zining ichki qurilish qonuniyatlariga asosan tarkib topadi.  




Download 373.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling