1-ma’ruza: tizim administrator haqida dastlabki tushunchalar. Tcp/ipni sozlash, tarmoq protokollari. Reja
Download 28.91 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompyuter tarmogi
Windows Server boshqaruvi 1-MA’RUZA: TIZIM ADMINISTRATOR HAQIDA DASTLABKI TUSHUNCHALAR. TCP/IPNI SOZLASH, TARMOQ PROTOKOLLARI. REJA: 1. Tarmoqlarni sozlash va tarmoqlarni boshqarishning dastlabki bosqichi. 2. Tarmoqning fizik qismini tashkil etadigan uskunani yig'ish va TCP/IPni sozlash. 3. TCP/IPni sozlash, tarmoq sozlanganidan keyin TCP/IPni tuzatish. 4. TCP/IP tarmoq protokollari, UDP/IP tarmoq protokollari, IPSCAN Tarmoq dasturi. Tizim – bu, ma'lum natijaga erishish uchun birlashtiriluvchi bir butun yoki jami turli xil ob'ektlar sifatida o'rganiluvchi ixtiyoriy obyekt. Tizim ma'muri (administratori) – bu, tashkilot yoki muassasa tizim dasturiy ta'minotining ahvoli, rivojlanishi va foydalanilishi uchun javobgar inson yoki shaxslar guruhi. Tizim ma'muri foydalanuvchilarning qayd yozuvlarini olib boradi, qayd yozuvlari siyosatini belgilaydi, operatsion tizimlarning faoliyati va ma'lumotlar muhofazasining kerakli pog'onasini ta'minlaydi. U ushbu tashkilotning tizim muhandislari, tizimli dasturlashtiruvchilar va foydalanuvchilari bilan o'zaro aloqada ishlaydi. Kompyuter tarmog'i – bu, hisoblash tizimi bo’lib, u bir necha kompyuter, terminal va boshqa apparat vositalarini o'z ichiga olib, ma'lumotlar uzatishni ta'minlaydigan aloqa liniyalari bilan o'zaro bog'langan. Kompyuterlar bir biri bilan o'zaro bevosita yoki oraliq kompyuterlar orqali ulanadilar. Tarmoqning tuzilishi va tarmoq dasturiy ta'minoti imkoniyatlariga qarab, biror kompyuter yoki terminal foydalanuvchisi quyidagi imkoniyatlarga ega bo'lishi mumkin: boshqa kompyuter xotirasida saqlanayotgan ma'lumotlardan foydalanish; o'zining amaliy dasturini bajarish uchun quvvatliroq kompyuterning markaziy protsessori va uning xotirasidan foydalanish; tarmoqqa qo'shilgan barcha kompyuterlarning birlashgan resurslaridan foydalanish. 1-rasm. Kompyuter tarmog’i. Tarmoqlarga misol sifatida avialiniyalar chiptalariga buyurtma berish yagona tizimi yoki bankni va uning turlishaharlarda va hatto, mamlakatlarda joylashgan bo'limlarini bog'lovchi tarmoqni ko'rsatish mumkin. Butun dunyoda keng tarqalgan global kompyuter tarmog'i Internet esa yaqqol misoldir. TCP - Transmission Control Protocol - Uzatishni boshqarish protokoli. TCP/IP protokollari setkasida transport pog'onali protokol. Ma'lumotlarning ikki tomonlama ketma-ket uzatilishini ta'minlaydi. Protokol RFC 793da tavsiflangan. TCP vazifalariga paketlarning mumkin bo'lgan yo'qolishini tekshirish, bir necha paketdan to'g'ri tartibda ma'lumotlarni yig'ish hamda yo'qolgan va buzilgan paketlarni qayta jo'natishga so'rov berish kiradi. Veb-serverlar bilan aloqa qilish uchun kompyuterlarda TCP/IP protokoli bajarilishi lozim. AQShning Mudofa Vazirligi buyurtmasi bilan ishlab chiqarilgan. IP - Internet Protocol. Internet protokoli. TCP/IP protokollari yig'masidan iborat tarmoq pog'onasi protokoli. IP protokolida tarmoqdagi ham bir kompyuterga to'rt xonalik IP manzil (4 bayt) mos qo’yiladi. Shu bilan birga nimtarmoqdagi kompyuterlar manzilning umumiy boshlang'ich bitlari bilan birlashtiriladi. TCP/IP - Transmission Control Protocol/Internet Protocol - TCP/IP protokollari oilasi. Internetda ma'lumotlarni uzatish uchun ishlatiladigan protokollar to'plami. Dastlab UNIX operatsion tizimlari uchun yaratilgan. Hozirgi paytda barcha asosiy operatsion tizimlarga o'rnatiladi. Download 28.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling