1-Ma’ruza: Tom yopmalari. Ularga qo‘yiladigan talablar. Reja


-rasm. Asbestotsement listlardan qilingan tomning devorga tutashishi


Download 0.81 Mb.
bet5/6
Sana11.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1260823
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-маъруза

8-rasm. Asbestotsement listlardan qilingan tomning devorga tutashishi:
a asbestotsement listlarning devorga bo‘ylama tutashishi; b – asbestotsement listlarning devorga ko‘ndalang tutashishi; 1 – asbesto-sement burchaksimon fasonli detal; 2 – mix; 3 – qirra detali; 4 – sement qorishmasi; 5 – tom qoplamasi; 6 – obreshetka bruschalari.

Tom nishabliklari kesishgan botiq qirra (endova) da obreshetka yaxlit taxta nastil ko‘rinishida bajariladi (9-rasm). Tom qoplamasi vazifasini zavodda tayyorlangan asbestotsement yoki ruxlangan po‘lat tom tunikasidan tayyorlangan lotok bajaradi. Asosiy tomning asbestotsement listlari lotokning bo‘ylama chetidan kamida 150 mm ni yopib turishi kerak.






9-rasm. Asbestotsement tomning yondovasi:
1 – stropila; 2 – endovaning taxtadan qilingan asosi; 3 – obreshetka; 4 – lotok; 5 – asbestotsement listlar.

Tomning nishabligiga ko‘ndalang yo‘nalishda asbestotsement listlarning sonini tomning karniz qismi va frontondan chiqib turadigan qismlarining uzunligini listning foydali eni (list eidan bir to‘lqin ayrilgani) ga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Nishablikdagi gorizontal qatorlar sonini nishablik uzunligini listning foydali uzunligiga bo‘lish orqali aniqlanadi.


Asbestotsement listlarning yonma-yon qatorlari biriga tom nishabligi 300 dan katta bo‘lganda kamida 120 mm ga, undan kam bo‘lganda 140 mm ga minib turishi kerak. Asbestotsement listlarni karnizdagi obreshetkadan 10 sm ga chiqib turadigan qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.




10-rasm. CHordoq derazasining tomi va uning elementlari:
1 – obreshetka bruschasi; 2 – shuruplar; 3 – yon tomondagi burchaksimon fasonli detal; 4 – tom qirrasi; 5 – skoba; 6 – to‘lqinsimon asbestotsement list; 7 – chordoq derazasi; 8 - old tomondagi burchaksimon fasonli detal; 9 – mastika.

Asbestotsement listlar tutashgan choklar orqali yomg‘ir suvlari o‘tmasligini ta’minlash uchun o‘lchami 7 mm dan katta bo‘lgan choklarni qotmaydigan “Tioprol” tipidagi zichlashtiruvchi mastika bilan to‘ldirish tavsiya etiladi.


Asbestotsement listlarni obreshetkaga mahkamlash uchun ishlatila-digan mixlarni listga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qoqmasdan oldindan parma bilan teshilgan teshiklar orqali o‘tkazib qoqilsa, listlarda yoriqlar hosil bo‘lmaydi, ularning xizmat muddati ortadi.SHuruplar va mixlar komplektidapo‘lat shayba va yumshoq rezina yoki polimer qistirma bo‘lishi kerak.
Turar-joy binolarining chordoqli tomlarida tom qoplamasi sifatida boshqa materiallar (masalan, to‘lqinsimon keramoplast listlar, natural va sement-qum cherepitsalar, metallocherepitsa, kompozit metallocherepitsa, to‘lqinsimon va profillangan metall listlar) qo‘llanilganda, shu materialning konstruktiv xususiyatlaridan, o‘lchamlaridan va nishablikning katta-kichikligidan kelib chiqqan holda obreshetkalar orasidagi masofalar, ularning kesimi va tom elementlarining birikish usullari har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, natural va sement-qum cherepitsalar uchun stropilalar qadami 75 sm gacha bo‘lganda kesimi 30x50 mm bruschalar, 90 sm gacha bo‘lganda - 40x50 mm bruschalar, 110 sm gacha bo‘lganda – 50x50 yoki 40x60 mm bruschalar qo‘llaniladi. Obreshetka bruschalarining qadami tomning nishabligiga bog‘liq holda 31,2 sm dan 34,5 sm gacha o‘zgaradi halos.
Kompozit metallocherepitsa uchun obreshetka sifatidan 50x50 mm bruschalar qo‘llaniladi, ularning qadami bir xil – 370 mm qabul qilinadi. Metallocherepitsa uchun odatda 32x100, 25x100 mm kesimli taxta yoki 50x5x mm kesimli bruscha qo‘llanilishi mumkin. Bruscha qo‘llanilganda, ularning qadami metallocherepitsadagi ko‘ndalang to‘lqinlarning o‘lchamiga (300, 350 va 400 mm) teng qilib olinadi.
Turar-joy binolarining balandligi 5 qavatdan ko‘p bo‘lganda yog‘och stropilali tomlar qilish maqsadga muvofiq emas.CHunki balandlik oshgan sari shamolning bosim kuchi shuncha katta bo‘ladi va tom konstruksiyasiningmustahkamligi va ustivorligini ta’minlash qiyinlashadi.Bunday hollarda g‘isht va mayda bloklardan quriladigan ko‘p qavatli binolarda ham yig‘ma temirbeton tom qilingani ma’qul(5-rasm).Bunday tom ham chordoqli yoki chordoqsiz bo‘lishi mumkin.Yig‘ma temirbeton tom yog‘och stropilali tomlarga nisbatan qimmatroq, lekin binodagi qavatlar sonining ortishi bilan birga undagi foydali maydon ham ko‘payadi. Tomning narxini foydali maydonga nisbatan olib qaralsa, temirbeton tomning solishtirma narxi yog‘och stropilali tomlarnikidan uncha katta farq qilmaydi.
Turar-joy binolarida O‘zbekistonning iqlim sharoitida chordoqsiz temirbeton tomning qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi. CHunki bunday binolarda yozda oxirgi qavatdagi xonalarning haddan tashqari qizib ketishikuzatiladi.

11-rasm. Yig‘ma temirbeton qo‘llanilgan chordoqli (a) va
chordoqsiz tom (b).


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling