1-ma`ruza: tuproq va agroekologiyasi fanining predmeti, vazifalari va o’rganish usullari
Download 198.32 Kb.
|
Туп агро экол 1-маруза (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. O’ZBEKISTONDA TUPROQ EKOLOGIYASI VA AGROEKOLOGIYANING RIVOJLANISHI Reja: 1
Nazorat savollari:
Tuproq va agroekologiya fani nimani o`rgatadi? Tuproq va agroekologiya fanning predmeti va ob’ekti nima? Tuproq va agroekologiyaning o`rganish usullarini ayting? Tuproq va agroekologiya fanining maqsadi nimalardan iborat? Tuproq va agroekologiya fanining vazifalarini tushuntiring? 1.1. O’ZBEKISTONDA TUPROQ EKOLOGIYASI VA AGROEKOLOGIYANING RIVOJLANISHI Reja: 1. Qishloq xo’jaligini rivojlanishda va aholini ekologik toza oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlarini yetishtirishdagi roli 2. Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida tuproq ekologiyasi va agroekologiya fani yutuqlarini xalq xo’jaligida ilmiy va amaliy jihatdan tadbiq etish Tayanch iboralar: tuproq ekologiyasi va agroekologiya, Bog‘dorchilik, issiqxona xo‘jaligini, rivojlantirish agentligi, Uzumchilik, vinochilik. Insonlar juda qadim zamonlardayoq dehqonchiliq bilan shug’ullanib unumdor tuproqlarga ishlov berish hamda sug’orishning turli usullarini ishlab chiqqanlar, keyinchalik ko’proq hosil olish maqsadida yerni o’gitlay boshlaganlar. Yozuvning paydo bo’lishi bilan birga tajribada to’plangan bilimlar yozib qoldirilgan. Xitoy, Yaqin Sharq, Gretsiya va Rim mamlakatlarining yozma yodgorliqlarida tuproqqa ishlov berish o’gitlash hamda sug’orishga oid ma’lumotlar saqlanib qolgan. XI asrdayoq fransuz olimi Bernax Pallis o’simliklar tuproqdan mineral oziq moddalarni oladi deb xisoblagan. XIX asrning boshlarida Teyr «Chirindi bilan oziqlanish» nazariyasini ishlab chiqdi. Bu nazariyaning moxiyati shundan iborat ediki o’simlik organik chirindi moddalarni bevosita tuproqdan o’zlashtirib oladi. A. Teyrning «Chirindi nazariyasi» dan keyin XIX asrning 40-yillarida Yustus Libixnng «Mineral bilan oziqlanish» nazariyasi paydo bo’ldi. U tuproq unumdorligi uning tarkibidagi mineral tuzlarning miqdoriga bogliq deb xisoblar edi. Bu mineral o’g’itlarning ishlatilishiga yordam berdi. Libix va uning shogirdlari tuproqdagi biologik jarayonlarni va organik moddalarni mutlaqo e’tiborga olmaganlar. Tuproqning fizik xosalarini ham hisobga olmagan. Tabiatni e’zozlash, ona-zaminimizning har bir qovuch tuprog’ini muqaddas bilib, ko’zga surtish zarur va muhimligi haqidagi sharqona, o’zbekona ta’lim-tarbiya hozirgi davrda, ayniqsa, dolzarb, o’ta ahamiyatlidir. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Maxmud Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Nakshband, Abduxoliq G’ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Xo’ja Ahrori Valiy, Burxoniddin Marg’inoniy, Abu Nasr Farobiy, Muso Xorazmiy, Ahmad al- Farg’oniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Amir Temur, Ulug’bek, Navoiy, Bobur Mirzo kabi ne- ne avliyo, alloma-yu Fozillar, davlat va siyosat arboblarining Turon zaminda tavallud topib, shu muqaddas tuproqda unib-o’sib olam uzra dovruq taratganliklarini Yaratganimizning qudrati va marhamati deb bilamiz. Hozir O’zbekiston deb ataluvchi hududda, ya’ni bizning vatanimizda, yana ham aniqrog’i, go’zal diyorimizning ajralmas bir qismi, ilm-fan, madaniyat va ma’naviyatning qadimiy beshiklaridan hisoblangan Xorazmda «Avesto» dek mo’’tabar kitob yaratilgan. «Eng mo’tabar, qadimiy qo’lyozmamiz «Avesto» ning yaratilganiga 3000 yil bo’layapti,- deydi mamlakatimiz yo’lboshchisi tarixchi olimlar bilan uchrashuvda.Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig’ida mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy me’rosidir. «Avesto» ayni zamonda bu qadim o’lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat bo’lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi».Qadimgi manbalardan ma’lumki bizning respublikamiz hududida dehqonchilik bilan mis asrida shug’ullana boshlashgan. Ammo o’sha qadim zamonlarda kishilar kanallar kovlamagan, suvdan esa daryolar toshgan paytda pastliklarni to’ldirish, tog’ oldi joylarida esa tuproqdan maxsus yotqiziqlar yasab dalalarni sug’organlar.O’zbekistonning qadimgi tarixini o’rganishda «Avesto» kitobi katta ahamiyatga ega. Unda tuproq dehqonchilik va chorvachilik haqida qimmatli fikrlar bayon etilgan.Bizningcha, deb yozadi T.Mirzaev va Z.G’ofurovlar «Tabiatni e’zozlash umumbashariy muammo» (Toshkent, 2001 yil, «Yangi asr avlodi » nashryoti ) nomli kitobida, yer- ona zamin, barcha diniy va dunyoviy ta’limotlarda bo’lganidek, «Avesto» da ham ulug’langan. Mazkur kitobning Ona-zamin madh etilmagan bironta ham bo’limi yoki bandi yo’q, desak mubolag’a bo’lmaydi.Ajdodlarimiz necha-necha asrlar mobaynida ona-zamin- yerni, uning har bir siqim tuprog’ini zo’r muhabbat bilan e’zozlashni, uni nopok bo’lishdan asrashni eng ezgu, eng ulug’ insoniy fazilat deb hisoblaganlar.Inson rizq- ro’zining asosiy manbai bo’lgan yerning nopok bo’lishiga ajdodlarimiz hech qachon yo’l qo’yishmagan. Yerga vaqtida ishlov bermagan, ona- zaminni ehtiromla e’zozlamagan kishilar umumxalq e’tirofidagi axloqiy qoidalar bo’yicha gunohkor hisoblangan, qonun bo’yicha jazolangan.Yerni sevib, ardoqlash, uning qadriga yetish ajdodlarimizdan qolgan me’rosdir.Mislsiz boylik hisoblangan yerni e’zozlaganning, yerni to’ydirganning umri nurafshon, rizqi mo’l, ikki dunyosi obod bo’lishi xaqidagi qanchadan- qancha xalq maqollari, ertaklar, dostonlar va qo’shiqlar «Avesto» ta’limoti asosida Sharqda ko’plab dunyoga kelgan. O’zbek xalq og’zaki ijodiyotining barcha janrlarida ona-zamin ulug’langan. Tariximizda yerning qadriga yetishga da’vat etuvchi xalq og’zaki ijodiyoti namunalari juda ko’p: «Yer-don, dehqon hazinabon», «Dehqonning hazinasi -yer», «Yer- boylikning onasi, mehnat- uning otasi», «Yer el bilan obod, el yer bilan obod», «Yerli bo’lmaguncha, molli bo’lmaysan», «Yer to’ydirar, o’t kuydirar», «Yering bo’lsa- yeyarsan, tog’ing bo’lsa to’yarsan», «Yer olgan- ko’karadi, yer sotgan- quriydi», «Yerni tepma joni bor, urib turgan qoni bor». O’zbekistonda dehqonchilik bilan qadim zamondan buyon shug’ullanib kelinmoqda. Shuning uchun tuproqshunoslik –dehqonchilik tarixini o’rganish ilmiy va amaliy jihatdan juda katta ahamiyatga ega. Qishloq xo’jaligi oldida turgan ko’pgina bugungi masalalar qadimgi dehqonlarda ham bo’lgan. Qadimgi davrlarda tuproqqa ishlov berish, sug’orish, o’g’itlash, melioratsiyalash tadbirlari katta moddiy harajatlarni talab qilmaydigan va oddiy usullar bilan o’tkazilgan. M.V. Lomonosov «Yer qatlamlari haqida» degan asarida tuproqning paydo bo’lishi haqida to’g’ri fikrlarni bayon etgan. U madaniy tuproqlarning kelib chiqishini yoritadi va tuproq paydo bo’lishi hamda uning unumdorligining ortishini aniqladi. Dokuchayev 1877-1881 yillarda qora tuproqli viloyatlarning tuproqlarini keng ko’lamda tekshirgan. Bu tekshirishlarning natijalari «Russkiy chernozem» asarida umumlashtirilgan. Mana shu asar tuproqshunoslikning mustaqil fan bo’lishi uchun asos bo’lgan. Tuproqshunoslik va dehqonchilikning rivojlanishida V.V. Dokuchayevning zamondoshi Kostichevning ham xizmati katta. U tuproq paydo bo’lishining asosi deb biologik jarayonlarni aytib bergan. U tuproq unumdorligi faqat ularning kimyoviy xossalarigagina emas balki fizik hamda biologik xossalariga ham bog’liq ekanligini aniqlagan. Vil’yams moddalar almashinishining katta geologik davri va qichiq yoki biologiq davri to’g’risida ta’lim yaratdi. Gedroyts tuproq kimyosining rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. I.V. Tyurin, M.M. Kononova tuproqdagi organik moddalarni, N.A. Kachinskiy, Rode tuproq fizik xossalarini, V.A. Kovda, L.B. Rozov va boshqa olimlar tuproqning sho’rlanish jarayonlarini va sho’rtob tuproqlarni, L.N. Prosalov, Gerasimov va boshqa olimlar tuproq geografiyasiga oid masalalarni keng yoritib berdi. O’rta Osiyo tuproqlari to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlarni Semyonov, Tyanshanskiy, Middendorf, Obruchaev va boshqa olimlar o’rganishgan. XX asrning boshlarida Prosalov va Dimolar tomanidan o’rganilgan. Bu fanni o’rganish bo’yicha O’zbekistonda Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti, O’zbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti va suv tarmoqlarni yaxshilash instituti, viloyatlar va tumanlardagi agroxim va meliorativ laboratoriyalar keng miqyosda ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Bu sohada katta hissa qo’shgan olimlar qatoriga B.V. Gorbunov, N.V. Kimberg, M.U. Umarov, L.T. Tursunov. M.A. Pankov, A.M. Rasulov, A.Z. Genusov, I.N. Felitsiant, A.I. Nerozin, O.K. Komilov, X.M. Maqsudov, R.Q. Qo’ziev, M.M. Toshqo’ziyev va boshqa olimlarni qo’shishimiz mumkin. Koronavirus pandemiyasining jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’siri turli muammolarni keltirib chiqarmoqda. Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va boshqa xalqaro tashkilotlar mutaxassislar hisobotlarida 2020 yil davomida ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida sekinlashuv ro‘y berishi prognoz qilinyapti. Bu holat, o‘z navbatida, jahon miqyosida ishsizlik darajasi va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi sonining oshishi kabi muammolar keskinlashishidan dalolar beradi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish korxonalarining to‘xtab turishi dunyoda oziq-ovqat yetishmovchiligi va uning xavfsizligiga doir muammolarni yanada chuqurlashtirishadi. Istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan va ijtimoiy ahamiyatga molik bu masalalarni hal qilish va ularga tayyor turish ko‘pgina mamlakatlarning bugungi kundagi ustuvor vazifalaridan biridir. Masalan, Reuters agentligi AQSh qishloq xo‘jaligi departamenti (USDA) hisobotiga tayangan holda tarqatgan xabarga ko‘ra, Xitoy AQShdan 340 ming tonna bug‘doy (so‘nggi ikki yildagi eng katta shartnoma), 756 ming tonna iste’molga mo‘ljallangan jo‘xori (so‘nggi yetti yildagi eng katta shartnoma) hamda 110 tonna soya sotib olgan. Joriy yil fevral oyidagi kelishuvga binoan, Xitoy AQShdan 2020 yil oxirigacha qo‘shimcha 76,7 va 2021 yil davomida 123,3 mlrd. dollarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olishni mo‘ljallamoqda. Bundan tashqari, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning mart oyida jahon bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi fevraldagiga nisbatan 4,3 foizga pasaygan. Hozirgi global inqiroz va pandemiya sharoitida mamlakatimizda aholi bandligi va daromadini ta’minlash, iqtisodiy barqarorlikni saqlashda qishloq xo‘jaligi eng ko‘p imkoniyatga ega soha hisoblanadi. O‘zbekiston Prezidenti raisligida 14 aprel kuni qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini yanada rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bu jihatlar alohida e’tirof etildi. Download 198.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling