1-ma’ruza: «turizmda innovatsion faoliyat» faniga kirish
O’zbеkiston Rеspublikasida innovatsion jarayonlarning davlat nazorati tizimining xususiyatlari
Download 1.97 Mb.
|
3 курс Туризмда инновацион фаолият
3.O’zbеkiston Rеspublikasida innovatsion jarayonlarning davlat nazorati tizimining xususiyatlari
Tashkilot faoliyati davlatdagi qonunchilik, ijrochilik organlari orqali amalga oshiriladi, ya’ni nazorat qilinadi. Boshqarish nazorati boshqaruv faoliyatining muhim vazifasidir. Uning mohiyati shundaki, nazorat xavfli holat paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan aniqlash, yechimlarini topish, ular o‘ta jiddiy bo‘lib ketmasliklari uchun zarur va yana faoliyatni muvaffaqiyatli rag’batlantirish uchun ham qo‘llanishlari mumkin. Nazoratning asosiy ma’nosi — tashkilot faoliyatining haqiqiy natijalari haqida ma’lumotlarni yig’ish, ishlov berish, tahlil qilish, ularni rejadagi ko‘rsatkichlar bilan solishtirish, og’ishlarni aniqlash, bu og’ishlarning sabablarini tahlil qilish, qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun tadbirlar ishlab chiqish kabilardan iborat. Nazorat uch bosqichda o‘tkaziladi: nazorat oldi, joriy va yakuniy (xulosaviy). Ularni o‘tkazish tartibida uch tadbir bor: ishlangan standartlar va mezonlar, ular bilan muayyan natijalar, harakatlarga zarur o‘zgartirishlar qabul qilishni solishtirib ko‘rish. Menejer nazorat bajariladigan ish tartibini ishlanmasida, inson xulqini e’tiborga olishi kerak. Nazorat qilishdan asosiy maqsad xatolarga yoki yolg’onlarga yo‘l qo‘ymaslik. Nazorat va rejalashtirish o‘zaro o‘ta bog’liq. Ayniqsa, kompyuter, axborotli-boshqarish tizimi, axborotli-boshqarish tizimining samaradorligini oshirish muhim omildir. Xalqaro turistik tashkilot turizmda marketingning uch asosiy vazifasini hisobga olishni ta`kidlaydi: 1. Mijozlar bilan aloqa o`rnatish; 2. Rivojlanish; 3. Nazorat. 1.Mijozlar bilan aloqa o`rnatish – o`z oldiga iste`molchi uchun ko`zlangan dam olish joyi va u yerda mavjud xizmat ko`rsatish servisi, diqqatga sazovor joylar va bundan kutilayotgan manfaatlar mijozlar istagini qondirishga to`liq mos kelishiga ishontirish maqsadini qo`yadi. 2. Rivojlanish – sotish uchun yangi imkoniyatlarni ta`minlash mumkin bo`lgan yangiliklarni kiritishni ko`zlaydi. O`z navbatida bunday yangiliklarni kiritish potentsial mijozlarning xohish va talablariga mos kelishi kerak. 3. Nazorat – xizmatlarning bozorga kirib borishi bo`yicha faoliyat natijalari tahlili va bu natijalar turizm sohasida haqiqatdan ham to`liq va muvaffaqiyatli foydalanishi qanchalik aks ettirilayotganligini tekshirishdan iboratdir. Boshqaruvda nazorat turistik korxona o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishini ta’minlovchi jarayon hisoblanadi. Boshqaruv nazoratining quyidagi uch qirrasi mavjud bo‘ladi: -standartlar o‘rnatilishi. Bu ma’lum vaqt oralig‘ida bajarilishi kerak bo‘lgan maqsadlarni yaqqol aniqlashdan iborat; -erishilgan natijani baholash va kutilgan natija bilan solishtirish; -to‘g‘rilash va aniqlik kiritiladigan jarayon. Bu qaror qabul qilish va aloqani (kommunikatsiya va axborot almashinuv) talab etadi. Nazorat yordamida nafaqat qarorlarda belgilangan vazifalardan chetga chiqish holatlari, balki bunga olib kelgan sabablar ham aniqlanadi. Qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qilishning boshqa funksiyalari ham mavjud bo‘ladi va bu quyidagilardan iborat bo‘ladi: -diagnostika funksiyasi; -teskari aloqa funksiyasi; -yo‘naltiruvchi funksiya; -rag‘batlantirish funksiyasi; -tuzatish kiritish funksiyasi; -tarbiyaviy funksiya. Tashkilotni boshqarish amaliyotida nazoratning uch asosiy turi qo‘llanadi: -dastlabki nazorat. Bu uzil-kesil qaror qabul qilishdan oldin o‘tkaziladi va uning maqsadi qabul qilinayotgan qarorni yanada chuqurroq asoslash sanaladi; -joriy nazorat. Uning yordamida qabul qilingan qarorlarni ijro etish jarayoniga tegishli tuzatishlar kiritiladi; -keyingi nazorat. Bu qabul qilingan qarorning samaradorligini tekshirishga xizmat qiladi. Bu borada mamlakatimizda keyingi yillarda Xorazm, Surxondaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida turizm sohasini rivojlantirish dasturlari qabul qilinganligi, ushbu dasturlarda 260 mln. AQSh dollaridan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirish ko‘zda tutilganligi bu sohada yangi davr boshlanganidan dalolat beradi.1 Shunday qilib, nazorat obyektiv zaruriyat bilan belgilanadi, chunki ijrochilarga yetkazmay va bajarilishi ustidan muntazam nazorat o‘rnatmasdan turib, hatto eng oqilona rejalarni ham amalga oshirish mumkin emas. Boshqaruv jarayonida nazorat funksiyasini bajarishdan maqsad boshqaruvni mustahkamlash, boshqaruvni umumiy va universal vazifalarini ajratib ko‘rsatish hisoblanadi. Ular har qanday tashkilotda boshqaruv jarayonining mazmunini izhor etadi va subyekt boshqaruvi uning xususiyatga bog‘liq emas. Boshqaruvning nazorat funksiyasi ishlab chiqarish jarayonida samarali mehnat faoliyatini ta’minlaydi. Qayd qilingan funksiya bir-biri bilan bog‘liq va ma’lum darajada tartibga solingan ko‘p unsurlar va komponentlardan iborat bo‘lib, yaxlitlikka ega bo‘ladi. Shuni ta’kidlash joizki, boshqaruvning nazorat funksiyasi turistik korxonadagi ishlarni yengillashtirishga qaratilgan. Jumladan, boshqarishning iqtisodiy funksiyasini bajarish turistik korxonani iqtisodiy tanglikdan saqlashga qaratilgan. Mablag‘larning doiraviy oborotini amalga oshirish, mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish, marketing xizmatini uyushtirish va foyda olishni ta’minlash. Davlat nazorati umumdavlat va boshqarmalar nazorati orkali amalga oshiriladi. Umumdavlat moliyaviy nazoratni davlat, hukumat va boshqaruv organlari amalga oshiradi. Uning obyekti vazirlikka korxonaga qarashli ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati. Ichki moliyaviy nazorat korxonalar iqtisodiy xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. Moliyaviy nazorat quyidagilarni tekshiradi: iqtisodiy qonunchilarga rioya qilinishi; yalpi ijtimoiy mahsulot qiymati taqsimlanishi va qayta taqsimlanishida nisbatlar optimalligi; budjet tuzilishi va ijrosi; korxona tashkilot va budjet muassasalari moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish va moliyaviy holati, soliq nazorati va boshqalar. Moliyaviy nazorat oldida kushimcha vazifalar turadi; moliyaviy resurslarida ehtiyoj va pul daromadlari va xalq xo’jalik organlari o’rtasida balanslashishiga yordamlashish; davlat budjeti oldiga moliyaviy majburiyatlarni bajarish to’liqligi va o’z vaktidaligini ta’minlash; molyaviy resurslar o’sishligini ichki ishlab chiqarish rezervini aniqlash; moddiy qiymatliklar va pul rezervlari ratsional xarajat qilishiga yordamlashish. Moliyaviy nazorat korxona va davlat va bank - moliya tuzilmalarining moliyaviy dissiplinasining buzuviga ma’muriy va iqtisodiy ta’sir qilish choralarida ifodalanishi mumkin. Moliyaviy nazoratli amalga oshirish usullari bo’yicha quyidagilarni ajratadilar: tekshirishlar, tekshiruv kuzatishlar, tahlil, taftish. Tekshirish - moliyaviy xo’jalik faoliyatining ayrim masalalari bo’yicha hisob, bahosi, xarajat hujjatlari asosida olib boriladi. Moliyaviy tartibiy buzishlar aniqlanadi. Kuzatuv tekshiruvi - korxona faoliyatini ma’lum tomonlarini o’z ichiga oladi, lekin tekshirishdan farqliroq – ko’rsatkichlarni kengroq doirasi bo’yicha: korxona moliyaviy holati, uning rivojlanishi istiqbollari va boshqalari aniqlanadi. Tahlil - moliyaviy nazoratning muhim usullaridan biri bo’lib, hisobot davri uchun korxona moliyaviy xo’jalik faolyatini tekshiruvini ifoda etadi. Obyektiga bog’liq holda to’liq, qisman, tematik va kompleks taftishlarni ajratadilar. Taftish maqsadiga ko’ra uni o’tirish har xil turlari qo’llaniladi, reja va hisobot ma’lumotlarni tuzish, naqd pullarni tekshirish, hujjatli va qarama - qarshi tekshirishlar, ekspertizalar, investori zayomlari va boshqalar. Yuqorida keltirilgan ta’rifga ko‘ra, turistik korxonani mablag‘larini aylanishini ta’minlash, sifatli mahsulot va sifatli xizmatlar ko‘rsatish va foyda olishga qaratilgan funksiya hisoblanadi. Bundan tashqari, boshqaruvning nazorat funksiyasini qo‘llash jarayoni xodimlarni samarali mehnat faoliyati, o‘z ishiga mehr-muhabbat, ularni insoniylik, yaxshilik, mehr-shavqatli va o‘zaro munosabatlarda sabr-toqatli bo‘lish ruhida tarbiyalash, xodimlarni Vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, halollik, adolat tuyg‘usi, bilim va ma’rifatga intilishni tarbiyalashga xizmat qilishni ham o‘rgatadi. Bularga erishish uchun boshqaruvni yaxshi rejalashtirish, tashkil qilish, xodimlar va ish faoliyatlarini doimiy nazorat qilish zarur. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling