1-Ma’ruza. “Umumiy kimyoviy texnologiya” fanining mazmuni, predmeti va metodi. Reja


Download 97 Kb.
bet5/5
Sana30.04.2023
Hajmi97 Kb.
#1402380
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Maruza (Lotincha)

Xomashyoni kompleks ishlatilishi
Kimyo sanoatida asosiy muammolardan biri-xomashyoni kompleks ishlatishdir, chunki bunda atrof-muhitni ifloslantiradigan, aholi yashaydigan joylardan uzoqroq erlarga olib borish uchun qo‘shimcha sarf xarajatlar talab qiladigan chiqindilarning yig‘ilib qolishiga barham beriladi.
Xomashyoni kompleks foydalanishnig asosiy yo‘li-murakkab tarkibga ega bo‘lgan xomashyoni ketma-ket qayta ishlab kerakli mahsulotga aylantirishdir. Ishlab chiqarishdagi chiqindilarga foydalanilmagan imkoniyatlar deb qaraladi va ularni yangi kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish uchun arzon xomashyo sifatida foydalanishni taqozo etadi.
Xomashyoni kompleks ishlatish natijasida bir korxonaning ichida bir nechta mahsulotlarni ishlab chiqarish mumkin. Masalan, «CHirchiqelektrokimyosanoat» ishlab chiqarish birlashmasida avvallari asosan selitra o‘g‘iti ishlab chiqarilar edi. Ammiakning sintezi uchun kerak bo‘ladigan vodorodni, tabiiy gazni (SN4) konversiya qilib olinadi. Bunda vodoroddan tashqari hosil bo‘lgan CO2 Gazidan karbamid (mochevina) olish texnologiyasi ishlab chiqarishga tatbiq etilgan.
2NH3+CO2→CO(NH2)2 +H2O
Ikkilamchi xomashyo resurslaridan foydalanish, birinchidan asosiy xomashyoni tejaydi, ikkinchidan esa atrof-muhitniig ifloslanish darajasini kamaytiradi.
Masalan, superfosfat zavodlarining chiqindisi bo‘lgan fosfogipsdan sulьfat kislota vassement olishda foydalanish mumkin. CHirchiqdagi «Kaprolaktam» zavodida bir kecha-kunduzda taxminan 25 tonna chiqindi hosil bo‘ladi. Uning tarkibi asosan organik birikmalardan iborat. Hozirgi vaqtda uni asosan yoqish yo‘li bilan yo‘qotiladi. Respublika kimyogar olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida ushbu chiqindining 40-50 % kimyo sanoati uchun zarur bo‘lgan benzoy kislotasi ekanligi aniqlandi va uni ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqildi. CHiqindining qolgan 50-60% dan ionalmashinuvchi smolalar va bo‘yoq moddalar ishlab chiqarish mumkinligi ko‘rsatilgan. Lekin haligacha bu chiqindini yuqorida aytilgan texnologiya asosida sanoat miqyosida qayta ishlash yo‘lga quyilgan emas.Demak, xomashyodan kompleks foydalanish kimyo sanoatining yuksak yo‘nalishi bo‘lib, to‘g‘ridan to‘g‘ri xomashyo resurslarini va xalq xo‘jaligining iqtisodiy samaradorligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan masaladir. Kimyo sanoatida xomashyodan kompleks foydalanish muammosi hal etilsa, chiqindisiz mahsulot ishlab chiqarishga erishiladi, mahsulotning tannarxi kamayadi, atrof-muxitning kimyoviy moddalar bilan zararlanishi pasayadi va ekologiya yaxshilanadi.
Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling