1-ma’ruza: xo‘jalik hisobining mohiyati, boshqaruv tizimidagi ahamiyati va buxgalteriya hisobining umumiy tavsifi reja


Zamonaviy buxgalteriya hisobining rivojlanish maktablari


Download 58.68 Kb.
bet7/9
Sana23.12.2022
Hajmi58.68 Kb.
#1048674
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-маъруза матни

2. Zamonaviy buxgalteriya hisobining rivojlanish maktablari
Buxgalteriya hisobi va nazoratining asosini Yevropa va Amerika buxgalteriya yo’nalishlari tashkil etadi. Tarixiy manbalarga ko’ra, 19-asrning oxiriga kelib buxgalteriya hisobida quyidagi maktab va yo’nalishlar mavjud bo’lgan.
1. Italiya buxgalteriya maktabi va yo’nalishi;
2. Fransiya buxgalteriya maktabi;
3. Nemis buxgalteriya yo’nalishi;
4. Anglo-Amerika buxgalteriya maktabi.
Italiyada buxgalteriya hisobini yuritishda huquqiy tomonga ahamiyat berilgan. Uning ko’zga ko’ringan namoyandalari bo’lib F. Villa, F. Marsh, J. Cherboni, J. Rossi va boshqalar hisoblanib, ularning fikricha, buxgalter moddiy qiymatliklarni emas, balki korxonaning moddiy javobgar shaxslarining(ya’ni agentlarning) yuridik va jismoniy shaxslarning(ya’ni korrespondentlarning) huquq va majburiyatlarini hisobga olishi deb hisoblangan. Shunday qilib, buxgalter mablag’larni emas, balki moddiy javobgar shaxslarning javobgarligini oshirishni, boshqacha qilib aytganda, g’aznadagi pulni yoki ombordagi mol va ashyolarni emas, balki g’aznabon yoki omborchining javobgarligini hisobga olgan. E. Dagranjaning qoidasiga ko’ra, beruvchi kreditlanib, oluvchi debetlangan. 20-asrda buxgalterga huquqshunos, sudya (hakam) sifatida davlat huquqlarini amalda qo’llovchi shaxs maqomini berish masalalari bir necha bor ko’tarildi.
Fransiyada bu sohaning farangistonlik yirik namoyandalari J.Kuril-Senebl, A.Gilbo, N.B.Dyumoris va boshqalar buxgalteriya hisobini quyidagicha talqin qilishdi: bu sohaning asosiy vazifasini boshqalar mablag’i saqlanishi ustidan nazoratni ta’minlash emas, balki korxona va tashkilotlar faoliyatining iqtisodiy samaradorligini aniqlashdir.
Buxgalter birov mablag’ining qorovuli emas, balki iqtisodchidir. U maxsus uslubiyot yordamida kapital, zahiralar, moddiy qiymatliklarning harakatini ko’rsatishi zarur. Lekin ularning yuridik soyasi sifatidagi huquq va majburiyatlarini ko’rsatishga ahamiyat berishi shart emas, deyishadi. Bu yerda ikki yoqlama yozuv tabiatiga boshqacha qarash yuzaga keldi, ya’ni xarajatsiz kirim yo’q, deb ta’limot berishadi. Xulosa qilib aytganda, bu maktab namoyondalari J.Prudon fikrlarini umumlashtirib, buxgalteriya hisobi haqiqiy siyosiy iqtisod degan fikrga kelishgan. Ularning fikricha, iqtisodchilarning katta qismi yomon buxgalterlardir, chunki ular kirim va chiqim daftarlarini yuritish to’g’risida ko’p narsani bilmaydilar, deyishgan.
Germaniyada bu yo’nalish namoyandalari yozuvlarning ketma-ketligi, hisobchilik shakllariga katta ahamiyat beradilar. Germaniyadagi bu ta’limotning tarafdorlari Yu.Gyugli, I.F.Sher, G. Nikleshi va boshqalar Italiya yoki Fransiya buxgalteriya yo’nalishidagi kabi schyotlardan balansga o’tishni emas, balki balansdan schyotlarga o’tishni taklif etadi. Agar yuqoridagi ikki maktab vakillari har qanday schyotning debeti va kreditini bir xil mezon sifatida ko’rsatsalar, ya’ni bir qatorlik schyotlar nazariyasi, olmon maktabining vakillari esa debet va kreditning sifati schyotning aktiv yoki passivligiga qarab o’zgarishini, ya’ni schyotlarning ikki qatorlilik nazariyasini e’tirof etadilar.
Angliya va Amerikada bu maktab vakillari buxgalteriya hisobi orqali odatlarni va ular yordamida korxonalarni boshqarish quroli ekanligini ko’rsatadilar. Ularning fikricha, buxgalteriya ma’lumotlari psixologik jihatdan adminstratorlarning stimulidir.
Buyuk Britaniyaning tarkibiy qismi bo’lmish Shotlandiya poytaxti Edinburg shahri ma’lumotnomasiga asosan, 1773 yilda 7 nafar buxgalter bor edi. XIX asrning oxirida esa bu yerda «Buxgalterlar jamiyati» tashkil etildi. 1880 yilda qirolicha Viktoriya «Angliya va Shotlandiyada qasamyod qilgan buxgalterlar instituti» tashkil etilishini ma’qullagan. Shu vaqtdan boshlab professional buxgalterlik kasbi davlat miqyosida tan olindi.
Amerika olimlari G.Emerson, Ch.Garisson, Ch.Klari, V.Paton va boshqalarning bu sohadagi yutuqlari bo’lib, «standart-kost», «direkt-kost» va«majburiyatlar markazi»ning yaratilishi hisoblanadi. Bu yutuqlar vaqti kelib buxgalteriyaning maxsus tarmog’i bo’ladigan boshqaruv hisobini yaratishda xizmat qiladi.
Rossiyada buxgalteriya hisobi 18-asrning boshlarida, ilk sanoat korxonalarining paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan. Bu davlatda buxgalteriya hisobining rivojiga Petr I o’zining salmoqli hissasini qo’shgan.



Download 58.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling