1-ma’ruza: xo‘jalik hisobining mohiyati, boshqaruv tizimidagi ahamiyati va buxgalteriya hisobining umumiy tavsifi reja


Download 58.68 Kb.
bet9/9
Sana23.12.2022
Hajmi58.68 Kb.
#1048674
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-маъруза матни

Uchinchidan, buxgalteriya hisobi tashqi dunyo bilan aloqa qilish, boshqa mamlakatlardagi buxgalteriya hisobi sohasidagi yutuqlardan foydalanish, xalqaro buxgalteriya hisobi professional tashkilotlariga a’zo bo’lish, buxgalteriya hisobi xalqaro elektron pochtasidan foydalanish huquqlaridan to’liq mahrum qilingan edi. Bu esa boshqa sohalar kabi buxgalteriya hisobining ham turg’un holatga kelib qolishga, xalqaro sohadagi taraqqiyot darajasidan orqada qolishga sabab bo’ldi.
To’rtinchidan, mamlakatda buxgalteriya hisobini rivojlantirish, professional buxgalterlarni tayyorlash, tajribasini orttirish, buxgalterlar etikasi bilan shug’ullanadigan professional buxgalterlar tashkiloti mavjud emas edi. Bu esa sohada erishilgan eng ilg’or tajribalarni joriy qilish, buxgalterlarning professional tajribasini yuksaltirish va sertifikatlash ishlarini yo’lga quyishga imkon bermas edi.
Mustaqillikka erishish boshqa sohalar kabi buxgalteriya hisobini taraqqiy ettirish, uni xalqaro tamoyillar talablariga uyg’unlashtirish imkonini yaratib berdi. Rejali ma’muriy iqtisoddan bozor munosabatlariga asoslangan xo’jalik yuritish tizimiga o’tish borasidagi iqtisodiy islohatlarda buxgalteriya hisobini isloh qilish ham muhim o’rin tutdi.
Buxgalteriya hisobini isloh qilishda rejali ma’muriy iqtisoddagi buxgalteriya hisobidan butunlay voz kechib, dunyodagi rivojlangan mamlakatlardan to’liq andoza olib, “butunlay yangi” buxgalteriya hisobi tizimini yaratish mumkin emas edi. Sobiq ittifoq davrida buxgalteriya hisobi va nazorat ushbu tuzum talablariga javob beradigan kuchli soha sifatida shakllangan edi. Uni qayta qurishda tanqidiy yondashish, yutuqlari va ilg’or usullaridan foydalanish va bozor munosabatlariga moslashtirish kerak edi. Bundan tashqari sobiq ittifoq davrida buxgalterlarning katta armiyasi vujudga kelgan edi. Buxgalterlarni qayta tayyorlash va ularda yangi bozor munosabatlari sharoitida ishlashga ko’nikma- tajriba hosil qilish ancha vaqtni taqozo qilar edi. Bu boradagi vazifalarning asosiy mazmunini xalqaro standartlar talablariga javob beradigan va milliy xususiyatlarimizni va bu sohada erishgan ilg’or yutuqlarimizni tan oladigan yangi milliy buxgalteriya hisobi tizimimizni shakllantirish tashkil etdi.
19-asrning oxiri 20-asrning boshlarida Turkistonda ham buxgalteriya fani rivojlana boshlagan. Uni rivojlantirishda katta hissa qo’shgan, hatto o’zbek buxgalteriya hisobi asoschisi sifatida e’tirof etiladigan shaxs Mulla Zayniddindir. U kishi rus tilini mukammal bilib, Sankt-Peterburgda buxgalteriya hisobini asoslarini o’rganib, Toshkentda birinchi buxgalteriya maktabini tashkil etib, buxgalteriya fanini talabalarga o’rgatgan. Buxgalteriya hisobida nazorat, shaxmat memorial-order shakllari rivoji uning nomi bilan bog’liqdir.
Buxgalteriya hisobi isloh qilishning tomoyillarini ishlab chiqishda va uning joriy etilishida yetakchi tashkiloti sifatida 1992 yili O’zbekiston Respublikasi buxgalterlar va auditorlar Assosiasiyasining tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etdi.
1995 yil 1 yanvardan e’tiboran O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan xalqaro tomoyillar talablariga javob beradigan “Mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish va realizasiya qilish xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarning tashkil topish tartibi to’g’risidagi” Nizom joriy qilindi. Ushbu Nizomga muvofiq xarajatlar ishlab chiqarish tannarxi, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat xarajatlari va favquloddagi zararlarga bo’lindi va moliyaviy natijalarni bosqichma-bosqich aniqlash tartibiga o’tildi.
1996 yili 30 avgustda “Buxgalteriya hisobi to’g’risida” Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonun buxgalteriya hisobining xalqaro tamoyillar talablariga javob beradigan maqsad va vazifalarini, asosiy tamoyillarini, moliyaviy hisobot va uning konsolidasiyasi masalalarini yoritib berdi.
1998 yil avgustidan e’tiboran hozirgi kunga qadar moliyaviy hisobot tuzish va taqdim qilishning konseptual asoslari va 24 ta buxgalteriya hisobi milliy standartlari ishlab chiqildi.
Hozirgi kunda respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobiga alohida e’tibor bilan qaralmoqda. O’zbekistonda buxgalteriya hisobini yuksak cho’qqilarga olib chiqish uchun o’zbek olimlaridan S.Qodirxonov, A.Sotvoldiyev, R.Rajabov, S.Vohidov, O.Bobojonov, M.To’laxo’jayeva, E.Gadoyev, T.Jo’rayev, N.Sanayev, B.Xasanov, K.Urazov, A.Alikulovlar o’z hissalarini qo’shgan va bu ishlarni samarali davom ettirmoqda.



1 Guo Daoyang. The Historical contribution of Chinese accounting /The accounting historical Notebook/-1989-#2-V-12.

2 П.Н.Василенко. Курс бухгалтерского учета. В.о. “Саюзоргучет”, М.:, 1938, П.А. Костюк Бухгалтерский словарь, Высшая школа, Минск, 1971.

Download 58.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling