1-ma’ruza: xo‘jalik hisobining mohiyati, boshqaruv tizimidagi ahamiyati va buxgalteriya hisobining umumiy tavsifi reja


O‘zbekistonda buxgalteriya hisobi milliy tizimining barpo bo‘lishi va rivojlanishi


Download 58.68 Kb.
bet8/9
Sana23.12.2022
Hajmi58.68 Kb.
#1048674
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-маъруза матни

3. O‘zbekistonda buxgalteriya hisobi milliy tizimining barpo bo‘lishi va rivojlanishi
O’zbekiston buxgalteriya hisobi tarixi ham jahon buxgalteriya hisobi tarixining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi va uning taraqqiy etishiga salmoqli hissa qo’shgan. O’zbekistonda buxgalteriya hisobi nazariyasi va amaliyoti asoslari sobiq ittifoq davrida ma’muriy buyruqbozlik, yuqoridan qat’iy rejalashtirish sharoitida ushbu tuzum talablariga javob beradigan shaklda tashkil topdi va rivojlantirildi. Bu davr juda uzoq vaqt davom etganligi bilan tavsiflanadi. Shu bois, bu davrda buxgalteriya hisobining xarakterli xususiyatlarini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Sobiq ittifoq davrida buxgalteriya xisobining xarakterli xususiyatlari, buxgalteriya hisobini turg’un holatga kelib qolishga asosiy sabablar va uni taraqqiy ettirishdagi to’siqlar quyidagilardan iborat edi:
Birinchidan, sobiq ittifoq davrida buxgalteriya hisobi davlat mulkini asrash va davlat rejalarining bajarilishi ustidan nazorat o’rnatish vositasi sifatida qaralar edi. Shu sababli, korxonalarda buxgalterlar davlat nazoratchisiga aylanib qolgan edi. Korxonalarda ustav fondi davlat tomonidan tashkil etilar, yuqoridan rejalar belgilanilar, ishchi va xizmatchilarga tarif stavkalari bo’yicha ish haqi hisoblanilar, xarajatlar smetasi va tannarx tasdiqlanar va moliyaviy natijalar uncha ahamiyat kasb etmas edi. Eng muhim ko’rsatkich davlat rejalarining bajarilishi edi. Ushbu tuzumning talablariga mos, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan buxgalteriya hisobi va nazorat tizimi shakllantirildi.
Ikkinchidan, buxgalteriya hisobi xalq xo’jaligining tarmoqlari bo’yicha, ya’ni sanoatda, qishloq xo’jaligida, qurilishda, savdoda, matlubot kooperasiyasida, maishiy xizmat tarmoqlarida va boshqa tarmoqlarda tashkil etilgan. Buxgalteriya hisobining o’ta tarmoqlanib ketishi umumiy bo’lgan qoida va tamoyillarni yaratishga to’sqinlik qilar va buxgalteriya hisobi sohasini murakkab sohaga aylantirib quygan edi. Bu o’z navbatida xalq xo’jaligining alohida tarmoqlari uchun ushbu soha xususiyatlarini biladigan buxgalter mutaxassislarni tayyorlashni talab etar edi.

Download 58.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling