1-ma’ruza. Yo‘llarni yuzaga kelishi r e j a
ganiev.inomjon@gmail.com; тел.: +99897-702-74-04
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
1-MARUZA
ganiev.inomjon@gmail.com; тел.: +99897-702-74-04
20 октября 2020 г. 2
Ekilgan maydonlarni aylanib o‘tish hayvonlarni yaylovga haydash uchun ajratilgan so‘qmoqlar keyinchalik hayvonlarni haydab o‘tadigan yo‘llarga aylangan. Bu so‘qmoq yo‘llarning xususiyati shundan iboratki, ular aholi yashash joylarini bir-biri bilan bog‘lamasdan yo‘qolib ketishgan. Daraxtzorli botqoqli joylarda aholi yashash joylariga yaqinlashganda botqoqlar ustiga qoziqlar o‘rnatilgan g‘o‘lalarni yotqizilishi birinchi marta sun’iy qoplama qurilishi paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Tarixiy arxeologik qazishmalar natijasida 1,0-1,5 metr chuqurlikda g‘o‘la qoplamali yo‘llarning qoldiqlari aniqlangan. Ular eng qadimiysi bizning eramizdan uch ming yil avvalgi vaqtga to‘g‘ri keladi. 1-rasmda Oldenberg shahri (GFR) qo‘llanilgan g‘o‘la qoplamali yo‘l ko‘rsatilgan, ularni tahlili bizning eramizdan 1800-1200 yil oldin qurilganligini ko‘rsatadi. Qoplama ko‘ngdalang g‘o‘lalar ustiga bo‘ylama tashlangan g‘o‘lalardan iborat bo‘lib, uning eni 1,2-1,5 metrni tashkil qilgan. Ularni yonlariga yoyilib ketmasligi uchun ora-chorada tik qoziqlar qoqilgan. Xuddi o‘sha erda eramizdan oldingi 400-200 yillarga to‘g‘ri keldigan yog‘ochlarga ishlov berilib, bir-biriga yopishtirilgan bo‘ylama g‘o‘lalarga ko‘ngdalang joylashtirilgan eni 2,3 - 3,5 metr bo‘lgan yo‘llar topilgan.
1-rasm. Botqoqlikdan topilgan g‘o‘la qoplamalari.
2-rasmda Grex Klark tomonidan Evropaning har xil qismlarida eramizdan avvalgi va hozirgi kungacha bo‘lgan insoniyatning rivojlanishdagi iqtisodiy vaqtinchalik va hududlarning aloqalarning sxemasi bir necha bor qayta |
ma'muriyatiga murojaat qiling