1-ma’ruza. Yo‘llarni yuzaga kelishi r e j a
ganiev.inomjon@gmail.com; тел.: +99897-702-74-04
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
1-MARUZA
ganiev.inomjon@gmail.com; тел.: +99897-702-74-04
20 октября 2020 г. 8
Aholi foydalanadigan harakatlanishning asosiy va yagona usuli bo‘lib karvonda harakatlanish bo‘lgan.
Shaharlar va aholi yashash joylari orasida umuman hech qanday yo‘l bo‘lmagan, faqat so‘qmoqlar bo‘lgan, ularda karvonlar quduqdan quduqgacha cheksiz cho‘l daryolari va bo‘shliqlarda har xil yo‘nalishda yurishgan.
Agar aholining quduqlarni tozalash va to‘g‘rilash ayrim ishlarini bajarganlarini hisobga olmasa karvon yo‘llari xech kim tomonidan saqlanmagan.
Agar ularni yo‘l deb hisoblasa, ular o‘lkaning faqat tog‘li qismida bo‘lgan, afsuski ko‘p holatlarda qoniqarsiz saqlangan va ko‘p joylarda qiyin o‘tadigan xavfli so‘qmoqlardan iborat bo‘lgan.
O‘rta Osiyoda karvon yo‘llarining ko‘p to‘plangan qismi Xiva vohasida bo‘lgan, undan yo‘llar shimolga – Xazalinskga, g‘arbga – Kaspiy dengizi sohillariga, janubga – Ashxabodga, Marvga, Buxoroga va sharqga – Jizzax va Toshkentga.
Bu yo‘llarning eng asosiylari bo‘lib: Krasnovodskdan ko‘hna Urganchgacha – 605 verst, Ashxoboddan Xivagacha - 442 verst, Marvdan Xivagacha 437 verst, Petroaleksandrovsk (to‘rtko‘l) dan Kazilinskgacha 460 verst.
Boshqa devorli karvon yo‘llarining juda muhim markazi Buxoro bo‘lgan, shimoldan juda og‘ir, lekin Kazalinskdan qisqa yo‘l bo‘lgan, sharq va g‘arbdan g‘ildirakli yo‘llar tutashgan (57 verst), Karmanaga (89 verst) va Samarqandga (232 verst), janubdan esa juda ham gavjum karvon yo‘li Qarshiga (164 verst).
|
ma'muriyatiga murojaat qiling