1-ma’ruza. Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja


Download 19.34 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi19.34 Kb.
#1570658
  1   2
Bog'liq
1-маъруза


1-MA’RUZA. Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
REJA:
1.Yozma ishlarni o‘tkazish metodikasi fanining predmeti.
2.Yozma ishlarni o‘tkazish metodikasi fanining maqsadi.
3.Yozma ishlarni o‘tkazish metodikasi fanining vazifalari.
4.Fanni o‘qitishga doir yondashuv va tamoyillar haqida ma’lumot va umumdidaktik tamoyillar.
5.“Tamoyil” yoki “Prinsip” tushunchasiga ta’rif.
Barkamol shaxs va malakali mutaxassislarni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mazmun-mohiyati barchani birdek o‘ylantirib kelayotgan masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Zamonaviy texnika hamda didaktik vositalardan, innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish tobora muhim ahamiyat k
asb etmoqda. “Yozma ishlarni tashkil etish mеtodikasi” pedagogik fanlar tizimiga mansub, yozma ishlarni to‘g‘ri tashkil etish jarayoniga bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlarni o‘rganadi. Bunda adabiyotshunoslik, tilshunoslik, notiqlik san’ati, pedagogika, mantiq fanlari ba’zi xususiyatlariga ko‘ra uyg‘unlasha oladi. Bu fanlar o‘z yo‘nalishlariga ko‘ra ma’lum darajadagi ma’lumotlarni yetkazib beradi, lekin nimani va qanday yozishni “Yozma ishlarni tashkil etish mеtodikasi” fani mukammal anglatati. Ushbu fan filologik ta’lim, bola tarbiyasi hamda hayotiy kompetensiyalarni shakllantirish uchun o‘ta zarur hisoblanadi. Uning o‘z obyekti va predmeti, maqsad va vazifalari, mazmun hamda metodlari mavjud.
Yozma ishlarni tashkil etish mеtodikasi” fanining obyekti deb uzluksiz ta’lim tizimidagi ona tili va adabiyot darslarida yozma ishlarni o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlaridir.
Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi” fanining predmeti uzluksiz ta’lim tizimida yozma savodxonlikni oshirishga hamda yozma manbalarni tahlil qilishga doir didaktik namunalar, yo‘l-yo‘riqlar, yozma ishlarni o‘tkazishda subyektlar o‘rtasidagi hamkorlik jarayonidir.
Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi” fanining maqsadi bo‘lajak pedagogning kasbiy kompetentligini shakllantirish va yoshlar ma’naviyatini qaror toptirishda hamda ularning zarur kompetensiyalarini shakllantirishda yozma ishlarning ta’siridan unumli foydalanish usullarini o‘rgatishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning BKMlariga quyidagi talablar qo‘yiladi.
Talaba yozma ish turlari, tashkil etish mazmuni, tamoyillari, metodlari, shakli hamda vositalariga doir bilimlarga ega bo‘lishi;-metodlarni to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llash, tahlil va yozma bayondagi muammolarni bartaraf qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;-o‘quvchilar yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolarni oldindan taxmin qilib, oldini olish malakalariga ega bo‘lishi lozim.
Ta’lim mazmuni pedagogika tarixida eng qadimiy va hozirda dolzarb masalalardan bo‘lib turibdi. “Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi” fanining vazifalari o‘qitish jarayonida ta’limning samarali pedagogik texnologiyalaridan foydalanish, yozma ishlar tahlilida o‘quvchi ma’naviyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan jihatlarni ochish hamda maqsadga muvofiq tarzda qo‘llashga o‘rgatishdan iborat. Shuningdek:
– talabalarni fanning nazariyasi va mеtodikasining ilg‘or yutuqlaridan xabardor qilish;
–talabalarga o‘quv dasturi va darsliklarning mazmuni haqida ma’lumot berish;
-mustaqillik yillarida ta’limning mazmun-mohiyatini hamda o‘rgatish usullarini yangilashga doir masalalalar bilan talabalarni xabardor qilish;

  • o‘quvchini dars jarayonining subyektiga aylantiradigan eng qulay va samarali yo‘llaridan foydalanishga o‘rgatish; talabalarni o‘quvchilarga beriladigan BKMlar majmuasi bilan tanishtirish;

– talabalarga yozma ish o‘tkazishga oid dars hamda sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishning nazariy-mеtodik asoslarini; adabiy asarlarni o‘qitish hamda yozma tahlili orqali o‘quvchilarning badiiy – estеtik didi, mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyati, kitobxonlik madaniyatini kamol toptirishga o‘rgatishdan iborat.Ta’lim mazmunini shakllantirish zamonaviy pedagogikada muhim tarkibiy qismlardan iborat bo‘lib, ijodiy-amaliy ko‘nikmalarni tashkil etadi. Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi fanining mazmuni o‘qitish metodlari, usullari, shakllari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, yozma ishlar tashkili bilan bog‘liq nazariy va didaktik tushunchalar, yozma ishlarni tashkil etish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi ishtirokini tashkil etish yo‘llarini o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar egallashi zarur bo‘lgan bilimlar tizimi (til faktlari, nutq madaniyati tushunchalari, yozma savodxonlikka doir imlo qoidalar, yozma ish turlari bo‘yicha ta’riflar), o‘quvchilarni ijodiy faoliyat usullariga o‘rgatish, ya’ni qayta xotirlash, ijodiy va ilmiy — ijodiy, ichki va tashqi nutq tafakkur o‘sishi kabi masalalarni qamrab olmog‘i ko‘zda tutiladi. Fonetika, leksikologiya, grammatika (morfologiya va sintaksis), uslubiyat, mantiqiy fikrlash, to‘g‘ri yozish, so‘z tanlash va gap tuzish; ijodiy fikrlash, fikrni to‘g‘ri, aniq ifodalash, ifodali o‘qish (qiroat) va o‘qiganlarini tushuna olish, matn ustida ishlash va matn yaratish faoliyatlarini qamrab oladi.1
Demak, talabani ijodiy va mustaqil fikrlashga o‘rgatish, so‘z farqlash, gapda so‘zni to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llash, o‘z fikrini aniq, ixcham, ravon, tugal yozma nutq ko‘rinishida ifodalashga o‘rgatish yozma ishlarni tashkil etish metodikasining birlamchi vazifasi bo‘lsa, o‘zaro muloqotni, bahs-u munozarani to‘g‘ri tashkil qilish, talaba tafakkurini rivojlantirish jarayonlarini oqilona boshqarish, fikr ifodalash malakasini shakllantirish, talabalarni o‘qituvchilik mahorati va yozma nutqlarni oshirishda ilg‘or texnologiyalar bilan tanishtirish metodika fanining bag‘oyat muhim vazifasi hisoblanadi.
Talabalar metod va usullar haqida to‘liq bilimga ega bo‘lsalar, har qanday yaratiladigan matnni ham ilmiy, ham didaktik, ham o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda samarali tashkil eta olishlari hamda professional muloqotga kirisha olishlari mumkin. Yozma nutqni rivojlantirish, dunyo miqyosida o‘rgatiladi.
Mumtoz adabiy meroslarimizda aks etgan g‘oya va mazmun hozirda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Pedagogikamizda bildirilayotgan fikr-mulohazalar ota-bobolarimiz tomonidan bizga yetib kelgan fikrlardir. Yoshlar kelajakka qo‘yiladigan qadamning, ajdodlarimiz tafakkur ziyosi bilan yoritilgan dovonlardan o‘tishini anglab yetishlari va aslo unutmasliklari lozim. Ajdodlar merosini, tarixini, ma’naviyatini, milliy qadriyatini, o‘zlikni qadrlamasdan turib yetuk, barkamol mutaxassis kamol topishi qiyin. Yozma nutq va tafakkur rivojida mumtoz asarlar mohiyatini o‘zlashtirish, milliy qadriyatlarni anglash muhimdir.

Download 19.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling