1-ma’ruza. Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja


Fan bo‘yicha talabalarning BKMlariga qo‘yiladigan talablar


Download 19.34 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi19.34 Kb.
#1570658
1   2
Bog'liq
1-маъруза

Fan bo‘yicha talabalarning BKMlariga qo‘yiladigan talablar
«Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi» fanini o‘zlashtirishda zarur masalalar:
–fanning nazariy asoslarini bilish; badiiy asarni tahlil qilish va baholash mеzonlarini bilish; o‘quvchilarning yozma savodxonlik va nutq malakalarini o‘stirishi; darsga qo‘shimcha adabiyotlarni, yangi axborot hamda turli tеxnologiyalardan foydalana bilish;
–talaba yozma nutqlarni rivojlantirish nazariyasi va mеtodikasi bo‘yicha maktab ta’limining mohiyati va prinsiplarini o‘zlashtirishi; o‘quv topshiriqlariga ko‘ra usullar tanlay olishi; milliy mafkura va mustaqillik g‘oyasini singdirishda yozma ishlardan unumli foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kеrak;
-talaba ta’limning turli bosqichlarida namunali yozma ishlar tuzish, ko‘rik-tanlovlarni o‘tkaza olish, zamon talabidagi yozma ishlarni tashkil qila olish malakalariga ega bo‘lishlari lozim.
Savol va topshiriqlar:
1.Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi fani qanday tamoyillarga tayanishi bilan tanishdingiz. Qanday tushunganingizni izohlang. Misollar bilan ifodalang.
2.Mazkur fanning predmetini qanday tushundingiz? Fikringizni asoslang.
3.«Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi» fanining maqsadiga e’tibor qiling: «...bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetentliligi» deganda nimalarni angladingiz? Bu fikrlardan o‘zingizga daxldorlik tuydingizmi?
4.Ushbu fanning zimmasiga ortilgan vazifalarga izoh bering. Fikringizni badiiy asarlar misolida asoslashga urinib ko‘ring.
5. Talabaga qo‘yilayotgan talablarga diqqat qiling. Ular orasida sizning qo‘lingizdan kelmaydiganlari bormi? O‘zingizda ularni egallashga ishtiyoq sezyapsizmi? Aks holda nima qilish kerak deb o‘ylaysiz?
6.Yosh avlodni ma’naviy barkamollikka yetishuvida, tafakkur o‘sishida xizmat qiladigan omillar haqida gapiring.
7.«Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi» fanining falsafa, mantiq, etika, estеtika, pеdagogika, psixologiya, adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi, hozirgi o‘zbеk adabiy tili, umumiy tilshunoslik, tilshunoslikka kirish, shеvashunoslik, onomastika kabi fanlar bilan o‘zaro aloqasini misollar bilan izohlang.



1 To‘xliyеv B., Shamsiyеva M., Ziyodova T. O‘zbеk tili o‘qitish mеtodikasi.– T.: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi. 2010.

Download 19.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling