1-ma’ruzalar


Mashinali sug‘orishning hozirgi ahvoli, muammolari va


Download 0.94 Mb.
bet5/6
Sana07.02.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1175894
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-ma\'ruza lotin

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Nasos
Mashinali sug‘orishning hozirgi ahvoli, muammolari va

kelajagi.
Mamlakatdagi juda ko‘p nasos stansiyalari va qurilmalari 40-47 yildan buyon ekspluatatsiya qilinib, undagi jihozlar allaqachon o‘z resurslarini ishlatib bo‘lishgan. Ammo ekspluatatsiya xodimlarining chuqur bilimi va tajribasiga tayanib, joriy va kapital ta’mirlashlar natijasida ular hozirgacha ekspluatatsiya qilinmoqda. Hozirgi kunda nasos stansiyalarida quyidagi muammolar mavjud.

  1. Nasos stansiyalarining asosiy va yordamchi gidromexanik hamda energetik jihozlari rekonstruksiya qilinishi yoki butunlash almashtirilishi lozim.

  2. Katta diametrli quvurlari kavitatsiya va abraziv yemirilishlar natijasida qalinligini yo‘qotib bo‘lgan, ba’zi qismlari teshilib ishdan chiqqan.Ularning ishdan chiqqan qismlari almashtirilishi, qolgan qismlari esa, kapital ta’mirlashdan chiqarilib tiklanishi lozim.

  3. Nasos stansiyasining barcha yordamchi jihozlari eskirib, rekonstruksiya qilinishga yoki butunlay almashtirishga tayyor holatga elib qolgan.

  4. Nasos stansiyasining asosiy va yordamchi binolarini kapital ta’mirlashdan chiqarish lozim.

5.Nasos stansiyasining gidrotexnik inshootlari kapital ta’mirlashga muhtoj.
Yuqoridagi ishlarni bajarish juda katta mablag‘ talab qiladi. Hukumatimiz qarori bilan ushbu mablag‘lar chet el banklari va xalqaro tashkilotlar kiritayotgan investitsiya mablag‘lari hisobiga qoplanmoqda.
Hozirgi kunda quyidagi nasos stansiyalari Osiyo taraqqiyot banki tomonidan kiritilayotgan investitsion mablag‘lar hisobiga rekonstruksiya qilinmoqda:

  • «Amu-Zang» mashina kanalini qayta tiklash loyihasi – umumiy qiymati 73,2 mln. AQSH dollari;

  • Andijon suv omboridagi «2-GES» uchun XXRdan jihozlar keltirish loyihasi – umumiy qiymati 10,03 mln. AQSH dollari;

  • Oxangaron suv omboridagi kichik GES uchun XXRdan jihozlar keltirish loyihasi –umumiy qiymati 5.91 mln. AQSH dollari;

  • Andijon viloyatidagi «Gulbaxor-1K» nasos stansiyasining qayta ta’mirlash loyixasi. Umumiy qiymati 5.76 mln. AQSH dollari;

  • Buxoro viloyatidagi «Quyi-Mozor» nasos stansiyasini kayta tiklash loyihasi - umumiy qiymati 12.0 mln. AQSH dollari;

  • Samarqand viloyatidagi «Narpay» va Farg‘ona viloyatidagi «Beshariq» nasos stansiyalarini rekonstruksiyalash.



1.3.Nasos dvigateli, nasos agregati, nasos qurilmasi, nasos
stansiyasi va mashinali suv ko’tarish gidrotexnik uzeli
haqida tushunchalar.

Har qanday sohaning o‘ziga mos tushunchalari va terminlari bo‘ladi.


Agar ular to‘g‘ri qo‘llansa, mutaxassislarning o‘qishi, ishlashi, va ishlab chiqarishni tashkil qilishi osonlashadi. Nasos va nasos stansiyalari sohasida tushunchalarni to‘g‘ri qo‘llanishi, loyihalashni, buyurtma berishni, qurishni, ekspluatatsiya va ta’mirlash hamda rekonstruksiya qilishni osonlashtiradi. Sug‘orish, zax qochirish hamda ichimlik suvi bilan ta’minlash sohalarida suvni yuqoriga uzatish kompleksi quyidagi pog‘onalarga bo‘linadi va quyidagi tushunchalar bilan aniqlanadi.

  1. Nasos – faqatgina nasosning o‘zi hech qanday dizel yoki elektrodvigatelga ulanmagan (6-rasm).

  2. Nasos agregati (gidroagregat) – Nasos dvigateli va uni harakatga keltiruvchi dizel yoki elektrodvigatellar yig‘indisi (7-rasm).






Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling