1.6-rasm. Nasosning o‘zi. 1.7-rasm. Nasos agregati
3. Nasos qurilmalari-Nasos agregati(nasos dvigateli), so‘rish va bosim quvurlari, ochish va bekitish zadvijkalari hamda nazorat o‘lchov asboblari (vakuumetr va manometrlar) yig‘indisidir(8-rasm ).
1.8-rasm. Nasos qurilmalari
4. Nasos stansiyasi - bir necha nasos qurilmalari, ishchilarning dam olish va elektr energiyani taqsimlash qurilmalari hamda boshqaruv pulti xonalari, kranlar, er osti suvlarini yig‘ib oluvchi va chiqarib tash-lovchi tizimlar hamda gidrotexnik inshootlar yig‘indisidir (9a, b-rasmlar).
1.9-rasm. Nasos stansiyalari: doimiy(a)va
|
suzib turuvchi (b)
|
5. Mashinali suv chiqarish gidrotexnik uzeli – suv olish va uni nasos stansiyasi binosiga keltiruvchi, suvni qabul qiluvchi va iste’molchiga uzatuvchi gidrotexnik inshootlar, stansiya binosi, so‘rish va uzatish quvurlari yig‘indisidir (10-rasm).
1.10-rasm. Mashinali suv ko‘tarish gidrotexnik uzeli.
1-magistral kanal; 2-suv olish inshooti; 3-suv olib keluvchi kanal;
4-avankamera; 5-nasos stansiyasi binosi; 6-bosimli quvurlar; 7- bosimli basseyn; 8-mashina kanali.
NAZORAT SAVOLLARI
1.Nasos stansiyalari qurilishining qisqacha tarixi haqida gairib bering.
2.O‘zbekiston Respublikada mashinali suv ko‘tarish tizimi qanday ishlayapti?
3.Mashinali sug‘orishning hozirgi ahvoli, muammolari va kelajagi qanday bosqichlardan iborat?
4.Nasos dvigateli deganda nimani tushunasiz?
5.Nasos agregati va nasos qurilmasi qanday ishlash prinsipiga ega?
6.Nasos stansiyaci va mashinali suv ko’tarish gidrotexnik uzeli haqida tushunchalar bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |