1-маърўза: Кириш
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 6829 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- BA„ZI ATAMALAR IZOXLI LUG‟ATI
NAZORAT SAVOLLARI
1.Gaz tahlillagichlar nima? 2.GXPZ turidagi kimyoviy gaz tahlillagichlarni to‟zilishini va ishlashini izohlab bering. 3.Termomagnit gaz tahlillagichlarni to‟zilishini va ishlash uslubini izohlab bering. 4.Termokonduktermik gaz tahlillagichlarni to‟zilishini va ishlash uslubini izohlab bering. 5.Xromatografik gaz tahlillagichlarni to‟zilishini va ishlash uslubini izohlab bering. 6. Termomagnit va absorbsion-optik gaztahlillagichlar deb nimaga aytiladi? 7. Gazlarni tahlil qilish uchun qanday usullar qo‟llaniladi? 8. Gaz aralashmalarining issiqlik o‟tkazuvchanligi qaysi formula bilan aniqlanadi? 9. Gazlarni tahlil qilish uchun qanday usullar qo‟llaniladi? 10. Termokonduktometrik gaz tahlillagichlarining ishlash prinsipini tushuntiring. 11. Tutun gazlaridagi kislorod miqdorini uzluksiz aniqlash uchun qanday gaz taxlillagichlar ishlatiladi? 12. Magnitli gaz tahlillagichlari qanday asboblarga bo‟linadi? 107 BA„ZI ATAMALAR IZOXLI LUG‟ATI 1. Barometr 69 – atmosferada havoning barometrik bosimini o‟lchash uchun ishlatiladigan asbob. 2. Variatsiya 10 - Bir kattalikni ko‟p marta takroriy o‟lchashlar natijasida asbob bir nuqtadagi ko‟rsatishlari orasidagi eng katta farq. 3. Vakkumetr 69 - siyraklanishni o‟lchash uchun ishlatiladigan asbob. 4. Graduirovka 8 – darajalash. 5. Diafragma 81 – dumaloq teshikli yupqa disk shaklga ega bo‟lgan qurilma 6. Differensial manometrlar 73 – ikki bosim ayirmasini (bosimning o‟zgarishi) o‟lchaydigan asbob. 7. Kogerent birlik 6 – sonli koeffitsenti birga teng bo‟lgan tenglama orqali tizimning boshqa birliklari bilan bog‟langan xosilaviy birligi. 8. Kondensat 24 – bug‟-suyuqlik aralashmasi. 9. Metrologiya 6 - o‟lchashlar, o‟lchash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yo‟llari haqidagi fan. 10. Manometr 69 - mutlok va ortiqcha bosimni o‟lchaydigan asbob. 11. Manovakuummetr 69 – ortiqcha bosim va vakkumni o‟lchaydigan asbob. 12. Naporomer (mikromanometr) 70 – kichik miqdordagi ortiqcha bosimni o‟lchaydigan asbob. 13. Namuna modda 6 - tasdiklangan spetsifikatsiyada ko‟rsatilgan tayyorlash shartlariga rioya qilinganda tiklanadigan ma„lum xossalarga ega bo‟lgan moddadan iborat o‟lchov. 14. Pirometr 60 – Haroratni nurlanish intensivligi orqali, bevosita o‟lchaydigan asbob. 15. Pezometr 97 – bosim o‟lchash maqsadida ishlatiladigan to‟g‟ri naycha. 16. Pito nayi 86 – frantsuz olimi Pito tomonidan taklif qilingan pezometrik naycha. 17. Prandtl nayi 86 – mashxur gidromexanik olim, suyuqlik va gazlar dinamikasi fani asoschisi Prandtl tomonidan taklif qilingan, quvurlardagi tezlik bosimini o‟lchaydigan, uchi egik naycha. 18. Standart namuna 6 - modda va materiallarning xossalari yoki tarkibini xarakterlovchi kattaliklarning birligini qayta tiklash uchun o‟lchov. 19. Sezuvchan element 6 – birlamchi uzgartkichning o‟lchanayotgan kattalik ta„siridagi qismi. 20. Soplo 77 – konsentrik teshikli nasadka shaklda ishlangan jism bo‟lib, uning kirish qismi ravon torayib, chiqish qismi silindrdan iborat. 21. Termoballon 24 – manometrik termometrlarning tashkiliy kismlaridan biri bulib, ichiga atmosfera bosimi ta„sir kqilmaydigan bosimda termometrik modda (suyuqlik, gaz, kondensat) solinadigan silindrsimon jism. 22. Termopara 29 – ikki xil metall sim (termoelektrod)dan tashkil topgan, ikki uch(issiq va sovuq ulanma)lari kavsharlangan (1821 yilda Zeebek tomonidan kashf etilgan termoelektr hodisasiga asoslanga) termoelektr termometr. 23. Tyagomer 70 – kichik miqdordagi siyraklanishlarni o‟lchaydigan asbob. 24. Tyagonaporomer 70 – kichik qiymatli bosim va siyraklanishlarni o‟lchash uchun ishlatiladigan asbob.. 25. Etalon 7 - o‟lchov birliklarini saqlash va ularni metrologik aniqlik bilan takrorlash uchun mo‟ljallangan asbob. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling