I -bob. Keys bilan ishlash
Download 408.86 Kb.
|
Informatika fanlarida keys-stadi texnologiyalaridan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-BOB. INFORMATIKA FANINI O’QITISHDA KEYS TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH………………………………..19
- Eng yangi zamonaviy o‘quv vositalari bilan ta’minlaydigan ta’lim muassalarida eskidan qolgan o‘qitish usullarining davom etishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.”
Informatika fanlarida keys-stadi texnologiyalaridan foydalanish MUNDARIJA KIRISH....................................................................................................………..…2 I -BOB. KEYS BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYASINING MOHIYATI…..5 Ta’limning keys-texnologiyasiga kirishi: keyslarni ishlab chiqish qoidalari….5 Ta’lim jarayonida keys‑stadi uslubini keng tatbiq qilishning ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlari ……………………………………….…………………………..13 II-BOB. INFORMATIKA FANINI O’QITISHDA KEYS TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH………………………………..19 2.1. Informatika darslarida keys-stadi texnologiyasini qo’llash……………19 2.2. Informatika fanini o’qitishda muammoli vaziyat yaratish…………………….28 XULOSA.................................................................................................................32 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.................................................................33 “Eng yangi zamonaviy o‘quv vositalari bilan ta’minlaydigan ta’lim muassalarida eskidan qolgan o‘qitish usullarining davom etishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.” I.A. Karimov KIRISH Jahon miqyosida ta’lim tizimini isloh qilishning muhim omillaridan biri sifatida o’qituvchilarning kasbiy-pedagogik faoliyati samaradorligini oshirish, jumladan, millatlararo madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy munosabatlarning integratsiyalashuvi, axborot uzatish va muloqot qilishda asosiy vosita sanalgan dasturlash turlari, xususan robotexnika o’qituvchilari faolligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ilg’or ta’lim muassasalari dasturlash tillari mashg’ulotlarini samarali pedagogik texnologiyalar, yondashuvlar bilan boyitish bilan birga, soha professor-o’qituvchilarning rekruting talablariga axborotlashtirish va kommunikasiya sharoitida intensiv faoliyat yurituvchi, yuqori kompetensiyaga ega bo’lish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Xalqaro miqyosda dasturlash tillarini o’qitishning jadallashtirilgan texnologiyalari va texnikasi, usullari va vositalari, jumladan, an’anaviy predmetlashtirilgan, dasturlash tili sharoitiga chuqurlashuv va olib borilib intensivlashuv, shaxsiy emosional-hissiy munosabat yo’nalishlarida tadqiqotlar olib borilib, mazkur izlanishlarda xorijiy tillar bo’yicha o’qituvchining funksionalligi va kommunikativ ta’sirini oshirish jarayonlariga asosiy ob’ekt sifatida qaralmoqda. Bunda kasbiy kompetensiyalar tarkibini kreativ fikrlash elementi asosida kengaytirish, ta’lim-tarbiya jarayonlarida mavjud an’anaviy o’qitish metodlari hamda umumiy mahorat yo’nalishlarini yangilangan integrativlik orqali aks ettirish va qo’llashning ahamiyati dolzarb hisoblanadi. Mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o’quv-metodik ta’minotini yaxshilash, mutaxassis kadrlar tayyorlash sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida professor-o’qituvchilarning ilg’or ta’lim texnologiyalari va o’qitish usullarini tatbiq etish bo’yicha tashabbuskorligini oshirish, dasturlash tillarini o’qitishning interfaol metodlarini joriy etish imkoniyatlari kengaymoqda. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari dasturlash tili o’qituvchilarining kasbiy-pedagogik faoliyati mazmunini ilg’or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish zarurati mavjud. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PQ-4947-son «2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risidagi» Farmoni, 2017 yil 14 martdagi PQ-2831 son «Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarorlarida hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu bitiruv malakaviy ishi natijalari muayyan darajada xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyov tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusning uchinchisi aholi va yoshlar o’rtasida komp’yuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanishni tashkil qilishga qaratilganligi ham bejiz emas. Download 408.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling