1-masala: Massasi 10,8 gr bo’lgan metal namunasida alyuminiy moddasining qanday miqdori bor? Yechish


Bilimlar bellashuvini o’tkazish uchun masalalardan namunalar


Download 1.58 Mb.
bet11/20
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1589358
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
kimyodan masalalar yechishning ilmiy-ommabop usullari

Bilimlar bellashuvini o’tkazish uchun masalalardan namunalar.
1-masala. Bromning ionlanish energiyasi I=1140,8 kDj/mol. Bromning elektronga moyilligi E=3,54 eV/atom. Bromning nisbiy elektromanfiyligini aniqlang.
Yechish. Elektromanfiylikni quyidagicha ifodalash mumkin:
EM = (I+E). Bromning elektronga moyilligini aniqlaymiz: E = 3,54∙1,602∙ 10-19 ∙6,02∙1023=341,4 kDj/mol. Brom elekrtromanfiyligini hisoblaymiz: EM=1140,8+341,4=1482,2kDj/m. Elektromanfiylik birligi sifatida litiy-ning eletromanfiylik qiymati qabul qilingan (536,0kDj/m). Demak brom uchun nisbiy elektomanfiylik qiymati 1482/536,0=2,8 ga teng.
2-masala. Tarkibiga quyidagi elementlar atomlari kiradigan moddalarning molekula formulalarini yozing: a) alyiminiynig ikkita atomi bilan kislorodning uchta atomi; b) kalsiyning bir atomi bilan uglerodning bir atomi va kislorodning uch atomi; v) misning bir atomi bilan xlorning ikki atomi; g) misning ikki atomi bilan oltingugurtning bir atomi. Shu moddalar tarkibidagi elementlarning eng kichik massa nisbatlarini toping.
Yechish. a) Al2O3 undagi eng kichik massa nisbat 9:8 ga teng;
b)CaCO3 undagi eng kichik massa nisbat 10:3:12 ga teng; v) CuCl2 undagi massa nisbat 64:71 ga teng; g) Cu2S undagi eng kichik massa nisbat 4:1.
3 – masala. Xromning kislorodli birikmalari 48; 31,58 va 23,53% kislorod saqlaydi. Har qaysi birikmada xromning ekvivalent massasini aniqlang. Kislorodning ekvivalent massasi 8 g/mol ga teng.
Yechish. Birinchi birikmada:
48 g kislorodga ——— 52 g xrom to’g’ri keladi
8 g/mol kislorodga ——— x g xrom to’g’ri keladi
bundan x=8,67 g/mol natijani olamiz.
Shunga analogik ravishda ikkinchi va uchinchi birikmalar uchun ham proporsiyalar tuziladi va quyidagilar olinadi:
x2=68,42∙8/31,58= 17,38 g/mol ; x2=76,47∙8/23,53=26,0 g/mol.
4 – masala. Don saqlanadigan omborxonani zararkunanda hasharotlardan tozalash uchun oltingugurt oksidi (SO2) dan foydalanish mumkin. SO2 (sulfit angidrid) odatda oltingugurtni yondirib olinadi. 8 mol oltingu-gurt yonganda qancha massa yoki mol silfit angidrid hosil bo’ladi?
Yechish. a) reaksiya tenglamasi yoziladi:
S + O2 = SO2
b) tenglama bo’yicha SO2 massasi aniqlanadi.
S + O2 = SO2
1 mol 64 g yoki 1 mol
8 mol x g
1 mol S: 64 g(yoki 1 mol) SO2 = 8 mol S : x (x mol) SO2
x = 64∙8/1=512 g SO2 yoki ν=m/M=512/64=8 mol SO2
Demak 8 mol oltingugurt yonganda 512 g yoki 8 mol sulfit angidrid (SO2) hosil bo’ladi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling