3-masala. Davriy jadvalda joylashgan o’rniga qarab selenning atom massasini toping?
Yechish: Buning uchun As,Br,S,Te elementlari atom massaslari qo’shib 4 ga bo’lnadi. As-74,9216, Br- 79,904, S-32,066, Te-127,6 ushbu sonlarni qo’shib to’rtga bo’lganda selenning davriy jadvaldagi atom og’irligi kelib chiqadi. Se = 74,9216+79,904+ 32,066+126,6=78,96 Se atom massasi
4-masala. Absolyut massasi 4,651 ‘1023 bo’lgan elementni yoqish uchun 4,48 l n.sh.da kislorod sarflandi, bunda hosil bo’lgan modda massasini hisoblang.?
Yechish: Ab= 4,651∙1023 ∙ 6,02∙1023 =28 bu element Si
Si+O2 → SiO2 4,48 l —— x
22,4 l —— 60 x = 12 gr SiO2
5-masala. Vodorodning 1H, 2D, 3T kislodorning 16O, 17O, 18º izotoplaridan tashkil topgan necha xil birikmalari bo’lishi mumkin?
Yechish: Hammasi bo’lib izotoplar tarkibi turli bo’lgan molekulalar soni 18 ta bo’lishi mumkin.
1H-16O-1H; 7) 2H-16O-2H 13) 3H-16O-3H
1H-17O-1H; 8) 2H-17O-2H 14) 3H-17O-3H
1H-18O-1H; 9) 2H-18O-2H 15) 3H-18O-3H
1H-16O-2H; 10) 1H-16O-3H 16) 2H-16O-3H
1H-17O-2H; 11) 1H-17O-3H 17) 2H-17O-3H
1H-18O-2H; 12) 1H-18O-3H 18) 2H-18O-3H
6-masala. 6,72 l (n.sh.da) ammiakka qancha hajm l (n.sh.) CO2 qo’shilganda aralashmadagi elektronlar soni Avogadro sonidan 19,5 marta ko’p bo’ladi.
Yechish: Ammiakdagi elektronlar sonini topib olamiz.
NH3 -10 e- 19,5-3=16,5 CO2 - 22 e-
6,72 l —— x 16,5 —— x
22,4 l —— 10 e- x= 3 22 e- —— 22,4 l x=16,8 l
7-masala. Noma’lum X va Y elementlari X2Y2O3 (kislorodning massa ulushi 25,26 % ga teng) va X2YO4 (kislorodning massa ulushi 36,78 % ga teng) birikmalar hosil qiladi. X va Y elementlarni aniqlang?
Yechish:
48 —— 25,26 % 64 ——36,78 %
x —— 100 % x ——100 %
x = 190 x= 174
190-48=142 174-64=110
2x+2∙32=142
y=142-110 2x+64=142
y=32 S 2x=142-64
2x=78
x=39 K
Javob : Demak, X element kaliy va Y element oltingugurt K2S2O3 va K2SO4
8-masala. Quyidagi ma’lumotlarga ko’ra X va Y elementlar hosil qilgan birimkaning nisbiy molekulyar massasini toping.
1) X va Y elektronlari sonidan nisbiy atom massasi qiymati 2 marta katta;
2) X+2 ionining elekron soni 10 ta ;
3) Y ning nisbiy atom massasi X ning proton sonidan 2 taga katta;
Yechish :1) X+2 ioning elektron soni 10 ta deganidan ma’lumki bu element Mg
uchinchi ma’lumotdan ma’lumki ikkinchi element Y azot
Javob: Mg3N2 massasi 24∙3= 72 14∙2=28 72+28=100
Do'stlaringiz bilan baham: |