1-mashg’ulot laboratoriya ishi №1 Matematik mayatniklarning tebranishlar


Download 0.54 Mb.
bet6/11
Sana24.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1290992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
laboratoriya.....

Nazorat savollari

  1. Tovush impulsi haqida ma’lumot bering?

  2. Insonning eshitish chegaralari qancha?

  3. Mikrofon va karnay ishlash prinsipini tushuntiring?


4-MASHG’ULOT
Laboratoriya ishi № 4
LINZALARNING FOKUS MASOFASINI ANIQLASH.
Ishning maqsadi: Linzalar mavzusiga oid olingan nazariy bilimlarni amalda mustaxkamlash.
Kerakliasboblar: optik taglik, yig’uvchi linzalar to’plami, chizg’ich, yorug’lik manbai(buyum), ekran.

I . NAZARIY QISM


1 - rasm 2-rasm
Linzalar barcha optik asboblarning asosiy qismi hisoblanadi. Linza deb ikki tomoni sferik sirt bilan chegaralangan shaffof moddaga aytiladi. Ikki tomoni qavariq linzani ko’raylik (1-rasm). Uning egrilik radiuslari R1 va R2, egrilik markazlari S1 va S2 bo’lsin. Linzaning chegaralovchi sferik sirtlarning markazlari orqali o’tuvchi to’g’ri chiziq linzaning bosh optik o’qi deyiladi (2-rasm). Linzaning o’rta qismiga joylashgan O nuqtani uning optik markazi deyiladi. Optik markazdan o’tgan barcha to’g’ri chiziqlar linzaning optik o’qlari deyiladi. Optik markazdan bosh fokusgaсha bo’lgan masofa OF linzaning fokus masofasi deyiladi.
Bosh fokus masofa F linzaning egrilik radiuslari va uning sindirish ko’rsatkichi bilan
(1)
formula orqali bog’langan. Bu erda 1/F = D - linzaning optik kuchi deyiladi va dioptriyada o’lchanadi (Fokus masofasi 1 m bo’lgan linzaning optik kuchi
1 dioptriya bo’ladi).
Qavariq linzalarning bosh fokus masofasini aniqlashda turlicha usullardan foydalaniladi.
I usul: Fokus masofasini an’anaviy usul bilan aniqlash.

Agar linza bilan buyum orasidagi masofani d va, linza bilan tasvir orasidagi masofani ƒ bilan belgilasak (3-rasm ) linzaning fokus masofasi:
(2)
yoki (3)

formulalar bilan ifodalanadi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling