1-mashg’ulot mavzu: ko’p shaklli marshansiyaning (marchantia polymorpha) tuzilishi va taraqqiyoti mashg’ulot maqsadi
Download 454.68 Kb.
|
2 5393144181084391449
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulot mazmuni
Mashg’ulot o’tish usuli: an’anaviy aqliy hujum
Didaktik jihozlar va materiallar: animasiyalar, slaydlar, elektron ma’ruza, elektron qo’llanma, elektron kitob.sfagnum turkumi turlarining gerbariylari, eksponatlar mikropreparatlar, chizmalar, torf bo’lagi; mikroskoplar. Mashg’ulot mazmuni: Bo’lim: Bryophyta - Yo’sintoifalar Ajdod: Bryopsida- Barg poyali yo’sinsimonlar Qabila: Sphagnales-Sfagnumnamolar Oila: Sphagnaceae- Sfagnumdoshlar- Tur: Sphagnum acutifolium - Nozikbargli sfagnum Torf yo’sinining gerbariylari, eksponatlari va torf bo’lakchalari bilan tanishiladi, kitoblar va konspektdan uning ta’rifi va biologiyasi o’rganiladi. GAMETOFIT: Torf yo’sinining gametofiti voyaga yetgan bargpoyali o’simlik bo’lib, och yashil, kumush rang, gerbariyda sarg’ich malla rangda bo’ladi. Gerbariy yordamida poyaning shoxlanishi, poya va barglarning rangi, rizoidlarining bor yoki yo’qligi aniqlanadi. Sfagnum poyasining ko’ndalang kesmasi mikroskopda ko’rilib, uning qanday qismlari borligi, qismlarni bir-biridan farqi aniqlanadi, rasmi chiziladi. Shundan so’ng sfagnum protonemasining tayyor preparati mikroskopda ko’riladi. Protonemani kakku zig’iri va nam o’lchagich funariya protonemalariga o’xshash va farqli tomonlari aniqlanadi. Protonemadagi kurtaklardan bargpoyali o’simlik rivojlanadi. Protonemaning rasmi chizib olinadi, uning dixotamik shoxlangan va rizoidli plastinka shaklida ekanligiga e’tibor beriladi. Barglari poyada navbatlashib joylashgan, o’tiroq, tomirsiz, doimo bir qavatli ikki xil hujayralardan tashkil topgan, uni ajratib olinib lupa va mikroskopda qaraladi. Yirik, rangsiz hujayralar o’lik, teshikli bo’ladi, bu teshiklari orqali unga suv yoki havo kiradi. Bu hujayralar gialin ya’ni suv saqlovchi hujayralar deb ataladi. Ular oralig’ida joylashgan cho’ziq, ingichka yashil hujayralar esa, tirik assimilyasion ya’ni fotosintez qiluvchi hujayralar hisoblanadi. Mikroskop ostida ko’rilgan ushbu tuzilmalar albomga chizib olinadi. Ikki xil tuzilishli hujayralarning miqdoriy nisbatiga e’tibor qiling. Sfagnumning anteridiy va arxegoniylari poyaning turli novdalari uchida to’p-to’p bo’lib joylashadi, ammo ularni gerbariyda topish qiyin. Ba’zi turlari bir uyli ayrim jinsli, ba’zilari esa ikki uyli o’simliklar hisoblanadi. Anteridiy va arxegoniylar to’plamlarining bo’ylama kesimini tayyor preparatlarda mikroskop ostida ko’ring, parafiza iplari borligiga e’tibor qiling. Ularning shakli va ichki tuzilishlarini chizib olinadi va o’zaro solishtiriladi.
Download 454.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling