1-mashg’ulot mikroskopning


Download 1.98 Mb.
bet26/75
Sana02.06.2024
Hajmi1.98 Mb.
#1834626
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75
Bog'liq
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari

Topshiriqlarga javob bering va bilimingizni baholang
1. Yassi chuvalchanglar tipi necha sinfdan iborat?
A. 4 ta; B. 5 ta; S. 6 ta; D. 7 ta;
2. Annelidlaming nerv sistemasi?
A. Qorin nerv zanjiri; B. To’rsimon diffuz; S. Yo’q;
D. Ortogon;
3. Yassi chuvalchanglarning gavda bo’shlig'i qanday tipda?
A. Gastral; B. Paragastral; S. Birlamchi; D. Gavda bo’shlig'i bo’lmaydi;
4. Yassi chuvalchanglarda ovqat yazm qilish organlari sistemasi qaysi bo’limlardan tashkil topgan?
A. Oldingi ichakdan; B. Orqa ichakdan; S. Oldingi va o’rta ichakdan; D. 0 ’rta ichakdan;
5. Protonefridiya tipidagi ayiruv sistemasi qaysi hayvonlarda bo’ladi?
A. Oq planariyada; B. Qo’ng'izlarda; S. Yomg’ir chuval- changida; D. Gidralarda;
6. Yassi chuvalchanglar nerv sistemasi?
A. Ortogon; B. Qorin nerv zanjiri; S. To’rsimon; D. Nerv sistemasi bo’lmaydi;
7. U kichik daryolarda yoki boshqa suv havzalarda toshlar ostida, suv o’simliklari, barglarning ostki tomonida uchraydi?
A. Aureliya; B. Bodyaga; S. Jigar qurti; D. Oq planariya;
8. Oq planariya qanday shakl va uzunlikka ega?
A. Bargsimon, 2-3 sm; B. Bargsimon, 1-3 sm; S. Tuksimon, 1-4 sm; D. Bargsimon, 3-4 sm.

83




Mustaqil ish uchun topshiriqlar
1. Ikki simmetriya nima.Yassi chuvalchanglar tipining muhim belgilari nimalardan iborat.
2. Planariya qanday tuzilishga ega.
3. Kiprikli yassi chuvalchanglarning ko’payishi va ulaming tasnifiga izoh bering.
4. Oq pianariya tuzilishi aks ettirilgan rasmni chizing.

15 - MASHG’ULOT


JIGAR QURTI MISOLIDA SO’RG’ICHLILAR (TREMATODLAR) NING TUZILISHI
Tip. Yassi chuvalchanglar - Plathelminthes
Sinf. So’rg’ichIilar yoki trematodalar - Trematoda Kenja sinf. Digenetik so’rg’ichIilar - Digenea Turkum. Fassiolidlar - Fasciolida
Avlod. Fassiolalar - Fasciola
Tur. Jigar qurti - Fasciola hepatica
Ishning maqsadi: jigar qurti misolida so’rg’ichliIaming tuzilishini o’rganish.
Kerakli jihozlar: spirtda fiksasiya qilingan jigar qurtlari, qo’l lupalari, binokulyarlar, jigar qurtidan tayyorlangan peparatlar, buyum va qoplag’ich oynalar, oq qog’oz, mikroskoplar, ko’rgazmali vositalar.
Ishning mazmuni. Jigar qurti keng tarqalgan parazit bo’lib, u qoramol, qo’y, echki, ot, tuya, bug’i, quyon, odamlaming jigaridagi o’t yo’llarida tekinxo’rlik qilib yashaydi. Jigarning o’t yo’lida yashab, qon va jigarda hosil bo'ladigan mahsulotlar bilan oziqlanadi. Tanasi ikki tomonlama simmetriyali bo’lib, gavdasi yaproqsimon shaklda, yelka (dorzal) va qorin (ventral) tomonlardan yassilangan, uzunligi 3-4sm, eni esa 10-12 mm.ga teng. Konussimon cho’zilgan oldingi qismidagi so’rg’ichning
84


www.ziyouz.com kutubxonasi

o’rtasida og’iz joylashgan bo’lib, undan pastroqda, ya'ni qorin tomonida qorin so’rg’ichi mavjud. Qorin so’rg’ichi xo’jayinning o’t yoMIariga yopishib turish vazifasini bajaradi. So’rg’ichlilarning teri-muskul xaltasi kiprikli chuval- changlarnikiga o’xshash, lekin parazitlik qilib, yashashga moslashgani sababli, tanasi ustida kipriklari boMmaydi. Tana qoplag’ichi tegument deb ataladigan yaxlit kipriksiz
epiteliydan iborat (28-rasm).


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling