1-mashg’ulot mikroskopning
Download 1.98 Mb.
|
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari
28-rasm. Jigar qurti - Fasciola hepatica ning tuzilishi
A-jinsiy organlar sistemasi, B-ovqat hazm qilish sistemasi, 1-og’iz so’rg’ichi; 2-qorin so’rg’ichi; 3-shoxlangan ichak; 4-qo’shiIish organi; 5-tuxumdon; 6-sariqIik bezlari; 7-sariqIik bezlarining kanallari; 8-urug’don; 9-urug’ yo’li; 10-bachadon. Tegument ostida bazal membrana va uning tagida turli xil muskullar joylashgan. Ichki organlar atrofini fiziologik jihatdan muhim rolni o’ynaydigan parenxima hujayralari to’ldirib turadi. Shu sababli ham ularda tana bo’shlig'i bo’lmaydi. s s Jigar qurtining ovqat hazm qilish sistemasi tananing oldingi qismidagi so’rg’ichining markazida joylashgan og’iz teshigidan boshlanadi. Og’izdan keyin tomoq oldi bo’sh!ig'i va muskulii tomoq joylashgan. Tomoq qisqagina qiziIo’ngachga ochiladi. Qizilo’ngach qorin so’rg’ichi oldida o’rta ichak bilan tutashadi. 0 ’rta ichak ikkita asosiy shoxchaga bo’linib, ular bir necha yon ko’r o’simtalar hosil qiladi. Bu o’simtalar tananing eng chetki qismlarigacha yetib boradi. Jigar qurtida anal teshigi mavjud boMmaganligi uchun hazm boMmagan ovqat qoldiqlari yana qayta og’iz orqali tashqariga chiqariladi. Ayiruv sistemasi protonefridiylardan iborat. Paren- ximada joylashgan miitillab turuvchi hujayralar bosim orqali modda almashinuvida hosil boMgan ayirish mahsulotlami shimib olib, kiprikchalari yordamida naychalar sistemasiga haydaydi. Naychalaming oqimi bitta yo’g’onroq nayga ochilib, bu nay tananing oxirgi uchida ayirish teshigi bilan tashqariga ochiladi. Nerv sistemasi ikkita tomoq usti nerv tugunchasidan va ulardan chiqib tananing oldingi va orqa uchiga qarab ketuvchi uch juft nervlardan iborat. Bu nerv tolalari o'zaro komissuralar bilan bogMangan. Jigar qurti germafrodit (ikki jinsli) jinsiy organlari sistemasi murakkab tuzilgan boMib, juda ko’p organlardan iborat. Erkaklik jinsiy organi qorin so’rg’ichidan orqaroqda joylashgan bir juft urug’dondan boshlanadi. Har bir urug’dondan bittadan urug’ yoMi chiqadi. Qorin so’rg’ichi- dan keyinroqda urug’ yoMlari qo’shilib, sirrus xaltachasi ichiga kiradi va kengayib, urug’ pufagini hosil qiladi. Umg’ pufagining old tomoni torayib, urug’ to’kuvchi nayga ochiladi va erkaklik jinsiy teshigi bilan yakunlanadi. Urg'ochilik jinsiy sistemasi bitta tuxumdon, qisqa tuxum yoMi sariqlik bezi va uning chiqarish yoMlari, umg’ qabul qiluvchi xalta melis tanachasi, ootin, laurerov kanali va 86 bachadondan tashkil topgan. Ishning bajarilishi: jigar qurtini soat yoki buyum oynasi ustiga qo’yib (bir varaq oq qog’ozdan ham foydalanilsa bo’ladi) qo’l lupasi yoki binokulyar yordamida kuzating. Uning yassi, ikki tomonlama simmetrik tana tuzilishiga e'tibor bering. Og’iz va qorin so’rg’ichlarini va ulaming o’rta qismida joylashgan jinsiy kloakani toping. So’ng jigar qurtidan tayyorlangan preparatlami mikroskopda qo’yib, parazitning ichki organlari: tomoq, qizilo’ngach, tuxumdon, tuxum yo’li, bachadon, sariqdon, sariqlik bezi yo’llari, qin, ootip xaltachasi, tuxumdon uchining kengaygan qismi, urug’don, urug’ yo’llari, otalantiruvchi organ-sirrus va ichaklarini ko’rish mumkin. Jigar qurtining umumiy ko’rinishini ovqat hazm qilish, ayiruv, jinsiy organlar sistemalarini o’rganing. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling