1-mashg’ulot mikroskopning
Download 1.98 Mb.
|
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari
33-rasm. Tasmasimon chuvalchanglar
1-cho’chqa tasmasimoni-Taenia solium; 2-qoramol tasmasimoni- Taeniarhynchus saginatus; 3-keng tasmasimon-Diphyllobothrium latum; yuqoridagi qatorda-sestodlaming bosh qismi (skoleks)Iari, pastki qatorda jinsiy voyaga etgan proglottidlari. Boshchadan keyin bo’gMmlarga boMinmagan ingichka va kalta bo'yin boshlanadi. Bo’yinning ko’ndalangiga boMinishi natijasida birin-ketin yangi bo’g’imlar, ya’ni proglottidlar hosil boMadi. Tasmasimonlaming ana shunday juda ko’p bo’g’imlardan iborat tanasi zanjir, ya'ni strobila deb ataladi. Proglottidlar bo'yindan orqaga qarab uzoqlashgan sari shakli, katta-kichikligi hamda fiziologik xususiyatlari ham o’zgarib boradi. Eng yosh proglottidlar bo’yin orqasida (balog'atga yetmagan), boMsa, eng qarilari strobilaning oxirida, kvadrat shaklidagi balog’atga yetganlari esa tananing o’rtasida joylashgan. Strobila oxirida joylashgan bo’g’imlaming jinsiy faoliyati to’xtagan boMib, faqat tuxum bilan toMib turgan bachadondan iborat boMadi. 102 Qoramol solityori ham boshqa barcha tasmasimonlar kabi germafrodit hayvondir. Jinsiy organlar sistemasi morfologik tuzilishiga ko’ra trematodlarnikiga o’xshash bo'ladi, biroq jinsiy organlar sistemasi har bir proglottidda takrorlanadi, ya'ni strobilada 1000-1200 tagacha proglotidlar mavjud bo’lsa, shuncha sonda erkak va urg’ochilik jinsiy organlari sistemasi mavjuddir. Qoramol solityorining germafrodit proglottidlarida avvalo erkaklik, so’ngra urg’ochilik jinsiy a'zolari yetiladi (34-rasm). Urug’donlar soni har bir proglotidda 1000 ga yaqin bo’lib, har bir urug’dondan ingichka urug’ kanali boshlanadi va oxirida bitta umumiy urug’ yo’li orqali tashqariga ochiladi. Urg'ochilik jinsiy organlari ancha murakkab tuzilgan bo’lib, ikki bo’lakli bitta tuxumdon, tuxum yo’li, urug’ qabul qiluvchi xalta, qin, sariqlik bezi, melis tanachalari, ootip va bachadondan iborat. Jinsiy teshikchalar proglottidning yon tomonidan kloaka orqali tashqariga ochiladi. 4 3 l t 34-rasm. Qoramol solityori strobilasidagi germofrodit bo’g’inining umumiy ko'rinishi I- bachadon; 2-urug’donlar; 3-ayirish sistemasining qorin tomonidagi ichki kanali; 4-tashqi tik ayirish kanali; 5-urug’ yo’li; 6-sirrus xaltasi; 7-jinsiy kloaka; 8-qin; 9-tuxumdon; 10-ayirish sistemasining ko'ndalang kanali; II- melis bezi; 12-sariqlik bezi; 13-ayirish sistemasining chiqarish teshigi; 14-urug’ kanalchalari. $ m n n » » Boshqa tasmasimonlar kabi qoramol solityorida ham ovqat hazm qilish sistemasi to’lig’icha reduksiyalangan. Ular ovqat moddasini butun tana yuzasi orqali diffuz holda qabul qiladi. 103 Ayiruv sistemasi protonefridiy tipida tuzilgan. Butun tana IxTgMmiari bo’ylab ikki yon tomonidan ikkita asosiy ayiruv nayi orqaga ketadi. Markaziy nerv sistemasi bosh nerv tugunidan iborat bo’Iib, undan bir necha nerv tolalari chiqadi. Asosiy nerv tolalari bir juft va ular tananing ikki yon tomonida joylashgan. Qoramol solityorining rivojlanish sikli xo’jayinlaming almashishi bilan boradi. Odam ichagidagi parazit tanasining oxirgi tuxumlar bilan to’lgan proglatidlari uzilib, odam najasi bilan tashqi muhitga chiqadi va turli ta'sirlar natijasida yorilib, tuxumlar atrof-muhitga tarqaladi. Qoramollar yem-xashak, suv va ba'zan odam najasini iste'mol qilishi natijasida parazit tuxumini o'ziga yuqtiradi (35-rasm). Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling