1-mashg’ulot mikroskopning


-rasm. Baqa ko’pso’rg’ichlisi - Polystoma integerrimumning


Download 1.98 Mb.
bet34/75
Sana02.06.2024
Hajmi1.98 Mb.
#1834626
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75
Bog'liq
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari

32-rasm. Baqa ko’pso’rg’ichlisi - Polystoma integerrimumning rivojlanish sikli
1-baqa siydik pufagida (a) jinsiy voyaga yetgan parazit; 2-baqa; 3-parazitning suvga chiqargan tuxumlari; 4-tuxumdan lichinkaning chiqishi; 3-parazit lichinkasi. 6-baqaning tuxumlari; 7- parazit lichinkalarini baqa itbaliqining jabralariga o'tishi; 8-parazit lichinkalarini baqa siydik pufagiga ko'chishi; 9-baqalar kabi uchinchi yil jinsiy voyaga yetgan parazit; 10-parazit baqajabrasida.
Bundain tashqari, disklar yonida 2 ta katta xitinli ilmoqlar ham mavjud. Tananing oldingi uchida og’iz teshigi joylashgan. Og’iz kengaygan xalqumga, u tananing ikki yon tomoniga qarab shoxlanib ketuvchi ichak bilan tutashgan. Shoxlangan ichakning uchlari berk. Ayiruv sistemasi proto- nefridiydan iborat. Nerv sistemasi bir juft nerv gangliyasi tugunidan va ulardan shoxlanuvchi 3-4 juft nerv tolalaridan tashkil topgan.
Baqa ko’pso’rg’ichlisi germafrodit bo’lib, rivojlanish siklida faqat bitta xo’jayin ishtirok etadi. Baqa siydik pufagida yashovchi parazitning rivojlanish sikli baqaning ko'payishi bilan bevosita bog’langan. Bahorda baqalar suvga tuxum qo’ygan vaqtda ko’pso’rg’ichli ham urugMangan tuxumlarini suvga tashlaydi.
Tuxumdan usti kiprikchalar bilan qoplangan juda mayda
99



Iichinkalar chiqadi. Lichinkaning 16 ta ilmoqchalari boMadi. Lichinkalar itbaliq jabralariga yopishib olib, kipriklarini tashlab yuboradi. Lichinka tanasining keyingi qismida ikkita yirik ilmoq va so’rg’ichlar hosil bo’ladi. Itbaliqlarning jabrasida ular voyaga yetib tuxum qo’yadi. Tuxumlardan ikkinchi avlod lichinkalar rivojlana boshlaydi, lekin ular itbaliqlarning jabrasida voyaga yetishga ulgurmaydi. Itba- liqlar jinsiy voyaga yetganda, ya’ni baqaga aylanganida, jabra teshiklari bitib ketadi, ammo lichinkalar nobud boMmaydi. Lichinkalar xo’jayinining terisi orqali uning kloakasiga va undan siydik pufagiga kirib oladi. Bu lichinkalar uch yildan so’ng, ya’ni baqa voyaga yetishi bilan birga jinsiy voyaga yetadi.
Ishning bajarUishi: binokulyar va lupalar yordamida baqa ko’pso’rg’ichIisining tuzilishini o’rganing. Parazit tanasining keyingi tomonidagi disklarga, unda joylashgan so’rg’ichlarga va ikkita katta ilmoqlarga diqqatingizni qarating. Mikroskop ob’ektivlari orqali ko’pso’rg’ichlining ichki tuzilishini o’rganing.
Topshiriqlarga javob bering va bilimingizni baholang
1. Monogeniyalaming ayirish sistemasi?
A. Protonefrediya; B. Metanefrediya; S. Tana sirti orqali;
D. Ayirish sistemasi mavjud emas;
2. Baqa ko’p so’rg’ichlisi qayerda parazitlik qiladi?
A. Ichakda; B. Qonda; S. Qovuqda; D. Jinsiy yoMlarda;
3. Baqa ko’p so’rg’ichlisining Iotincha nomini aniqlang?
A. Dactylogyrus vastator; B. Diplozoon paradoxum;
S. Polystoma integerrimum; D. Nitzchia sturionis;
4. Germofrodit boMishiga qaramasdan o’z-o’zini urugMan tirmaydigan monogeniyani aniqlang?
A. Dactylogyrus vastator; B. Diplozoon paradoxum; S. Po- lystoma integerrimum; D. Nitzchia sturionis;
100



Mustaqil ish uchun topshiriqlar
1. Digenetik so’rg’ichlilar qanday muhim vakillarga ega.
2. Baqa ko’p so’rg’ichlisining tuzilishi.
3. Baqa ko’p so’rg’ichlisi qanday muhim tavsifga ega. 4.Baqa ko’p so’rg’ichlisining tuzilishi, rivojlanishi, ko’payishi aks ettirilgan rasmlami chizing.
19 - MASHG ’ULOT
QORAMOL VA CHO’CHQA SOLITYORLARINING TUZILISHIVA RIVOJLANISHI
Tip. Yassi chuvalchanglar - Plathelminthes Sinf. Tasmasimon chuvalchanglar-Cestoda Turkum. Z anjirlilar- Cyclophylida
Avlod. Teniarinchuslar - Taeniarhynchus
Tur. Qoramol solityori - Taeniarhynchus saginatus Tur. Cho’chqa solityori - Taenia solium
O'quv mashg'ulotining maqsadi: tasmasimon
chuvaichanglardan qoramol va cho’chqa solityorining tuzilishi va rivojlanish sikli haqida ma'lumot berish.
Kerakli jihozlar: fiksasiya qilingan qoramol va cho’chqa solityorlari tayyorlangan preparatlar, mikroskoplar, petri kosachasi, soat va buyum oynalari, binokulyarlar, lupalar, ko’rgazmali vositalar va boshqalar.
Ishning mazmuni. Qoramol solityori jinsiy voyaga yetgan davrida odamlarning ingichka ichagida (oxirgi xo’jayin), lichinkalik davrida esa qoramollaming skelet muskullari, yurak, ko’z, bosh miya va boshqa organlarida tekinxo’rlik qilib yashaydi. Tasmasimonlaming gavdasi 4-12 metr uzunlikda bo’lib, bosh (skoleks), bo'yin va bo’g’inlar- proglottidlarga boTingan tana qismlaridan iborat. Tananing oldingi uchida joylashgan noksimon ko’rinishdagi skoleksida rivojlangan to'rtta so’rg’ichlari mavjud. Bu so’rg’ichlar yordamida parazit xo’jayini ichagining shilliq qavatiga
101



yopishadi. Skoleksda xitinli ilmoqchalar boMmaydi, shuning uchun ham qoramol solityori qurolianmagan solityor deyiladi (33-rasm).
i 2 3



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling