1-mashg’ulot mikroskopning
Download 1.98 Mb.
|
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11- MASHG’ULOT
Mustaqil ish uchun topshiriqlar
LTfelkaning tashqi, ichki tuzulishi va uning fiziologiyasini o’rganish. , 2.Infuzoriyalilar qanday ko’payadi va konyugatsiyaning ahamiyati. 3.Erkin yashovchi va parazit infuzoriyalar ekologik holati qanday. 4.Infuzoriyalaming qanday turkumlari mavjud. 5.Qanday infuzoriyalar o’troqlik bilan yashovchi infu- zoriyalarga kiradi. 6.Suruvchi infuzoriyalarning o’ziga xosligi nimadan iborat. 7.InfuzoriyaIaming amaliy ahaviyati. 8.Infuzoriya tufelkasining tuzulishi va ko’payishi aks ettirilgan rasmlami chizish. 61 11- MASHG’ULOT KO’P HUJAYRALILAR / METAZOA / KENJA DUNYOSI PARAZOYLAR /PARAZOA / BO’LIMI BULUTLARNING TUZILISHI VA HAYOT TARZI Tip. G’ovaktanlilar yoki Bulutlar - Spongia yoki Porafera Sinf. Oddiy bulutlar - Demospongia Turkum. Kremniy shoxmoddalilar - Cornacuspongida Avlod. Spongillalar - Spongilla Tur. Bodyaga buluti - Spongilla lacustris O'quv mashg'ulotining maqsadi: bodyaga buluti misolida bulutlaming tuzilishini o’rganish, hujayra elementlarining xilma-xilligi bilan tanishish. Kerakli jihozlar: bodyaga kollektsiyasi (tirik yoki fiksasiya qilingan bodyaga), qo’l lupalari, skeletidan va gemulasi preparati, pinset, jarrohlik pichog’i, buyum va qoplovchi oynalar, ninalar, tomizgichlar, probirkalar, mikroskop. Ishning mazmuni. Bulutlar eng sodda tuzilgan ko’p hujayrali, o’troq hayot kechiruvchi suv hayvonlari bo’lib, asosan dengizlarda, ayrim vakillari chuchuk suvlarda tarqalgan. Ularning tanasida nerv va muskul to’qimalari bo'lmaydi. Tanasi, umuman to'qima va organlarga shakllanmagan, balki turli vazifalarni bajaruvchi ikki qavatli hujayralardan tashkil topgan. Bulutlar tanasi xilma-xil bo’lib, sharsimon, qadahsimon va ko’zachasimon shakllarda bo’ladi (21-rasm). 62
21-rasm. Bulutlarning tuzilishi A-Askon tipidagi buiutning tuzilishi: 1-oskulum; 2-poralar; 3-5-turli xil shakldagi skelet ignachalari; 4-tana sirti devorini qoplovchi hujayralar; 6- yulduzsimon hujayralar; 7-pinokotsitlar; 8-porotsitlar. B-Askon, sikon, leykon tipidagi buiutlar: 1-oskului; 2-4-keltiruvchi naychalar; 3-6-yoqali xivchinli hujayra (xoanotsit) Iar xonachalari; 5-chiqaruvchi naychalar; 7- yoqali xivchinli hujayralar; 8-paragastroI bo’shliq; stryelka lar suv oqimi yo'nalishini ko’rsatadi. Bulutlar gavdasining ichki tomoni bo’shliqdan iborat bo'lib, unga paragastral bo’shliq deyiladi. Askon tipida tuzilishga ega bo’lgan bulutlarda bu bo’shliq devorining ichki yuzasi xivchinli yoqali hujayralar-xoanotsitlar bilan qoplangan. Xoanotsitlar ovqat moddasini ushlash va uni hazm qilish vazifasini bajaradi. Bulutlarning gavda devorida juda ko’p mayda teshikchalar (poralar) bo’lib, ularning naychalari orqali suv va ozuqa moddalar paragastral bo’shliqqa tushadi. Bulutlar tanasining ustki tomonida maxsus teshik («og’izcha») bo’lib, unga oskulum deyiladi. Oskulum suv va qoldiq moddalarni chiqarib turish vazifasini bajaradi. Gavda devorining ustki tomonidan qoplab turuvchi hujayralar yassi shaklda bo’lib, ular pinokotsitlar deb ataladi. Bulutlaming tashqi ektoderma va ichki endoderma 63
qavatlari orasida mezogliya deb ataluvchi strukturasiz hujayralararo modda mavjud. Unda har xil hujayralar, xususan yulduzsimon hujayralar, skleroblastlar, amyo- batsitlar va arxeotsitlar tartibsiz joylashgan boMadi. ’• Yulduzsimon hujayralar tayanch vazifasini bajarsa, skleroblastlardan skelet elementlari hosil bo’Iadi. Amyo- batsitlar harakatchan hujayralar bo’lib, ulaming bir guruhi xoantsitlardan olingan ozuqani hazm qiladi, ikkinchi guruhi ixtisoslashmagan rezerv hujayralar, ya'ni arxeotsitlardir. Arxeotsitlardan (rezerv deb aytilishiga sabab) yuqorida aytilgan barcha hujayralar hosil boMib turadi, shu jumladan jinsiy hujayralar ham hosil boMadi. Bulutiar morfo-fiziologik tuzilishiga ko’ra uch guruhga boMinadi: asqonoid, siqonoid va leyqonoid. 0 ’rganilayotgan bulut chuchuk suv bodyagasi leyqonoid bulutlaming vakilidir. Leykonoidli tuzilishdagi bulutlar murakkab tuzilgan. Bularda mezogliya yaxshi rivojlangan bo’lib, xoanotsitlar mezogliyadagi maxsus kameralarda joylashgan. Bu kameralarga suv gavda devoridagi teshikchalar (poralar) ning naychalari orqali keladi. Foydalanilgan suv esa chiqaruvchi naychalardan paragastral bo’shliqqa o’tib, undan oskulum orqali tashqariga chiqariladi. Bodyaga bulutlari turg’un va sekin oquvchi suv havzalarida hayot kechiradilar. Koloniyali bo’lib yashaydilar. Tirik bodyaganing tashqi qismida mayda teshik-chalar, ulaming uchida esa og’izcha oskulum joylashgan bo’ladi. Bodyaga dermal membrana bilan qoplangan. Gavda devorida kremniydan iborat ignalari mavjud. Bodyaga jinssiz (kurtaklanish) va jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Kurtaklanish ham ikki xil boMadi. Tashqi kurtaklanish, koloniya hosil boMishi va uning tarkibidagi individlar sonining ortishiga sabab boMadi. Kuz faslida bodyaganing mezogliyasidagi arxeotsitlardan gemmula deb ataluvchi va qishlab qoluvchi ichki kurtaklar hosil boMadi. Bular qalin qobiq bilan o’ralib, maxsus skelet-ignalar bilan mustahkamlanadi. Har bir 64 bodyaga koloniyasida bir necha ming gemmulalar yetishadi. Qishda bodyagalarning nobud boMishi bilan gemmulalar suvda qishlab qoladi. Bahorda gemmula ichidagi hujayralar tashqariga chiqadi va ulardan yosh bodyagalar shakllanadi. Bodyaga ayrim jinslidir. Bir guruh bodyagada tuxum hujayra, ikkinchi guruhida esa urug’ hujayra-spermatazoid 1ar etiladi. Jinsiy hujayralar bodyaga mezogliyasidagi arxeotsitlardan shakllanadi (21(a)-rasm). Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling