1-mashg’ulot mikroskopning


Download 1.98 Mb.
bet71/75
Sana02.06.2024
Hajmi1.98 Mb.
#1834626
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari

Mustaqil ish uchun topshiriqlar
1. Hasharotlarning ko’payishi.
2. Hasharotlar lichinkalari va ulaming biologik roli.
3. To’liq yo’l bilan rivojlanuvchi hasharotlar.
4. To’liqsiz yo’l bilan rivojlanuvchi hasharotlar (suvarak, beshiktebratarlar).
5. Hasharotlaming tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati.
6. Chigirtkalar va tut ipak qurtining lichinka, g'umbak, pilla va kapalaklarining rasmlarini chizing.
36 - MASHG’ULOT IGNATANLILAR - DENGIZ YULDUZINING
TUZILISHI
Tip. Ninatanlilar-Echinodermata Kenja tip. Eleuterozoylar-EIeutherozoa Sinf. Dengiz yuIduzlari-Asteroidea Turkum. Forsipulatalar - Forcipulata Avlod. Asteriaslar - Asterias
Tur. Dengiz yuIduzi-Asterias rubens
Ishning maqsadi: dengiz yulduzi misolida ninatanlilarning tuzilishi bilan tanishish.
, Kerakli jihozlar: fiksasiya qilingan dengiz yulduzlari, qaychilar, qo’l lupalari, vannachalar, ninalar, binokulyarlar va ko'rgazmali vositalar.
Ishning mazmuni. Dengiz yulduzining kattaligi 70 sm.gacha bo’lib, dengiz tubida hayot kechiradi. Tanasi yassi, besh nurli yulduzga o'xshagan bo’lib, markaziy diskdan va nurlardan tashkil topgan (74-rasm).
203



74-rasm. Dengiz yulduzi- Asterius rubensning tuzilishi 1-nuri; 2-ochilgan nuri;
3- ambulakral oyoqchalar; 4- nur ampuialari olib
tashlangan; 5-oshqozon; 6-juft jigar ortiqlari; 7-rektal ortiqlar; 8-madrepor plastinka; 9-jinsiy bezlar.

Har bir numing markazi orqali o’tadigan chiziqlar radiuslar, ikki nur oralig'idan o’tadiganlari esa interradiuslar deyiladi. Tanasining ustki qismi aboral, ostki qismi oral qutblaridan iborat. Oral tomonida og’iz teshigi, aboral tomonida esa chiqaruv (anal) teshigi joylashgan. Har bir nurning oral tomonida uning markaziy chizig’i bo’ylab joylashgan egatchasi boTadi. Unda to’rt qator boTib joylashgan juda ko’p o’simtalar yoki ambulakral oyoqchalar mavjud. Dengiz yulduzi ana shu oyoqchalar yordamida harakat qiladi. Bu sistema aboral qutbdagi madrepora plastinkadan boshlanadi. Plastinkadagi mayda teshikchalar orqali o’tgan suv maxsus tosh kanalchaga o’tadi. Bu kanalning devori oxakdan iborat boTganligi uchun ham uni tosh kanal deb ataladi. Bu kanal interradial tartibda joylashgan boTib, aboral tomonidan oral tomonga o’tadi va' abulakral sistemaning halqum atrofidagi kanaliga quyiladi. Halqa kanalidan beshta radial kanal boshlanadi. Ambulakral sistemaning nur ostidan o’tadigan radial kanalidan chetga qarab juft-juft, kichik-kichik kanalchalar boshlanadi va ular ambulakral oyoqchalaming bo’shlig’iga qadar davom etadi. Ambulakral oyoqchalar yonidagi ampulalar va suyuqlik ampulalari qisqarganda suyuqlik ampulalardan oyoqchalarga o’tadi. Keyin oyoqchalar juda ko’p cho’zilib, uchlaridagi


2 0 4



so'rg'ichlari yordamida substratga yopishib oladi. So'ngra oyoqchalarning muskuldor devori qisqaradi va ulardagi suyuqlik yana ampulalarga so’rilib chiqadi. Oyoqchalar qisqarganda yulduzning tanasi tegishli tomonga qarab, biroz siljib oladi. Ambulakral sistema dengiz yulduzining asosiy harakatlanish organidir. Ambulakral oyoqchalar yordamida ular soatiga 3-5 metr tezlikda harakat qiladi. Dengiz yulduzining aboral tomoni sirtida juda ko’p mayda oxak ninalari bo’ladi.
Dengiz yulduzlari yirtqich hayvonlar bo’lib, ko’pincha ikki pallali mollyuskalar bilan oziqlanadi. Ular ayrim jinsli hayvonlar, jinsiy hujayralarini suvga chiqaradi va tuxum suvda urug’lanadi (75-rasm).

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling