4. Matematikaning boshqa fanlar bilan integratsiyasi
5. Ajdodlarimizning matematika faniga qo’shgan hissalari
Eng soda bir nama’lumli chiziqli tenglamalar eramizdan avval II minginchi
yillarda qadimgi Misrda ma’lum edi. Shu va undan keying davrlarda bobilliklar va
ynon matematiklari ham tenglamalar bilan bog’liq masalalarni echishgan.
Eramizning III asrida iskandariyalik olim Diofantning
ishlarida algebraic
tadqiqotlar olib borildi. VI asrdan boshlab matematik tadqiqotlar markazi
Hindiston, Yaqin Sharq va O’rta Osiyo mamlakatlariga ko’chdi.
Algebra fani
tenglamalarni yechish masalalariga bog’liq muomolarni bayon etivchi
matematikaning maxsus tarmog’I sifatida Yaqin Sharq va O’rta
Osiyo olimlari
ishlarida shakillandi. IX asrda buyuk o’zbek matematigi,
qomusiy olim
Muhammad ibn Muso al Xorazmiy (783-850) “Al-jabr al muqobala” asarini
yozadi. Bu asarda Xorazmiy chiziqli tenglamalari echishning
umumiy qoidalarini
beradi va kvadrat tenglamalarni sinflarga ajratib,
har bir sinf uchun yechish
usullarini ko’rsatadi. Al-jabr (tiklash) so’zi tenglamadagi hadlarni uning ikkinchi
qismiga ishorasini o’zgartirib o’tkazishni bildiradi. Bugungi kunda “
Algebra” deb
ataluvchi fan nomi “Al-jabr” so’zidan olingan. Xorazimiyning matematikaga
qoshgan hissasi beqiyos. Uning “Hind hisobi” nomli asari o’nli
sistema
raqamlariga bag’ishlangan. Xorazimiy ularni soddalashtirdi va birinchi marta arab
tilida bayon etdi. Bu raqamlar Xorazmiy orqali arablarga, keyin Yevropaga o’tdi.
Matematikaning
algoritim atamasi ham Xorazimiyning nomi bilan bog’liq.