4-Rasm. Sichkoncha yordamida brauzer oynasiga olib о‘tilgan SWF-fayl
Flash-filmni HTML-kodga о‘tkazish mexanizmi ActiveX elementlarini ishlatish yoki Plug-in komponentlarini qо‘shishga о‘xshashdir. Internet Explorer brauzeri uchun HTML-kodiga о‘tkazish tegi yordamida Netscape brauzeri uchun esa tegi yordamida amalga oshiriladi. Ushbu ikki brauzer xam Flash-filmni tushunishi uchun , Flash о‘z filmlarini HTML saxifaga konvertatsiya qilganda bu ikki tegni qо‘shadi. Shu bilan birga dasturchi teglarning kо‘rsatkichlaridan foydalanishi yoki о‘zining kо‘rsatkichlarini berishi mumkin.
Flash-filmlarni Web-saxifa elementlari sifatida ishlatish turli tumandir. Bulardan ayrimlari quyida keltirilgan:
saxifani estetik kо‘rinishini oshirish uchun muljallangan «oddiy» animatsiya ;
foydalanuvchi xarakati (sichqonchani siljitish , tugmachani bosish)ga bog‘liq bо‘lgan animatsiyalashgan tugma , bunday tugma giperishorat sifatida ishlatilishi mumkin yoki biror-bir vazifani bajarish mumkin (masalan, brauzerni yangi oynasini ochish , tashqi faylni yuklash va b.);
Web-saxifa foydalanuvchilaridan biror-bir ma’lumotni qabul qilishga mо‘ljallangan forma kо‘rinishida;
Zarurat tug‘ilganda Flash ni oddiy , «statik» faqat giperishoratlar kо‘rinishidagi interaktiv elementlarni an’anaviy kо‘rinishidagi HTML-saxifalar yaratish uchun xam ishlatish mumkin. Bunday variant Flash ni xam matn bilan xam aloxida tasvirlar bilan ishlash imkoniyatidan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: