1. Mavhum otlar berilgan qatorni ko’rsating. A sevgi, tuyg’u, xum


Download 9.36 Kb.
Sana16.09.2023
Hajmi9.36 Kb.
#1679177
Bog'liq
1. Majbur 13


1. Mavhum otlar berilgan qatorni ko’rsating.
A) sevgi, tuyg’u, xum
B) sezgi, quvonch, adolat
C) atom, molekula, zaryad
D) xaroba, chopiq, terim
2. Qaysi qatorda kelishik qo’shimchasining belgisiz qo’llanishi kuzatilmagan?
A) Tez kunlarda albom varaqlari yangi fotosuratlarga to’ladi.
B) Pashsha uchmas, uxlar ungurlar, Allalaydi soy shovqini.
C) O’z uyim – o’lan to’shagim.D) Shu gapni aytib chakki qilding-da,jo’ra.
3. O’z omonimi bilan bir xil so’z turkumiga doir bo’lmagan so’z berilgan qatorni belgilang.
A) suz B) bank C) bo’y D) soch
4. Asos + lug’aviy shakl yasovchi + so’z yasovchi ketma- ketligida yasalgan sodda yasama ot berilgan javobni belgilang.
A) moslashuvchan B) mardonavor C) tomizg’ich D) sanoqsiz
5. Qaysi javobda asliy sifat ishtirok etmagan?
A) Xonaga beqasam to'n kiygan do'ppili kishi kirib keldi.B) Afting qiyshiq bo'lsa, oynadan o'pkalama!
C) Achchiq savol berib, shirin javob kutma.
D) Uying tor bo'lsa ham, ko'ngling keng bo'lsin!
6. Metonimiya asosida ma’no ko’chgan qatorni aniqlang.
A) Olma guli gul emas, taqsam, chakkamda turmas.
B) Stolning oyog’i ham qiyshayib qolibdi-ku.
C) Do’stlar suhbati qizidi.D) Dasturxonga boqqan do’st emas.
7. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra q hamda g‘ undosh fonemalariga to‘g‘ri tavsif berilgan qatorni toping.
A) q-portlovchiundosh; g‘ - sirg‘aluvchi undosh.
B) q - til undoshi, chuqur til orqa; g‘ -til undoshi, chuqur til orqa
C) q va g‘ - bo‘g‘iz undoshlari D) g‘ - jarangli undosh; q - jarangsiz undosh
8. Bo'g'iz undoshi bilan yoziladigan so'zlar qatorini toping
A) e..tirom, shub..a, ..amisha, ..urriyat
B) ..ursand, ..avas, ..islat, ..akam
C) ...ush...abar, sa..ovat, ..ayol
D) ..avf, ..ususiyat, ..o..ish, ..ashak
9. Ham ot yasovchi, ham sifat yasovchi omonim qo'shimcha berilgan qatorni aniqlang.
A) beB) -li C) -cha D) -la
10. Ismlarning munosabat shakllari sonini aniqlang.
Siroj jiddin pishiq g’ishtdan ishlangan naqshinkor darvoza burchagidagi tugmani bosdi.
A) 2 ta B) 3 ta C) 1 ta D) 4 ta
11. Qaysi qatorda bosh harflar yozilishi bilan bog'liq imloviy xatolik kuzatilgan?
A) Har yili 1-Oktabr ''Ustoz va murabbiylar kuni'' sifatida keng nishonlanadi.
B) Sodiqjon ''Lazzat'' oshxonasida boshqaruvchi bo'lib ishlar edi.
C) Birlashgan Millatlar Tashkilotining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.
D) ''Nuroniy'' jamg'armasi uchun katta miqdorda pul ajratildi.
12. Qaysi qatorda otlashgan sifaf qo'llangan?
A) Ichki go’zallik bilan yo’g’rilmagan har qanday tashqi husn mukammal bo’la olmaydi.
B) Izchil mehnat hamma to’siqlarni yengadi.
C) Yaxshidan qoch, yomondan qoch.
D) Baxtsizlikda burchga sodiq qolish buyuk xislatdir.
13. Qaysi qatorda so’z qo’llash bilan bog’liq xatolik mavjud?
A) Aytganlarimni daftaringizga qayt qilib boringlar.
B) Aftidan, borimdan judo bo'ldim.C) Zebi ziraklarini taqib, ustiga shoyi ko’ylak tashlab, sekin harakat qilardi.D) Hamma narsa ketadi, lek qalbdagi iymon ketmas.

14. Bir ishni mo’ljallab kelganligi aniq-ku, bo’lmasa, kun bo’yi shu yerdan turmas edi.Fonetik hodisa turini aniqlang.


A) tovush ortishi B) tovush almashinishi C) tovush tushishi D) tovush ikkilanishi

15. Xaridorlar sotuvchidan tahir so'z eshitmaslik uchun indamay chiqib ketishdi.Imloviy xatolik kuzatilgan so'zni aniqlang.


A) xaridor B) tahir C) indamay D) sotuvchi
Download 9.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling