1 Mavzu : Amirlikda markaziy hokimiyat Shohmurod vafot etgandan so`ng Amir Haydar taxtni egallagan


Download 130.38 Kb.
bet4/4
Sana02.04.2023
Hajmi130.38 Kb.
#1320094
1   2   3   4
Ya’qub ibn Doniyolbiy Buxoriy (1771-1831) edi. U “Gulshan ul-muluk" (Podshohlar gulshani) degan asar yozib qoldirgan. Bu asar ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qismida Buxoroning qadimgi tarixi, uning hukmdorlari shajarasi bayon etilgan. Asarning ikkinchi qismida esa O’rta Osiyoning XVIII va XIX asr boshlaridagi tarixi bayon etilgan. XIX asrda yozilgan Mirzo Shams Buxoriyning "Bayoni ba’zi havodisoti Buxoro, Xo’qand va Qoshg’ar" ("Buxoro, Qo’qon va Qashqarning ayrim voqea-hodislari bayoni") kitobi ham tariximiz uchun muhim manba hisoblanadi. Xiva va Qo’qon xonlaridan farqli o’laroq, mang’it hukmdorlar madaniyat, xususan, adabiyot taraqqiyotiga qiziqish bilan qaraganligi, adabiy ijod bilan bog’liq biron-bir masalani hal etib berish yoki ijod ahliga sharoit yaratib berganliklari sezilmaydi. Bu davrning o’ziga xos iste’dod egasi Muhammadniyoz Nishotiy (XVIII asrda yashab ijod etgan) o’rtacha, vaqti kelganda kambag’allik va sargardonlikda yashagan edi. Shoir 1778-yilda o’zining ajoyib "Xusnu Dil" dostonini yaratgan. O’zbek adabiyotining katta yutug’i sanalgan bu asarni shoir majoziy shaklda yozgan. Doston qahramonlari-Aql, Husn, Yurak, Xayol, Vafo, Nazar, Ishq va boshqalarning har biri g’oyat go’zal insoniy fazilatlarga ega. Raqib, Fasod, Nafs obrazlari esa yomon sifatlar hamda turli yovuzliklarning timsoli edi. Asardagi obrazlardan biri ishq o’zining dadil va oqilona qaror­lari, harakatlari bilan har xil mamlakatlarning turli qarashlarga ega hukmdorlarini bir bitimga olib keladi va hammaning muhab­batiga sazovor bo’ladi. Oxir-oqibat ularning hammasi bir-birlari bilan yarashadilar. Ishq oldida ta’zim bajo keltiradilar va uning farmonlariga bo’ysunishga mayl izhor etadilar. Shu tariqa, Nishotiy dostonida odamlar va davlatlar orasidagi nizolar, baxillik va boshqa axloqiy qusurlar qoralanadi. Yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi qarashlarda xayrli intilishlar, aql va oliyjanob niyatlar ustun keladi. Bundan tashqari, Nishotiyning adabiy ijodidagi yana bir o’ziga xoslik-bu, adabiyotda munozara janri taraqqiyotiga katta hissa qo’shganligidir. Bu o’rinda uning "Qushlar munozarasi" majmuasi katta ahamiyatga ega. Asarda o’sha davrdagi ijtimoiy tuzumga xos illatlar, jaholat, mansabparastlik majoziy shaklda tanqid qilingan, mehnat ahllining kamtarligi ulug’langan. Asarda laylak, zog’, bulbul, tovus, xumo kabi jami 14 ta qush o’rtasida bo’lib o’tgan bahs tasvirlangan. Muallif qushlar bahsi orqali insonga xos takabburlik, xudbihlik, maqtanchoqlik kabi illatlarni qoralagan. U 38 g’azal, 14 muxammas va bitta qasida yozgan. Bu davrning yana bir mashhur shoiri Mujrim-Obid edi (1748-1818). U "Mujrim" hamda "Obid" taxalluslari bilan ijod qilgan. Uning turkiy devonida 459, forsiy devonida 206 g’azal bor. Shoirning asarlarida jamiyatdagi nomukammallik, ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik odamlar fe’lidagi illatlar tanqid ostiga olinadi. Ularda shoirning axloqiy qarashlari, pand-nasihatlari aks etgan. Buxoroda Shavqiy, Joniy, Hiromiy, Vola va Junaydulloh Hoziq kabi o’nlab iste’dodli shoirlar ham ijod qilganlar. Volaning (1770-1842) ko’zi tug’ma ojiz bo’lsa-da, tabiat unga kuchli iroda, aql, xotira va qobiliyat hamda yoqimli ovoz in’om etgan edi. Shoir o’z she’rlaridan 2 ta devon tartib bergan. Bizgacha 3 ming misra she’rlari yetib kelgan. O’z she’rlarida xalq boshiga tushgan kulfat va mashaqqatlarni kuylagan. Buxoroda xattotlik va miniatura san’ati yaxshi rivojlangan edi. Rassomlar asosan qo’lyozmalarni naqshli bezash bilan shug’ullanib, ko’proq diniy mazmundagi kitoblarni bezata boshladilar. Bu sohaning qator yetuk bilimdonlari zamonasiga yarasha yodgorlik qoldirdilar. Chunonchi, Amir Haydar davrida ijod qilgan Mir Mas’um Olamiyon "Axloqi Muhsiniy" kitobini hamda Sa’diyning she’riy asarlarini rasm bilan bezaydi. Mirzo Sodiq Jondoriy Nasrulloxon amirligi davrida qo’lyozma kitoblarga lavhalar, Sa’diy va Hofiz asarlariga turmush manzaralari tasvirlangan rasmlar ishlagan. Qo’lyozmalarni badiiy muqovala­gan. Yirik olim, faylasuf, shoir Ahmad Donish (1827-1897) 20 yil mobaynida Buxoro saroy kutubxonasida xattot va rassom bo’lib ishlagan. Ahmad Donish astronomiya, tibbiyot, riyozat, me’morchilik va musiqadan tashqari xattotlikni, rassomlik hamda rang berish san’atini ham o’rgangan edi. Ahmad Donish ko’chirgan, bezagan yoki rasm ishlagan-qo’lyozmalar ichida "Shohi darvish" (1849 yil), "Ajoyib at-tabaqot" (1847) va boshqa asarlar buning dalilidir. Buxoro yuksak ustozona musiqa san’atining markazlaridan biri bo’lgan. Chunonchi, XVIII asr oxirlarida Buxoroda vujudga kelgan "Shashmaqom" buning yorqin dalilidir. Buxoro Shashmaqomi, Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlaridan iborat bo’lib, 250 dan ortiq har xil shakldagi kuy va ashula namunalaridan tashkil topgan. Maqom ashulalarining she’riy matni uchun Rudakiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Bobur, Nodira va Mashrab singari turkiy va forsiy tilli mumtoz shoirlaming lirikasidan tuzilgan. Shashmaqom og’zaki tarzda ustoz-shogird an’anasi shaklida avloddan-avlodga o’tib kelmoqda.

17)Mavzu : XIX va XX asr boshida Hindiston


Hindiston bu davrda Buyuk Britaniya mustamlakasi edi.
Ingliz mustamlakachiligi sharoitida Hindistonda sarmoyadorlikka asoslangan mahalliy ishlab chiqarish tilimi ^uzaga kela boshladi. Yirik sanoat korxonalari qurishga kirishildi. ^ 886-yilda to‘qimachilik sanoatida 95 ta fabrika bor edi. Konlar soni, temiryo‘l tarmoqlari ko‘paydi. Bu narsa xomashyo tayyorlash va tashishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Buyuk Britaniya Hindistonda sanoatni o‘ziga qulay qilib joylashtirishga harakat qildi. Aso^iy 4tooat korxonalari dengizbo‘yi port shaharlari yaqinida edi. Bundan Hindiston boyliklarini arzon va oson olib chiqib ketish jnaqsadi ko‘zlandi. Hindiston bilan Buyuk Britaniya savdosi tobora o‘sib bordi. Hindiston ingliz burjuaziyasining kapital kiritish hududiga aylanib qoldi. Dehqonchilikda agrotexnika madaniyati pastligicha qolaverdi. Mustamlakachilar tomonidan qurilgan sug‘orish inshootlari bor-yo‘g‘i 20 foiz yemi sug‘orishga yetar edi. Yer hosilning katta qismini to‘lash sharti bilan dehqonlarga ijaraga berilardi. Qarz hisobiga ishlab berishga majbur bo‘lgan odamlar soni tobora ko‘paya bordi. Qishloq xo‘jaligining eng serdaromad tarmoqlariga (choy, kanop, paxta) sarmoya kiritish inglizlarga katta foyda keltirar edi. Hindiston XIX asr oxirida dunyo bozoriga katta miqdorda sanoat va qishloq xo‘jaligi mollari chiqara boshladi. Lekin olingan daromad ingliz mustamlakachilarini boyitdi. Qishloq xo‘jaligida monokultura vujudga keldi. Bengaliya kanop, Assam choy, Bombey va Markaziy Hindiston paxta, Panjob bug‘doy yetishtirishga ixtisoslashdi. Yer egalari, bank egalari, sudxo‘rlar dehqonlami qarzga botirib, ularni ayanchli ahvolga solib qo‘ydilar. Hindistonda ocharchilikdan ko‘p odam qirilib ketdi. Ingliz ma’muriyati Hindistondagi milliy tillarda chiqadigan matbuot haqida qonun qabul qildi. Qonun barcha gazetalarni inglizlar nazoratiga o‘tkazdi. Tez orada o‘qotar qurollami saqlamaslik haqida akt qabul qilindi. Buyuk Britaniya mahalliy burjuaziyaga qisman yon bosish siyosatini ham yurita boshladi. Ulaming vakillari shaharlar ma’muriyatiga saylana boshladilar. XX asr boshlarida Hindistonda kapitalizm sekinlik bilan bo‘lsa-da, ri^ojlana boshladi. 1910- yilga kelib kanop-tola fabrikalari soni ikki baravar ko‘paydi. Paxta xomashyosi tayyorlash, surp mato to‘qish korxonalarining bir qismi hind kapitalistlariga qarashli edi. Sanrat ishchilari soni ancha ko‘paydi. Buyuk Britaniya barch^ko‘mir havzalari, kanop sanoati, choyzorlami, transport, savdo va sug‘urta jamiyatlarini o‘z qo‘liga to‘plab oldi va butun Hindiston^shlab chiqarish tizimi ustidan nazorat o‘matdi. Buyuk Britaniya kapitali juda tez o‘sib bordi. Biroq xalq ommasining turmushi esa rabora yomonlashib borgan. 1896-1906-yillarda 10 mln.dan ortiq odam ochlikdan o‘ldi. Universitetlat^a kirish puli ikki baravarga oshirildi. Ulardagi huquq fakultetlari yopib qo‘yildi. Demokratik ruhdagi, xalq manfaatini ko‘zlovchi kishilaming universitetlarga kirishi butunlay taqiqlandi.
Hindiston xalqlari mustamlakachilik zulmiga qarshi ozodlik kurashi olib bordi. 1885-yilda Bombey shahrida muayyan dasturiga ega siyosiy partiya - „Hindiston milliy kongressi“ (HMK) tuzildi. Ayni paytda, „Musulmonlar ligasi“ ham tashkil topdi. Endi inglizlar hind-musulmon raqobatini yanada kuchaytirib yubordilar. Kongress o‘z safiga yirik savdo-sanoat kapitali vakillarini, liberal pomeshiklar hamda milliy ziyolilami birlashtirdi. Dastlabki vaqtlarda Hindiston milliy kongressiga ingliz mustamlaka ma’muriyati qarshilik qilmadi. Bunday munosabatni Hindiston vitse-qiroli lord Dafferin „milliy Kongress inqilobdan arzonroq“ deb izohlagan edi
18) Mavzu: Lotin Amerikasi xalqlarining milliy ozodlik kurashi
Amerika qit’asi shartli ravish da Shimoliy va Janubiy Amerikaga bo‘linadi. Ba’zan Lotin Amerikasi iborasi ham ishlatiladi. Ma ’lumki, Janubiy Amerikani ispanlar va portugallar istilo qilgan edi. Ulaming tili lotin tilidan kelib chiqqanligiga nisbat berilib, bu materik Lotin Amerikasi deb atalgan. Lekin Lotin Amerikasi Janubiy Amerikaga nisbatan keng tushuncha. Unga Janubiy Amerikadan tashqari Meksika (Shimoliy Amerikaning bir qismi) va Markaziy Amerika hududlari ham kiradi (ilovaga qarang). Shimoliy va Lotin Amerikasining taraqqiyoti bir xil darajada kechgani yo‘q. Shimoliy Amerikada joylashgan AQSH dunyoning birinchi davlatiga aylangan bo‘lsa, Lotin Amerikasi taraqqiyotda orqada qolib ketdi. Buning asosiy sababi Lotin Amerikasi davlatlarini tashkil etgan hukmron doiralar va ulaming vakili bo‘lgan siyosiy arboblar kelib chiqishiga ko‘ra ispaniyalik va portugaliyaliklar bo‘lganligi bilan izohlanadi. Ispaniya va Portugaliya bu davrda G‘arbiy Yevropaning iqtisodiy jihatdan taraqqiyotda orqada qolgan davlatlari edi. Bu ikki davlat jamiyati hayotida o‘rta asr feodal tartiblarining hamon saqlanib kelinayotganligi buning asosiy sababi edi. Lotin Amerikasi davlatlari hukmron doiralari aynan shu ikki davlatda hukm surayotgan o‘rta asr feodal munosabatlariga asoslangan andozadagi tartiblami o‘zlarida ham saqlab turganlar. Chunki xuddi shu tartiblar ularga hokimiyatni o‘z qo‘llarida mustahkam saqlab turishning kafolati bo‘lgan o‘rta asr feodal tartiblarining saqlanib qolganligi Lotin Amerikasida ham jamiyat taraqqiyotining orqada qolishiga sabab bo‘lgan. Lotin Amerikasida siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lgan davlatlaming tashkil topish jarayoni 1870-yilga kelib, deyarli tugallandi. Argentina, Meksika, Chili, Urugvay, Venesuela va Kolumbiya mamlakatlari Ispaniya zulmiga qarshi uzoq vaqt o‘z mus^qilliklarini saqlash va feodal monarxiyani ag‘darib tashlash uchun kurashdilar. Lotin Amerikasi mamlakatlarining ko‘pchiligida XIX asming oxirgi choragida sanoat taraqqiyoti endigina ttoshlangan edi. Ulaming iqtisodiyotida kapitalistik munosah^tlar bilan bir qatorda, feodal munosabatlar, qulchilik qoldiqlari va hindulaming sodda urug‘-qabilachilik jamoalari ham mavjud edi. Bi^mamlakatlaming asriy qoloqligidan Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH va Germaniya kabi rivojlangan davlatlaming monopolistlari foydalanib qoldilar. XIX asrning oxirlariga kelib, Lotin Amerikasi mamlakatlari amalda Buyuk Britaniya va AQSHning yarimmustamlakalariga aylanib qoldilar. Lotin Amerilasi davlatlarida kapitalizmning qaror topishi uzoq va o‘ta mashaqqatli yo‘ldan bordi. Bu mintaqaga eng ko‘p kapital kiritgan davlat Buyuk Britaniya edi. Asosiy mablag‘lar bandargohlarga, temiryo‘llar qurilishiga, banklarga hamda tropik o‘simliklami o‘stirishga va go‘sht sanoatiga sarflanardi. XIX asr oxirida Lotin Amerikasiga AQSH kapitali ham kirib kela boshladi. Kubaning m ustaqillik uchun kurashi 1868-1878-yillarda Kuba xalqi ispan mustamlakachilariga qarshi ozodlik kurashi olib bordi (Ispaniya Kubani 1510-yilda bosib olgan edi). Biroq Ispaniyaga qaramlikdan ozod bo‘la olmadi. Shunday bo‘lsa-da, qulchilikning bekor qilinishiga erishdi. Tez orada Kubaga AQSH da’vo qila boshladi. U Kubani sotib olish niyatida Ispaniyaga murojaat qildi. Biroq Ispaniya rozi bo‘ldi
19)Mavzu : Andijon qo’zg’aloni milliy ozodlik kurashchilari
ANDIJON QO’ZG’OLONI (1898) -o’zbek xalqining mustamlakachilik va milliy zulmga qarshi ozodlik harakati. Dukchi Eshon qo’zg’oloni (voqeasi) nomi bilan ham mashhur. Unga Andijon uezdining Mingtepa qishlog’ilik Muhammadali xalfa Sobir o’g’li rahbarlik qilgan. Turkistonda Rossiya imperiyasining 19-asr ikkinchi yarmida o’rnatgan mustamlakachilik tuzumi mahalliy aholini siyosiy huquqlardan mahrum etdi, milliy, liniy qadriyatlarini tahqirladi, iqtisodini esa imperiya maqsadlariga bo’ysundirib, xalqning turmushi, moddiy ahvolini yomonlashtirib, qashshoqlanishiga olib keldi. Ayniqsa Farg’onada Rossiya sanoati uchun zarur bo’lgan paxta xom ashyosini yetishtirishga zo’r berilishi natijasida viloyatdagi aholi hayoti nihoyatda og’irlashdi. Og’ir mehnat sharoitida yetishtiriladigan paxta xom ashyosi arzimas narxda sotib olinib, Rossiyaga olib ketilar, dehqon esa bundan durust moddiy manfaat ko’rmay, aksincha, turli xil og’ir soliq, to’lov va qarzlar iskanjasida yil sayin qashshoqlashib borardi. Viloyatda paxta ekin maydonlarining tez sur’at bilan o’sib borishi g’alla mahsulotlari, bug’doy yetishtirishni keskin kamayishiga, aholini chetdan keladigan g’allaga qaram bo’lishiga olib keldi. Rossiyadan keltirilgan yuqori narxdagi bug’doyni sotib olib, iste’mol qilishga esa qashshoqlashgan dehqonlarning qurbi yetmay, ahvollari yanada og’irlashdi. Chorizmning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy, siyosiy, milliy zulmi ham cheksiz edi. Siyosiy huquqlardan mahrum etilgan aholi o’lkani idora qilish ishiga mutlaqo yaqinlashtirilmasdi. Maorif, tibbiy xizmat, obodonchilik ishlari qarovsiz holda bo’lib, mustabid ma’muriyat bunga mutlaqo mablag’ ajratmasdi. Mahalliy ahamiyatga molik sarf-harajatlar aholi zimmasiga yuklatilgandi. Hukmron millat vakillari alohida imkoniyat va huquqlarga ega bo’lgan holda mahalliy aholi huquqsizlik, zulm va zo’ravonlikdan azob chekardi. Buning ustiga mahalliy aholining unumdor yerlari Rossiyadan ko’chirib keltirilgan dehqonlarga tortib olib berilgan bo’lib, yer-suv munosabatlari masalasida ham adolatsizlik avjiga chiqqandi. Chorizm hukmronligi davrida o’lkada mustamlakachilar turmush tarzi orqali kirib kelgan maishatparastlik, qimorbozlik, ichkilikbozlik singari illatlar mahalliy aholining ma’naviy-axloqiy ruhiyati, qadriyatlariga putur yetkaza boshlagandi. Bu illatlarning barchasi bir bo’lib mahalliy xalqning mustamlakachilarga nisbatan nafratini oshirib, milliy, insoniy g’ururi, nafsoniyatini tahqirlab, bularga chek qo’yish istagi kun sayin avj olib borgan, milliy ozodlik tuyg’ulari junbushga kelgan. Qo’zg’olondan 3 yil oldin — 1895 yilda Muhammadali eshon Marg’ilon, O’sh uezdlarida lavozimini qayta tikladi. Shundan so’ng qishloqlarda ikki hokimiyatchilikni eslatadigan bir holat yuzaga keladi — xalqqa bir tomondan mustabid chorizm hukumati vakili bo’lgan volost boshlig’i, ikkinchi tomondan oddiy xalq xohish-irodasini ifodalagan rais rahbarlik qila boshlaydi. Bu holat mustamlakachi ma’murlar bilan xalq o’rtasidagi munosabatlarni yanada keskinlashtiradi. Mustamlakachilar zulmidan ezilgan xalq Dukchi eshonga murojaat qilib erk uchun muqaddas kurashga fatvo berishini hamda bu kurashga rahnamolik qilishini so’raydi. Xalq noroziligining jilovlab bulmaidigan darajada kuchayib ketganligini ko’rgan Dukchi (Muhammadali) Eshon uyida Farg’ona viloyatining turli bo’lislaridan kelgan vakillar ishtirokida maxsus kengashi bo’ladi. Shu kengashda Muhammadali eshon yig’ilganlarni mustamlakachilarga qarshi bosh ko’tarishga, ularni yurtdan haydab, ona Vatan mustaqilligini tiklash uchun kurashga chaqiradi. Ko’pchilik bu taklifni ma’qullaydi. Kengashda Muhammadali Eshon ma’lum qilgan rejaga binoan mustabid hukumatning vodiydagi 3 shahar — Andijon, Marg’ilon va O’shda joylashgan harbiy lagerlariga bir kunda hujum qilishga, bu hujum muvaffaqiyatli tugasa, Qo’qonda ham qo’zg’olon ko’tarishga kelishiladi. Marg’ilondagi harbiy lagerga Inoyatxon To’ra, O’shdagi harbiy lagerga Umarbek dodxoh, Andijondagi harbiy lagerga esa Muhammadali eshon boshchiligida hujum qilinishi kerak edi. 1898 yil 17 may kuni Muhammadali eshon xalqqa murojaat kilib, ularni mustamlakachilarga qarshi qo’zg’olon ko’tarishga da’vat etadi. Qo’zg’olonchilar Muhammadali eshon boshchiligida Mingtepadan Andijon shahri tomon yo’l olishadi. Yo’l-yo’lakay qo’zg’olonchilar safi to’lib borib, shaharga yaqinlashganlarida ularning soni 2000 ga yetadi. Shahar yaqinida Muhammadali eshon o’z jangchilarini oxirgi marta ko’rikdan o’tkazadi. U qo’zg’olonchilarni 5 qismga bo’lib, har qaysi qismga bittadan bayroq beradi. g’arbiy lagerga qilinadigan hujum oldidan so’nggi nutqini so’zlaydi. U qo’zg’olonchilarni oxirgi daqiqalargacha o’z qasamyodiga sodiq qolishga, Vatan ozodligi uchun muqaddas kurashga da’vat etdi. So’ngra qo’zg’olonchilar Andijon harbiy lageriga hujum qiladilar. To’qnashuv paytida harbiy garnizon jangchilaridan 22 kishi o’ldirildi, 24 askar yarador bo’ldi. Yarim soat davom etgan qattiq jangdan so’ng jangovar tayyorgarligi durust bo’lmagan va qurol-yarog’i nochor qo’zg’olonchilar guruhi to’qnashuv joyida o’lgan 11 nafar va yarador bo’lgan 8 nafar odamlarini qoldirib chekinishadi. Marg’ilon va O’sh uezdlaridagi harbiy garnizonlarga hujum uyushtirish rejalari esa amalga oshmay qoladi, chunki chor amaldorlari bundan xabar topib, mudofaa uchun zarur choralarni ko’rib ulguradilar. O’sh uezdida mustabid hukumatga sotilgan xoin — uezd mingboshisi Qorabek Hasanov o’z xalqiga xiyonat qilib, mustamlakachilarning harbiy kuchlariga qarshi tayyorlanayotgan hujum haqida podpolkovnik Zaytsevga xabar yetkazadi. Bu voqeadan xabar topgan Umarbek dodxoh yaxshi qurollanmagan xalqni qurollangan, shay turgan harbiylarga qarshi qo’zg’olonga boshlashga jur’at etmaydi. Marg’ilon harbiy lageriga hujum ham amalga oshmadi. 17 may kuni kechqurun belgilangan joyga odam to’planmadi. Buning ustiga shu kuni yakshanba, ya’ni dam olish kuni bo’lib, harbiy lagerda qandaydir marosim bo’layotgandi. Bunday vaziyatda hujum boshlash xatarli edi. Shu bois Inoyatxon To’ra o’z odamlari bilan Andijonga jo’nab ketgan qo’zg’olonchilarni quvib yetib, ular safiga qo’shiladi. Qo’zg’olon haqidagi xabarlar Namangan uezdi va Yettisuv viloyatiga ham yetib bordi va bu yerdagi aholi tomonidan qo’llab-quvvatlandi. Yettisuv viloyatining Avliyoota uezdida Shodibek xalfa ismli eshon boshchiligida to’plangan yuzdan ortiq odamlar dovonlar qordan biroz tozalangach, Andijon tomon harakat qildilar. Bundan xabar topgan mustabid hukumat qo’shinlari Namangan va Andijondan ularga qarshi yurdilar va oradan besh kun o’tgach, Shodibek xalfani 23 nafar odami bilan qo’lga oddilar. Namanganda harbiylar yashirin ravishda tog’ so’qmoqlarini kezib, 29 nafar qo’zg’olonchini, shular qatori 4 boshlig’ini ham ushlashdi. O’sha kunlarda Yettisuv viloyatining Prjevalsk va Bishkek uezdlarida, Sirdaryo viloyatining Xovos temir yo’l bekatida ham mirshablar bilan mahalliy aholi o’rtasida qurolli to’qnashuvlar bo’lib o’tdi. Andijondagi qo’zg’olondan xabar topgan Chor Rossiyasi hukmdori Nikolay II qo’zg’olonchilardan shafqatsiz o’ch olishni buyuradi. Bu ishga rahbarlik qilish o’ta shovinist sifatida dong taratgan Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori A.I. Korolkovga topshiriladi. Mustamlakachilar Andijon qo’zg’oloni munosabati bilan butun Farg’ona vodiysida dahshatli qatag’on uyushtirdilar. Birinchi navbatda qo’zg’olon rahbari Muhammadali eshon va uning yaqin maslaqdoshlaridan 5 nafari 1898 yil 12 iyunda Andijon shahri markazida butun vodiy jamoatchiligining 8 mingga yaqin vakili ko’z o’ngida osib o’ldirildi. Keyin boshqalar jazolandi. Qo’zg’olonchilardan 18 nafari osib o’ldirishga hukm qilindi. 344 nafari 4 yildan 20 yilgacha muddatga, 3 nafari umrbod katorgaga, 8 nafari turli muddatga qamoq jazosiga hukm qilindilar. 18 kishi Sibirga surgun qilindi. Jami 388 kishi jazolandi. Qo’zg’olon markazi bo’lgan Mingtepa, Qashg’ar, tojik qishloqlari uch kun to’plardan o’qqa tutilib, kultepaga aylantirildi. Jazoga tortilgan qo’zg’olonchilarning ijtimoiy tarkibi tahlilidan ma’lum bo’lishicha, ularning ko’pchiligi dehqon va hunarmandlardan iborat bo’lib, sardorlari orasida 2 nafar dodxoh (general), 7 nafar ponsod (polkovnik), 2 nafar sobiq bek, 40 nafar mulla, 2 nafar mudarris bo’lgan. Ya’ni, Andijon qo’zg’oloni aholining turli toifasi vakillarini qamrab olgan tom ma’nodagi xalq qo’zg’oloni bo’lgan. Andijon qo’zg’oloni Turkiston hayotida tasodifiy hodisa emas edi. Bunga qadar ham o’lkada mustamlakachilarga qarshi bosh ko’tarilgan. Andijon qo’zg’oloni 19-asrning so’nggi choragidagi eng kuchli ozodlik kurashi edi. Ammo puxta tayyorgarlik ko’rilmaganligi, harbiy imkoniyatlari zaifligi, keng doirada uyushmaganligi tufayli mag’lubiyatga uchradi. Qo’zg’olonning tarixiy ahamiyati shundaki, u mazlum xalqning siyosiy ongi va kurash tajribasining o’sishida muhim rol o’ynadi. Garchand Andijon qo’zg’oloni tor-mor etilgan bo’lsada, lekin o’zbek xalqining mustaqillik va ozodlik uchun olib borgan kurashlarining eng yorqin namunalaridan biri bo’lib qoldi.
20) Mavzu : XVII- XVIII asrning 1 yarmida xonlikdagi siyosiy ahvol
17-asr boshlariga kelib, Xorazm taxti uchun boʻlgan sulolaviy kurashlardan soʻng, taxtga oʻtirgan Arab Muhammadxon davrida Xiva xonligida davlat parokandaligi oʻzining yuqori choʻqqisiga yetgan. Rus kazaklari, qozoqlar va qalmiqlarning talonchilik yurishlari, Arab Muhammadxonning oʻgʻillari Habash va Elbarslarning otalariga qarshi chiqishlari parokandalikni avj oldirgan. Bu kurashda ularning qoʻli baland kelib, otalarini qatl ettirishga erishadilar. Padarkush Elbars va Habash sultonlar (1621—23) akalari Asfandiyor (Isfandiyor, 1623—43) tomonidan taxtdan tushirilib, qatl qilingan. Eron shohi Abbos I homiyligida taxtga chiqqan Asfandiyorxon davrida mamlakat siyosiy hayotidagi keskinlik saqlanib qoldi. Orol boʻyidagi oʻzbek qoʻngʻirotlari Asfandiyorga boʻysunmay qoʻyishgan. Mamlakatda tarqoqlik va zulm kuchaygan. Bundan foydalangan yirik mulkdorlar Abulgʻoziy Bahodirxonni 1643 yilda xon qilib koʻtarishgan. Abulgʻoziy Bahodirxon akasi vafotidan keyin 1644 yilda Xiva xonligi taxtiga oʻtirgan. U markaziy hokimiyatni mustahkamlab, Buxoro xonligining Chorjoʻy, Vardanza, Qorakoʻl, Karmana atroflariga bir necha marta harbiy yurishlar qildi.
Abulgʻoziy Bahodirxon 1662 yilda Buxoro xoni Abdulazizxon bilan sulh tuzib, 1663 yilda hokimiyatni oʻgʻli Anushaxonga topshirgan. Shunga qaramay Xiva qoʻshinlari Buxoro, Samarqand, Qarshiga talonchilik yurishlarini davom ettirgan. 1685 yilda Xiva qoʻshinlari Gʻijduvon yaqinida magʻlubiyatga uchragach, Buxoroning Xiva xonligiga taʼsiri kuchaygan. Buxoro xoni Subhonqulixon Anushaga qarshi fitna uyushtirib, uning oʻgʻli Arang Muxammadxonga taxtni egallashga yordam berdi. Lekin uning hukmronligi juda qisqa boʻlgan. 17-asrning oxiri — 18-asr boshlarida Xiva xonligida Xudoydodxon (1687—88), Oʻzbekxon—Arnakxon (1688—90), Joʻji Sulton (1694—97), Valixon (1697—99), Shohniyozxon (1699—90), Shohbaxtxon (1702—03), Sayid Alixon (1703—05), Musaxon (1705—06), Yodgorxon (1706—13) kabi oʻnlab xonlar almashgan. Bu mamlakat ahvolini yanada ogʻirlashtirgan. Xuddi shu davrga kelib Rossiyaning Sharqqa boʻlgan qiziqishi ortgan va Petr I 1714—17 yillarda Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida Xivaga harbiy ekspeditsiya joʻnatgan. Xiva xoni Shergʻozixon (1714—28) Qayragʻoch darasidagi ochiq toʻqnashuvda katta talafotga uchragach, harbiy hiyla ishlatib, rus qoʻshinlarini 5 ta shaharga boʻlib yuborgan va ularni alohida-alohida qirgʻin qilgan. Bu paytda ichki nizolar, zulm avj olgan, Orol boʻyi aholisi Xivaga boʻysunmay qoʻygan edi. 1728 yilda Xivadagi Shergʻozixon madrasasi qurilishida qullar qoʻzgʻolon koʻtarib, xon va uning mulozimlarini qatl qilishgan. Shu voqeadan keyin Xiva xonligida siyosiy oʻyin yana avj olgan. Xiva xonligidagi oʻzaro urushlarda Elbarsxon (1728—39) hokimiyatni qoʻlga kiritgach, ichki nizolarni bostirib, qoʻshni hududlarga bosqinchilik yurishlarini amalga oshirgan. 1740 yilda Eron shohi Nodirshoh Xiva xonligiga bostirib kirib, uni oʻziga boʻysundirgan. 1741 yilda xorazmliklarning qoʻzgʻoloni eroniylar tomonidan bostirilgan.
Buxoro xonligi bilan Oʻrta Osiyoda hukmronlik huquqi yoʻlidagi kurashda Xiva askarlari Qorakoʻl, Chorjoʻy, Vardanzini xorabazorga aylantirdi va Karmanagacha yetib keldi. 1662 yil Xiva xoni Abulgʻozi navbatdagi urushdan soʻng Buxoro xoni Abulaziz bilan sulh tuzdi. Lekin uning oʻgʻli Anushaxon (1663-1687yy.) davrida Buxoroga hujumlar yana davom ettirildi. 1685 yil xivaliklar Samarqandni egallab olishga muvaffaq boʻlishdi. Lekin Gʻijduvon yonida Anushaxon magʻlubiyatga uchradi va Samarqandni tashlab chiqishga majbur boʻldi. Koʻp oʻtmasdan Buxoro xoni Anushaxonga qarshi fitna uyushtirdi, unda Anushaning oʻgʻli Ernak(Ereng) ham ishtirok etdi. 1687 yil Anusha hibsga olinib, koʻzi koʻr qilindi. 1668 yil Buxoro xoni Subxonquli Xorazmni oʻziga boʻysindirdi va uning hukmdori etib Shohniyozni tayinladi- keyinchalik u xonlik unvonini qabul qildi. Shohniyoz xonlik hokimiyatini mustahkamlash va Buxoroga tobelikdan xalos boʻlishga intildi. Shu maqsadda 1700 yil Buxorodan yashirin holda Petr I ga elchi joʻnatib, qoʻl ostidagi xalqi bilan oʻzini Rossiya fuqaroligiga qabul qilishni soʻradi. Xon Arab Muhammad (1702-1714yy.) ham Rossiya koʻmagiga umid qilgan koʻrinadi. Shergʻozixon (1715-1728yyy.) hukmronligi davrida feodal fitnalari davlatni boʻlak-boʻlakka ajratib tashlagan. 1717 yil Xiva xonligi Rossiya davlatining A.Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi harbiy ekspedisiyasi hujumini bartaraf etishga muvaffaq boʻlgan. Shergʻozidan soʻng xonlik taxtiga Ilbars (1728-1740yy.) oʻtirdi. Eron shohining Afgʻoniston va Hindistonga qilgan yurishidan foydalangan Ilbars Xurosonga hujum qildi. Ushbu voqea, shuningdek Xiva tomonidan Eron hukmronligining rad etilishi va Buxoroni harbiy jihatdan qoʻllab quvvatlanishi Nodirshohni Xorazmga yurish qilishga undadi. Hazorasp yonida Ilbars magʻlub boʻldi. Toʻrt kunlik qamaldan soʻng Nodirshoh poytaxtni zabt etdi. Xiva armiyasining katta qismi Nodirshoh qoʻshinlari tarkibiga kiritildi. Xivada Nodirshoh vakili va Eron harbiy garnizoni qoldirildi. Lekin xonlikning shimoliy qismida Eron hukmronligi kuchga ega emas edi. Bu yerda orolliklar orasida 1730—1732 yillarda Rossiya fuqaroligini qabul qilgan Kichik qozoq ulusi xoni Abul Xayrning oʻgʻli Nuralining mavqei baland edi. 1741 yil xivaliklar Eronga qarshi bosh koʻtarishdi. Xiva qoʻzgʻolonchilar tomonidan ozod etildi hamda vakil va garnizon yoʻq qilindi. Xonlik taxtini Nurali egalladi. Bu voqealardan xabar topgan Nodirshoh oʻgʻli Nurullomirzoga Xorazmga qarshi yurishni buyuradi. Nuralini taxtga koʻtargan Xiva korchalonlari Marvga boʻyin egib borishadi. Ularning iltimosiga koʻra Nodir Xiva xonligiga Ilbarsning oʻgʻli Abu Muhammadni tayinlaydi. 18 asrning 40-yillarida Xivada bir necha xon almashdi.
18-asr oʻrtalaridagi xonlar goh Eron shohlarining xohishi, goh Buxoro hukmdorlarining taʼsiri, goh mahalliy aholi qoʻngʻirot urugʻining yordami bilan tez-tez almashinib turgan. Bu davrda Tohirxon (1739—40), Abulxayrxon (7—8 kun), Nuralixon (1740—42), Abulgʻoziyxon II (1742—46), Gʻoyibxon (1746—56), Qoraboyxon (1756—57), Temurgʻoziyxon (1757—64) va boshqalar Xiva xonligida rasman hukmronlik qilishgan. 18-asrning 60-yillaridan badavlat shaharliklar va ruhoniylarning qoʻllab-quvvatlashiga erishgan oʻzbek qoʻngʻirot urugʻlari Xiva xonligida hokimiyatni qoʻlga ola boshlagan. Inoq Muhammad Amin (1770—90) 1770 yilda turkmanlarning qarshiligini sindirib, 1782 yilda Buxoro amirligi hujumini qaytarib, Xiva xonligida oʻzbek qoʻngʻirotlarning amaldagi hokimiyatini mustahkamlagan. Avaz Muhammad Inoq davrida Xiva xonligida markaziy hokimiyat mustahkamlanib, iqtisodiy ahvol birmuncha yaxshilangan.

21) Mavzu: XIX asrning 2 yarmi XX asr boshlarida Qoraqalpoqlarning hududi



Download 130.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling