1 Mavzu : Amirlikda markaziy hokimiyat Shohmurod vafot etgandan so`ng Amir Haydar taxtni egallagan
Buxoro amirligining davlat boshqaruvi
Download 130.38 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliya va xazina ishlari, soliqlar to‘planishi kabi sohalarni devonbegi idora qilgan.
- Xiva xonligining davlat boshqaruvi
XIX asr o‘rtalarida o‘zbek xonliklarining ma’muriy boshqaruv tizimi
Buxoro amirligining davlat boshqaruviBuxoro amirligida oliy hukmdor amir hisoblanib, uning hokimiyati avloddan avlodga meros tarzda o‘tgan. Amirlikni mang‘itlar sulolasiga mansub cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan hukmdorlar boshqargan. Buxoro shahri amirlikning ma’muriy markazi edi. Amirlikda ijro hokimiyati bosh vazir - qo‘shbegi qo‘lida bo‘lgan. Viloyat va tuman hokimlari qo‘shbegi tavsiyasi bilan tayinlangan.Moliya va xazina ishlari, soliqlar to‘planishi kabi sohalarni devonbegi idora qilgan.Devonbegiga tashqi aloqalarni yuritish ham yuklatilgan. Unga amirlik hujjatlarini yuritishga mas’ul mirzaboshi bo‘ysungan. Buxoro amirligida sud boshlig‘i qozikalon, raiskalon hisoblangan.Amir qarorgohi hisoblangan arkda taxt vorisi - valiahd tarbiyasi bilan otaliq mashg‘ul bo‘lgan. Vaqf ishlari va mulklari bilan sadr shug‘ullangan. Xiva xonligining davlat boshqaruviXiva xonligi qo‘ng‘irotlar sulolasi tomonidan boshqarilib, uning oliy hukmdori xon hisoblangan. U cheklanmagan ma’muriy, harbiy hokimiyatga ega bo‘lgan.Said Muhammad Rahim Oliy hukmdor hisoblangan xon qarorgohi Xiva shahrida joylashgan.Bu shaharda ichki – Ichan qal’a va mudofaa devori bilan o‘ralgan tashqi – Dishan qal’a mavjud bo‘lgan. Xonlikda Xiva, Urganch, Qiyot, Hazorasp, Qo‘ng‘irot kabi shaharlar ma’muriy, savdo-sotiq va madaniy markazlar hisoblangan.Xonlikda oliy amaldor devonbegi hisoblanib, uning ixtiyorida qo‘shbegi, mehtar, otaliqdan iborat kengash faoliyat ko‘rsatgan.5) Mavzu:Buxoro amirligida xarbiy ish Siyosiy tarix. So‘nggi ashtarxoniylardan bo‘lgan Abdulfayzxon hukmronligi davrida markaziy hokimiyat zaiflashganligidan foydalangan o‘zbek urug‘lari turli viloyatlarda hokimiyatga qarshi isyon va g‘alayonlar ko‘tarishib, o‘zlarini mustaqil deb e’lon qila boshladilar. Ular orasida ashtarxoniylar saroyida katta nufuzga ega bo‘lgan, mang‘it urug‘i boshliqlardan biri Muhammad Hakimbiy otaliq (vafoti 1743y) hamda uning o‘g‘li Muhammad Rahimbiyning harakatlari ayniqsa keskin edi. Buxoroda bo‘lib o‘tayotgan tartibsizliklardan foydalangan Eron shohi Nodirshoh 1745 yilda Muhammad Rahimbiy rahbarligida Buxoroga katta qo‘shin jo‘natdi. Muhammad Rahimbiy Buxoroda viziyatni yumshatish borasida katta ishlarni amalga oshirdi. Miyonqol va Shahrisabzdagi qo‘zg‘olonlar bostirildi. Muhammad Rahimbiy davlat apparati tizimi ishlari va hukumat amaldorlarini almashtirish ishlariga jiddiy kirishdi. U deyarli barcha yirik davlat mansablariga o‘zining yaqin qarindoshlari va maslakdoshlarini qo‘yib, ularning yordamiga tayanib poytaxtda o‘z mavqyeni mustahkamlab oldi. 1746 yilda Nodirshoh o‘ldirilgach, oradan ko‘p o‘tmay Abdulfayzxon ham o‘ldirildi. Taxtga o‘tirgan Abdulmo‘min ham 1748 yilda o‘ldirildi. Uning o‘rniga nihoyatda yosh bo‘lgan Ubaydulla Sulton nomigagina taxtga o‘tqazildi. 1753 yilga kelib yirik amaldorlar, ruhoniylar va urug‘ oqsoqollarining roziligi bilan Muhammad Rahimxon (1753-1758yy) taxtga o‘tirdi va mang‘itlar sulolasi hukmronligini boshlab berdi. Muhammad Rahimxon markazlashgan davlat tizimi tuzish siyosatini olib bordi. U yirik mulkdorlarni davlatni boshqaruv ishlariga aralashtirmay, mustaqil siyosat yurgizdi. Bu hukmdor Miyonqol, Nurota, Urgut, Kobadiyon, Boysun kabi markaziy hokimiyatni tan olmagan viloyatlarga yurishlar qilib, ularni bo‘ysundirishga erishdi. Uning davrida Zarafshonning yuqori oqimi, Jizzax, Zomin yana Buxoroga qo‘shib olindi. Muhammad Rahimxon qisqa muddat ichida juda katta hududni birlashtirgan mang‘itlarning markaziy davlat tizimini barpo etdi. 1758 yilga kelib Toshkent, Qo‘qon, Marv, Balx, Qunduzdan elchilar kelib uning hokimiyatini tan olganliklarini bildiradilar. Muhammad Rahimxon vafotidan so‘ng uning balog‘atga yetmagan kabirasi Fozilto‘ra taxtga o‘tqazilib, hokimiyat aslida Muhammad Rahimxonning tog‘asi Doniyolbiy otaliq (1750-1785 yy) qo‘liga o‘tdi. Doniyolbiyning hukmronligi davri markaziy hokimiyatning zaiflashuvi bilan izohlanadi. U taxtga o‘tirgan dastabki paytdayoq markazlashagan davlat siyosatiga qarshi g‘alayonlar va qo‘zg‘olonlar ko‘tarildi. Miyonqol vohasi, Shahrisabz va Kitob, Sherobod va Boysun, Hisor viloyatlarida katta-katta xalq g‘alayonlari va chiqishlar boshlanib ketdi. Dastavval, Hisorga badarg‘a qilingan yuz, kenagas, burkut, bahrin, saroy kabi o‘zbek urug‘larining amirlari bosh ko‘tardilar. Ular mang‘itlar sulolasini taxtdan ag‘darishni rejalashtirgan edilar. Doniyolbiyning amirlarni tinchlashtirish uchun qilgan harakatlari zoye ketdi. Shundan so‘ng Doniyolbiy qo‘zg‘olonlarga qarshi qo‘shin jo‘natdi va Buxoro shahri aholisining yordami bilan qo‘zg‘olon bostirildi. Isyonchi amirlarning ko‘pchiligi qatl etildi. Shohmurod taxtga o‘tirganidan so‘ng “amir” unvoni bilan hokimiyatni boshqaradi(1785-1800 yy.). U o‘z hukmronligi davrida shaharlar taraqqiyoti va obodonchiligiga, irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi rivojiga alohida e’tibor berdi. Tarixda “Amiri ma’sum” (“Gunohsiz amir” ) nomi bilan qolgan Shohmurod o‘z davrida markaziy hokimiyatni nisbatan mustahkamlashga erishdi. Uning hukumronligi davrida mamlakatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan to‘rtta muhim islohot- moliya, sud, ma’muriy va harbiy islohotlar o‘tkazildi. Avvalo,1758 yildan boshlab, amirlikda to‘la holatda (aralashmalarsiz) kumushdan iborat bo‘lgan kumush tangalar,oldingilaridan o‘zining qiymati, sifati va tashqi ko‘rinishi bilan farq qiladigan sof tilla tangalar zarb etila boshlandi. U davlat zarbxonalarida aholining o‘z shaxsiy jamg‘armalaridan olib kelgan kumish va oltindan bir xil o‘lchamdagi kumush va tilla tangalarni zarb qilishga keng ruxsat berdi. Amir Shohmurod adliya sohasida o‘tkazgan islohoti bilan mamlkatda sud ishlarini olib borishni birmuncha erkinlashtirdi. Manbalarga ko‘ra, amirlikdagi sud hay’ati ishlarini Shohmurodning bevosita o‘zi boshqargan. Sud ishlarini olib borish uchun maxsus sudlov qonunlari majmuasi ishlab chiqilgan bo‘lib, barcha viloyat, tuman, beklik qozilari aynan mana shu qonunlar majmuasi asosida ish olib borganlar. Umuman olganda, amir Shohmurod tomonidan o‘tkazilgan islohotlar mamlakatdagi markaziy hokmiyatni mustahkamlab, iqtisodiy yuksalishni ta’minlagan edi. Shuningdek, soliqlarning taribga solinishi, sud ishlaridagi nohaqliklarga chek qo‘yilishi, mahalliy amaldorlar ustidan nazorat o‘rnatilishi – savdo-sotiq va hunarmandchilikning, qishloq xo‘jaligining yuksalishiga sharoit yaratib bergan edi. Shohmurod o‘zi idora etib turgan markazlashgan davlat tizimini yanada mustahkamlash sohasida ham ma’lum ishlarni amalga oshirdi. Uning davrida ham amirlikda bir nechta urug‘lar va ayrim viloyatlarning noroziliklari sodir bo‘lib turgan edi. Xususan, 1786 yilda Karmana sarhadi aholisi Buxoro amiriga bo‘ysunishdan bosh tortdi. Shohmurod Karmana aholisini bo‘ysundirish uchun bir necha marta yurish qilishga majbur bo‘ldi. Karmanadan so‘ng itoat etmay qo‘ygan Shahrisabz va Xo‘jandga qilingan yurishlar muvaffaqiyat bilan yakunlandi. Mamlakatda amalga oshirilgan islohotlar va muvaffaqiyatli harbiy harakatlar natijasida ancha mustahkamlanib olgan Shohmurod qo‘shni Afg‘onistonga ham harbiy yurishlar uyushtiradi. Xususan, Shohmurod Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi ilgarigi Buxoro yerlarini qaytarib olish uchun Afg‘on amiri Temurshohga qarshi urushlar olib boradi. Bu urushlardan so‘ng Shohmurod va Timurshoh o‘rtasida sulh tuzilib, Amudaryo har ikkala davlat o‘rtasidagi chegara deb belgilandi. Amir Shohmurod 1800 yilda vafot etganidan so‘ng uning o‘g‘li amir Haydar (1800-1876 yy.) valiahd sifatida taxtga o‘tirdi. Otasi davrida Qarshining hokimi bo‘lgan amir Haydar oq kigizga o‘tqaizilib xon etib ko‘tariladi. Ammo, Haydar xon unvonini emas, balki “amir al-mo‘minin” unvonini oldi. Manbalarga ko‘ra, xutba amir Haydar nomiga o‘qilgan bo‘lsa-da, tangalar amir Haydar, amir Shohmurod va Doniyolbiy nomlaridan zarb etilgan. Buxoro ordeni Otasining siyosatini davom ettirishga harakat qilgan amir Haydar o‘z hukmronligining dastlabki yillarida Buxoro hududining butunligini saqlash, Zarafshonning yuqori oqimi hududlari, Shahrisabz, Miyonqol yerlarini qo‘lda saqlab qolish uchun kurashlar olib bordi. O‘ratepani vaqtincha o‘ziga bo‘sundirishga erishdi. Amir Haydar davrida Xiva xonlari amirlik hududlariga tez-tez talonchilik urushlari qilib turdilar. 1806 yilda amir Haydar butun Buxoro ahlini qurollanishga va Xiva xoni Eltuzarga qarshi kurashishga chaqirdi hamda ularni mag‘lubiyatga uchratib, amirlik hududlaridan haydab chiqarishga erishdi. Bu urushlardan so‘ng Buxoro bilan Qo‘qon o‘rtasida urushlar boshlanib ketdi. Qo‘qon xoni Olimxon 1807, 1810 yillarda O‘ratepaga hujumlar qilib, katta o‘ljalarni Qo‘qonga olib ketdi. Bunday hujumlar Qo‘qon xoni tomonidan Jizzax va Zominga ham uyushtirilib turildi. Doimiy ravishda olib borilgan urush harakatlari katta xarajatlarni talab etganligi bois, amir Haydar qo‘shimcha soliqlar yig‘ish haqida farmon berdi. Bu esa mehnatkash aholi ahvolini yanada og‘irlashishga va amir Haydar hamda u olib borayotgan siyosatga qarshi chiqishlarga olib keldi. Mana shunday qo‘zg‘olonlar 1821-1825 yillarda Miyonqol, Samarqand va Urgutda bo‘lib o‘tdi. Amir Hayodar bu qo‘zg‘olonlarni katta qiyinchiliklar bilan, qo‘zg‘olonchilarga katta va’dalar berish evaziga bostirishga erishdi. Shahrisabz va Marv vohasi uchun ham Amir Haydar urushlar olib borishga majbur bo‘ldi. O‘z davrida Amir Haydar qo‘shni Afg‘on davlati hukmdori Shujo’ al-mulk Durroniy bilan do‘stlik aloqalarini o‘rnatgan bo‘lsa-da, Qo‘qon va Xiva davlatlari bilan Buxoro davlati o‘rtasidagi munosabatlar keskin edi. Manbalarga ko‘ra, shunday sharoitda amir Haydar hatto Turkiya sultoni Mahmud II ga yordam so‘rab murojaat etgan va uning itoatiga o‘tishga tayyor ekanligini ham ma’lum qilgan 6) Mavzu: 1800-70 yillarda Rossiya 1800-1870-YILLARDA ROSSIYA Iqtisodiy hayotningoziga xususiyatlari.Chor Rossiyadakrepostnoylik tartiblari jamiyat taraqqiyotiga katta gov bolib qoldi. Garbiy Yevropa davlatlari va AQSHda mashinalashgan sanoat rivojlanayotgan bir davrda ,rossiyada hammon manufaktura ishlab chiqarilishi hukmron edi. Qishloq xojaligida esa hamon Orta asr krepostnoylik tartiblari yetakchilik qilardi va u taraqqiyotiga asosiy tosigigderja aylangan edi. Samoderjaviye va krepostnoylikka qarshi kurash. 1812-yilgi Fransiya-Rossiya urushida erishilgan galabadan keyin ham chor saqlanib qolaverdi.Ushbu holat chor Rossiyasining ilgor fikrli kishilarini harakatga chorladi. Ular oz Vatanini Yevropadagi yetakchi korishini istardilar . 9)Mavzu: 1800-70 yillarda AQSH fuqorolar urushidan keyin yagona ichki bozorning vujudga kelganligi, qulchilikning tugatilishi, quldorlik latifundiyalarining bekor qilinishi, unumdor yerlaming, foydali qazilma boyliklarining ko‘pligi, sersuv daryolar va poyonsiz o‘rmonlar, Amerika xalqining tadbirkorligi mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining nihoyatda tezlashuviga sabab bo‘ldi. Ayni paytda, AQSHga qo‘shni davlatlar (Kanada va Meksika) kuchsiz edi. Bu hoi AQSHni ortiqcha harbiy xarajatlardan xalos etdi. Bundan tashqari, AQSHga yashash uchun kelganlaming katta qismi amalda yuqori malakali mutaxassislar edi. - ^ 1870-1914-yillarda AQSHga 25 min! kish^ko‘chib keldi. Bu ham AQSH taraqqiyotida muhim rol o‘ynadi. Shuningdek, ishchi kuchiga doimiy muhtojlik yangi texnika va texnologiyalaming ishlab chiqarishga keng joriy etilishiga yo‘l oclAi. Bu omillar ham AQSHning gurkirab rivojlanishiga olffekkeldi. XIX asming oxirgi o‘ttiz yili AQSH tarixida taraqqiyotning yuksakligi, juda muhim iqtftodty va siyosiy voqealar bo‘lganligi bilan xarakterlanadi. Agar 1860-yil AQSH sanoat mahsuloti hajmi jihatidan dunyoda 4-о‘ггяЙа turgan bo‘lsa, 1894-yilga kelganda birinchi o‘ringa chiqib oldi. Bu davrda AQSHning sanoat mahsuloti G‘arbiy Yevropadagi hamma mamlakatlar mahsulotining yarmiga teng edi. AQSHda keng ichki bozoming vujudga keltirilishi kapitalizm taraqqiyoti uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bunga qishloq xo‘jaligidagi kapitalizm taraqqiyotining „amerikacha yo‘li“ (ekin maydonlarini kengaytirish hisobiga mahsulotni ko‘paytirish) g‘alaba qilganligi, g‘arbiy hududlaming tezlik bilan o‘zlashtirilganligi, katta tezlik bilan temiryo‘llar qurilganligi va immigratsiya natijasida aholining tez ko‘payishi ham yordam berdi. AQSH sanoati o‘sishida Yevropa kapitali ham muhim rol o‘ynadi. Yevropa davlatlarining AQSHga qo‘ygan kapitali 1890-yilda 3 mlrd. dollarga yetdi. Biroq AQSH chetga kapital chiqarish bo‘yicha Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyadan orqada edi. Janubda fuqarolar urushidan keyin katta o‘zgarishlar yuz berdi. Qulchilik tugatildi. Aholi faolQishloq xo‘jaligidagi tub o‘zgarish Janubdagi ahvol 50 lashdi. 1870-yilda AQSH konstitutsiyasiga tuzatish kiritildi. Unga ko‘ra, „irqi, terisining rangi yoki ilgarigi qullik holatini bahona qilib“ saylovlarda ishtirok qilishni har qanaqasiga cheklash bekor qilindi. Janubdagi shtatlaming yangi hukumatlari tarkibida qora tanli aholi ham qatnasha boshladi. Davlat maktablari tizimi vujudga keltirildi. Adolatli soliq tizimi joriy etildi. Irqiy kamsitish qonunlari bekor qilindi. Mahalliy hokimiyat muassasalari demokratlashtirildi. Keksalar, nogironlar va yetim-yesirlar uchun xayriya jamiyatlari tashkil qilindi. Kongress 1872-yilda Janubdagi sobiq isyonchilarga umumiy afv berish to‘g‘risidagi qonun qabul qildi. Ayni paytda, isyon boshliqlaridan 500 ga yaqin kishining davlat vazifalarida ishlashi taqiqlandi. Bu hoi plantatorlaming eski tartiblami tiklash uchun kurash olib borishiga bahona bo‘ldi. Janubda „Ku-kluks-klan“ dngari irqiy-terrorchi tashkilot yana bosh ko‘tardi. Taraqqiyparvar zifon xodimlardan o‘ch olish va „Linch sudlari“ yana oddiy hodisaga aylandi. Janub qora tanli aholi uchun ,,turma“ bo‘lib qoldi. Jhezia^nt saylovlari oldidan faqat ikki janubiy shtat (Janubiy Karolina^va Luiziana shtatlari) respublikachilar tarafida qoldi, xolos. 10)Mavzu: TURKISTONDA SUD TIZIMI VA HARBIY POLITSIYA TARTIBOTINING O‘RNATILISHI Turkiston o‘lkasida imperiya manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlardan yana biri bu sud ti-zimi bo‘lgan. Xonlik davrida qozilarning chiqargan qaroridan norozi bo‘lganlar qozikalonga murojaat qilgan. Qozilar qat’iy belgilangan uchastkaga ega bo‘lishmagan; har bir da’vogar o‘zi ishongan qoziga murojaat qilgan. Qozi sud majlisi boshlanishidan oldin tomonlarga kelishib olishni taklif etgan. Bu taklifdan bosh tortilsa, qozi ularga qasam ichirib, tomonlarning arzini, guvohlarning ko‘rsatmalarini tinglagan, so‘ng qaror chiqargan va bu qaror mahalliy hokimiyat tomonidan zudlik bilan ijro etilgan. Odat-da, qozilar, asosan, bilimdon, adolatli va xalq orasida hurmat qozongan kishilar bo‘lgan. Qozilar o‘zlariga murojaat qilgan tomonlarga betaraf va ularga nisbatan beg‘araz bo‘lishi, ulardan pul, sovg‘a, har xil xizmatlarni qabul qilmasligi lozim edi. Podsho hukumati tomonidan dastlab o‘lkadagi mavjud sud tizimida-gi qozikalon lavozimi tugatilib, barcha qozilarning huquqi tenglashtirildi. Boshqa mustamlakachi davlatlar singari Rossiya imperiyasi ham o‘z mus-tamlakasiga aylangan Turkiston o‘lkasida dastlab tub joy aholining di-niy e’tiqodiga mos ravishda amal qilingan shariat qoidalariga asoslangan qozilik va ko‘chmanchi tarzda hayot kechiruvchi aholining urf-odatlariga asoslangan biy sudlarini butunlay tugatmasdan, uni saqlab qoldi. Milliy va diniy tartiblarga asoslangan sudlar faoliyati cheklanib, ular ustidan kuch-li nazorat o‘rnatildi. Bu o‘zgarishlar bosqichma-bosqich, mahalliy aho-lining noroziligini keskinlashtirmagan holda o‘zgartirib borildi. Bundan tashqari shu yo‘l bilan podsho hukumati vakillari ko‘plab mahalliy aholi o‘rtasidagi o‘zaro janjal va kelishmovchiliklarga arala shishdan o‘zini saq-lashga harakat qildi. Sud tizimida amalga oshirilgan siyosatda qozi va biy sudlari oxir-oqibat tugatilishi hamda ungacha faqat kichik ko‘rinishdagi sud ishlarini, ya’ni asosan, oilaviy mojarolar, kishilar o‘rtasida janjal va kelishmovchi-liklarni ko‘rib turishi maqsad qilib olingan edi. 1867-yilgi «Nizom» loyi-hasi bo‘yicha o‘lkada qozilar va biy sudlari, uyezd sudlari, muvaqqat harbiy-sudlov komissiyalari, viloyat boshqaruvining sud bo‘limlari va general-gubernatorlik Devonining sudlov bo‘limi tashkil qilindi. Sud uchun qozi ishlarida sudlari, mahalliy ko‘chmanchi aholining aholisi o‘troq uchun qismi. 11)Mavzu: 1800- 70 yillarda Yaponiya 1867-1868- yillarda Yaponiyada yuz bergan Meydyo‘lida zi islohoti mamlakatda bozor munosabatlariga asoslangan jamiyat qurilishiga keng yo‘l ochdi. Endigi asosiy vazifa - yapon xalqining milliy an’analarini saqlab qolgan holda jamiyatni G‘arb modelida qayta qurish edi. Imperator Mutsixito ishlab chiqarish kuchlarining rivojiga to‘sqinlik qiluvchi qonun va tartiblami bekor qildi. Yaponiya dunyoning barcha davlatlari uchun ochib qo‘yildi. Mamlakatni mpdemizatsiyalash boshlandi. Dastlab, yagona pul birligi - iyena joriy etildi. Ayrim-ayrim hokimliklar chegaralaridagi bojxonalar va boshqa to‘siqlar olib tashlandi. Bu tadbirfar mamlakat miqyosida savdo-iqtisodiy aloqalarga keng yo‘l ochdi. Yo‘llarda dehqonlaming shaharga qochib ketishiga qarshi, ulami tutib joyiga qaytarish uchun qo‘yilgan poyloqchilik manzilldri nfgatildi. Chunki sanoat qishloqdan ishchi kuchi „oqib“ kelishidan manfaatdor edi. Bu tadbirlar Yaponiyada ichki bozoming,-4*anoat tarmoqlarining rivojiga xizmat qila boshladi. 1869-yilda Yaponiyada to‘rt tabaqa haqidagi qonun bekor qilindi. Feodal zamindor samuray, dehqon, hunarmand va savdogar tabaqalari rasman teng huquqli deb e’lon qilindi. Butun mamlakat miqyosida markazlashgan hukumat boshqaruvi yuzaga keldi. Yalpi harbiy xizmat haqida qonun qabul qilindi. 1871-1878-yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlar o‘tkazilib, yemi erkin oldi-sotdi qilishga, istalgan turdagi ekinlami ekishga ruxsat berildi. Hosildan hissa ko‘rinishidagi soliq pul solig‘i bilan almashtirildi. Yerning mayda bo‘laklarga bo‘linib ketishiga qarshi qonun chiqarildi. Sharoit Qanchalik og’ir bo‘lmasin Yaponiya davlatning roli bozor munosabatlari tez rivojlana boshladi. Sharqda birinchi bo‘lib. Yaponiya Yevropa taj riba! arid an foydalandi. Yevropada uzoq vaqt davomida yuzaga keltirilgan ilg‘or sanoat texnikasini Yaponiya tayyor holda sotib ola boshladi. Davlat sanoatni rivojlantirish ishiga homiylik qildi. Birinchi galda Yaponiyada to‘qimachilik sanoati tez rivojlandi. 1890-yilda u barcha sanoat tarmoqlarining 45 foizini tashkil etdi. Chorak asr davomida 1300 ta sanoat korxonasi qurildi. Ular dastlab badavlat sanoatchilarga ijaraga berildi. Keyinroq esa sanoat korxonalari o‘z narxining yarmiga, hatto 10-15 foiziga ham xususiy qilib sotiladigan bo‘ldi. Natijada, bank kapitali bilan sanoat kapitali qo‘shilib bordi. Yaponiyada sanoat ishlab chiqarishi Rossiyadan o‘n barobar tezroq rivojlandi. Yaponiyada monopoUstik kapitalizm feoYaponiya taraqqiyotining dal-monarxiya qoldtqfari bilan chirmashib ketdi. Bu jihatdan Yaponiya Rossiyaga o‘xshab keta|di. \ Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSHdan farqli o‘ laroq, Yaponiyada hokimiyat burjuaziya qo‘lida bo‘lmay, balki zamindor-burjuaziya tabaqalari ittifoqi qo‘lida edi. Yaponiya, ayni paytda, armiya va flotni ham qayta qura boshladi. Yaponiya hukumati og‘ir industriyani rivojlantirishga alohida e’tibor berdi. Oqibatda, 1900-1913-yillarda sanoat ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Italiyadan o‘zil^ketib, Fransiyaga yaqinlashdi. Mamlakatda sanoat, savdo-sotiq va banklar markazlashib, monopoliyalar vujudga keldi. Yaponiyada kapitalizm taraqqiyoti dehqonlaming yerdan ajralishi bilan birgalikda kechdi. Agrar islohotga ko‘ra, yer olgan dehqonlaming atigi 1/3 qismigina olgan yerlarini saqlab qola oldi. Raqobatga bardosh bera olmaganlar ijaraga yer olib xo‘jalik yuritishga majbur bo‘ldilar. Qolganlari esa shaharga ketib, yollanma ishchilarga aylandilar. Sanoat egalari yangicha, ilg‘or ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yib, mamlakatni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqa boshladilar. Sanoat korxonalarining soni yildan yilga ko‘payib bordi. Lekin shu sanoat korxonalarida ishlayotgan ishchilaming iqtisodiy ahvoli og‘ir edi. Chunki, ish haqi juda past edi. Korxonada texnika xavfsizligiga javobgarlik yo‘q edi. Buning ustiga, yapon ishchilari va mehnatkashlari na siyosiy, na ijtimoiy huquqlardan foydalanar edilar. 12) Mavzu: Buxoro amirligi shaharlari Buxoro amirligi hukumdorlari va aholisi savdo-sotiq ishlariga katta e’tibor qaratishgan. Amirlikda hunarmandchilik va undagi ishlab chiqarishning tarqqiy etishi doimiy savdo-sotiq munosabatlarining yanada kengayishiga asos bo‘lgan edi. XVIII asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligining ko‘pgina shaharlarida karvonsaroylar qurilishiga katta e’tibor qaratilib, bu holat savdo munosabatlari rivojini yanada mustahkamlashga xizmat qilgan edi. Amirlikning yirik shaharlari – Buxoro, Samarqand, Termiz, Shahrisab, Qarshi, Kattaqo‘rg‘on, Dehnov, Nurota va boshqalar asosiy savdo markazlari edi. Manbalarga ko‘ra, XIX asr boshlariga kelib yirik karvon yo‘llari chorrahasida joylashgan Qarshi shahrining ahamiyati oshib ketadi. Ichki bozorlarda avvalo kundalik ehtiyoj mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlar, paxta matolari, jun va ipak matolariga talab katta bo‘lgan. Ichki savdoning taraqqiyotida yirik shaharlarning atroflardagi qishloqlar bilan iqtisodiy munosabatlari hamda shaharlararo savdo-sotiq aloqalarining rivojlanganligi muhim o‘rin tutgan. Chunonchi, amirlikdagi bozorlar nafaqat shaharlar, balki ularning atrofidagi qishloqlar aholisining talablarini qondirishda ham alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Amirlikdagi barcha shaharlarda, yirik qishloqlarda ixtisoslashgan bozorlarning mavjudligi ichki savdoning davlat iqtisodiyotidagi muhim ahamiyatidan dalolat beradi. Ichki savdoning taraqqiy etishida amirlikda mavjud bo‘lgan pul muomalasining o‘rni katta edi. Xususan, mang‘itlar hukmronligi davrida bu sohada birmuncha barqarorlik o‘rnatilgan bo‘lib, muomalada asosan uch turdagi – tillo, tanga (kumush) va pul (mis) mavjud edi. Shahar hamda qishloqlardagi savdo-sotiq va to‘lovlarda asosan tanga va pul ishlatilgan. Buxoro amirligida qo‘shni davlatlar va xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishga katta e’tibor berilgan. Tashqi savdo aloqalarida Xiva va Qo‘qon xonlari, qozoq va turkman dashtlari, Afg‘oniston, Eron, Hindiston, Qashg‘ar va ayniqsa Rossiya bilan bo‘lgan savdo munosabatlari ayniqsa muhim o‘rin tutgan edi. Ko‘chmanchi qozoqlar amirlik bozorlariga palaslar, namatlar, jun, teri, go‘sht va sut mahsulotlari keltirgan bo‘lsalar, dehqonlar va hunarmandlar qozoq dashtarini oziq-ovqat mahsulotlari, sabzavotlar, kundalik ehtiyoj mollari, kiyim-kechaklar, paxta matoolari bilan ta’minlaganlar. Amirlikda turkman gilamlari va otlariga talab katta bo‘lgan. Turkmanlar amirlik bozorlaridan boshqa mahsulotlar bilan birga ko‘proq har xil matolar xarid qilganlar. XVIII asr oxiri- XIX asr boshlaridan boshlab Buxoro amirligining tashqi savdo aloqalarida Rossiyaning savdo shaharlari (asosan Orenburg va Astraxon) muhim o‘rin tuta boshladi. Rossiyaga qishloq xo‘jalik mahsulotlari – teri, qorako‘l teri, jun, paxta, ipak tolalar, turli matolar olib chiqilgan. Rossiyadan esa turli fabrika mahsulotlari,cho‘yan,mis, qo‘rg‘oshin keltrilgan. Buxoro savdogarlari Balx va Badaxshonga savdo karvonlari bilan qatnab turganlar. Bu hududlarga amirlikdan qozonlar Buxoro matolari, Rossiyadan keltirilgan igna, oyna, qaychi kabilar olib kelingan hamda Buxoroga kumush, oltin olib qaytilgan. Savdo karvonlari Qobul va Hindistonga ham borib savdo-sotiq ishlarini amalga oshirgan. Hindistondan qimmatbaho toshlar,dori-darmonlar, xushbo‘y giyohlar, kashmir matolari keltirilgan. O‘z navbatida hind savdogarlari Buxoro bozorlaridan Rossiyadan keltirilgan mahsulotlar, mahalliy matolar,zarbof to‘nlar, qorabayir otlarni xarid qilganlar. Amirlik savdogarlari Xitoy, Sharqiy Turkiston bilan ham savdo-sotiq aloqalari olib borgan. Xitoy bilan savdo aloqalari Qo‘qon xonligi orqali olib borilgan bo‘lib, Xitoyga paxta, qorako‘l teri, turli xil hunarmandchilik mahsulotlari yetkazib berilgan. O‘z navbatida Xitoydan ko‘plab ipak matolari va chinni buyumlar keltirilgan. XIX asr boshlarida boshlangan va uning 40-50 yillaridan boshlab jiddiy ravishda kuchaygan Rossiya va Angliyaning O‘rta Osiyo, jumladan, Buxoroga nisbatan qiziqishi, amirlik iqtisodiy hayotiga ularning kirib kelishi, o‘z navbatida Buxoro amirligida ishlab chiqarish munosabatlarining jadal sur’atlar bilan o‘sishi hamda ishlab chiqarishning rivojlanishiga olib keldi. Mahalliy hunarmandlar, savdogarlar, umuman ishlab chiqarish bilan bog‘liq barcha tarmoq egalari ishlab chiqarishga bo‘lgan munosabatlarini o‘zgartirdilar. Manbalar tili bilan aytganda, “O‘rta Osiyo xom ashyosi va uning ba’zi bir mahsulotlariga talab kuchaya boshladi. Bundan rag‘batlangan mahalliy ishlab chiqarish tarmoqlari imkoniyatlari boricha o‘z jamoalarida ishlab chiqarish munosabatlarini qayta qurishga harakat qildilar”. Buning natijasi o‘laroq, XIX asr o‘rtalariga kelib, talabdan ortiqcha mahsulot ishlab chiqarishi tufayli buxorlik savdogarlar tashqi savdo aloqalarini kuchaytirdilar. Xususan, buxorolik savdogarlar Rossiyaga ko‘proq paxta va ipak gazlama mahsulotlarini olib borib, Rossiyadan temir va mis keltira boshladilar. Hunarmandchilik mahsulotlari ko‘plab Hindiston, Eron va Xitoyga chiqarilib, bu hududlardan asosan qimmatbaho metallar keltirilgan. Download 130.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling