1-Mavzu : meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlov berishning texnologik va ilmiy asoslari faniga kirish reja


Download 29.9 Kb.
bet1/3
Sana23.06.2023
Hajmi29.9 Kb.
#1651674
  1   2   3
Bog'liq
1-maruza (2)


1-Mavzu : MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARINI SAQLASH VA DASTLABKI ISHLOV BERISHNING TEXNOLOGIK VA ILMIY ASOSLARI FANIGA KIRISH
Reja:
1.1. Meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlov berishning texnologik va ilmiy asoslari faniga kirish.
1.2 Meva o’simliklarini xalq xo’jaligidagi ahamiyati.

Tayanch iboralar: Oziq-ovqat xavfsizligi, saqlash, qayta ishlash, saqlashni tarixi, oziq-ovqat zahirasi, islohatlar, zamonaviy texnologiyalar, oziq-ovqat mahsulotlari eksporti.

1.1. Meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlov berishning texnologik va ilmiy asoslari faniga kirish.
Hozirgi qishloq xo’jaligida o’tkazilayotgan izchil iqtisodiy isloxatlar axolini sifatli oziq-ovqat maxsulotlariga bo’lgan talabini to’laroq qondirishi va shu bilan bir payitda bugungi kunning eng katta muommolaridan biri bo’lgan oziq ovqat xavfsizligining oldini olish dolzarb masalalardan biri xisoblanadi.
So’ngi yillarda meva va sabzavotlarni yetishtirish ularni saqlash va o’z vaqtida qayta ishlash maqsadida bir qator qonunlar va farmoyishlar qabo’l qilinmoqda.
Bunga 2008 yil oktyabr oyidagi “Paxta ekin dalalarini qisqartirilishi bilan meva-pomidorlar va uzumni rivojlantirishga” qaratilgan Vazirlar Maxkamasinig Qarori Respublikamizda har yili aholi sonini o’sib borayotganligini e’tiborga olgan holda ularni o’z vaqtida oziq ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash ko’zda tutilgan.
Bu borada Respublikamiz Prezidenti SH.M.Mirziyoev 2017 yilning 7 fevral kuni O’zbekiston Prezidenti 2017—2021 yillarga mo’ljallangan Harakat strategiyasi haqidagi farmonni imzoladi.
SHu bilan bir qatorda qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jixozlash, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini jadal yangilash biz uchun eng muhum ustivor vazifa sifatida izchil davom ettirilishi takidlandi.
SHuning uchun bugungi kunning qishloq xo’jalik mutaxasislari qishloq xujaligi maxsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash texnologiyalarini puxta bilishlari katta amaliy axamiyatga ega. Qishloq xo’jalik maxsulotlarining sifatini bilish, standartlash sistemasi bilan tanishish, qishloq xo’jaligi maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasining o’zlashtirilishi maxsulot sifatini oshiradi va nobudgarchilikni imkoni boricha kamaytiradi.Hozirgi qishloq xo’jaligida o’tkazilayotgan izchil iqtisodiy isloxatlar axolini sifatli oziq-ovqat maxsulotlariga bo’lgan talabini to’laroq qondirishi va bu soxadagi ta’minotni tubdan yaxshilab jaxon andozalariga tenglashtirish eng dolzarb masalalardan biri xisoblanadi.
Qishloq xo’jalik maxsulotlarini yetishtirish miqdori ortib borgan sari ularni saqlash va qayta ishlash ham to’g’ri yo’lga qo’yilishi kerak, buning uchun esa yangi zamonaviy omborxonalar va qayta ishlash korxonalari bunyod etilishi, qolaversa, bu boradagi fan-texnika va ilgor texnologiyalarni tadbiq etish, xorij tajriba yutuqlarini o’rganib ishlab chiqarishga keng joriy etilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. «Kishlok xujaligi va don maxsulotlarini saklash va kayta ishlash texnologiyasi» kursi buyicha yozilgan mazkur darslik qishlok xujaligi maxsulotlarini ,don va uni kayta ishlash ,maxsulotlarini kabul kilish, joylashtirish, va saklashda yuzaga keladigan muammolar va ularni xal kilish chora - tadbirlarini ochib berishga imkon yaratadi.
Hozirgi zamon qishloq xo’jalik mutaxasislari qishloq xujaligi maxsulotlarini saqlash texnologiyasi kursini puxta bilishlari katta amaliy axamiyatga ega. Qishloq xo’jalik maxsulotlarining sifatini bilish, standartlash sistemasi bilan tanishish, qishloq xo’jaligi maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasining o’zlashtirilishi maxsulot sifatini oshiradi va nobudgarchilikni imkoni boricha kamaytiradi.

Download 29.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling