1. Mavzu : O‘lkashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixidan. Reja


- Mavzu: Tarixiy o‘lkashunoslikni o‘rganishda yozma va arxiv manbalarning tutgan


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/30
Sana29.08.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1671362
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
Bog'liq
tarixiy o\'lk.ma\'ruza majmua

5- Mavzu:
Tarixiy o‘lkashunoslikni o‘rganishda yozma va arxiv manbalarning tutgan 
o‘rni.
 
 
Reja: 
1. Yozma manbalarning ahamyati va ularning turlari. 
2.O‘rta Osiyo xalqlarining qadimgi davr tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan manbalar va 
ularning ilmiy ahamiyati. 
3. Qadimgi yunon-fors manbalarida o‘lkamiz. 
4. IX – XII asrlarda yaratilgan manbalarda o‘lkamiz haqidagi ma’lumotlar. 
5. O‘zbekistonda arxiv ishi tarixidan. Arxivshunoslik haqida ma’lumot. 
6. O‘rta Osiyoda o‘rta asrlar davri arxiv ishlari tarixidan. 
7. Tarixiy jarayonlarni yoritishda va o‘lka shunoslikni o’rganishda arxiv hujjatlarining o’rni.
8. Mustaqillik davrida arxiv ishlari tizimi. 
Adabiyotlar: 
1.Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis 
palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq. –T.; O‘zbekiston 2016. 
2.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.; O‘zbekiston 
2017. 
3.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T. 1997. 
4.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. Toshkent. 2008 y.
5.Karamatov H. O‘zbekistonda moziy e’tiqodlar tarixi. 2009 y.
6.Nabiev A. Tarixiy o‘lkashunoslik. — T., 1996. 
7.Ochildiev F.B. Tarixiy o‘lkashunoslik. Toshkent. 2008 y 
8.Vaxidov M.M., Mirzaev Sh.R. Me’morchilik. 1-qism. Me’morchilik tarixi.T., “Tafakkur”.-2010. y. 
9.Jabborov I. M. O‘zbek xalqi etnografiyasi. — T., 1994. 
10.Jabborov I. M. Jahon xalqlari etnografiyasi. - T., 1985.
11.Asanova G., Nabixanov M., Safarov I. O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy 
jo‘g‘rofiyasi. — T., 1994. 
12. Alimov I.A. Arxivshunoslik. –T., 2005. 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Arxivshunoslik haqida ma’lumot. Arxiv hujjatlari. 
Arxiv turlari. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi. Arxiv hujjatlarini kidirib topish, ular ustida 
ishlash va olingan ma’lumotlarni xayotga tadbiq qilish bu juda murakkab ishdir. Arxivda tashkilotlar, 
muassasalar, korxonalar, ayrim shaxslarning ko‘p yillik faoliyatlari xaqida ma’lumot va hujjatlar saqlanadi. 
Arxiv ishlarini o‘rganish maktab va Oliy o‘quv yurtlarida jonajon vatanimiz tarixidan o‘qilayotgan leksiya 
va seminar mashg‘ulotlarida faktik material bo‘lib xizmat qiladi va maktab o‘lkashunoslik muzeyini tashkil 
kilishda yordam beradi. 


Hozirgi kunda O‘zbekiston respublikasida juda ko‘p arxivlar mavjud bo‘lib, ularni shartli 
ravishda 2 guruhga bo‘lish mumkin: muassasa arxivlari va davlat arxivlari. Respublikamiz 
xududida faoliyat kursatayotgan markaziy va maxalliy boshqaruv organlari (vazirliklar, 
xokimiyatlar va boshkalar) turli tashkilotlar, korxona va jamoat tashkilotlari xaqida joriy arxivlar 
mavjud. Bunday arxivlar muassasa arxivlari deb ataladi. Muassasa arxivlarida hujjatlar ma’lum 
muddat saqlanadi. Shu boisdan bu arxivlarda saklanayotgan hujjatlarning tarkibi o‘zgarib turadi. 
Belgilangan muddatdan sung muassasa arxivlaridagi hujjatlar davlat arxivlari fondlariga 
topshiriladi. Muassasa arxivlarining faoliyati, bu arxivlarda saqlanayotgan hujjatlarning davlat 
arxivlariga topshirish tartibi tegishli nizomlar asosida amalga oshiriladi. Muassasa arxivlarida 
hujjatlar turli muddatlar davomida saqlanadi 
Mamlakatimizda 
arxiv 
ishini 
rivojlantirish, 
ularning 
moddiy-texnika 
bazasini 
mustahkamlash, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etishga 
katta e’tibor qaratilayapti. Shu kabi sa’y- harakatlar tufayli arxiv hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, 
jamlash, hisobga olish, saqlash, ulardan foydalanish borasida yuqori samaralarga erishilmoqda. 
Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda arxiv ishini tartibga solish borasida mustahkam huquqiy 
baza yaratilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 15 iyunda imzolangan “Arxiv 
ishi to‘g‘risida” gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 
apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 
2
qarori va 
arxivlashtirish faoliyatini tartibga soluvchi boshqa bir qator hujjatlar asosida idoraviy arxivlar ishi 
me’yorlashtirib borilmoqda. 
Arxiv hujjatlarini jamlash, sifatli hamda talab darajasida saqlash, saqlovdagi hujjatlar hisobini 
yangi texnologiyalar asosida olib borish, ijtimoiy va huquqiy toifadagi so‘rovlar yuzasidan idoralar 
hamda fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish izchil ta’minlanmoqda, Mamlakatimizda 103 davlat 
arxivi, mahalliy hokimliklar huzurida 110 idoralararo arxivlar hamda 9 mingdan ziyod idoraviy 
arxiv faoliyat yuritmoqda. Ularda saqlanayotgan milliy arxiv fondi hujjatlari 8,6 million saqlov 
birligiga, idoraviy arxivlarda 1,2 million birlikka etdi. 
Sohada kadrlar tayyorlashga doimiy e’tibor berib kelinadi. Jumladan, arxiv muassasalari, 
arxiv ishi va ish yuritish yo‘nalishida kadrlar tayyorlaydigan 28 ta o‘rta maxsus hamda kasb-hunar 
kollejlari, 4 ta oliy o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Mamlakatimizda istiqlol yillarida sohada erishilgan yutuqlar, jumladan, arxivlar yangi bino 
va qo‘shimcha inshootlar bilan ta’minlangani, ularda xodimlar hamda foydalanuvchilar uchun qulay 
sharoitlar yaratilayotgani alohida ahamiyat kasb etadi . O‘zbekistonda mustaqllik yillarida arxivlar 
faoliyati rivojlanishida yangi bosqichlar va yangi ustivor vazifalar belgilanib bormoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan arxivlar 
faoliyatini doimiy tarzda rivojlantirib borishda turli tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. 
Milliy arxiv fondi davlat va nodavlat qismlardan tarkib topgan bo‘lib, unga kiritilgan hujjatlar 
mamlakatimiz madaniy merosining ajralmas bo‘lagi sanaladi va ularni saqlash muddati 
cheklanmagan. Nodavlat korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlar, 
shuningdek, jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlari fondning nodavlat qismini tashkil etadi.
“O‘zarxiv” agentligi tomonidan bildirilgan fikrlarga ko‘ra “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi qonuni mamlakatimiz arxiv muassasalari faoliyatini sezilarli darajada 
yaxshilash imkonini berayotganini ta’kidlanmoqda. 
Ayni paytda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan ettita arxivda nodavlat tashkilotlari
muassasalari va korxonalarining hujjatlari saqlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 


Mahkamasining “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarori arxivlar 
faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Ushbu qarorga muvofiq, jismoniy va yuridik 
shaxslar o‘z hujjatlarini saqlash uchun kutubxonalar, muzey va davlat arxivlariga topshirishi 
mumkin. SHuningdek, arxivlar qimmatli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yangi fond va hujjatlar 
bilan to‘ldirilib borishi arxiv hujjatlaridan foydalanuvchilar uchun katta manba bo‘lib xizmat 
qilmoqda. 
Arxiv ishlari to‘g‘risidagi qabul qilingan yangi tahrirdagi qonunning maqsadi arxiv ishi 
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling