1. Mavzu : O‘lkashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixidan. Reja
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
tarixiy o\'lk.ma\'ruza majmua
MUZEYSHUNOSLIK, muzeologiya — muzeylar tarixi, ularning ijtimoiy vazifalari, muzey
ishi nazariyasi va metodikasi masalalarini o‘rganadigan fan tarmog‘i. Muzey tizimiga muzey ishi nazariyasi, m u z e y ishi. tarixi (muzey tarixshunosligi bilan), muzey manbashunosligi, muzeylar va muzey tadqiqotlari faoliyatiga doir barcha o‘ziga xos tomonlarni o‘rganuvchi ilmiy metodika kiradi. Muzey buyumlarini jamlash, muzeyga keluvchilarni o‘rganish jarayonida dala tadqiqotlari uslari va bevosita muntazam kuzatuv ishlari, ijtimoiy usullarni qo‘llaydi. 1876 yshgda bunyod etilgan Toshkent Xalq muzeyi negizida yuzaga kelgan ushbu muzeyning ulkan jamg‘armasi mavjud, unda katta ilmiy-tadqiqot ishi olib borilmokda. SHarq uslubida qurilgan muzey binosi me’morchiligining o‘zi betakrordir. Respublika Qurolli Kuchlari markaziy muzeyida ham harbiy harakatlarning muayyan bosqichlarini aks ettiruvchi asil nusxadagi hujjatlar, foto va kino materiallar va turli qurollar ham namoyish etshgmokda. Amir Temurning so‘nggi Oltin O‘rda xoni To‘xtamishga qarshi uchinchi yurishi haqida hikoya qiluvchi jang manzarasi g‘oyat noyob bo‘lib, Markaziy Osiyoda yagonadir. Muzey zallarida harbiy san’at tarixining uch davriga daxldor eksponatlar qo‘yilgan: temuriylar davri, O‘zbekistonning jahon urushidaga ishtiroki va qurolli kuchlarning hozirgi holati. Ularning barchasi asosiy manba, madaniy- tarixiy qadriyat sifatida asoslangan vasinovdan o‘tgan. Hozirgi vaqtda muzey xarbiy jamg‘armasida etti mingdan ko‘proq tarixiy eksponatlar mavjud. Muzeylardagi ilmiy tadqiqotlar natijalari kolleksiyalar, ekspozitsiyalarni konservatsiyalash, ta’mirlash, saqlash, muhofaza qilish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, shuningdek, muzey faoliyatining boshqa turlari darajasini aniklaydi. Respublika tarixiy muzeylarida saqlanayotgan eng boy jamg‘arma to‘plamlari qadimshunoslik, elshunoslik, tangashunoslik, moddiy va ma’naviy madaniyat tarixi, harbiy tarix, geraldika, epigrafika kabi fanlardagi tadqiqotlar uchun ulkan baza hisoblanadi. SHunday qilib, tarixiy muzeylardaga ilmiy-tadqiqot faoliyati badiiy va axloqiy kiymatga ega yanga tarixiy ma’lumotlar olish manbai sifatida muzey ashyolarini o‘rganish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, muzeylar etuk tarixiy shaxslar yoki voqea- hodisalarni o‘rganish uchun barcha ma’lumotlar mavjud bo‘lgan yagona yoki asosiy markaz bo‘lib hisoblanadi. Ularni o‘rganish - u.lkan ilmiy va g‘oyaviy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Muzey materiallarini monografiyalar sifatida va ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib etishfuqarolarning tarixiy onshni boyitishga, ularda faxr va vatanparvarlik tuygusini tarbiyalashga yordam beradi. Afsuski, muzeylar ishining bu qismi past darajada qolib ketmoqda. Tadqiqot faoliyatini kengaytirish va chuqurlashtirish, chop etish va muzeyga keladigan tomoshabinlar miqsorini oshirish zarur. SHuningdek, to‘plamlar va eksponatlar bilan doimiy to‘ldirib borish tarixiy muzeylarning eng muhim vazifasi hisoblanadi. Muzey ashyolarini butlash va hujjatlashtirish, ularga ilmiy ipglov berish, ekspozitsiyalar va ko‘rgazmalarni asl nusxalar bilan ta’minlash alohida e’tibor va mas’uliyatni talab etadi. TURIZM (frans. toir — sayr, sayohat), sayyohlik — sayohat (safar) qilish; faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda uzog‘i bilan 1 yil muddatga jo‘nab ketishi (sayohat qilishi) tushuniladi. Turizmning tarixi 19-a. boshlariga borib taqaladi Dastlab Angliyadan Fransiyaga uyushgan sayyohlik tashkil etilgan (1815 y.). Turizmning asoschisi hisoblanmish ingliz ruhoniysi Tomas Kuk 1843 y.da 1-temir yo‘l sayyohligini tashkil qildi. Shundan so‘ng u o‘zining xususiy turistik korxonasini tuzdi va 1866 y. dastlabki sayyohlik guruhlari AQSHga jo‘natildi. Sharqda arab sayyohi Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling