1. Mavzu : O‘lkashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixidan. Reja


-mavzu:  Muzeylarning o‘quv-tarbiyaviy ishlarda tutgan o‘rni


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/30
Sana29.08.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1671362
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
tarixiy o\'lk.ma\'ruza majmua

7-mavzu: 
Muzeylarning o‘quv-tarbiyaviy ishlarda tutgan o‘rni.

Reja: 
 
Reja:
 
1. 
Muzeylarning o‘lka miz tarixini o’rganishdagi ahaniyati.
2. 
Fan tizimida muzeyshunoslik.
3. 
Modiiy va ma’naviy merosni asrash hamda targ‘ib etishda muzeylarning o’rni.
4. 
Muzeylarning o‘quv-tarbiyaviy ishlarda tutgan o‘rni.
5. 
Turkistonda tashkil etilgan dastlabki muzeylar.
6. 
O’zbekistonda 1917-90 yillarda tashkil etilgan muzeylar faoliyati.
7. 
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda yangi tashkil etilgan muzeylar va ularning
faoliyati 
8. 
“Muzeylar to’g‘risida ”gi Qonun va qarorlarning qabul qilinish va ahamyati. 
 
Adabiyotlar: 
1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga 
ko‘taramiz. T.1. - T.: O‘zbekiston, 2017. 
2. Karimov I.A. Inson uning huquq va erkinliklari - oliy qadriyat. T.14. - T.: O‘zbekiston, 2006. 
3. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. 
- T.: O‘zbekiston, 2015. 
4. Karamatov H. O‘zbekistonda moziy e’tiqodlar tarixi. 2009 y.
5. Nabiev A. Tarixiy o‘lkashunoslik. — T., 1996. 
6. Ochildiev F.B. Tarixiy o‘lkashunoslik. Toshkent. 2008 y 
7. Vaxidov M.M., Mirzaev Sh.R. Me’morchilik. 1-qism. Me’morchilik tarixi.T., “Tafakkur”.-2010. y.
 
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar

Muzey xaqida tushuncha. Muzeylarni 


tashkil etish. Muzey turlari. Muzey eksponatlari. O‘lkashunoslik manbalari orasida haqiqiy ilmiy 
va madaniy-ma’rifiy muassasaga aylanib qolgan muzeyning o‘rni va ahamiyati kattadir. U moddiy 
va ma’naviy madaniyat yodgorliklarining asl nusxalarini, arxeologiya, etnografiya, tomonimikaga 
oid materiallarni to‘playdi, saqlaydi va ilmiy asosda o‘rganib tahlil qiladi, natijalarini esa 
ekspozitsiya sifatida ommalashtiradi. Yig‘ilgan va muzeyda saqlanayotgan barcha materiallar 
muzeyning ilmiy bazasini tashkil etadi va uning ijodiy faoliyatida asos bo‘lib xizmat qiladi. Mana 
shu manbalar asosida muzeylar ilmiy tadqiqot va ilmiy hamda madaniy-ma’rifiy ta’lim-tarbiya
ishlarini olib boradi. Respublikamiz hududida uch turdagi muzeylar mavjud bo‘lib, birinchi turdagi 
muzeylarga ilmiy-tadqiqot va madaniy-ma’rifiy ishlarini olib boradigan muzeylar kiradi. Ular bir 
vaqtning o‘zida ilmiy- tadqiqot va madaniy-ma’rifiy hamda ta’lim-tarbiyaviy ishlarni olib boradi. 
Ikkinchi turdagi muzeylarga faqat bir soha bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradigan muzey 
laboratoriyalariga ega bo‘lgan maxsus muzeylar (masalan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi 
qoshidagi bakteriologiya va mineralogiya muzeyi) kiradi va nihoyat, uchinchi turdagi muzeylarga 
faqat o‘quv turidagi" muzeylar kiradi. Bu muzeyning asosiy maqsadi o‘quv jarayonini 
yaxshilashdan iborat. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling