1. Mavzu : O‘lkashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixidan. Reja


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/30
Sana29.08.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1671362
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
tarixiy o\'lk.ma\'ruza majmua

MUZEYLAR (yun,musion — muzalarga bag‘ishlangan joy) — tarixiy, moddiy va ma’naviy 
yodgorliklarni to‘plash, saqlash, o‘rganish va targ‘ib qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy, ilmiy-
ma’rifiy muassasalar. Muzey xazinasida, asosan, moddiy va tasviriy narsalar, shuningdek, san’at 
asarlari jamlanadi, shu bilan birga yozma manbalar (qadimdan hoz. davrgacha bo‘lgan tarixiy 
qimmatga ega qo‘lyozmalar, bosma hujjatlar, kitoblar) saqlanadi.
Zamonaviy muzeyning ko‘plariga tadqiqot va ta’lim-tarbiyaviy vazifalarning bir butunligi 
xos. Muzeyning o‘ziga xos ilmiy ommaviy va tarbiyaviy shakllari — ekspozitsiya, qo‘rgazmalar.
Zamonaviy ilmiy tasnifda muzey tur va sohalar bo‘yicha farqlanadi. Ijtimoiy vazifasiga ko‘ra 
ilmiy tadqiq o t - m a ‘ r i f a t (Muzey ning asosiy qismini tashkil etadi, ba’zan ular xalq Muzey, 
ommaviy Muzey. deb ham ataladi), tadqiqot (ilmiy tadqiqot in-tlari qoshida o‘ziga xos lab. 
vazifasini o‘tovchi) va o‘quv Muzey.iga bo‘linadi. Sohalar bo‘yicha tarix,., tabiatshunoslik, 
san’atshunoslik, adabiyot, texnikaga oid va boshqa Muzeyga bo‘linadi. SHuningdek, Muzey.ning 
memorial muzeylar, majmua o‘lkashunoslik kabi turlari bor.
Muzey katta ilmiy tadqiqiy va tarbiyaviy ishlarni olib boradi: to‘plamlarni butlaydi va 
o‘rganadi; ilmiy hujjatlarni tayyorlaydi, muzey ashyolarini saqlash va ta’mirlash tartibini yaratadi, 
monografiya, katalog, yo‘l- ko‘rsatkichlar nashr etadi; zamonaviy,muzeyshunoslik ishlab chiqqan 
ilmiy usul va metodologiya asosida ekspozsiyalarda ilmiy tashviqotlar olib boradi. Tomoshabinlar 
bilan ishlashning eng muhim shakli ekskursiyadir.
Muzeyshunoslik xususida muhim ma’lumotlar:
 
1. 
Muzey- grekcha “muza”—“ma’buda” degan ma’noni anglatadi. 2.Muzey dastlab –
Gretsiyada paydo bo‘lgan.
3. 
1998 yil 12 yanvarda—“muzeylar 
faoliyatini 
tubdan yaxshtlash va 
takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘z.Res Prezidentining farmoni.
4. 
Xozirgi kunda vazirliklar,idoralar,muassasalar tizimida---1200ga yaqin muzeylar bor.
Madaniyat va sport ishlari tasarrufida—87 ta davlat muzeyi,( 3ta muzey qo‘riqxona,37 ta 
muzey, 47 muzey filiallari):
--shundan
-50 tasi tarixiy va o‘lkashunoslik


--10 tasi badiiy
--12 tasi yodgorlik
--10 tasi badiiy yodgorlik
--3 tasi adabiy
-2 tasi tabiiy va tabiiy-me’moriy muzey xisoblanadi.
375 ta maktab va 234 tasi akademik litsey va kollejlarda ko‘rgazmalar tashkil qilingan.
Siyosiy, ilmiy, madaniy, iqtisodiy ehtiyojlarni qondiruvchi Muzey ning paydo bo‘lish Tarixi 
uzoq qadimga borib taqaladi Muzey.ning o‘tmishdoshlari tabiat va ijtimoiy hayotdan olingan asl 
buyumlarni xo‘jalik maqsadlarida va moddiy boylik Sifatida emas, balki memorial guvohnoma va 
estetik qimmatli asl narsalar sifatida saqlana boshlagan davrda yuzaga kelgan. Kritdagi Knos saroy 
xazinasi (mil. av. 16-a.), Vanlar saroyi va ink kohinlarining arxivi (mil. av. 13—12-a.lar, Xitoy), 
Nineviya saroy kutubxonasi (mil. av. 7-a.) va b. shular jumlasidan. Qadimdan ibodatxona, keyinroq 
xususiy to‘plamlarda (mil. av. 3- a.dan) asosan san’at asarlari jamlangan (Varres, Sulla galereyalari, 
Serviliy, Krass, Lukull, Pompey,
Sezar va b. to‘plamlari). Vizantiya sobor va monastirlarida, qeyinroq Fransiya, Italiya. 
Germaniya va b. mamlakatlar soborlarida turli xil to‘plamlar saqlangan. Evropada ilmiy vazifalar 
yuklatilgan Muzeyning paydo bo‘lishi buyuk geografik kashfiyotlar, amalga oshayotgan davr — 
Uyg‘onish davriga to‘g‘ri keladi; bu davrda hayvonot va o‘simlik dunyosi namunalari, minerallar, 
geodeziya va astronomiya asboblari, etnografik ahamiyatga. ega narsalar jamlangan; tabiiy, ilmiy. 
etnografiya va tarixiy-badiiy noyob narsalar jamlangan saroy to‘plamlari (kunstkameralar, myuns-
kabinetlar va b.) shuhrat qozongan. Dastlab M. va ular haqidagi dastlabki tavsiflar, shuningdek, 
muzeyshunoslik haqidagi nazariy asarlar ham shu davrda paydo bo‘ldi. Florensiya (L. Medichi, 15-
a.). Rim (Vatikan muzeyi, 16-a.), Drezden (Avgust Saksonskiy, 16-a.) va b. joylardagi antik davr 
yodgorliklari to‘plamlari shu davrga mansub..17—18-a.larda keyinchalik ko‘plari davlat". milliy 
Muzey negizini tashkil qilgan. xususiy to‘plamlar (tarixiy, arxeologik, tabiatshunoslik, 
san’atshunoslik) shakllandi.
O‘zbekistonda M. 19-a.ning 2-yarmida tashkil etila boshlagan. 20-a. boshida O‘zbekistonda 
faqat 3 muzey — Toshkent o‘lkashunoslik muzeyi (1876, hoz. O‘zbekiston tarixi muzeyi), 
Samarqand xalqmuzeyi (1896, hoz. A. Ikromov nomidagi O‘zbekistdn xalklari, madaniyati va 
san’ati tarixi muzeyi), Farg‘ona xalq muzeyi (1899, hoz. Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyi) 
bor edi. Ularning to‘plamlari kam, ekspozitsiyalarining ko‘pi tasodifiy materiallardan tashkil
topgan. 20-a. 20-y.laridan turli sohadagi M. tashkil etila boshladi. Muzeylar va madaniyat 
yodgorliklari davlat ixtiyoriga o‘tkazilib, muhofaza qilina boshlandi. Ilmiy ekspediiiyalar 
uyushtirilib, Muzey uchun kolleksiyalar to‘plash ishi yo‘lga qo‘yildi, ko‘plab Muzey tashkil etildi. 
Hozir O‘zbekistondagi M.ning asosiy qismi O‘zbekiston madaniyat ishlari vazirligi qaramog‘ida. 
Yirik Muzey: O‘zbekiston tarixi muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston san’at 
muzeyi (1918), A. Ikromov nomidagi O‘zbekiston xalqlari madaniyati va san’ati tarixi muzeyi, 
O‘zbeqiston tabiat muzeyi (.1876) va b., Respublikaning deyarli barcha viloyatlarida 
o‘lkashunoslik Muzey jahon ahamiyatiga molik memorial muzey bor.
Muzey ta’lim-tarbiya va ilmiy vazifalarga ega bo‘lgan Muzey tizimi taraqqiyotigaob’ektiv 
ehtiyojlar ortib bormokda. AQSH. Italiya. Franliya. Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya va b. 
mamlakatlar eng taraqqiy etgan Muzey tizimiga ega. Muzey ning xalqaro maydonga chiqishibilan 
ularning ta’sirdoirasi kengayib bormoqda. Bunda ko‘rgazmalar ayirboshlash birinchi o‘rinda turadi. 
Muzey jahonning turli mamlakatlariga o‘z xazinalarini yuboradi, ayni paytda chetmamlakatlarning 
ko‘rgazmalarini o‘zlarida qabul qiladi va ko‘rgazma hamda Muzey da namo.yish etadi Muzey 


xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirishga yordam bermoqda. Milliy madaniyatlarningo‘zaro 
boyishi va xalqlar o‘rtasida ham- fikrlikni rivojlantirishga katta hissa ko‘shmoqda. Jahon Muzey 
xalqaro tashkilotga birlashgan, YUNESKO tarkibida Muzeylar xalqaro kengashi (IKOM) mavjud. 
Uning tarkibiga milliy Muzey ning qo‘mitalari kirgan.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling