1. Mavzu : O‘lkashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixidan. Reja
- Mavzu: Tarixiy o‘lkashunoslikni o‘rganishda yozma va arxiv manbalarning tutgan
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
tarixiy o\'lk.ma\'ruza majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
5- Mavzu:
Tarixiy o‘lkashunoslikni o‘rganishda yozma va arxiv manbalarning tutgan o‘rni. Reja: 1. Yozma manbalarning ahamyati va ularning turlari. 2.O‘rta Osiyo xalqlarining qadimgi davr tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan manbalar va ularning ilmiy ahamiyati. 3. Qadimgi yunon-fors manbalarida o‘lkamiz. 4. IX – XII asrlarda yaratilgan manbalarda o‘lkamiz haqidagi ma’lumotlar. 5. O‘zbekistonda arxiv ishi tarixidan. Arxivshunoslik haqida ma’lumot. 6. O‘rta Osiyoda o‘rta asrlar davri arxiv ishlari tarixidan. 7. Tarixiy jarayonlarni yoritishda va o‘lka shunoslikni o’rganishda arxiv hujjatlarining o’rni. 8. Mustaqillik davrida arxiv ishlari tizimi. Adabiyotlar: 1.Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq. –T.; O‘zbekiston 2016. 2.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.; O‘zbekiston 2017. 3.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T. 1997. 4.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. Toshkent. 2008 y. 5.Karamatov H. O‘zbekistonda moziy e’tiqodlar tarixi. 2009 y. 6.Nabiev A. Tarixiy o‘lkashunoslik. — T., 1996. 7.Ochildiev F.B. Tarixiy o‘lkashunoslik. Toshkent. 2008 y 8.Vaxidov M.M., Mirzaev Sh.R. Me’morchilik. 1-qism. Me’morchilik tarixi.T., “Tafakkur”.-2010. y. 9.Jabborov I. M. O‘zbek xalqi etnografiyasi. — T., 1994. 10.Jabborov I. M. Jahon xalqlari etnografiyasi. - T., 1985. 11.Asanova G., Nabixanov M., Safarov I. O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo‘g‘rofiyasi. — T., 1994. 12. Alimov I.A. Arxivshunoslik. –T., 2005. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Arxivshunoslik haqida ma’lumot. Arxiv hujjatlari. Arxiv turlari. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi. Arxiv hujjatlarini kidirib topish, ular ustida ishlash va olingan ma’lumotlarni xayotga tadbiq qilish bu juda murakkab ishdir. Arxivda tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, ayrim shaxslarning ko‘p yillik faoliyatlari xaqida ma’lumot va hujjatlar saqlanadi. Arxiv ishlarini o‘rganish maktab va Oliy o‘quv yurtlarida jonajon vatanimiz tarixidan o‘qilayotgan leksiya va seminar mashg‘ulotlarida faktik material bo‘lib xizmat qiladi va maktab o‘lkashunoslik muzeyini tashkil kilishda yordam beradi. Hozirgi kunda O‘zbekiston respublikasida juda ko‘p arxivlar mavjud bo‘lib, ularni shartli ravishda 2 guruhga bo‘lish mumkin: muassasa arxivlari va davlat arxivlari. Respublikamiz xududida faoliyat kursatayotgan markaziy va maxalliy boshqaruv organlari (vazirliklar, xokimiyatlar va boshkalar) turli tashkilotlar, korxona va jamoat tashkilotlari xaqida joriy arxivlar mavjud. Bunday arxivlar muassasa arxivlari deb ataladi. Muassasa arxivlarida hujjatlar ma’lum muddat saqlanadi. Shu boisdan bu arxivlarda saklanayotgan hujjatlarning tarkibi o‘zgarib turadi. Belgilangan muddatdan sung muassasa arxivlaridagi hujjatlar davlat arxivlari fondlariga topshiriladi. Muassasa arxivlarining faoliyati, bu arxivlarda saqlanayotgan hujjatlarning davlat arxivlariga topshirish tartibi tegishli nizomlar asosida amalga oshiriladi. Muassasa arxivlarida hujjatlar turli muddatlar davomida saqlanadi Mamlakatimizda arxiv ishini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etishga katta e’tibor qaratilayapti. Shu kabi sa’y- harakatlar tufayli arxiv hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, jamlash, hisobga olish, saqlash, ulardan foydalanish borasida yuqori samaralarga erishilmoqda. Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda arxiv ishini tartibga solish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 15 iyunda imzolangan “Arxiv ishi to‘g‘risida” gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2 qarori va arxivlashtirish faoliyatini tartibga soluvchi boshqa bir qator hujjatlar asosida idoraviy arxivlar ishi me’yorlashtirib borilmoqda. Arxiv hujjatlarini jamlash, sifatli hamda talab darajasida saqlash, saqlovdagi hujjatlar hisobini yangi texnologiyalar asosida olib borish, ijtimoiy va huquqiy toifadagi so‘rovlar yuzasidan idoralar hamda fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish izchil ta’minlanmoqda, Mamlakatimizda 103 davlat arxivi, mahalliy hokimliklar huzurida 110 idoralararo arxivlar hamda 9 mingdan ziyod idoraviy arxiv faoliyat yuritmoqda. Ularda saqlanayotgan milliy arxiv fondi hujjatlari 8,6 million saqlov birligiga, idoraviy arxivlarda 1,2 million birlikka etdi. Sohada kadrlar tayyorlashga doimiy e’tibor berib kelinadi. Jumladan, arxiv muassasalari, arxiv ishi va ish yuritish yo‘nalishida kadrlar tayyorlaydigan 28 ta o‘rta maxsus hamda kasb-hunar kollejlari, 4 ta oliy o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda istiqlol yillarida sohada erishilgan yutuqlar, jumladan, arxivlar yangi bino va qo‘shimcha inshootlar bilan ta’minlangani, ularda xodimlar hamda foydalanuvchilar uchun qulay sharoitlar yaratilayotgani alohida ahamiyat kasb etadi . O‘zbekistonda mustaqllik yillarida arxivlar faoliyati rivojlanishida yangi bosqichlar va yangi ustivor vazifalar belgilanib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan arxivlar faoliyatini doimiy tarzda rivojlantirib borishda turli tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Milliy arxiv fondi davlat va nodavlat qismlardan tarkib topgan bo‘lib, unga kiritilgan hujjatlar mamlakatimiz madaniy merosining ajralmas bo‘lagi sanaladi va ularni saqlash muddati cheklanmagan. Nodavlat korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlar, shuningdek, jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlari fondning nodavlat qismini tashkil etadi. “O‘zarxiv” agentligi tomonidan bildirilgan fikrlarga ko‘ra “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni mamlakatimiz arxiv muassasalari faoliyatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berayotganini ta’kidlanmoqda. Ayni paytda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan ettita arxivda nodavlat tashkilotlari, muassasalari va korxonalarining hujjatlari saqlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarori arxivlar faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Ushbu qarorga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslar o‘z hujjatlarini saqlash uchun kutubxonalar, muzey va davlat arxivlariga topshirishi mumkin. SHuningdek, arxivlar qimmatli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yangi fond va hujjatlar bilan to‘ldirilib borishi arxiv hujjatlaridan foydalanuvchilar uchun katta manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Arxiv ishlari to‘g‘risidagi qabul qilingan yangi tahrirdagi qonunning maqsadi arxiv ishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling