1. Mavzu : O‘lkashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixidan. Reja


shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/30
Sana29.08.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1671362
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Bog'liq
tarixiy o\'lk.ma\'ruza majmua

shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar — xodimning ish beruvchi bilan mehnatga oid 
munosabatlarini aks ettiruvchi arxiv hujjatlari. 
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida, davlat korxonalari, muassasalari va 
tashkilotlarida turgan arxiv hujjatlari, shuningdek ular tomonidan davlat arxivlari, muzeylari va 
kutubxonalariga topshirilgan arxiv hujjatlari davlat mulki hisoblanadi hamda mazkur hujjatlar 
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, oldi-sotdi yoki mulk huquqini boshqa shaxsga 
o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa bitimlar ob’ekti bo‘lishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan. 
Davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari davlat tasarrufidan chiqarilgan va 
xususiylashtirilgan taqdirda ularning arxiv hujjatlari, shu jumladan shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar 
davlat mulki bo‘lib qolishi hamda belgilangan tartibda davlat arxivlariga topshirilishi ko‘rsatib 
o‘tilgan.Markaziy Osiyo tarixiga oid ilk yozma manbalar – “Avesto”, ahamoniylar davri mixsimon 
yozuvlari va qadimgi dunyo (yunon rim) mualliflari asarlari yurtimizdan tashqarida yozilgan. Ular 
Qadimgi Sharq va dunyo tarixida birinchi bo‘lib, o‘lkamizdagi halqlar nomlarini, alohida joylar, 
tog‘lar, daryolar va ko‘llarning nomlarini, afsonaviy qahramonlar va podsholrning nomlarini, 
yurtimiz xalqlarining turmushi, dini madaniyati, ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy tuzumi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 
Mil.avv. 559 yilda Erondagi ahamoniylar sulolasining yirik davlatiga podsho Kir II asos 
soladi. Mil.avv. 545-540 yilllarda ahamoniylar O‘rta Osiyoning Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya va 
Sug‘diyona viloyatlarini bo‘ysundirganlar. Sak – massagetlarga qarshi Kir II ning yurishlari 
mil.avv. 530 yilda muvafaqqiyatsiz yakunlangan. (saklarni) Doro I davrida (mil.avv. 522-486 yillar) 
ahamoniylar sulolasi Hind vodiysidan O‘rta Er dengiziga qadar bo‘lgan keng hududda o‘z 
hukmronligini o‘rnatgan. Ahamoniylar davlatitarixda birinchi yirik dunyo davlati deb hisoblangan. 
Bu davlat ko‘p sonli viloyatlar, shaharlar va xalqlarni birlashtirdi. O‘rta Osiyoda ahamoniylar ikki 
yuz yil davomida hukmronlik qilganlar. (mil.av.330 yilgacha). Ahamoniylar davri mixsimon 
yozuvlarida O‘rta Osiyo xalqlari va viloyatlari to‘g‘risida turli xil ma’lumotlar bor. Bu yozuvlar 
mil.avv. VI-IV asrlarga oid bo‘lib, Behustun va Naqshi Rustam qoyatoshlarida, Suza, Persipol va 
Hamadon shaharlarida topib tekshirilgan. SHular jumlasidan eng muhimi Behustun yozuvlari 
bo‘lib, Doro I davrida Kirmonshoh va Hamadon shahri o‘rtasidagi yo‘lda baland qoyatoshlarda 
yozilgan (Midiya o‘lkasi). Behustun yozuvlari qadimgi fors, elam va akkad tillarida bitilgan. Doro 
I bunday xabar qiladi: “Axuramazda irodasi bilan quyidagi davlatlarni qo‘limga kiritib, ularning 
podshosi bo‘ldim: Fors, Elam, Bobil, Ossuriya, Arabiston, Misr, Midiya, Lidiya, Armaniston, 
Kappadokiya, Parfiya, Marg‘iyona, Ar’yo, Xorazm, Baqtriya, Sug‘diyona, Gandaraxa, Saka, 
Sattagadiya, Araxoziya, Maka (hammai bo‘lib 23 ta viloyat). 
... Men Bobilda bo‘lganimda, quyidagi davlatlar mendan ajralib chiqib ketganlar: Fors, Elam, 
Midiya, Ossuriya, Misr, Parfiya, Marg‘iyona, Sattagediya, Saka”. 
Shoh Doro ayturki: “Marg‘iyona nomli davlat mendan ajralib chiqdi. Marg‘iyonalik Frada 
ismli bir kishi o‘zini viloyatning hokimi deb e’lon qildi. Keyin, men, Baqtriya satrapi, bo‘ysunuvchi 
odamim Dadarshishni chaqirib, unga gapirdim: “Menga bo‘ysunmaganlarni, tor-mor qilish kerak”. 
Dadarshish qo‘shinlari otlanib, marg‘iyonaliklar bilan jang qildi. Axuramazda menga yordam 
ko‘rsatdi. Axuramazda idorasi bilan mening qo‘shinlarim qo‘zg‘olonchilarni butunlay 
mag‘lubiyatga uchratdi. Bu jang asiyadiy oyining 23 kunida sodir bo‘ldi. SHundan so‘ng davlat 
mening qo‘limga kirdi. Mana men Baqtriyada nimalarni qildim”. 
... Podsho xabar qiladi: “Bundan so‘ng men saklarga qarshi sak yurtiga bostirib kirdim, 
ularning o‘zlari cho‘qqi qalpoq, kiyib yuradilar. Men daryoga etib keldim. Daryoda kemalardan 
ko‘prik qilib, saklarni tor mor qildim. Ularning sardori Skunxa ismli odamni tutib, mening 
huzurimga keltirdilar. Men zo‘ hohishim bilan saklar yurtiga yangi boshliq tayin qildim. SHundan 
so‘ng mamlakat mening qo‘l ostimga o‘tdi”. Shoh Doro ayturki: “Bu saklar Axuramazdani 


qadrlaganlar, men Axuramazdani ulug‘layman. Axuramazda irodasi va hohishim bilan men ularni 
tinchitib qo‘ydim”. 
Hamadon yozuvlarida DoroI bunday xabar qiladi: “Men Doro, ulug‘ shoh, shahonshoh 
davlatlar podshosi, vishtasp o‘g‘li, Ahamoniy Shoh Doro ayturki: “Mana huzurimda bo‘lgan 
podsholik, Sug‘diyonaning narigi yog‘idagi saklar yurtidan Efiopiyagacha, Hindistondan 
Midiyagacha – bu podsholikni menga Axuramazda xudolar o‘rtasidagi ulug‘ xudo, tortiq qilgan”. 
Behustun yozuvlarida Doro birinchi bo‘lib ahamoniylar davlatining g‘arbiy viloyatlarini ko‘rsatib 
bergan bo‘lsa, Naqshi Rustam yozuvlarida mamlakatlar ro‘yxati Midiya va Elamdan so‘ng sharqiy 
viloyatlardan boshlandi: “Men Doro, ulug‘ podsho, shahanshoh ko‘p qabilali mamlakatlarning 
podshosi, keng sayhon erlarning podshosi. Vishtasp o‘g‘li, Ahamoniy, fors, forsning o‘g‘li, oriylar 
urug‘idan kelib chiqqan oriy”. 
Shoh Doro ayturki: “Fors viloyatlaridan tashqari quyidagi mamlakatlarni men 
bo‘sundirganman. Menga xiroj to‘lovchi bo‘lgan, mening so‘zimni ijro etgan, mening qonunimga 
asoslanib rivojlanayotgan Midiya, Elam, Ar’yo, Baqtriya, Sug‘diyona, Xorazm, Saka Xaumavarka, 
Sak tigraxauda, Saka tiaytaradarayya, dengiz orti saklari. Ahamoniylar davri yozuvlarida viloyatlar 
va xalqlarning nomlari, siyosiy jarayonlar, Marg‘iyonadagi Frada boshchiligidagi qo‘zg‘oloni tor-
mor qilinishi, saklar yurtiga qarshi yurishlar, iqtisodiy tuzum va moddiy madaniyat to‘g‘risida 
ma’lumotlar berilgan. 
Yunon-fors urushlari boshlanishi bilan mil.avv. VI-IV asrlar siyosiy voqealarda ishtirok etgan 
O‘rta Osiyo xalqlarining tarixi qadimgi yunon tarixshunoslarining asarlarida yozilgan. Bu borada 
O‘rta Osiyo xolqlari to‘g‘risida qisqa bo‘lsada, juda aniq ma’lumotlar beruvchi Gerodotning 
“Tarix” kitobi ayniqsa, qimmatlidir. Qadimgi davrlardan boshlab bu kitob dunyoda eng mashhur 
tarixiy asarlardan biri bo‘lib hisoblangan. Uning muallifi Gerodot “tarixning otasi” deb nom olgan. 
Gerodot mil.av. 484 yilda Kichik Osiyodagi Gellikarnas shahrida tug‘ilgan. (mil. av. 431-425 yillar 
o‘rtasida vafot etgan). U 10 yil davomida ko‘pgina joylarda bo‘lgan. Gerodotni Old Osiyo, Bobil, 
Eron va “dunyo chegaralarida” joylashgan xalqlar va davlatlar tarixi ham ancha qiziqtirgan. 
Qadimgi yunonlarning fikrlariga ko‘ra, O‘rta Osiyo va Hindiston o‘lkalari inson yashagan 
dunyoning sharqiy chegaralari bo‘lgan. gerodot O‘rta Osiyoda hech qachon byuo‘lmagan va bu 
hudud haqida o‘zi eshitgan hikoyalar, surishtirib bilganlari asosida yozgan. Gerodot “Tarix” 
kitobini mil.avv. 455-445 yillarda yozgan bo‘lib, unda Baqtriya, Sug‘diyona, Xorazm va 
massagetlarning moddiy madaniyati, urf- odatlari, turmush tarzi va diniy e’tiqodlari O‘rta 
Osiyodagi Araks daryosining suvlaridan foydalanishi haqida va boshqa ayrim ma’lumotlarni 
beradi. 
Gerodot O‘rta Osiyoda xalqlar yashagan hududining nafaqat aniq, balki umumiy 
chegaralaridan ham bexabar bo‘lgan. Tarxchi massagetlarning hududiy joylashuvi haqida bunday 
yozadi: “Ular sharqda, quyosh chiqish yo‘nalishida, Araks daryosining narigi yog‘ida 
joylashganlar. Araks daryosi Matiyona tog‘laridan boshlab oqadi”. Gerodot ma’lumotlarida 
berilgan “Baqtriya xalqi” tushunchasi maelum bir etnik birlikni birlashtirgan. Bo‘lishi mumkin. 
“Xalq”ma’nosini beruvchi “etnos” so‘zi Gerodot “Tarix”ida juda ko‘p uchraydi va faqat ikki 
joydagina bu so‘z Batqriyaga nisbatan ishlatiladi. Mazkur ma’lumotlar 
Gerodotning 
G.A.Stranovskiy tomonidan rus rus tiliga tarjima qilinib, 1972 yilda chop etilgan “Tarix” asaridan 
olingan. 
Qadimgi yunon tarixshunoslaridan biri Gektaydir. Gektay Melit shahridan bo‘lib (mil.avv. VI-
IV asrlar), olilar fikriga ko‘ra, birinchi bo‘lib ahamoniylarga tobe o‘lkalarning ro‘yxatini keltirgan 
va Qadimgi SHarq xalqlari haqida xabar qilgan (shu jumladan yurtimiz xalqlari haqida ham) va 
uning ma’lumotlaridan Gerodot va Ktiseylar foydalangan. 
Narshaxiy (899-959y.). Narshaxiy (to‘liq ismi Abubakr Muhammad ibn Ja’far Zakariy ibn 
Xattob ibn Sharik) X asrda yashagan buxorolik yirik tarixchi. Hayoti va ilmiy faoliyatiga oid 
ma’lumot yo‘q. YUqorida zikr etib o‘tilgan Samoniyning ia’lumotlariga qaraganda, Narshaxiy asli 
Buxoroning Narshax (hozirgi Vobkent yonida) qishlog‘idan. 


Narshaxiy Buxoro va Quyi Zarafshon vohasida joylashgan shahar va qishloqlarning geografik 
holati, aholisining VII-X asrlardagi ijtimoiy – siyosiy hayotini aks ettirgan qimmatli tarixiy asar 
muallifidir. Asar “Tarixi Buxoro” (Buxoro tarixi), “Tarixi Narshaxiy” (Narshaxiy tarixi), “Tahdid 
ul - viloyat” (Buxoro viloyatini tadqiq etish) nomlari bilan mashhur bo‘lib, 944 yilda yozib 
tamomlagan. 
Nizomulmulk davlatni idora qilish masalalariga bag‘ishlangan “Siyosatnoma” (boshqa nomi 
“Siyar al muluk” – Podsholarning turmushi) nomi asari bilan nom qoldirganyu asar 1092 yili yozib 
tamomlangan. 
“Siyosatnoma” 51 bobdan iborat bo‘lib, unda markaziy davlat apparatining tuzilishi, yuqori 
davlat mansablari va ularga tayinlash tartibi, qabul marosimlari va ularni tayorlash hamda o‘tkazish 
tartibi, qabul marosimlari va ularni tayyorlash hamda o‘tkazish tartibi, mansabdorlar faoliyati 
ustidan nazorat qilish kabi umumdavlat masalalari o‘rtaga qo‘yilgan. 
Unda O‘rta Osiyo tarixi haqida ham muhim va qimmatli ma’lumotlar bor. Somoniylar 
zamonida turk g‘ulomlarining davlat ijtimoiy- siyosiy hayotida tutgan o‘rni, Turkiston xolari 
(Qoraxoniylar) saroyida xizmat qiluvchi xodimlarning maishiy ahvoli, Somoniylar xizmatida 
bo‘lgan amirlarning unvonlari, Xorazmshoh Oltintoj (1017-1032 y.) bilan Sulton Mahmud 
G‘aznaviy vaziri Ahmad ibn Xasan o‘rtasidagi yozishmalar, shular jumlasidandir. Bundan tashqari 
karmatlar, botiniylar harakati, Muqanna qo‘zg‘oloni haqida ham ayrim diqatga sazavor 
ma’lumotlar bor. Alovuddin Otamalik Juvayniyning Mo‘g‘iliston, O‘rta Osiyo hamda Eronning 
XII asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixidan hikoya qiluvchi “Tarixi Jahonkushoy” nomli asari bilan 
shuhrat topdi. Asar 1260 yili yozib tamomlangan. 
Xondamir (1473-1534) XVI asr boshlarida fan taraqqiyotiga kirib kelgan allomalardan biri 
hisoblanadi. Xondamirning “Xumoyunnoma” asari “Qonuni Xumoyun” nomi bilan ham 
mashhurdir. Asar 1535 yil yozib tugatilgan. Xondamirning beshta asarining faqatgina nomlari 
ma’lum xolos. Bular: “Osor ul- mulk va – l – anbiya” (“Podshoh va payg‘ambarlar haqida 
hikoyalar”), “Axbor ul- ahyor” (“YAxshiliklar haqida xabarlar”), “Muntaxab – i Tarix-i Vassof”, 
“Javohir ul - axbor” va “G‘aroyib ul - asror” deb nomlangan asarlari. 
Fors tilidagi ayrim noyob manbalarda ko‘chmanchi o‘zbeklar tarixiga oid ba’zi ma’lumotlar 
mavjud. Chunonchi, Fazlulloh ibn Ruzbekhonning “Mehmonnamayi Buxoro”, Kamoliddin 
Binoiyning “Shayboniynoma”, Ma’sud ibn Usmon Ko‘histoniyning “Tarixi Abulxayrxoniy” 
asarida ko‘chmanchi o‘zbeklar davlati to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘p. Shu boisdan biz ana shu 
original, ammo hanuzgacha kam o‘rganilgan asar haqida to‘liqroq ma’lumot berishni lozim topdik. 
“Tarixi Abulxayirxoniy” tarixiy asar bo‘lib, dunyoning “yaratilishi” to XV asrning 60 – 
yillarigacha islom mamlakatlari tarixini o‘z ichiga oladi. Asarning xulosa qismi (214a-248a 
varaqlar) original bo‘lib, ko‘chmanchi o‘zbeklar davlatining asoschisi Abulxayirxonning hayoti va 
faoliyatiga bag‘ishlangan, shuningdek, ko‘chmanchi o‘zbeklar va ularning ijtimoiy-siyosiy tarixi 
talqin etilgan. 
Sharofuddin Ali Yazdiyning tarixda “Zafarnoma” yoki “Fathnomai sohibqironiy”, 
“Zafarnomaiy Temuriy”, “Tarixiy jahonkushay Tumuriy” nomli asari bilan shuhrat topdi. 
“Zafarnoma” asosan Nizomiddin Shomiyning yuqorida tilga olingan asari asosida zo‘r badiiy 
mahorat bilan yozilgan. Biroq, SHarofuddin Ali Yazdiy Nizomiddin Shomiy asarida bayon etilgan 
voqealarning ba’zilarini yangi tarixiy fakt va dalillar bilan boyitdi. To‘g‘ri, Sharofuddin Ali 
Yazdiyning “Zafarnoma”sida Temurning shaxsi nihoyatda ideallashtirilgan. Shunga qaramay, 
uning shaxsiyati va faoliyatidagi qarama-qarshiliklar, ya’ni uning bir tomondan zolim fotih 
ekanligi, ikkinchidan esa Movarounnahrda feodal tarqoqlikka barham berib, markazlashgan feodal 
davlatga asos solganligi birmuncha haqqoniy va to‘g‘ri tasvirlangan. 
“Tavorix-i guzida, nusratnoma” 1502-1505 yillar orasida yozilgan bo‘lib, ikki mustaqil 
qismdan – “Tavorix-i guzida” va “Nusratnoma” dan iborat. Birinchi qismda O‘g‘uzxon va qadimgi 
turklar, CHingizxon va uning Mo‘g‘iliston, Dashti Qipchoq, O‘rta Osiyoni istilo qilishigacha 
(1500-1505 yy) bo‘lgan hayoti, Dashti Qipchoq hamda O‘rta Osiyoning ijtimoiy – siyosiy ahvoli 


bayon qilingan. Asar ayniqsa, uning ikkinchi qismi (“Nusratnoma”) zo‘r ilmiy qimmatga ega. 
Unda Shayboniylar qo‘shinining tuzilishi uning etnik tarkibi, shuningdek ko‘chmanchilarning 
Qorako‘l, Hisor, Chag‘onyon, O‘ratepa hamda Xo‘jand viloyatlarida qilgan yovuzliklari haqida 
qimmatli ma’lumotlar bor. Asarning yana bir qimmati shundaki, unda muhim tarixiy voqealarning 
sodir bo‘lgan vaqti aniq ko‘rsatilgan. 
Bundan tashqari, Shayboniy qo‘shinlari tarixidan Farg‘ona viloyatining bosib olinishi faqat 
“Nusratnoma”da to‘la va to‘g‘ri yoritilgan. Muhammad Solih Shayboniyxonning hayoti va olib 
borgan qonli urushlari haqida hikoya qiluvchi she’riy asar yozib qoldirgan. U Shayboniyxon 
tug‘ilganidan boshlab, 1505 yillargacha Dashti Qipchoq va Movarounnahrdagi ijtimoiy – siyosiy 
hayoti to‘g‘risida bahs yuritadi. Asarda Shayboniyxon qo‘shinlarining yovuzliklari, mehnatkash 
xalqning og‘ir ahvoli, Qorako‘l, Qarshi va G‘uzorda shayboniylarga qarshi bo‘lib o‘tgan 
qo‘zg‘olonlar haqida ham qimmatli ma’lumotlar, shuningdek, asar boy geografik etnografik 
ma’lumotlarga ega. 
“Shayboniynoma” 1505 yildan keyin yozilgan. Qo‘lyozmaning hozirgacha faqat ikkita 
nusxasi ma’lum. Biri, Venada (Avstriya), ikkinchisi esa Leningrad universiteti kutubxonasida 
saqlanadi. Asar to‘rt marta (1885,1908, 1961,1989 yil) nashr etilgan. Abulg‘ozixon tarix 
sahifalarida feodal hukmdor sifatida emas, balki keng ma’lumotli olim sifatida ajoyib asarlari tufayli 
qoldi. U “Shajara- yi turk va mo‘g‘ul” hamda “Shajara-yi tarakama” nomli ikki yirik va muhim 
tarixiy asar yozib qoldirdi. “Shajara-yi tarakima” turkman halqi va Turkmanistonning o‘rta 
asrlardagi tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. “Shajara - yi turk va mo‘g‘ul” 
esa O‘zbekistonning XV-XVII asrlardagi tarixini o‘rganishda muhim o‘rin tutadi. 
“Shajara-yi tarokima” 1664 yili yozilgan, lekin Abulg‘ozixonning og‘ir dardga chalinib 
qolishi va tez orada vafot etganligi sababli tugallanmagan asar 9 – bobining davomi, ya’ni 1644-
1663 yillar voqealari Anushaxonning topshirig‘i bilan Mahmud ibn Mulla Muhammad Urganjoy 
degan shaxs tomonidan yozilgan. Asarning 1-6 boblari ham o‘sha Mahmud ibn Mulla Muhammad 
Urganjoyning qalamiga mansubdir. “Shajara-yi turk va mo‘g‘ul” qiqacha muqaddima va to‘qqiz 
bobdan iborat. Muqaddimada asosan asarning yozilish sabablari haqida gap boradi. Birinchi bobda 
Odam atodan to Mug‘ul xonigacha, 2-bobda Mug‘ulxondan CHingizxongacha, 3-bobda 
Chingizxonning tug‘ilishidan vafotigacha, 4-bobda Ug‘adoy qoon va uning Mo‘g‘ilistonda 
hukmronlik qilgan avlodlari, 8-bobda Shayboniyxon va uning Movaraunnahr, Qozog‘iston, Sibir 
va Qirimda hukmronlik qilgan farzandlari va nihoyat, 9-bobda Shayboniyxonning 1511 yilidan 
Xorazmda podsholik qilgan avlodi hukmronligi yillarida yuqorida qayd etilgan mamlakatlarda 
sodir bo‘dgan ijtimoiy – siyosiy voqealar bayon etilgan. 
Mirzo Muhammad Haydar Dug‘lot – O‘rta Osiyoning XVI asrdagi atoqli muarrixi, adibi va 
davlat arbobi bo‘lib, mashhur “Tarix Rashidiy” asarining muallifi sifatida tarix sahifalaridan o‘rin 
olgan. 
Mirzo Haydar “Tarixiy Rashidiy”ni Kashmirda ekanligida 1541-1546 yiillar orasida yozadi. 
“Tarixi Rashidiy” ikki qismdan iborat bo‘lib, muallif ularni “daftar” deb ataydi. Birinchi daftarda 
Mo‘g‘iliston va Qashg‘arda hukum surgan Chig‘atoy xonlari tarix, ulardan birinchi bo‘lib islom 
dinini qabul qilgan Tug‘luq Temurdan boshlab, to 1533 yili taxtga o‘tirgan Abdurashidxon 
tarixigacha yoritilgan. Ikkinchi “daftari” 1541-1542 yillarda yozilgan unda tarixiy voqealar va 
muallifning sarguzasht kechinmalari bayon etilgan. 
Tarix fanitaraqqiyotini belgilovchi omillar orasida arxiv materiallari, ayniqsa, diqqatga 
sazovardir. Shuning uchun tarixiy jarayonlarni yoritishda va o‘lkashunoslikni o‘rganishda arxiv 
hujjatlarining o‘rni juda muhim. 
Arxiv hujjatlarini qidirib topish, ular ustida ishlash va olingan ma’lumotlarni hayotga tadbiq 
etish murakkab ish. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi rahbaryati arxiv hujjatlarini har 
tomonlama o‘rganib, tarix inson va jamiyat darslarida foydalanish va yoshlarni shu yo‘l bilan har 
tomonlama etuk, aqlan rivojlangan qilib tar biyalash vazifasini yuklamoqda. 


Xonliklarning XIX asrgacha bo‘lgan hujjatlari baxtga qarshi bizgacha saqlanmagan. Ular 
o‘zoro feodal urushlari, vayronagarchiliklar natijasida yo‘q bo‘lib ketgan. Qo‘qon va Xiva xonlari 
arxivlari, Buxoro amirligining Qushbegi arxivi qisman saqlangan. Ularda XIX asrlarga oid 
hujjatlarning bir qismi saqlangan. O‘rta Osiyoning chor Rossiyasi bosib olgandan keyingi davr 
arxivlari, ya’ni XIX asrning ikkinchi XX asr hujjatlari to‘la saqlangan. 
Qo‘qon va Xiva xonliklari arxivlari tarixi o‘ziga xosdir. CHorizm bu xonliklarni bosib 
olganidan keyin ushbu arxiv materiallari 1876 yil Peteburgga- imperator kutubxonasiga olib 
ketiladi. Bu hujjatlar 30-yilning oxirigacha e’tibordan chetda qolib, umumiy ishda foydalanilmay 
keldi. Keyin Qo‘qon, Xiva arxivlari ekanligi aniqlanib, keng foydalanila boshlandi. 
Qo‘qon xonlari arxivi haqida tarixchi Troitskaya 1968 yilda “Katalog arxiva Kokandskix 
xanov XIX veka” nomli ma’lumotnomasini e’lon qildi. 1962 yilda bu xujjatlar Leningraddan 
Toshkentdagi Markaziy Davlat Arxiviga olib kelingan. 
Xiva xonlari arxivi hujjatlarini birinchi bo‘lib 1939 yildaolim P.P. Ivanov o‘rganib chiqib, 
ular to‘g‘risida xabar beradi. 
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Davlat Arxivida Qo‘qon, Xiva xonlari arxivlari, 
Buxoro amirligining Qushbegi arxivi, Turkiston geniral – gubernatorligi, uning barcha tashkilotlari 
arxivlari, shuningdek, O‘zbekistonning oktyabr to‘ntarishidan keyingi davr, sobiq ittifoq davri 
tashkilotlarining arxiv materiallari saqlanadi. Unda bir milliondan ortiq yig‘ma jildlar bor bo‘lib, u 
O‘rta Osiyodagi eng katta arxiv hisoblanadi. 
Arxiv hujjatlari yozma va og‘zaki shaklda bo‘lishi mumkin. Og‘zaki tarixiy xujjatlar har xil 
texnika vositalari bilan yozib yoki tasvirlab olinadi. Hujjatlar maxsus joylarga, sohalarga ajratilgan 
va xronologik sanalarga ajratilgan. 
O‘zRMDA da XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha bo‘lgan juda ko‘p sonli 
hujjatlar saqlanmoqda. Turkiston general – gubernatorligiga qarashli, hozirgi O‘zbekiston, 
Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston va qisman Qozog‘iston respublikalari hududidagi 
viloyatlar, uezdlar, volostlar, muassasa korxona va tashkilotlarning tarixiy faoliyatiga doir barcha 
hujjatlar ushbu markaziy arxivda mujassamlashgan. 
O‘zRMDA hujjatlarida Turkiston chor hukumatining olib borgan mustamlakachilik siyosati, 
rus xalqi bilan O‘rta Osiyo, shu jumladan o‘zbek xalqining madaniy aloqalari, chor burjua apparati 
olib borgan siyosat to‘g‘risidagi boy materiallar O‘rta Osiyo xalqlari tarixini har tomonlama chuqur 
o‘rganishda bebaho durdona bo‘lib xizmat qiladi. Arxivda Turkiston o‘lkaidagi chor hukumatining 
ma’muriy tashkilotlari faoliyatlariga oid bo‘lib, unda mahalliy aholining ayanchli ahvoli, 
chorizmning shavqatsiz zulmi, chorizm amaldorlarining hatti- harakatlari va ularga qarshi xalqning 
kurashi o‘z aksini topgan. 
O‘rta Osiyo xonliklari, bekliklari, diniy boshqarmalari faoliyatiga doir hujjatlar deyarli yo‘q 
bo‘lib ketgan. Ayrim jarayondagi harbiy tuqnashuvlar davomida yo‘q qilib yuborilgan. Akademik 
V.V. Bartoldning so‘zlariga qaraganda, bosib olgan joylardan xonliklarning kutubxonalari va arxiv 
hujjatlarini saqlab qolish uchun hech qanday chora-tadbir ko‘rilmagan, umuman ular O‘rta Osiyo 
xonlimklarining madaniyati va tarixiy yodgorliklarini saqlab qolishga ahamiyat bermaganlar. 
Umuman, 1917 yilgacha arxiv ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Undan keyin saqlanib qolgan 
hujjat esa O‘zbekiston Markaziy Davlat arxivining maxsus bo‘limlarida talab darajasida 
saqlanmagan. 
1917 yilgi oktabr voqealariga qadar hujjatlar har bir idora va tashkilotlarining o‘zida 
saqlangan. Arxivlar tarqoq holda bo‘lib, hujjatlar bir joyda yig‘ilmagan va markazlashmagan edi. 
Oktyabr to‘ntarishidan keyin Turkiston RSFSR tarkibida avtanom respublika sifatida faoliyat 
ko‘rsata boshladi. Rossiya hukumati chiqargan qonunlar Turkiston uchun ham tegishli edi. SHuni 
aytish kerakki, RSFSR hukumati 1918 yil 1 iyunda “Arxiv ishini qayta kurish va markazlashtirish 
to‘g‘risida” dekret qabul qilindi. Bu dekretda asosan barcha tarqoq arxivlar markazlashtirildi. 
1924 yil 28 dekkabrda maxsus qaror bilan O‘zRMIK huzurida arxiv ishlari markaziy 


boshqarmasi tashkil qilindi. O‘zbekiston hududida tashkil qilingan barcha arxivlar, masalan, 
Farg‘ona, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa viloyatlarida vujudga kelgan arxiv 
jamg‘armalari O‘zR arxivi ishlari markaziy boshqarmasiga topshirildi. 
Shuningdek, O‘rta Osiyo ahamiyatga ega bo‘lan arxiv jamg‘armalari ham O‘rta Osiyo 
markaziy Arxivi tuzilmaganligi uchun O‘zbekiston arxiv boshqarmasiga topshirildi. Shunday qilib, 
O‘zR arxivida faqat respublika tarixiga oid hujjatlar emas, balki butun O‘rta Osiyo tarixiga doir 
materiallar saqlana boshladi. 
1925 yil 22 iyun qarori bilan “O‘zR arxiv ishlari markaziy boshqarmasi to‘g‘risida”gi nizom 
tasdiqlandi. Bu nizomga ko‘ra respublika yagona davlat arxiv jamg‘armasi tashkil qilindi. Bu 
jamg‘armaga g‘ukumat, savdo, sanoat, kooperativ, kasaba uyushmasi tashkilotlar, arxivlar, 
shuningdek, diniy va shaxsiy arxivlar kiritiladi, deb ko‘rsatildi. 
Viloyatlarda ham viloyat arxiv byurolari tashkil etildi. 1925 yilda Farg‘ona, Samarqand, 
Toshkent, Zarafshon viloyat byurolari, 1926 yilda esa Xorazm, Qashqadaryo, Surxodaryo 
viloyatlari arxiv byurolari ochildi. 
Arxiv hujjatlarini Markaziy arxivga yig‘ish ishlari keyingi yillarda ham davom etdi. 1925-
1929 yillarda 134 arxiv jamg‘armasi qabul qilindi. 1929 yili Markaziy arxivda 873 ta arxiv 
jamg‘armasi va 764 ming hujjat jamlangan edi. Viloyatlar arxivlarida 924 arxiv jamg‘armasi va 
994 ming hujjat saqlanardi. Arxiv xodimlari kam bo‘lganligi uchun davlat arxivlaridagi 
hujjatlarning yarmidan ko‘pi tartibga solib, ro‘yxat tuzib, ularni davlat arxivlariga (markaziy va 
viloyat arxivlariga) topshirishi talabi qo‘yildi. 
1930 yil 9 aprelda O‘zR arxiv ishlari boshqarmasi O‘zR markaziy arxiv boshqarmasi, deb 
o‘zgartirildi. Arxivlarning ko‘payib borishi bilan, 1929 yil aprelda davlat arxivi materiallari 
inqilobgacha va sovet davri hamda ahamiyati bo‘yicha markaziy va mahalliy arxiv jamg‘armalariga 
bo‘lindi. 
O‘zbekiston tarkibida Qoraqalpog‘iston Avtanom Respublikasining tashkil bo‘lishi 
munosabati bilan 1934 yil 11 martda u erda Markaziy arxiv boshqarmasi tuzildi. 1935 yil mahalliy 
arxivlar tarixida katta voqea sodir bo‘ldi. Shu yili barcha tumanlarda davlat arxivlarini tuzish 
tavsiya qilindi. O‘zR AMIKning 1935 yil 21 dekabr qaroriga binoan respublikaning barcha shahar 
va tumanlarida davlat arxivlari tashkil qilindi. 1936 yili respublikada 31 ta tuman va shahar davlat 
arxivlari tuzildi. Shunday qilib, 1925-1940 yillarda arxiv tashkilotlari tashkiliy jig‘atdan ancha 
mustahkamlandi. 
Davlat arxivlari tuzimi vujudga kelib, markaziy, viloyat, tuman davlat arxivlari tashkil qilindi. 
30 – yillarda ko‘plab yangi hujjatlar davlat arxivlariga yig‘ildi va tartibga solindi. Bu hujjatlardan 
ilmiy tadqiqot ishlarida keng foydalaniladi. 
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Bosh Arxiv 
boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi huzurida arxiv bo‘limi, shuningdek, viloyat 
hokimligi huzurlarida 11 ta arxiv bo‘limi bor. 
Respublika ahamiyatiga ega 3 ta markaziy davlat arxivi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 
MDA, 11 ta viloyat arxivi va ularning 40 dan ortiq filiallari mavjud. Shunday qilib, Respublikada 
arxiv tashkilotlarining tartibli tizimi amal qilmoqda. Bu tizim ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega 
barcha hujjatlarni ehtiyot qilib saqlash va ulardan foydalanishni tashkil qilish imkoniyatiga ega. 
Arxiv hujjatlari qimmatini ekspertiza qilish va davlat arxivlariga hujjatlar qabul qilish va 
hisobga olish ular hayotida muhim o‘rin tutadi. 
Hujjatlarni ekspertiza qilishdan maqsad ularni saqlash muddatini aniqlash va davlat arxivida 
saqlash uchun tanlab olishdir. Davlat arxivlarida saqlash uchun ilmiy, amaliy ahamiyatga ega 
bo‘lgan va kelajakda tarixchilar tomonidan tarixiy asarlar yozish uchun foydalaniladigan hujjatlar 
tanlab olinadi. Xo‘jalik idoralarining amaliy kundalik ishi uchun vaqtincha, masalan, 1-15 
yilkerakbo‘ladigan hujjatlar muddati tgugundun keyin yo‘q qilinadi. 


Hujjatlar ekspertizasini o‘tkazish, ya’ni ilm – fan uchun kerakli yoki keraksiz xujjatlarga 
ajratishda birinchidan ular mazmunining ahamiyati hisobga olinadi. 
Arxiv jamg‘armasini tashkil qilgan idoraning ahamiyati ham ekspertiza o‘tkazishda 
muhimdir. Masalan, Madaniyat ishlari vazirligi yoki pochta bo‘limi va ularning faoliyati natijasida 
vujudga keladigan hujjatlar ahamiyati, o‘z-o‘zidan ma’lumki bir xil emas. 
Arxiv jamg‘armasi hujjatlarining qanday darajada saqlanganligi, jamg‘armada hamma kerakli 
hujjatlar to‘la saqlanmagan bo‘lsa, yo‘q qilininsh kerak bo‘lgan, ikkinchi darajali hujjatlar ham 
arxivda saqlash uchun qoldiriladi. Masalan, idoraning yillik rejasi, hisoboti yo‘q bo‘lsa, choraklik 
yoki oylik reja, hisobotlar ularning o‘rniga qoldiriladi. 
Hujjatlarning ahvoli ham hisobga olinadi. Yomon saqlash yoki tabiiy ofat natijasida 
hujjatlarning o‘qib bo‘lmaydigan darajaga kelib qolganligi, qog‘ozning chirib siyohlarning o‘chib 
ketganligi va boshqa hollarda ikkinchi darajali hujjatlarni yo‘q qilmay saqlab qolish talab qilinadi. 
Hujjatlarning yozilgan materiali, tili va badiiy xususiyatlari, hujjatlarning mazmuni ikkinchi 
darajali, saqlashga arzimas bo‘lsa ham lekin qimmatli rasmlar chizilgan bo‘lsa, yoki qog‘ozga 
emas, teriga yozilgan qadimgi hujjat bo‘lsa, arxivda saqlash uchun qoldirish kerak bo‘ladi. 
Hozirgi paytda arxivshunoslikning asosiy maqsad va vazifasi tarixchilarni va tarix bilan 
qiziquvchilarni arxiv muassalari bilan ishlashga, arxiv hujjatlarini qidirib topish metodikasi bilan 
tanishtirish hamda ulardan ilmiy-tadqiqot yohud targ‘ibot – tashviqot va amaliy ishlarda 
foydalanishni o‘rgatishdan iborat. 
Hujjatlarning paydo bo‘lish vaqti, joyi va voqeaning ahamiyati ham muhim o‘rin tutadi. 
Masalan Buxoro, Xiva, Qo‘qon xonliklari tarixiga oid ho‘jalik hujjatlari va ularning vujudga kelish 
vaqti, o‘rta asrlarga oidligi hisobga olinib, arxivda saqlashga qoldiriladi. 
Keyingi davrda vujudga kelish vaqti, o‘rta asrlarga oidligi hisobga olinib, arxivda saqlashga 
qoldiriladi. Keyingi davrda vujudga kelgan xuddi shunday xujjatlar ikkinchi darajali sifatida yo‘q 
qilinadi. 
Hujjatning qaysi muallifga tegishli ekanligi, buyuk shaxslarga tegishli xususiyatlar, masalan, 
A. Temur, Ulug‘bek, Navoiy yoki sovet davri yozuvchilaridan Fitrat, A.Qodiriy va boshqalarga 
tegishli har qanday hujjatlarningikkinchi darajalari ham arxivda saqlash uchun ajratiladi. 
Ma’lumotning takrorlanishi. Qaror buyruq, hisobot, ko‘rsatma va boshqa hujjtalar bir necha 
idoralarda takrorlanadi. Bunday holda shu hujjat tayyorlangan idora hujjati qoldirilib, boshqa 
idoralardagi xuddi shunday hujjat takrorlanayotganligi uchun yo‘q qilinishi mumkin. Qaror, buyruq 
va boshqa hujjat bir arxiv jamg‘armasida asl nusxa va bir necha ko‘chirma holida takrorlansa, asl 
nusxa tanlab olinadi, qolganlari yo‘q qilinadi. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling