1. Mavzu : O‘lkashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixidan. Reja


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/30
Sana29.08.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1671362
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
tarixiy o\'lk.ma\'ruza majmua

Toponimikani atamasi lotin tilidan olingan bo‘lib, “topos” – joy, “onom” – nom, 
umuman joy nomini o‘rganadigan fan degan ma’noni bildiradi. Geografik nomlar va insonlarga 
qo‘yiladigan ismlar toponimikaning manbaii hisoblanadi. 
Toponimika ikki ob’ektdan: mikro va makro toponimlardan iborat bo‘lib, 
mikrotoponimika – grammatik jihatdan mayda ob’ektlarni – turdosh otlarni, makrotoponimika esa 
atoqli otlar, ya’ni yirik ob’ektlarning nomlarini tadqiq qiladi. 
O‘rta osiyo o‘lkasidagi geografik-toponomik nomlarni o‘rganishda vengriyalik olim 
Armeniy Vamberi (1832-1913) ning xizmati katta. O‘rta Osiyoga mahfiy sayohat qilgan bu 
olimning “Buxoro tarixi”, “Markaziy Osiyoning geografik nomlari” kitoblari diqqatga sazovar. 
Uning lug‘atida 600 ga yaqin geografik nom va termin berilgan. 
T.Nafasovning “Janubiy Uzbekiston toponimiyasining etnolingvistik analizi”, nomli 
morografiyasida 
mamlakatimiz 
janubidagi 
joy 
nomlarining 
etnolingvistik 
taxlili 
berilgan.Z.Dusimov “Xorazm toponimlari” deb nomlangan manografiyasida Xorazm xududi joy 


nomlariga xos xususiyatlar birma-bir bayon qilingan. 
N. Oxunovning “Til va joy nomlari” “Antrotoponimlar nima” kitoblarida toponimikaga 
oid nazariy masalalar bo‘lgan joy nomlari, antrotopinimlar va toponimlarning nomlanish 
xususiyatlari kabilar atroflicha yoritilgan. L.Karimovning “O‘zbek tilidagi toponimlarning 
o‘rganilishi” nomli monografiyasida joy nomlarining o‘rganish metodlari, ularning lengvistik 
xususiyatlari, semantik tasnifi, etimologik tahlili kabi ilmiy ahamiyattga ega muammolar shimoliy 
o‘zbek shevalaridagi toponimlar misolida bayon qilingan. S.Qoraevning “Taponimiya 
Uzbekistana” monografik tadqiqotida yurtimizdagi joy nomlariga oid bo‘lgan xususiyatlarga 
e’tibor qaratilgan.. 
O‘zbekistonda 
toponimika 
va 
geografik 
terminshunoslikni 
rivojlantirishda 
H.H.Hasanovning (1919 - 1985) xizmatlari katta. Uning toponimikaga oid fikr, mulohaza va 
ma’lumotlari “O‘rta osiyo joy nomlari tarixidan” (1965), “Geografik nomlar imlosi”(1962), “Er 
tili” (1977), “Geografik nomlar siri” (1985) asarlarida, terminshunoslikka oid ishlari “Geografiya 
terminlar lug‘ati” (1964) kitobida, geografiya va terminshunoslik tarixiga oid ishlari “O‘rta osiyolik 
geograf sayyohlar” va ko‘pdan – ko‘p maqolalarida o‘z aksini topgan. Bu olimning toponimikaga 
oid kitoblarining ikkinchi qismi izohli lug‘atlardan iborat bo‘lib, bu mazkur asarlarning qiymatini 
yana ham oshiradi. Respublikamizdagi joy nomlarining kelib chiqish tarixini hamda geografik 
atamalarni o‘rganishda R.N.Nabiev, A.R. Muhammadjonov, F.Abdullaev, S.Ibrohimovlarning 
ham xissasi kattadir. 
1917 yilga qadar toponimika mustaqil fan sifatida o‘rganilmay, uning vazifasini tarixiy 
geografiya fani bajarib kelardi. 
Toponimika geografiya, tarix, etnografiya bilan chambarchast aloqada rivojlanadi. 
Toponimlar til tarixini tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi. Toponimika xalqlarning tarixiy 
o‘tmish hususiyatlarini jonlantirishga, ularning joylashish chegaralarini belgilashga, tillarning 
o‘tmishdagi tarqalish hududlarini, madaniy va iqtisodiy markazlar, savdo yo‘llari va shahar qishloq 
geografiyasini tavsiflashga yordam beradi. 
Joy nomlari insoniyat tarixi va hayotida alohida o‘ringa ega. Ularsiz kishilar qaerga 
borishini ham bilmasdilar. SHuning uchun qadimgi joy nomlariga maxsus, alohida to‘xtalish hollari 
bo‘lmasa hamki yozilgan ilmiy-amaliy qiymatga ega bo‘lgan asarlarda u yoki bu darajada 
to‘xtalganligini tarixiy va geografik asarlaridan bilishimiz mumkin. 
Atrofimizdagi turli-tuman joylarni ularga berilgan nomlar asosidagina tushunamiz, 
anglaymiz va eslab qolamiz, chunki toponimlar (joy nomlari) o‘ziga xos tarix, o‘ziga xos xotira 
hamda o‘ziga xos madaniy-ma’naviy yodgorliklardan biri sanaladi. SHuning uchun ham joy 
nomlari davlat ahamiyatiga molik masala ekanligi qator rasmiy hujjatlarda qayd qilingan. 
O‘zbekiston toponimikasi fani asrimizning 30-yillaridan boshlab rivojlangan. Uning 
rivojlanishiga toponimist olim H.Hasanovning xizmatlari katta. 
Vatanimiz joy nomlariga oid toponimik ma’lumotlar esa tarixiy ilmiy kitoblardan qadim-
qadimdan beri naql qilinib kelmoqda. Shu sababli joy nomlari bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy 
tadqiqot ishlarida ancha qadimiy bo‘lgan qo‘lyozma manbalaridagi materiallar ham e’tiborga 
olinmoqda. 
Bu holni hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarida aniq ko‘rish 
mumkin. 
O‘zbekiston toponimikasi fani aynan Vatanimiz hududidagi joy nomlarini yig‘ish, to‘plash, 
ma’lum bir ilmiy –nazariy tizimga solish bilan birga, ularni har tomonlama izohlashga ham harakat 
qiladi. Mamlakatimiz hududida Toshkent shahar, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, 
Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm, Navoiy, Namangan, Andijon, Farg‘ona viloyatlari 
va Qoraqalpog‘itston Respublikasi joylashgan. Yuqorida sanab o‘tilgan shahar, viloyatlar, 
Respublikasiga ma’lumotlarni bu fan yig‘ib to‘plab jamlab beradi. 
Har bir hudud uchchun toponimik qonuniyatlar takrorlanmas ko‘rinishli holatga egaligini 
V.A.Juchkevich ham o‘z monografiyasida alohida qayd qilib o‘tganligini e’tiborga oladigan 


bo‘lsak, har bir viloyat, shahar, voha, tuman o‘ziga xos toponimlariga ega. Ularning o‘rganish va 
ular to‘g‘risida maxsus maqola, monografiyalar va hatto, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish zarur. 
Chunki vaqt o‘tishi bilan joy nomlari unutilib borishi yohud ba’zi zamonasoz rahbarlarning sa’yi-
harakatlari bilan zamonaviylashtirilishi ham mumkin. Mana bunday halatlarning oldini olish uchun 
esa joy nomlarini, xoh u makrotoponim bo‘lsin, xoh u mikrotoponim bo‘lsin, tadqiqi etish zarur. 
Ma’lum mintaqa toponimikasini o‘rganish ma’lumot to‘plashdan boshlanadi. Bu ish odatda 
o‘lkashunoslik bo‘yicha tadqiqot olib borilayotgan mikrorayon, qishloq, ovul, mahalla 
hududlarida, keyinchalik ma’muriy rayon hamda viloyat va nihoyat jonajon hlka miqyosida amalga 
oshiriladi. 
Toponimik ma’lumot yig‘ish ishini boshlashdan avval ma’lumotlarni qanday va qaerlardan 
to‘plash hamda kimlar bilan qanday mavzuda suhbatlar o‘tkazishning, hech bo‘lmaganda taxminan 
ish rejasi va dasturi ishlab chiqilishi shart. Mana shu reja va dastur asosisda puxta tayyorgarlik 
ishlari olib boriladi, so‘ngra dala tadqiqot imshlariga o‘quvchi va talabalar jalb qilinadi. Dalal 
tadqiqot imshlarini amalga oshirish jarayonida aholidan eshitgan hikoya, afsona va o‘tmish 
haqidagi suhbatlarni hamda boshqa materiallarni muntazam yozib boriladigan maxsus daftar 
bo‘lishi shart. Shundan so‘ng surishtirish va suhbat natijasida olingan ma’lumotlarni tadqiq qilishda 
toponimik toifalar bo‘yicha maxsus kartotekalar tuziladi. Keyin shu asosda lug‘atlar tuziladi. 
Keyinchalik tadqiqotchilarning fikrini hisobga olgan holda bir tipdagi ommaviy toponimlarni 
sinchiklab o‘rganish katta ahamiyatga ega. Tadqiq qilingan va to‘plangan toponimik ma’lumotlar 
o‘lkashunoslik muziyida saqlanadi. Shuningdek, bu ma’lumotlar maxsus kutubxonalardagi alohida 
bo‘limlarda saqlanadi. Toponimik ma’lumotlar to‘plash ko‘pincha shu o‘lka tarixini o‘rganish ishi 
bilan parallel holda olib boriladi. Turistik sayohatlar va poxodlarda, ilmiy safarlarda qatnashgan, 
shuningdek, muzeylar arxeologik yodgorliklar, tarixiy obidalar va arxetektura yodgorliklariga 
borgan o‘lkashunoslar arxeologik, etnografik ma’lumotlar bilan bir qatorda toponimik ma’lumotlar 
ham to‘playdilar. 
Respublikamizdagi joy nomlarining kelib chiqish tarixini hamda geografik atamalarni 
o‘rganishda Ya. G‘ulomov, R.N.Nabiev, A.R. Muhammadjonov, F.Abdullaev, S.Ibrohimovlarning 
ham xissasi kattadir. 
O‘zbekiston toponimikasining kelajagi, yangi davri, o‘tmishi hozirdan boshlanadi. Chunki 
ertangi kun, albatta bugundan boshlanganligi kabi mamlakatimz toponimlariga oid yangi-yangi 
ilmiy tadqiqotlar ishlariga zamin so‘zsiz bugundan qo‘yilgan bo‘lishi darkor. SHuning uchun 
toponimlar tadqiqotga oid har bir tadqiqot ishlariga oldingilardan farqlanadigan hususiyatlarga ega 
bo‘lishi kerak. Shundagina, bunday tadqiqotlar ilmiy ishlar sifatida ilmiy jamoatchilik tomonidan 
tan olinadi. 
O‘zbekiston toponimikasi kelajak olidiga quyidagi muhim masalalarni qo‘yyadi: 
O‘zbekiston Respublikasi joy nomlarining toponimik kartotekasini tuzishga tayyorgarlik ko‘rish 
hamda uni tuzish; Ona vatanimiz toponimlarini faqat izohlabgina qolmasdan endi ularning 
etimologik tahlilini boshlash; Mavjud tarixiy – tadrijiylikni buzmagan holda yangi shakllanayotgan 
joylarga ham nom qo‘yishning ilmiy-nazariy prinsip hamda me’yorlarni ishlab chiqish va amalda 
qo‘llash. 
Buxoro qadimiy tarixiy yodgorliklarga boy shahar. Narshaxiy Buxoroning Numejkat, 
Bumiskat, Madinat us – Sufriya, “Mis shahar”, Madinat ut – tujjor, ya’ni “Savdogarlar shahri” 
degan nomlari borligini aytadi. Xalq tilida Buxoro – Bug‘oro degan rivoyat ham bor. Buxoro 
so‘zining etimologiyasi aniq emas. Buxoro – Sankskritcha “Vexara” so‘zidan olingan bo‘lib, 
“Ibodatxona” ma’nosini bildiradi degan fikrlar ham bor. 
Buxorodagi toponimlar izohi. Yangi bozor – Buxoro viloyati Buxoro rayonidagi qishloq. 
Bu nomni o‘rganishda usha joyda yashab, xizmat qilayotgan o‘qituvchilarga, keksalarga va arxiv 
hujjatlarga murojaat qilinadi. Qishloqni nima uchun Yangi bozor deb atashgan. Bunga sabab Yangi 
bozor qishlog‘i yaqinidagi qishloqda kichik bir bozor bo‘lgan. bu bozorga turli tomondan kishilar 
kelib, savdo- sotiq qilganlar. Bozor kengayib borgan eski bozor bilan birgalikda yangi bozor ham 


rivojlangan. Shundan boshlab qishloq Yangi bozor deb atala boshlagan. 
Sari kunda – Romiton rayonidan 15 km naridagi qishloq Urganch cho‘li etaklarida 
joylashgan. Keksalarning aytishlaricha, o‘rta asrlarda qishloq nihoyatda obod bo‘lgan. Maydoni 
keng, bog‘-chorbog‘i ko‘p bo‘lgan. shu erda kunda boshi, ya’ni suv boshi bo‘lgani uchun 
qishloqning nomini shunday deb ataganlar. “Sari” – bosh, yuqori, “kunda” – suv, suv 
taqsimlanadigan to‘g‘on, ya’ni tug‘on boshi demakdir. Vaqt o‘tishi bilan xususiy boylik uchun 
olib borilgan kurashlar natijasida qishloq xarobaga aylangan. 1920 yilda qishloqda jami 6 xo‘jalik 
istiqomat qilgan. Qishloq aholisining ko‘pchiligi tojiklar. Keyingi yillarda qishloq tanib bo‘lmas 
darajaga o‘zgardi. Dastlab, 10 gektar maydonga omoch bilan dehqonchilik qilgan sarikundaliklar 
bugungi kunda 300 gektardan ortiq erga ekin ekib, farovan hayot kechirmoqdalar. 
Tarob – Buxoro viloyati hududida joylashgan. Tarixiy manbalarda Tarob qishlog‘i 
Buxorodan ham oldin paydo bo‘lgan deyiladi. Bu qishloq dastlab Narshahiyning “Buxoro Tarixi” 
da tilga olingan. Bu qishloq ahli 1238 yilda mug‘ullarga, keyinroqesa mahalliy boylarga, 
ruhoniylarga qarshi ko‘targan qo‘zg‘olonlari bilan mashhurdir. Tarob so‘zining so‘zining 
etimologiyasi ma’lum emas. Mahmud Rorobiy ham shu qishloqdan chiqqan. 
Toqi sarrofon – Buxoro shahridagi bozor. Toq so‘zi qadimiy me’morchilik atamalaridan 
biri bo‘lib, “arkli bino” ma’nosini anglatadi. Buxoro xonligida usti yopilgan bozor toq deyilgan. 
Masalan, toqi telpakfurushon – telpak sotuvchilar, toqi sarrofon ham shunday bozorlardan biridir. 
Sarrof – pul “maydalovchi” demakdir. O‘rta asrlarda Buxoroning Kesh (Shahrisabz) darvozasi 
yaqinidagi bir mahalla Rasatoq (arabcha “ark boshi”) deb atalgan. Bu mahalla qadimda ana shu 
erda bo‘lgan gumbazli bozor nomi bilan atalgan bo‘lsa kerak deydi tarixchi O.I.Smernova. 
Shohrud – shahar arig‘i, Buxoro shahrini suv bilan ta’minlaydigan ariq. Dastlab Rudi zar 
deb atalgan. Ayrim sayyohlar asarlarida “Nahrum zar” shaklida qayd qilingan. 
Shayx Bonarziyning vaqf hujjatlarida “Rudi shauri Buxoro” deb atalgan. 
Keyingi asarlarida Shohrud bo‘lib ketgan. Eronda ham Shohrud degan ariq bor. 
Peshku – Buxoro viloyati G‘ijduvon rayonidagi qishloq. “Poza” tojikcha – omochning 
uchiga kiydiriladigan cho‘yan tish, pozagar omoch tishi qo‘yuvchi usta, degan ma’noni anglatadi. 
Etimak – Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi qishloq. Etimak (Yatimak) – “etimcha”, 
“etim bola”, shuningdek, “etimak” degan og‘irlik o‘lchovi ham bo‘lgan. Etim so‘zining 
“qashshoq”, “batrak” ma’nosi ham bor. 
Qarshi – Qashqadaryo viloyatining ma’muriy markazi. Qarshi O‘zbekistonning eng ko‘hna 
shaharlaridan biri. Shahar ilk Temir davridan buyon mavjud. Shahar XIV asrgacha Naxshab, deb 
atalgan. Arablar bu mahalliy nomni buzib, Nasaf deb ishlatganlar. Hozirgi Qarshi XIV asrning 
birinchi yarmida Voha o‘rtsaida Samarqand, Buxoro, Afg‘oniston, Hindiston va sharqdagi boshqa 
qo‘shni mamlakatlardan keladigan savdo yo‘llari ustida qurilgan. Chig‘atoy naslidan bo‘dgan 
Kebekxon eski Naxshabdan ikki farsax narida o‘ziga saroy qurgan. Saroy mo‘g‘ul tilida Qarishi 
deb ataladi. Qarshi “Shoh qal’asi” degan ma’noni ham anglatadi. 
Yakkabog‘ – Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi shu nomdagi aholisi 
yashaydigan joy nomi. Aytishlaricha, dastlabki vaqtlarda hozirgi Yakkabog‘ rayoni o‘rnida aholi 
kam bo‘lgan. bularning ham ko‘pchiligi ko‘chmanchi xalq bo‘lib, chorvachilik bilan 
shug‘ullangan. U Hisor tog‘iga yaqin bo‘lib, chashmalardan yitilgan Qizildaryo Yakkabog‘dan 
o‘tadi. Suvning bu jihatdan qulayligi bog‘-rog‘ barpo etilishiga olib kelgan. Bu joyda oldin yakka 
bog‘ barpo qilingan. Yakkabog‘ rayoni hududidabir necha qishloq mavjud. Bulardan biri 
Nug‘aylidir. Ikkinchi qishloq – Qatag‘on (quvilganlar), uchinchi qishloq Uchtepa. 
Boybichakon – Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi osh tuzkoni. 
Boybicha – boyning katta xotini, ba’zan boy xotin degan ma’noni bildiradi. 
Shagarak – Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi qishloq. Qashqadaryo viloyatida 
istiqomat qiluvchi Saroy qabilasi tarkibiga kiradigan qipchoq Saroy urug‘ining bir qismini shagarak 


deyishadi. 
Surxondaryo – tojik tilidan olingan bo‘lib, “surx” – qizil, ya’ni Qizil daryo demakdir. Tog‘ 
jinslarida qizil ranglar mavjud. Suv bu jinslarni o‘zi bilan oqizib kelganligi sababli qizil tusli 
tuyuladi. Shuning uchun erli xalq – qizil daryoni tojik tilida “Surxondaryo”, deb atashgan. 
Sariosiyo – bunday deb atalishiga sabab, kishilarning aytishlariga qaraganda, bir vaqtlar 
shu erda bir kishi tegirmon qurgan (o‘rniga) va uning atrofiga kelib, uy-joy qurib o‘rnasha 
boshlaganlar. Asta-sekin bu er qishloqqa aylangan, aholisining ko‘pchiligi tojiklardan iborat 
bo‘lganligi sababli ular o‘z qishloqlari nomini “Tegimon boshi”, ya’ni tojikcha “Sariosiyo” deb 
ataganlar. Sariosiyo keyingi davrda o‘sib rivojlanadi. Qishloq shaharga – rayon markaziga aylanib 
qoldi. Hozir ham Sariosiyo rayon markazidir. 
Karasagan – Sho‘rchi rayonidagi qishloq nomi. Aslida Qarsakgon yoki Karsakon bo‘lishi 
kerak. Mahalliy xalq tulkining bir turini Karsak deb atashgan. Qadimgi tilda Mahmud 
Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk” asarida karsak tulkilar jinsidan bo‘lgan bir hayvon uning 
o‘siq, terisidan po‘stin qilinadi, deb aytilgan. Agar bu so‘zni “Karasagan” tarzida oladigan bo‘lsak 
“Karasagan” tulkining bir turi, “gan” tojikcha ko‘plik affiksidir. 
Sug‘diyonaning markazi Maroqanda shahri bo‘lgan. Sug‘d tilida – Samarqand, olimlar 
fikriga ko‘ra “uchrashuv, anjumanlar joyi” deb tarjima qilinadi. Samarqand nomini paydo 
bo‘lishida ham bir qancha fikrlar mavjud. Samarqandning Afrosiyob davridagi nomi Haft darband 
bo‘lgan ekan. Haft darband – afsonaviy joy nomi fors – tojik tilida “haft” – etti, “darband” – 
“chordara”, ya’ni “Tog‘lar orasidagi yo‘l” degan ma’noni anglatadi. 
Iskandar Sug‘diyonani bosib olgandan so‘ng mendan bir yodgorlik bo‘lsin, deb shu 
viloyatda bir imorat qurdiribdi. Bu imoratni ikki usta quribdi. Ustalarning nomini Samar va Qand 
deyishar ekan. Imoratning atrofiga odamlar kela boshlabdilar. Asta-sekin shahar paydo bo‘libdi, 
shaharga nom qo‘yish kerak bo‘libdi. SHunda bir donishmand Iskandar oldiga kelib, madrasani 
Samar va Qand degan ustalar qurgan, shaharning nomini ham Samarqand qo‘ysak deb so‘rabdi, 
Iskadar rozi bo‘libdi.
Shu-shu shaharning nomi Samarqand bo‘lib kelgan ekan. Shunga o‘xshash afsona va 
rivoyatlarni har bir viloyatdagi shao‘ar va joy nomlarida uchratishimiz mumkin. 
Jom qishlog‘i - Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi qio‘loqning nomi. Bu so‘z 
fors tilidan olingan bo‘lib, qadah metalldan yoki sopoldan yasalgan idish demakdir. Chunki 
qishloqning hamma tomoni tog‘ bilan o‘ralgan bo‘lib, xuddi jomga, ya’ni kosaga o‘xshaydi. Jom 
deyilishining boisi ham ana shu o‘xshashliklardan kelib chiqqan. 
Xilboshi – Xatirchi tumanidagi qishloq nomi “Xil” so‘zining bir necha ma’nosi: nav, tur, 
zot va hakoza. Bu so‘zlar avlod, toifa, urug‘, irsiyat, ma’nolarida ham qo‘llaniladi. Masalan, 
qabristonda bir ajdoddan tarqalgan kishilar dafn qilinadi. Joy xilxona deyiladi. Tojik, fors, pushtu 
tillaridan xil so‘zi xil shaklida talaffuz qilinadi. Xilboshi yoki heylboshi ham bo‘lishi mumkin. 
Chunki Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asarida ham bu so‘z Xeylboshi sifatida yozilgan
bo‘lib, avlodning boshi, urug‘ boshlig‘i demakdir. Qishloq nomi shu so‘zdan kelib chiqqan. 
Qoraguzar – Samarqand viloyatidagi davon. Suvdan o‘tiladigan joy- kechik, guzar deyiladi 
tog‘dan oshib o‘tiladigan joy – dovon ham ba’zi joylarda guzar deb ataladi. Aniqrog‘i tog‘dan oshib 
o‘tiladigan dovon deyiladi. Qorong‘i joydan, tog‘ darasidan o‘tilgan joyni Qoraguzar deb ataganlar. 
Sulduz –Andijon tumanidagi qishloq. Sulduz qabilalarining nomi. Sulduzlar Chingizxon 
davrida o‘rmonda yashagan ko‘chmanchilar bo‘lishgan: sulduz aslida suldez bo‘lgan. “Sulde” 
mongolcha “bayroq” “s” esa ko‘plik qo‘plik qo‘shimchasi, “Suldes” bayroqlar demakdir. 
Chortoq – Namangan yonidagi qishloq, buni “to‘rt tog‘” deb izohlaydilar. To‘rt gumbazli 
inshoot, ark, qo‘rg‘on qoravulxona, chortoq deyilgan. 
Chuvalachi – Farg‘ona viloyatida Bog‘dod rayonidagi qishloq. Toshkent shahridagi ko‘cha 
nomi. Tojikcha “katta kon” ma’nosidagi “juvol” so‘zidan kelib chiqqan degan fikr bor. 
Qaqir – Andijon viloyati Xujaobod rayonidagi hamda Farg‘ona viloyati Quva rayonidagi 


qishloqlar nomi. Qaqir suv etib bormaydigan, qaqrab yotgan er degan ma’noni bildiradi. 
Qo‘sh – ko‘pir – rayoni Xorazm viloyatining yirik tumanlaridan biri. Hozirgi kunda 
rayonda 9 ta qishloq bo‘lib, bu qishloqlar nomlarining kelib chiqishi juda qiziq. Quyida biz bu 
haqda fikr yuritamiz. 
Kenagas – bu qishloq mahalliy halq orasida Kanayas deb yuritiladi, chunki hududdidan 
Kanayas arig‘i oqib o‘tadi. Qishloqning markaziy qismiga Karaman qal’asi deyishadi. Karaman 
Xorazmda o‘suvchi ulkan daraxt. Qariyalarning so‘zlariga qaraganda, bu erda Xiva xonligi davrida 
mudofaa vazifasini bajaruvchi kichik, o‘ziga xos qal’acha bo‘lgan. Kenagas degan qabilalar ham 
bo‘lgan. 
Xadra – Qo‘shko‘pir tumanidagi kichkina qishloqning nomi. Xadra so‘zining 
shaharlarning cheti demakdir. Xadra qishlog‘i Xiva qal’asining shimol tomonida joylashgani uchun 
ham Xadra nomini olgan bo‘lishi mumkin. 
Bog‘ot – Xorazm viloyatidagi tuman. Bog‘ot etimologiyasi bog‘zor, bog‘lar, bog‘, va ot 
arabcha ko‘plik affiksi, “arz so‘raydigan bog‘” so‘zi bilan bog‘laydilar. Mahalliy xalqning 
aytishicha “bog‘ot” poliz, polizchi degan ma’noni bildiradi. 
Mo‘ynoq – Orol dengizi janubidagi yarim orol shahar, mo‘yin (bo‘yin), oq aslida – ak – 
“kichik” so‘zlaridan yasalib, “”kichik bo‘yin”, “bo‘yinga” yarim “Orol” ma’nosini anglatadi. 
Tuyamuyin – Amudaryoning quyi oqimidagi joy. Sirtdan qaraganda “Tuya yuni” dek 
tuyuladi. Aslida tog‘, daryo va qumlik joyning tor qismini – yo‘lagini “Tuyamo‘yin” deb atashgan. 
Obdon –Toshkent viloyatidagi Pskent hududidagi tog‘ tojikcha – ob va don so‘zlaridan 
olingan bo‘lib, “suvxona”, suv ko‘p joy ma’nosini bildiradi. 
Teyit – Yuqori Chirchiq tumanidagi qishloq, Teyit so‘zi qirg‘iz –qipchoqlar urug‘ining 
nomi. 
Do‘rmon-Do‘rmon, Do‘rmoncha, Yuqori Do‘rmon degan nomlar Toshkent vohasida juda 
ko‘p uchraydi. Bu so‘z mug‘ul urug‘laridan birining nomi bo‘lib, ma’nosi mug‘ul tilida “to‘rt” 
demakdir. Bu so‘z ba’zi kishilarning, olimlarini afsonaviy qahramon Do‘rmon Bahodir nomidan 
olingan deyishlari to‘g‘ri emasdir. 
Burchmulla – Toshkent viloyati, Bo‘stonliq suvlari qo‘shilgan burchakda bir mulla 
o‘tirgan ekan, shuning uchun ham Burchmulla, ya’ni mullaning burchi deb atalgan, deyishadi. 
Aslida bu nomning “mulla” so‘ziga hech qanday aloqasi yo‘q. Ikkala so‘zi – mulla, burch so‘zlari 
ham minora degan ma’noni anglatadi. 
Iskandar – bu Chirchiqdan birinchi suv oluvchikanalning nomi, 1889 yili bu kanal o‘rnida 
kichik “sart” arig‘i bo‘lgan. bu ariqni podshoh Aleksandrning qarindoshi Konstantin Romanov 
qayta qurdirib unga “Oq podsho” Aleksandr nomi qo‘yildi. U joy obodonlashtirilib, aholi 
yashaydigan joyga aylantiriladi va yarim xalq odatiga ko‘ra Aleksandrni Iskandar deb yurita 
boshladilar. Hozirgi kunga qadar ham shu nom bilan yuritilib kelmoqda. YUrtimizda juda kuplab 
joy nomlari mavjud bo‘lib bugungi kunda ham ular ilmiy jihatdan o‘z echimini kutib turib. Biz 
o‘lkamizdagi ba’zi bir joy nomlrini keltirib o‘tdik xolos. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling