1. Mavzu : O‘lkashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixidan. Reja


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/30
Sana29.08.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1671362
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
tarixiy o\'lk.ma\'ruza majmua

Ibn Battuta 21 yoshida sayohatini boshlab, deyarli barcha Sharq va Shim. Afrika mamlakatlarini 
piyoda kezib chiqdi.
Movarounnahrda ilk sayyohlarning safarlari Amir Temur va temuriylar davrida faollashgan. 
Amir Temur fransuz qiroli Karl VIva ingliz qiroli Genrix IVbilan doimiy aloqada bo‘lgan. Uning 
elchisi 1403 y. Parijga kelgan. Ispaniyalik Klavixoning «Buyuk Temurning hayoti va faoliyati» 
kitobida Movarounnahrdagi ijtimoiy hayot va sayyohlarning Temur davlatiga intilishi aks etgan.
Hozirgi davrda Turizm dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida ommaviy tus olgan. Odatda, 
Turizm turistik tashkilotlar orqali turistik marshrutlar bo‘yicha uyushtiriladi. Turizmning juda ko‘p 
turlari va shakllari mavjud (ichki, xalqaro, havaskorlik Turizm, uyushgan Turizm, yaqin joyga 
sayohat, uzoqqa sayohat, bilim saviyasini kengaytirish maqsadida T., toqqa chiqish, suv T.i, 
avtoturizm, piyoda yuriladigan T., sport.
O‘zbekistonda turizm sohasiga rahbarlikni «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi (1992 y. 27 
iyulda tuzilgan) olib boradi. Kompaniyaning asosiy vazifasi T. infrastrukturasini rivojlantirish, chet 
el sarmoyasini jalb qilib zamonaviy turistik komplekslarni barpo etish, yangi turistik yo‘nalishlarni 
ishlab chiqish, xizmatlar doirasini kengaytirishdan iborat.
«O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi sayohat qilish turiga qarab quyidagi turistik yo‘nalishlarni 
ishlab chiqqan: klassik yo‘nalish (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent; Toshkent, 
Samarqand, Buxoro-SHahrisabz, Toshkent). Bu yo‘nalish eng qad. yodgorliklar va b. tarixiy-
madaniy obidalarga tashrif bilan bog‘liq; ekologik T. yo‘nalishi (CHimyon, CHorvoq dam olish va 
davolanish oromgohi, Zomin qo‘riqxonasi, Buxoro viloyatidagi qo‘riqxonalar). Bu yo‘nalish 
alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va sayyoxlar uchun ekologik jihatdan qulay hamda 
foydali hisoblanadigan 
joylarga 
tashrif 
bilan 
bog‘liq; a r x e o l o g ik Turizmyo‘nalishi 
(Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, Samarqand hududlari bo‘ylab). Bu yo‘nalish O‘zbekistonning eng 
qad. topilmalari va arxeologik qazilmalar olib borilayotgan joylari bilan tanishishni maqsad qilib 
qo‘yadi; ekstremalTurizm yo‘nalishi (Chimyon,Farg‘ona vodiysi, Orol bo‘yi, Buxoro, Navoiy 
viloyati hududlari bo‘ylab); diniy T. yo‘nalishi (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Toshkent) — 
mamlakatimizdagi tarixiy diniy obidalarni ziyorat qilish bilan bog‘liq.
Turizmsohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, turistik xizmatlar bozorini 
rivojlantirish, shuningdek, turistlar va turistik faoliyat sub’ektlarining huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi 
qonuni qabul qilingan (1999 y. 20 avg. Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
«20O5 y.gacha bo‘dgan davrda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida»gi 
farmoni (1999 y. 15 apr.) sohani rivojlantirishda muhim omil bo‘ldi.
Turizm tashkilotlarini takomillashtirish hamda kichik va o‘rta turistik korxonalarning xizmat 
ko‘rsatish bozorini faollashtirish, shuningdek, horijiy sarmoyani Turizm sohasiga jalb.. qilish 
maqsadida 1998y. O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan Toshkentda «Xususiy sayyohlik 
tashkilotlari uyushmasi» tashkil etildi. U 300 dan ziyod turistik korxonalar bilan yaqindan aloqada 
bo‘lib faoliyat olib boradi. O‘zbekistonda «Kumushkon» turistik bazasi va «Sanzar» kemping 
majmuasi mavjud bo‘lib, ular
«O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi tizimi tashkilotlari hisoblanadi. Shu bilan birga Chorvoq, 
Chimyon, Beldersoy dam olish oromgohlari va yuzga yaqin xususiy mehmonxonalar ishlab turibdi. 
O‘zbekistonda ko‘plab turistlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga eta bo‘lgan 
mehmonxonalar soni tobora o‘sib bormoqda.


O‘zbekiston 1993 yilda o‘z safiga 120 dan ortiq mamlakatni birlashtirgan Jahon, turistik 
tashkiloti (WTO;1975 y, tuzilgan)ga a’zo bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekiston -WTO Evropa
komissiyasi rayosatining ham a’zosidir. 2004y.
«Buyukipakyo‘li» loyihasi doirasida Samarqand viloyatida Jahon turistik tashkilotining 
vakolatxonasini ochish ko‘zda tutilgan. O‘zbekistonda Turizm sohasiga oid «Buyuk ipak yo‘li» 
xalqaro turistik reklama-axborot gaz. (1994 y.dan), «Biznes Gayd» jur. (rus va ingliz tillarida) 
va b. ommaviy nashrlar chop etiladi.
Yangi va eng yangi tarixga daxldor muzey ashyolarini to‘plash tarixiy muzeylar uchun muhim 
ahamiyatga ega. Shuni yodda tutish zarurki, tarixiy muzeylar nafaqat o‘tmish haqidagi hujjatu osori 
atiqalarni, balki zamonaviy muzey to‘plamlarini ham jamg‘arishi shart. Bu, ayniqsa, mustaqil 
O‘zbekistonning tiklanishi tarixiga daxldordir. Bu yo‘nalishda respublikada ko‘p ishlar qilindi. 
Toshkent shahri va viloyat markazlarida Ikkinchi jahon urushi yillarida hamda sobiq sho‘rolar 
davridagiqatag‘onlarda qurbon bo‘lganlarga bagashlangan muzeylar barpo etilishi g‘oyat savobli 
ish hisoblanadi.
Muzey ishining bundan keyingi rivojlanishi va takomillashuvi ma’lum darajada 
muzeyshunoslikning nazariy va metodik tamoyillarini ishlab chikishga bog‘liq. Bunda umumiy 
fazilatlar va qonuniyatlarni ilmiy o‘rganish, nazariya va metodikani chuqurlashtirish, iilmiy-
tadqiqot ishini rejalashtirish va tashkil etilgan birinchi darajali ahamiyatga ega. SHuningdek, 
hozirda muzeylarni texnika vositalari, kompyuterlar, eng yangi kino va fotoapparatlar bilan 
jihozlash aloxida ahamiyatga molik.
Oliy Majlisning oltinchi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 
ijtimoiy-ma’naviy sohadagi muvaffaqiyatlarni ta’kidlay turib aytgan ediki, «jamiyatimizda 
boshlangan isloxot va yangalanish sharofati bilan inson onga. yuksak axtoqi va madaniyati, ajoyib 
milliy an’analar uyg‘onishi jaxon madaniy taraqqiyotiga yuksak hissa qo‘shgan buyuk 
ajdodlarimizning ulkan ma’naviy merosiga murojaat qipish uchun keng ufqlar ochdi».
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mashhur «O‘zbekistonning yanga tarixi»ni 
tayyorlash va nashr etish to‘g‘risida»gi qarorida Prezident farmoyishlarini ro‘yobga chiqarish 
maqsadida o‘tmish kabi hozirgi vaqtda ham xalqimiz taqdiri bilan bog‘liq tarixiy jarayonlarni xolis 
yoritish va teran ilmiy tadqik etish zarurligi ta’kidlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti IslomKarimovning 1998 yil 12 yanvardagi
«Muzeylarfaoliyatini- 
tubdan 
yaxshilash 
va 
takomillashtirishto‘g‘risida»gi Farmoni muzeylarda ilmiy-tadqikotishlarini kengaytirish va 
chuqurlashtirish uchun kattaimkoniyatlar ochdi. Unda quyidagi asosiy yo‘nalishlarbelgilab 
qo‘yilgan: muzeylarda o‘zbek xalqining boymadaniy merosini, uning insoniyat tarixidaga 
o‘rnini;hozirgi zamon rivojlanish istiqbollarini chuquro‘rganish va taraqqiyot bosqichlarini 
haqqoniy aksettirish; milliy istiqlol g‘oyalariga mos keluvchiekspozitsiyalar 
yaratish, 
respublikamizfuqarolarini 
qadimgi 
noyob 
yodgorliklarbilan kengroq tanishtirish va ulardaumuminsoniy qadriyatlar, boy milliyva madaniy 
merosimizga 
nisbatanxurmat 
hissini 
uyg‘otish; 
jaxonjamoatchiligini 
boy tariximiz 
mamlakatimizning bugungi kundagi yutuqlari bilan tanishtirish va h.k. Farmonda xalqaro 
aloqalarni rivojlantirishga, muzeyshunoslik sohasida o‘zaro foydali hamkorlikka, shu sohadagi 
muzey faoliyati va tadkiqot ishi bilan shugullanuvchi tashkilotlar va muassasalar ishini 
muvofiqlashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu muhim hujjatda mustaqil O‘zbekistonning tarixi 
va bugungi kunini targ‘ib etishda muzeylarning alohida ahamiyatini hisobga olgan holda 
respublikaning qator muzeylari, xususan, tarixiy yo‘nalishdagi muzeylarini rivojlantirish va moliya 
bilan ta’minlash bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqish to‘g‘risida, shuningdek, har uch oyda bir 


marta o‘zbek, ingliz va rus tilida chiqadigan «Moziydan sado» ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy, 
suratli jurnalni ta’sis etish haqida farmoyish berilgani goyat quvonchlidir. SHubhasiz, bunday nashr 
muzeyshunoslik madaniyatini ko‘tarish, xalqimizning tarixiy merosi va qadriyatlari bilan 
muntazam tanishtirishda katta ahamiyat kasb etadi, bu sohada tarixchilar, elshunoslar, muzey 
mutaxassislari va targ‘ibotchilarining ilmiy ishlarini chop etishga imkon beradi, muzey xodimlari 
kasb mahoratlarining oshishiga zamin yaratadi. Mazkur farmoyish kabi ushbu nashr ham respublika 
muzeylarida ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish va chuqurlashtirish uchun muhim omil 
hisoblanadi.
Muzeyshunoslik vazifalarini yalpisiga hal etipgda bu sohada ilmiy xodimlar tayyorlash uchun 
zaruriy sharoitlar tug‘dirish muhim vosita bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekistonda ixtisoslashtirylgan kafedralar yo‘qligi mutaxassislar masalasini hal etishda 
g‘oyat jiddiy to‘siq bo‘lib kelmoqsa. Muzeyshunoslik fani bo‘yicha o‘zbek tilida qo‘llanmalar yo‘q. 
Asosiy fan bo‘yicha nafaqat umumiy tarix bilimlariga, balki muzeyshunoslik sohasidagi maxsus 
bilimlarga ega bo‘lgan yuksak malakali ilmiy kadrlar tayyorlamay turib, muzey ishini bundan keyin 
rivojlantirish mumkin emas. Shu bois, universitetlarning barcha tarix fakultetlarida, xususan, 
O‘zbekiston Milliy universitetining tarix fakulteti qoshida muzeyshunoslik kafedrasini ochish, 
mazkur fan bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratish zarur. Bu milliy mafkurani 
mustahkamlash va boyitishga, xalqimizning ma’naviy madaniyatini oshirishga yordam beradi.
Muzey tarixiy, moddiy va ma’naviy yodgorliklarni to‘plash, saqlash, o‘rganish va tashvik 
qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy-ma’rifiy maskan bo‘lib, o‘zining ekspozitsiya va 
ko‘rgazmalari vositasida tashviqot va tarbiyaviy ishlarni bajarali, Respublikamizning turli 
shaharlarida, jumladan, 1996 yil Toshkentda «Temuriylar tarixi Davlat muzeyi», 2002 yillarda 
«Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi hamda Termizda «Arxeologiya muzeyi» tashkil topdi.
«O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi», «O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi» va viloyatlardaga 
qator muzeylarqayta ta’mirlandi. Hozirgi kunda respublikamizda 1 ming 200 dan ortiq turli 
yo‘nalishdagi katta-kichik muzeylar faoliyat ko‘rsatmokda.
«Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1998 yil 12 yanvardagi PF-1913-sonli Farmoni 
muzeyshunoslar ko‘pdan kutgan hujjat bo‘lib, muzeyshunoslik fanining ravnaqiga keng yo‘l ochib 
berdi. Farmonda ko‘zlangan maqsadlardan biri, respublikamizdagi barcha muzeylarni yagona bir 
tizimga birlashtirish, ya’ni ularni ma’naviy boshqaruvchi markaziy rahbar organ yaratishdan iborat 
edi. O‘sha Farmonga binoan yangi tashkil topgan «O‘zbeklguzey» jamg‘armasi faoliyatining 
birinchi kunlaridanoq o‘zining asosiy yo‘nalishlarini belgilab, amalga joriy etish lozim bo‘lgan 
vazifalarini aniqladi:
1. 
Respublikamiz muzeylari o‘z yo‘nalishlariga qarab xalqimiz boy madaniy 
merosini, uning taraqqiyot bosqichlaridagi o‘rnini haqqoniy aks ettirib, 
zamon talablari asosida 
istiqpol ruhidaga ekspozitsiyalar yaratishi zarurligi;
2. 
Asrlar davomida yaratilib, chetga chikib ketgan merosimizni Vatanimizga 
qaytarish;
3. 
Muzeylarni ma’naviyat o‘chog‘iga aylantirib. xalqimiz, ayniqsa
, yoshlarimiz 
qalbiga davlatchiligimiz tarixiga, qadimda asos solingan ajdodlarimiz merosiga nisbatan g‘urur va 
faxr tuyg‘usini singdirish;
4. 
Muzeylarimizdagi boy eksponatlarni, yutuqlarimizni jahon jamoatchiligiga tanitish 
maqsadida targ‘ibot ishlarini kuchaytirib, viloyatlararo ko‘rgazmalar tashkil etishga ko‘maklashish;
5. 
Xalqaro turizmni rivojlantirib, O‘zbekistonmuzeylariga chet ellik sayyohlarni jatb 
etib, ulargayuksak madaniy xizmat ko‘rsatish:


6. 
Muzeylar fondidagi eksponatlarning yagona ro‘xatini tuzish ishlarida zamonavpy 
texnikvositalardan keng foydalanish hamda noyob eksponatlar aks etgan otkritkalar, bukletlar, yo‘l 
ko‘rsatkichlar, kataloglar chop etish;
7. 
Kadrlar tayyorlash masalasiga jiddiy qarash maqsadida oliy o‘quv yurtlariga 
muzeyshunos olimlarni jalb etib, o‘qitish usullarini takomillashtirish. O‘quv mashg‘ulotlarini 
amaliy mashg‘ulotlar bilan uzviy bog‘lab olib borish, respublikadagi etakchi muzeylarda muzey 
xodimlarining malakasini oshirish.
Shu kunlarda muzeyshunos olimlarimiz respublikamizdagimuzeylar faoliyatini yanada 
yaxshilash niyatida muzeylarni rivojlantirishning maxsus ilmiy konsepsiyasini ishlab chiqdi. 
Mutaxassislar fikricha, bu borada O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi yangi ekspozitsiya.sining ilmiy 
konsepsiyasi barcha muzeylar uchun namuna bo‘la oladi. Hozir konsepsiya va tematik-ekspozitsion 
rejalar ko‘paytirilib, respublikamizdagi barcha muzeylarga tarqatildi.
Keyingi yillar davomida muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash yuzasidan bir qator ishlar olib 
borilmoqda. Jumladan, Respublika «O‘zbekmuzey» jamg‘armasi 2002 yil 16 mayda «XXI asrda 
O‘zbekiston muzeylari» mavzuida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazdi. O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining «Muzeylarni milliy istiqlol g‘oyasiga asoslanib jihozlanishining ahvolini 
o‘rganish va bu borada ularga yordam ko‘rsatish to‘g‘risida»gi 2002 yil 11 iyundagi 07/105-282-
sonli Qarori respublikamizdagi barcha muzeylarning faoliyatini o‘rganishga qaratildi. Mazkur 
hujjatga binoan «O‘zbekmuzey» jamg‘armasi tomonidan bir guruh etakchi mutaxassis olimlarni, 
muzeyshunoslarni jalb etgan holda ishchi guruhi tuzildi.
Muzeylar, ayrimlar tasavvur etgandek, shunchaki «yoyma bozor», kolleksionerlar tomonidan 
ota-bobolarimiz merosini yig‘ib borish uchun qurilgan uy ham emas, balki o‘zida ma’lum bir davr 
tarixi va ma’lum bir eksponat haqida aniq ma’lumot berishga mo‘ljallangan tabarruk dargohdir.
Buxoro muzey-qo‘riqxonasida yangi «Ochiq xazina» kompyuter markazi Internet tarmog‘ida 
o‘z saytini yaratib, muzey fondida saqlanayotgan eksponatlar tizimini dunyoning barcha 
mamlakatlariga etkazib berish imkoniyatiga ega. Bunday holat, albatta, ushbu muzeyni jahon 
muzeylari bilan hamkorligini o‘rnatishga xizmat qiladi.
Respublikadagi barcha muzey rahbarlari bugungi kun talablariga to‘liq javob beradigan ilmiy-
uslubiy yo‘nalishda ishlab, milliy istiqlol g‘oyalari ruhida muzey ishini yanada takomillashtirsa
mavjud muammolar asta-sekin bartaraf bo‘ladi, albatta.
1991 yil 31 avgustda o‘zbek xalqi uzok vaqtlardan beri orziqib kutgan Mustaqillikka erishdi. 
Hayotimizning barcha sohalari kabi muzeylar faoliyatida ham katta tarixiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. 
Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 21 aprel Qaroriga muvofiq O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi 
qayta tashkil etildi. Mohiyat-e’tibori bilan qaralganda, tom ma’nodagi zamonaviy va milliy 
muzeyga aynan shu sanada asos solingan edi. Prezident Islom Karimovning "‘Muzeylar faoliyatini 
tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida"gi Farmoni (1998 yil 12 yanvar) esa 
muzeylarimiz rivojida katta burilish yasadi.
Hozirgikunda O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi eng yirik ilmiy-ma’rifiy markazlardan 
hisoblanib, uning jamg‘armasida 250 mingga yaqin eksponat mavjud. Ular orasida numizmatika, 
arxeologiya, tangashunoslik va etnografiyaga oid ko‘plab qimmatli jamlamalar bor.
O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyining yangi ekspozitsiyasi O‘zbekiston hududida tarixiy-
madaniy jarayonlarning eng qadimgi davrlardan boshlab hozirga qadar bo‘lgan taraqqiyotini 
ashyoviy dalillar va tasviriy vositalar orqali namoyish etishga qaratilgandir. Umumiy sathi qariyb 
ikki ming kvadrat metr bo‘lgan, binoning uchinchi va to‘rtinchi qavatini egallagan mazkur 


ekspozitsiyada o‘n mingga yaqin eksponat joylashgan. Ularda o‘zbek davlatchiligining shakllanishi 
tarixi, o‘zbek xalqining boy an’analari va madaniyati ifoda etilgan.
Dastlabki ekspozitsiyadagi ibtidoiy tuzum davrini ifodalovchi eksponatlar O‘zbekiston hududi 
Sharq sivilizatsiyasining eng qadimgi o‘choqlaridan biri bo‘lganligidan guvohlik beradi. 
Dehqonchilik va chorvachilik asosida ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi, ijtimoiy-iqtisodiy 
o‘zgarishlar, dastlabki kimyoviy-texnologik bilimlar asosida hunarmandchilikning rivojlanishi, 
diniy tafakkur rivojida zardushtiylikka asos solinishi, qadimiy Sharqning yuqori darajada 
rivojlangan markazlari bilan o‘zaro madaniy aloqalar, murakkab ichki tuzilmalarga ega bo‘lgan 
qal’a va ilk shaharlarning paydo bo‘lishi yirik davlatlarning tashkil topishida katta rol o‘ynadi. 
Dehqonchilik va chorvachilikning o‘ziga xos rivoji va o‘zaro bog‘liqligi, O‘zbekiston xalqlarining 
ahamoniylar, grek-makedoniyaliklar va sosoniylarga qarshi kurashi, xorazmiylar, baqtriyaliklar, 
Farg‘onadavlati hamda Kushon saltanati hakidagi ma’lumotlar ham juda yaxshi yoritilgan. Zallarda 
namoyish etilayotgan ajdodlarimizning eramizdan avvalgi I va eramizning I ming yilliklarida 
madaniyati yuqori bo‘lganligini o‘zida mujassam etgan ashyolar mazmun-mohiyatining rang-
barangligi bilan ajralib turadi. Bularning ko‘pchiligi dunyo madaniyati va san’atining bebaho 
namunalari hisoblanadi.
Devor yozuvlari, haykaltaroshlik tasvirlari, buddaviylik mavzui bilan bog‘langan me’morchilik 
ishlari ekspozitsiyadan alohida o‘rin olgan. O‘zbek xalqining o‘rta asrlardagi buyuk madaniy 
merosi ham ekspozitsiyada o‘z ifodasini topgan. Ayniqsa, Temur va temuriylar davriga 
bag‘ishlangan ekspozitsiyada Amir Temur sa’y-harakatlari natijasi o‘laroq, fan va
madaniyatning 
yuqori darajada rivojlanganligi haqida hikoya qiluvchi ko‘plab eksponatlarni ko‘rish mumkin.
XV-X1X asrlarda hunarmandchilikning yuksak darajada rivojlanganligi ekspozitsiyadagi 
sopol, kandakorlik mahsulotlari, Buxoro baxmallari va adraslari hamda zardo‘zlik san’ati 
namunalarida o‘z aksini topgan. Shuningdek, mamlakatimizning keyingi taraqqiyoti, xususan, 
mustamlakachilik davridagi ozodlik uchun olib borilgan kurashlar, ma’rifatparvarlarimizning o‘z 
vatanini ma’rifatli, farovon va ozod qilish uchun olib borgan kurashlari xaritalar, suratlar, 
rangtasvir vositalari orqali yorqin namoyish etilgan.
Muzeyning oxirgi ekspozitsiyasi mustaqillikka erishgan O‘zbekiston Respublikasining qisqa 
davr ichida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi erishgan ulkan yutuqlariga bag‘ishlanadi. 
Salkam 12 yil davomida O‘zbekiston jahonda o‘zining munosib o‘rnini topgan davlatlardan biriga 
aylandi. Qisqasi, tarixiy taraqqiyot va madaniyat rivojidagi uzviylik muzey vositalarida millatning 
bir butun yaxlit tarixi sifatida ko‘rsatilgan.
Bugungi kunda yirik ilmiy-madaniy markazlardan biri hisoblangan O‘zbekiston tarixi Davlat 
muzeyida o‘zbek xalqining tarixi xolisona yaratildi. Lekin bir vaqtlar vatanimizdan tashib ketilgan 
behisob va nodir yodgorliklarimizni boshqa muzeylarda ko‘rganimizda, yuragimizdagi o‘kinch va 
armonlarimiz qalbimizni tirnaydi.
Inson dunyoga bir marta keladi. Uning tomonidan bunyodga kelgan yaxshilik esa bir umr 
yoddan chiqmaydi. Chunki ezgulik abadiydir. Zero, shunday ekan, biz ham o‘z ajdodlarimiz kabi 
kelajak avlodga munosib meros qoldirishimiz darkor. Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek: 
"Farzandlarimiz, kelajak avlodlar bizdan shu o‘lkani, shu muqaddas zaminni yana ham boy, kuchli 
va qudratli holatda qabul qilib olishlari uchun, biz buyuk ajdodlarimizga nisbatan qanday 
minnatdorchilik tuyg‘ularini his etayotgan bo‘lsak, o‘g‘il-qizlarimiz, kelajak avlod ham bizga 
nisbatan shunday minnatdorchilik tuyg‘ularini his etishlari uchun lozim bo‘lgan hamma ishni qilish 
- bizning fuqarolikburchimizdir".
Keyingi paytda O‘zbekistonda tarixiy merosimizni o‘rganishga va madaniyat sohasiga katta 


e’tibor berilmoqda. Bu jarayonlar muzeylarga alohida o‘rin ajratilgan.
1994 yil 23 dekabrda Vazirlar Mahkamasi Respublika muzeylar faoliyatini yaxshilash chora-
tadbirlari to‘g‘risida qaror qabul qildi. 1998 yil 12 yanvarda esa O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.Karimov muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risidagi 
farmoniga imzo chekdi. Bu g‘oyat muhim
2 ta hujjat O‘zbekistonda o‘tmishning buyuk merosiga alohida ahamiyat berilayotganligini 
tasdiqlaydi.
Hozir respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan 73 ta muzeydan 22 tasi o‘lkashunoslik, 14 tasi tarix, 
10 badiiy, 12 ta me’morial va 1 tasi tabiiy-ilmiy muzeyidir.
O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi yangi shinam binoga ko‘chib o‘tdi. Kamoliddin Behzod 
yodgorlik majmui va muzeyi hamda Termizdagi Arxeologiya muzeyining qurilishi yakunlanish 
arafasida.
O‘zbekiston muzeylari xalqaro hamkorlik – tajriba almashish noyob eksponatlar hamda 
qiziqarli ekspozitsiyalar ayriboshlash jabhasiga faol kirishdi. 
O‘zbekistonning AQShdagi madaniyat kunlari doirasida Filodelfiyada o‘zbek xalqi amaliy 
san’at ko‘rgazmasi muvoffaqiyat bilan o‘tdi.
 



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling